Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
MUSTAQILLIK YILLARDA AJDODLAR MA'NAVIY MEROSI VA MILLIY
QADRIYATLARGA MUNOSABAT
A. N. Gulyamova
TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi oqituvchisi
Dunyoda, xalqni hech shubhasiz, uning ma'naviyati, madaniyatidek tanituvchi, ibrat etuvchi va asrab qoluvchi omil bo'lmasa kerak. Bugun biz iftixor tuyadigan ma'naviyatimiz daholari — ajdodlarimiz sharofati ila boy o'tmish ananalarimizdan, tarix sinovlariga dosh berib, bizgacha yetib kelgan urf-odat va qadriyatlarimizdan har qancha faxrlansak, oz. Istiqlol sharofati bilan qo'lga kiritilgan erkinlik xalqimizga boshqa ne'matlarqatorio 'tmish ananalarimiz,milliyqadriyatlarimiznihamqaytarib berdi, shu bilan birga, tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda ananalarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma'naviy yuksalishidagi o'rni va ahamiyati qayta tiklandi.[1.]
Quvonarlisi shundaki, ayni vaqtda butunjahon uchun global muammoga aylanib ulgurgan ma'naviy qoloqlik, milliylikni unutish va bu orqali o'zlikni unutish kabi illatlar uch ming yillik urf-odatlarini e'zozlagan bizning xalqimiz uchun yotdir. Istiqlolning ilk yillaridanoq O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Yangisini yaratmay turib, eskisini buzmaslik" tamoyiliniilgarisurdi. Shuning natijasio'laroq, O'zbekistonning ma'naviy-ma'rifiy yangilash va rivojlantirishning o'z yo'lini belgilanib, to'rt asosiy negizi ko'rsatib o'tilgan edi:
- umuminsoniy qadriyatlargi sodiqlik;
- xalqimizning ma'naviy me'rosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik. [2]
Ma'naviyati yuksaklikning asosiy ko'rinishlaridan biri — bu o'z tarixini bilmoq, o'tmish ajdodlarni tanimoq, hamisha yodda tutmoqdir. Shu nuqtai nazardan, istiqlolning ilk kunlarida, ya'ni 1991 yilning sentyabrida Toshkent shahri markazida Alisher Navoiy haykali va milliy bog' barpo etildi; 1992 yilda hurfikr shoirimiz Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi nishonlanib, Namanganda muzey, bog' va haykal barpo etildi; buyuk mutasavvuf Bahouddin Naqshband hazratllari tavalludining 675 yilligini nishonlash haqida qaror qabul qilindi. 1993 yilda "Navro'z
- umumxalq bayrami" haqida qaror, shuningdek, Ulug'bek, Beruniy, Navoiy kabi allomalarning tavallud topgan kunlari keng nishonlandi. 1996 yil Amir Temur yili deb, e'lon qilindi va shu
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
yili ulug' sarkarda va bunyodkor bobomiz sharafiga o'tkazilgan xalqaro anjuman hamda tantanalar, joylardagi yuzlab tadbirlar tom ma'noda ma'naviy merosimizga xalqimiz ehtiromining beqiyos namunasi bo'lib qoldi.
2001 yilda Alisher Navoiy nomi bilan yuritiluvchi viloyatda uning nomiga bog' yaratilib, shoirning haykali o'rnitilishi ham ma'naviyatimiz olamida katta voqea bo'ldi. Mustaqillik yillarida tarixiy me'rosga munosabat tubdan o'zgardi. Sho'rolar davrida xurofot deya qoralanib, ta'qiqlangan, xalqimizning nodir durdonalari bo'lgan ko'plab asarlar tadqiq etildi va qayta nashr qilindi, shu tariqa ular xalqimizning chinakam mulkiga aylantirildi.
Ta'kidlash joizki, tarixiy sanalarga ham munosabat o'zgardi. Jumladan, 1991-yil "Alisher Navoiy yili", 1994-yil "Mirzo Ulug'bek yili", 1996-yil "Amir Temur yili" deb e'lon qilindi. Bahouddin Naqshband (1993), Feruz (1994), Imom Buxoriy (1998), Ahmad Farg'oniy (1998), Jaloliddin Manguberdi (1999) 800 yillik, Ajiniyoz Qo'ziboy o'g'li (1999), Burhoniddin Marg'inoniy, Imom Moturidiy (2000), Abduxoliq G'ijduvoniy (2003), Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy (2004), Oybek (2005), Abdulla Qahhor (2007), Muhammadrizo Ogahiy, Hamid Olimjon (2009) va boshqa buyuk shaxslarning tavallud to'ylari keng miqyosda nishonlandi.
Qadimiy va hamisha navqiron, ko'hna va boqiy shaharlarimiz Buxoro, Xiva (1997) va Termizning (2000) 2500, Qarshining (2006) 2700, Marg'ilonning (2006) 2000, Samarqandning (2007) 2750, Toshkentning (2009) 2200 yillik yubileylar o'tkazildi. "Alpomish" dostonining (1999) 1000, "Avesto" kitobining (2001) 2700 yilligini chinakam bayram sifatida tantana qilindi. Quvonarlisi shundaki, muqaddas dinimiz — islom diniga e'tiqod erki yana xalqimizga qaytarildi. Zero, ma'naviyatimizni ota-bobolirimizning dini bo'lmish Islom dinisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Istiqlol davrida bu borada ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Diniy ibodatga, urf-udumlarga, marosimlarga keng yo'lberilishi, masjid-madrasalarning, diniyobidalarning ta'mirlanishi, yangidan qurilishi, muqaddas kitobimiz — Qur'oni Karim tarjimasi, butun dunyoga mashhur ajdodimiz, hadisshunos olim Imom Buxoriyning saralangan 4 jildlik "Hadis'lar majmuasi kabi diniy-ma'rifiy kitoblar bosilib chiqqanligi, O'zbekiston fuqarolarining har yili Haj safariga borishlari, Toshkent Islom universitetining bunyodga kelishi, dunyoga mashhur ulamolar yubileylarining o'tkazib turilishi diniy-ma'naviy qadriyatlarga yangicha munosabatlarning yaqqol natijasidir. [3.]
