Научная статья на тему 'MUSTAFO KOMILNING MA'RIFATPARVARLIK G’OYALARINING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MUHITNING TA’SIRI'

MUSTAFO KOMILNING MA'RIFATPARVARLIK G’OYALARINING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MUHITNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mustafo Komil / Misr millatparvarlik harakati / ma’rifatparvarlik / “an-Nahda al-arobiya” / “al-Liva” / Jyuletta Adan / Rifo at-Tahtaviy / “al-Ahram” / “al-Muayyad” / Leon Dode va Pyer Loti / “Sharq masalasi” (“al-Mas’alatu ash-sharqiyya”) / “Chiqayotgan quyosh” (“ash-Shams al-mashriqiyya”). / Mustafa Kamil / Egyptian nationalist movement / enlightenment / "an-Nahda al-Arabiya" / "al-Liva" / Juliette Eden / Rifa al-Tahtavi / "al-Ahram" / "al-Muayyad" / Leon Daudet and Pierre Loti / "The Issue of the East" ("al-Mas'alatu ash-sharqiyya") / "The Rising Sun" ("ash-Shams al-mashriqiyya")

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abdufattayeva, Shahrizoda Shuhratbek Qizi

Ushbu maqolada Misr ma’rifatparvarlik harakati rahnamolaridan biri boʻlgan Mustafo Komilning millatparvarlik harakatlari, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, uning Misr ozodlik harakatidagi tutgan oʻrni aks etgan. Qolaversa, muallifning “Chiqayotgan Quyosh” va “Sharq masalasi” asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy gʻoyalari yuzasidan soʻz borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF THE SOCIO-POLITICAL ENVIRONMENT ON THE FORMATION OF MUSTAFA KOMIL'S ENLIGHTENMENTAL IDEAS

This article reflects the nationalist movements, socio-political worldview of Mustafa Kamil, one of the leaders of the Egyptian enlightenment movement, his role in the Egyptian liberation movement. In addition, the author's socio-philosophical ideas in his works "The Rising Sun" and "The Issue of the East" are discussed.

Текст научной работы на тему «MUSTAFO KOMILNING MA'RIFATPARVARLIK G’OYALARINING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MUHITNING TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

MUSTAFO KOMILNING MA'RIFATPARVARLIK G'OYALARINING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MUHITNING TA'SIRI

Abdufattayeva Shahrizoda Shuhratbek qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi, 1-kurs doktoranti +998909680221 [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Misr ma 'rifatparvarlik harakati rahnamolaridan biri bo 'lgan Mustafo Komilning millatparvarlik harakatlari, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, uning Misr ozodlik harakatidagi tutgan o 'rni aks etgan. Qolaversa, muallifning "Chiqayotgan Quyosh " va "Sharq masalasi" asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy g 'oyalari yuzasidan so 'z borgan.

Kalit so'zlar. Mustafo Komil, Misr millatparvarlik harakati, ma'rifatparvarlik, "an-Nahda al-arobiya", "al-Liva", Jyuletta Adan, Rifo at-Tahtaviy, "al-Ahram", "al-Muayyad", Leon Dode va Pyer Loti, "Sharq masalasi" ("al-Mas'alatu ash-sharqiyya"), "Chiqayotgan quyosh " ("ash-Shams al-mashriqiyya").

АННОТАЦИЯ

В статье отражены националистические движения, социально-политические взгляды и роль Мустафы Камиля, одного из лидеров египетского движения Просвещения, в египетском освободительном движении. Кроме того, обсуждались социально-философские идеи автора в его произведениях «Восходящее солнце» и «Проблема Востока».

Ключевые слова. Мустафа Камиль, египетское националистическое движение, просвещение, «ан-Нахда аль-Арабия», «аль-Лива», Жюльетт Эден, Рифа аль-Тахтави, «аль-Ахрам», «аль-Муайяд», Леон Доде и Пьер Лоти, «Проблема Востока» («аль-Мас'алату аш-шаркийя»), «Восходящее солнце» («аш-Шамс аль-машрикийя»).

ABSTRACT

This article reflects the nationalist movements, socio-political worldview of Mustafa Kamil, one of the leaders of the Egyptian enlightenment movement, his role in the Egyptian liberation movement. In addition, the author's socio-philosophical ideas in his works "The Rising Sun" and "The Issue of the East" are discussed.