Mustaqillik, erk va ozodlik singari mo''tabar onlarning qo'lga kiritilishidajonbozlik ko'rsatgan, hatto o'z jonini-da
ayamagan yurtdoshlarimiz, ajdodlarimiz xotirasini
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
129
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
abadiylashtirish borasida ham mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirildi, xususan, xalqimizning milliy o'zligini uyg'otish va mustahkamlash yo'lida butun hayyotini bag'ishlagan Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, Usmon Nosiï, Ubaydulla Xo'jaev singan elimiz aráog'idagi insonlaming nomlarini abadiylashtirish uchun "Qatag'on Quгbonlaгi xotirasi" muzeyi - O'zbekiston fan
tizimidagi ilmiy-ma'riyiy muassasa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qatag'on quгbonlaгini yod etish kunini belgilash to'g'risida" 2001 yil 1 maydagi faimoni qabul qilindi va shuning asosida Toshkent shahrida "Shahid^ xotiгasi" yodgoгlik majmui 2002 yil 31 avgustda ba!po etildi.Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'гisidagi YuNESKO tomonidan Konventsiya qabul qilinishi munosabati bilan muqaddam mavjud bo'lgan "Insoniyatning og'zaki va nomoddiy merosi dm-donalari ro'yxati"ga O'zbekistondan kiгitilgan nomoddiy madaniy meros ob'ektlari ("Boysun tumani madaniy muhiti" va "Shashmaqom") "Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprozentativ ro'yxati"ga o'tkazildi. Ushbu ro'yxatga 2009 yilda Katta ashula" va "Navro'z",2014yili"Askiya — so'zamollik san'ati", 2016yilda "Palov madaniyati va an'analari" kiгitildi. Shunday qilib, hoziïgi kunda Repгezentativ ro'yxatda O'zbekiston bilan bog'liq 6 ta nomoddiy madaniy meros mavjud. [5.] Milliy o'zligimizning ajamas qismi hisoblangan Navro'z bayrami sho'rolaT davгida ta'qiqqa uchгagan edi. 1990 yil lar boshlarida Navro'z qayta tiklandi va umumxalq bayrami sifatida keng nishonlana boshladi.
2001 yildan buyon, "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo'limi hamda Ыг guгuh hunaгmandlaг va tuгistik fiгmalaг гahbaгlaгi tashabbusi bilan Buxoro shahrida "Ipak va ziгavoгlaгм an'anaviy festivali tashkil etiladi. Ushbu tadbirga respublikamizning barcha viloyatlaridan turistik tashkilotlar, hunarmandlar, xorijiy va mahalliy sayyohlar qatnashadilar. Festivalb doirasida ipak va ziravorlar savdosi va palov sayllari, milliy o'yinlaT, spoгt musobaqalaгi va milliy libosla! namoyishi, hunarmandlarning mahorat namoyishlari va turli madaniy tadbiгlaгtashkiletilishiushbufestivalning anana darajasiga ko'taгilishini ta'minladi. Ushbu dalillar mamlakatimizda xalqimiz ma'naviy merosiga
bildirilayotganchuqurhurmat va e'tiboгdandalolat bo'lib, unio'гganish, tadqiq etib, kelajak avlodga yetkazish borasida olib borilayotgan say-harakatlar davlatimizning ma'naviyat sohasiga ustuvor siyosat darajasida qarayotganligini ko^satadi.
Shu bois mamlakatimizda bugungi kunda milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab avaylash, ularni yosh avlod ongiga singdirish orqali boqiyligini ta'minlash borasidagi islohotlami ko'rib, dunyo ahli hayratlanayotganligi bejiz emas.
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
13G
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
Zero, bizning xalqimiz uchun ma'naviy qadriyatlar hamisha qadrli va komil insonni tarbiyalashda yuksak ahamiyatga ega muhim vosita — ma'naviy ko'prik bo'lib hisoblanadi, kelajak avlodni ana shu ruhda tarbiyalash orqali milliyligimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizni saqlash va avloddan-avlodga yetkazish, ayniqsa, biz yoshlar uchun doimo eng dolzarb masala bo'lib qoladi.
REFERENCES:
1. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1- jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2017.
2. Otamuratov S. Milliy rivojlanish falsafasi. (siyosiy-falsafiy qirralari). - Toshkent: Akademiya, 2005. - 367 b.
3. Sh.Qahhorova. Global ma'naviyat - globallashuvning g'oyaviy asosi. Toshkent: Akademiya, 2008. -67 b.
4. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. /Asarni o'rganish bo'yicha o'quv-ko'rgazmali qo'llanma. T.: Sharq, 1999. 9-b.
5. Karimv I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda.T.: O'zbekiston, 1999.12-b
6. http://rn.mfa.uz/uz/press/news
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conferena
December 16