Keywords. Mustafa Kamil, Egyptian nationalist movement, enlightenment, "an-Nahda al-Arabiya", "al-Liva", Juliette Eden, Rifa al-Tahtavi, "al-Ahram", "al-

Research BIB / Index Copernicus

Muayyad", Leon Daudet and Pierre Loti, "The Issue of the East" ("al-Mas'alatu ash-sharqiyya"), "The Rising Sun" ("ash-Shams al-mashriqiyya")

Ma'lumki, ilgari kuchli davlat bo'lgan Usmonli saltanati XVI asrdan boshlab chuqur inqirozga yuz tuta boshladi. Turk saltanati tarkibida bo'lgan arab mamlakatlariga esa XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridan rivojlangan Yevropa mamlakatlari, ayniqsa, Angliya va Fransiyaning qiziqishi kuchayadi hamda ularga nisbatan asta-sekin siyosiy va iqtisodiy tazyiq o'tkazila boshlanadi. Ayrim arab mamlakatlari bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi, boshqalari esa iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram davlatga aylandi. Mahalliy hukmdorlar hokimiyati zulmiga Yevropa davlatlarining mustamlaka zulmi ham qo'shildi. Oxir-oqibat, arab xalqlari G'arb mamlakatlari bilan yaqinlashuv oqibatida arablar, bir tarafdan, G'arb mustamlakachilarining kuchayib borgan tazyiqiga, ikkinchi tarafdan, tanazzulga yuz tutayotgan turk sultonlari tazyiqiga uchradilar.

ADABIYOTLAR SHARHI

Mustamlakachilik siyosati arablarning ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-siyosiy va madaniy hayotida ancha o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Arablar siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini yo'qotgan sari ular o'rtasida mustamlakachilarning siyosati va zulmiga qarshi norozilik va milliy mustaqillik uchun kurash g'oyalari avj ola boshladi. Pirovard oqibatda bu qaram mamlakatlarda ham g'oyaviy uyg'onish davri boshlandi. Bu davr arab mutafakkirlari tomonidan "an-Nahda" ("Uyg'onish") yoki "an-Nahda al-arobiya" ("Arab uyg'onishi") deb ataladi1. Shu davr mutafakkir va adiblari -barcha vatanparvar ziyolilar ijodida diniy islohotchilik g'oyalari, mustaqillik uchun kurash, G'arbning ilg'or fani va madaniyatini o'rganish masalalari, xalq orasida ilm-ma'rifat tarqatish g'oyalari o'z ifodasini topdi. Misr ozodlik kurashi, ma'rifatparvarlik g'oyalarini Rifo at-Tahtaviy boshlab bergan bo'lsa, Ali Muborak, Nosif al-Yozijiy, Jamol ad-Din al-Afg'oniy, Abdulloh Nadim, Jurjiy Zaydon, Qosim Amin, Mustafo Komil kabi ma'rifatparvarlar davom ettirdi.

Mustafo Komil o'zining qisqa, ammo sermazmun hayotini Vatan ozodligi uchun bag'ishladi. U milliy ozodlik harakatining eng oldingi safida borib, bu harakat rahbarlaridan biriga aylandi. Otashin nutqlari, publitsistik maqolalari bilan ezilgan xalq ommasini vatanni sevishga, uning ozodligi uchun kurashishga chaqirdi. Mustafo Komil 1874-yil 14-avgustda Qohirada harbiy muhandis Ali Afandi Muhammad oilasida tug'ildi. 12 yoshga to'lganda otasi olamdan o'tdi. Maktabda o'qigan chog'larida Mustafo o'z tengdoshlaridan erkin fikrlashi va so'zamolligi bilan ajralib

1 E.D.Babayeva. Ma'rifat yo'lida. T.:Fan va texnologiya, 2012. -B.10.

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

turardi. Bir kuni maorif vaziri Ali Muborak maktablarni ziyorat qilib, Mustafo Komil o'qiydigan sinfga kirib qolgan. Shunda Mustafo she'r o'qiyotgani va o'qituvchi savoliga javob berayotganini ko'rib, vazir uning zukkoligi, jasurligi, fikrlash qobiliyatiga tan berib: "Haqiqatan sen Imr ul-Qayssan, sening kelajaging buyuk"2, -deb yuborgan.

Mustafo Komil Qohiradagi huquq bilim yurtida o'qidi, so'ng 1894-yili Fransiyaga borib, Tuluza universitetining yuridik fakultetini tamomladi. Vataniga qaytib, advokaturada xizmat qila boshladi. Mustafo Komilda yoshlik yillaridanoq mamlakatni xonavayron, xalqni och-yalang'ochlikka mubtalo etayotgan ingliz mustamlakasiga qarshi kurash ruhi kuchayib bordi, u butun shijoatini, kuch-g'ayratini shu kurashga bag'ishladi. Mustafo talabalik yillarida mamlakatdagi taraqqiyparvar ziyolilarni o'z safiga birlashtirgan siyosiy to'garaklarda faol qatnasha boshladi. Mamlakatning yirik "al-Ahram" va "al-Muayyad" ro'znomalarida Mustafo Komilning ham vatanparvarlik maqolalari paydo bo'la boshladi. Misr xalqining farzandi, o'z mamlakatining ozodligi hamda milliy mustaqilligi uchun tolmas va shijoatli kurashchi Mustafo Komil 1893-yil 8-yanvarda xalq ommasi oldida birinchi marta otashin nutq so'zladi. Tuluzada uning "Misr xavfi" nomli birinchi risolasi nashr etiladi.

Mustafo Komilning ma'rifiy g'oyalarini shakllanishida Yevropa madaniy hayoti, shuningdek, Fransuz ma'rifatparvarlari g'oyalarining ahamiyati katta. U Yevropaning bir qancha davlatlarini kezib, u yerdagi ziyolilar bilan fikr-mulohazalar almashadi. U o'zi bilan hamfikr bo'lgan ziyolilarni Fransiyada topadi. Ilg'or fransuz yozuvchilari va olimlari, jumladan, mustamlakachilikning ashaddiy dushmani bo'lgan yozuvchilar Leon Dode va Pyer Loti bilan do'stlashadi. Uning mashhur fransuz jamoat arbobi Jyulyetta Adan bilan bo'lgan do'stona aloqasi alohida e'tiborga sazovor. Yosh vatanparvarning butun intilishlari Jyulyetta Adan tomonidan qizg'in qo'llab-quvvatlanadi. O'ziga hamfikr va ma'naviy suyanchiq topgan Mustafo Komil Adanga yuborgan xatida quyidagilarni yozgan:

"Men yoshman, ammo qalbimda cheksiz buyuk maqsadim bor, aziz Vatanimni himoya qilmoqchiman. Ba'zilar sening Vataning yo'q deyishadi, aslo unday emas! Yuragimda buyuk muhabbatim bor ekan, demak, Vatanim ham bor. Bu muhabbat shu qadar jo'shqin, shu qadar kuchliki, hamma narsani yenga oladi. Navqiron yoshligimni, kuch-quvvatimni, butun hayotimni Vatanga bag'ishlayman. Men endigina yigirma bir yoshga to'ldim. Tuluzada huquq fanlari magistri unvonini oldim. Endilikda esa Vatanimga bo'lgan buyuk sevgimni, sadoqatimni hayajon bilan yozmoqchiman. Ana

2 Jurjiy Zaydan. Mustafa Kamil. Bunat-an-Nahda al-arobiya. - Qohira, 1934. - B.56.

Research BIB / Index Copernicus

shu haqda olamga barala jar solmoqchiman" 3 . Ushbu otashin gaplar yosh ma'rifatparvarning Vataniga bo'lgan muhabbati naqadar cheksiz ekanligining isbotidir.

1900-yilda Mustafo Komil "al-Liva'" ("Bayroq") nomli kundalik ro'znoma chiqara boshladi. Oradan ko'p o'tmay, fransuz va ingliz tillarida "Misr bayrog'i" ro'znomasini ham nashr qila boshlaydi. Bu ro'znomalarning har bir soni vatanparvarlik va ozodlik ruhi bilan sug'orilgani uchun xalq tomonidan sevib o'qiladi. Mustafo Komil bu ro'znomalar orqali ingliz hukmronligiga qarshi kurashibgina qolmay, balki barcha imperialistik davlatlarning bosqinchilik, talonchilik siyosatini ham qoralaydi.

Mustafo Komil Misr masalasini ko'tarib, Fransiya, Germaniya, Turkiyalarga boradi, ulardan yordam qilishlarini so'raydi, u yerdagi gazetalarda maqolalari bilan chiqadi. Biroq uning bu harakatlari o'zi kutgan natijani bermaydi. Misr ozodligi, uning kelajagini faqatgina Misrliklar saqlab qolishi mumkinligini anglab yetadi. Buning uchun esa diniy millatchilik g'oyalari bilan yo'g'rilgan ichki ziddiyatlarni bartaraf qilib, butun xalqni birlashtirish kerak edi. U Misrliklarni birlashtirish uchun "Umma" tushunchasiga sekulyaristik ruh beradi, ya'ni dunyoviy ma'noga yaqinlashtirilgan "millat" ("umma") tushunchasini targ'ib qiladi.

Uningcha, "millat" ("umma") geografik, iqtisodiy, til yoki din jihatidan birlashgan bir guruh kishilardir. Bu yerda diniy omil oxirgi o'ringa o'tadi. "Millat"ning bunday tushunilishi Misrda har xil a'zolarini diniy e'tiqodli kishilarni, birlashtiradi va vatanparvarlikka yo'naltiradi. Bundan maqsad Misrda yashaydigan musulmon va xristian koptlarni ingliz bosqinchilariga qarshi kurashga birlashtirishdir. Mustafo Komil g'oyasiga ko'ra, Misrliklar deganda, qaysi dinga mansub bo'lishidan qat'i nazar, Misrda yashaydigan xalq tushuniladi. "Biz anglashimiz kerakki, Misrdagi musulmonlar va koptlar yagona bir millatdir4 ", - deydi Mustafo Komil. Uning fikricha, diniy va milliy ong orasida hech qanday qarama-qarshilik yo'q. Shuning uchun musulmon va xristianlar o'rtasida vatanparvarlik birligini tiklash kerak.

"Misrda biz bir millatmiz, ba'zilarimiz koptlar, boshqalarimiz musulmonmiz. Bizda ikki burch, diniy va vatanparvarlik burchi bor. Diniy burch koptlardan o'z e'tiqodini avaylab himoya qilishni talab etadi. Musulmonlardan esa o'zining diniy burchini ado etish talab qilinadi, ular islom tamoyillariga to'g'ri bo'ysunishlari kerak. Ammo vatanparvarlik burchimizga kelsak, musulmonlar va koptlar Misr - Vatan manfaatlarini hammadan yuqori qo'yishlari lozim, sevimli mamlakatimiz,

3 Крачковский И.Ю. Мустафа Камиль и Жюльетта Адан (к истории национального движения в Египте). - Л.: Отт.из "Известий" ЛГУ, 1928. - С179.

4 Ахмед Ришад. Мусфата Камиль. Хаятуху ва кифахуху (Мустафа Камиль. Жизнь и борьба). - Каир, 1958, - С 250. (на араб. яз).

Research BIB / Index Copernicus

o'zimizning mustaqillik va erkinligimiz uchun birgalikda xizmat qilishimiz kerak"5. Mustafo Komilning ushbu gaplaridan shuni anglashimiz mumkinki, u Vatan oldidagi fuqarolik burchini har qanday burchdan ustun ko'rgan, hatto diniy burchdan ham. Biroq u dinning muqaddasligini, inson hayotidagi ahamiyatini hech qachon inkor etmagan, aksincha vatanparvarlik ruhini diniy ruh bilan oziqlantirgan. Mustafo Komil fikricha, Vatanparvarlik hissiyoti diniy hissiyotga yaqindir. Shuning uchun u "Vatanni sevmoq iymondandir" ("Xubb ul-vatan min al - iyman") degan shiorni ilgari suradi. "Biz dinni masjid yoki cherkovda eslaymiz, qolgan paytda biz umumiy vatanimiz borligini his qilishimiz kerak,6"- deydi Mustafo Komil. U qachonlardir Abdulloh Nadim ko'targan "Misr uchun" shiorini yanada balandroq ko'tarishga harakat qilgan.

MUHOKAMA

Komil o'zining inglizlar zulmiga qarshi siyosiy kurashini ma'rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog'lagan. U Misrdagi ayanchli ahvolning muhim sabablari xalqning jaholat va savodsizligida, deb biladi. Shundan kelib chiqib, Misr mustaqilligi, iqtisodi madaniyati yuksalishi xalqning ma'rifatli bo'lishiga bog'liq masala, deb hisoblaydi. Odamlar ma'naviy tushkunlik va siyosiy ko'rlikdan faqat ma'rifatli bo'lish yo'li bilan qutulishlari mumkin, deydi va qullikdan qutulish uchun xalqni zamonaviy fan-texnika yutuqlarini mukammal egallashga da'vat etadi. Agar xalq bilimdon, o'qimishli bo'lsa, o'z haq-huquqini bilib oladi, deb hisoblaydi u. "G'arb va Sharq xalqlarini qiyoslaganda ko'ramiz-ki, farq o'qimishlilik va ma'rifatlilik saviyasidadir. Mamlakatdagi asosiy balo - ingliz mustamlakachilar siyosatida, ular madaniy yuksalishni har yoqlama bo'g'ishga intilishadi. Ular Misrda milliy maktablarni yopishdi, erkin nashrni bo'g'ishga intilishdi. Barcha davlat maktablarini qat'iy nazorat ostiga qo'yishdi. Qo'llaniladigan dasturlar faqat inglizlarni qoniqtirardi, xolos"7.

Chindan ham, Britaniya hukmdorlari misrliklar o'qishiga qarshi edi. Misrdagi rezident Kromerning so'zlari bunga yaqqol dalil bo'ladi: "O'rta va oliy ta'limni qo'llashimiz Misrning ichki avtonomiya saviyasini ko'taradi, deb hisoblayman. Misrliklarning ma'naviy qiyofasi o'zgarmaguncha, bu borada shoshilish kerak emas...Ta'limdan maqsad adabiyotchilarni tayyorlash emas, balki xizmatchilarning ehtiyojlarini ta'minlashdir8". Haqiqatan ham, istilo boshlanganidan so'ng dastlabki 20-yil ichida ma'rifat ishlariga Misr budjetidan 1% gina mablag' sarf etildi, xolos.

5 Ali Fahmi Komil. Mustafa Komil pasha fi 34 robian. 9-qism. - Qohira, 1908. - B.252.

6 Ali Fahmi Komil. Mustafa Komil pasha fi 34 robian. 9-qism. - Qohira, 1908. - B.254.

7 Шафика-паша Ахмед. Мои воспоминания за полвека. - Каир, 1936. - C.37.

8 O'sha asar. - C.38.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

XULOSA

Umuman olganda, Mustafo Komilning ma'rifatparvarlik qarashlarida ikki yo'nalish seziladi. Biri, G'arb yutuqlari, ya'ni, Yevropa ta'lim-tarbiya va madaniyatini Misrda qo'llash, ikkinchisi - milliy madaniyat, an'analar, urf-odatlar va ona tilini saqlashdir. G'arb madaniyati Mustafo Komil singari ma'rifatparvarklarning ongida dunyoning rang-barang qirralarini ochishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga, ularga Yevropa fan-texnika tafakkuri va madaniyati ijobiy ta'sir etdi. Mustafo Komil Yevropa madaniyati, ilm-fan yutuqlari bilan tanishib, o'z yurtiga chetdan baho bera oldi. Jamiyatdagi muammolarni holis tahlil qilib, mamlakatining bu holga tushishiga sabab bo'lgan mustamlakachilik siyosatini ochiqdan ochiq tanqid qildi. Mavjud tuzum zulmidan ezilayotgan xalqiga ozodlik sari yetaklovchi yo'lchi chiroq bo'lib xizmat qildi. Mahalliy nizolar, diniy kelishmovchiliklar natijasida bo'linib ketgan Misr xalqini Vatan manfaatlari yo'lida birlashishga da'vat etdi. Qoloqlik va jaholatning birlamchi sababi ilmsizlik deb bilib, xalqga ilm-ma'rifatni targ'ib qildi. Mustafo Komilning zamonaviy Misr taraqqiyotiga qo'shgan buyuk hissalaridan biri shuki, u asrlar davomida hukmronlik qilib kelgan mumtoz arab ilmi hamda zamoviy G'arb ilmi sintezini amalga oshirdi. Yevropa ilm-fan yutuqlarini qabul qilgan holda Misrliklarga xos bo'lgan milliylik bilan uyg'unlashtirdi.

Zamonaviy Yevropa andozalariga asoslangan holda jamiyat qurishni targ'ib qildi. Shu bilan birga, Misr hududiy birligi, milliyligi, tili, dinini saqlab qolish uchun kurashdi. Misrning boy tarixiy o'tmishi, madaniyatini ko'tarib, misrliklardagi milliy g'ururni uyg'otishga, Vatanga bo'lgan muhabbatni kuchaytirishga harakat qildi. Milliy birdamlikka, ilm-ma'rifatga erishgan xalqgina o'z kelajagini o'zi qura olishini uqtirdi. Sharq xalqlari ichidan faqatgina Yaponiya bunday yuksalishga erishganini e'tirof etib, millatini ham Yaponiya singari taraqqiyotga erishishiga umid bog'ladi. U Misr ozodlik kurashining milliy mafkurachisigina emas, balki dovyurak amaliyotchisi sifatida tarixda qoldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. E.D. Babayeva. Ma'rifat yo'lida. - T.: Fan va texnologiya, 2012.

2. Э.Д. Бабаева. Общественно-политической и просветительские взгляды Мycтaфы ^миля. (диссер.) - Ташкент, 1974.

3. ^ачковский И.Ю. Мycтaфa ^миль и Жюльетта Адан (к истории национального движения в Египте). - Л.: Отт.из "Известий" ЛГУ, 1928.

4. Ахмед Ришад. Мycфaтa ^миль. Хaятyxy ва кифaxyxy (Мycтaфa ^миль. Жизнь и борьба). - Ka^, 1958.

5. Али Фахми ^миль. Мycтaфa ^миль паша за 34 года жизни, т.1. - Kaир, 1908.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.