Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA)'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
550
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
integratsiya / integrativ bilimlar / interaktiv / maktab / ona tili va oʻqish savodxonligi / tabiiy fanlar / matematika / tarbiya / tarix / adabiyot / tasviriy san’at / zamonaviy ta’lim. / Integration / integrated knowledge / interaktive / school / native language and reading literacy / natural sciences / mathematics / education / history / literature / fine arts / modern education.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Raximov Abdurasul Ravshan Oʻgʻli

Ushbu maqolada integratsiya tushunchasining ta’rifi va ta’lim tizimidagi ahamiyati, umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini oʻqitishda fanlararo aloqadorlikni tashkil etishning dolzarbligi haqida fikr yuritilgan. Umumta’lim maktablarida oʻqitiladigan ona tili va oʻqish savodxonligi, tabiiy fanlar, matematika, tarbiya, tarix, adabiyot, tasviriy san’at fanlarining musiqa fani bilan aloqadorligi va ta’lim jarayonida integratsiyani qoʻllash haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONNECTING SCIENCE IN THE ORGANIZATION OF MUSIC CULTURE LESSONS (INTEGRATION)

This article focuses on the concept of integration in the teaching of music culture in secondary schools and its importance in the educational system, the relevance of science organization. The knowledge of Mother Tongue and reading literacy, natural sciences, mathematics, education, history, literature, fine arts taught in secondary schools is related to the application of music science and integration in the educational process.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA)»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA) Raximov Abdurasul Ravshan o'g'li,

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6845438

Annotatsiya. Ushbu maqolada integratsiya tushunchasining ta'rifi va ta'lim tizimidagi ahamiyati, umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitishda fanlararo aloqadorlikni tashkil etishning dolzarbligi haqida fikr yuritilgan. Umumta'lim maktablarida o'qitiladigan ona tili va o'qish savodxonligi, tabiiy fanlar, matematika, tarbiya, tarix, adabiyot, tasviriy san'at fanlarining musiqa fani bilan aloqadorligi va ta'lim jarayonida integratsiyani qo'llash haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: integratsiya, integrativ bilimlar, interaktiv, maktab, ona tili va o'qish savodxonligi, tabiiy fanlar, matematika, tarbiya, tarix, adabiyot, tasviriy san'at, zamonaviy ta'lim.

МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОЕ ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ (ИНТЕГРАЦИЯ) В ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ

Аннотация. В данной статье рассматривается определение понятия интеграция и его значение в системе образования, актуальность организации междисциплинарного взаимодействия при преподавании предмета музыкальная культура в общеобразовательных школах. Представлена информация о соотношении родного языка и читательской грамотности, преподаваемых в общеобразовательных школах, естественных науках, математике, воспитании, истории, литературе, изобразительном искусстве с музыкальной дисциплиной, применении интеграции в образовательном процессе.

Ключевые слова: интеграция, интегративные знания, интерактивность, школа, родной язык и грамотность чтения, естествознание, математика, воспитание, история, литература, изобразительное искусство, современное образование.

CONNECTING SCIENCE IN THE ORGANIZATION OF MUSIC CULTURE

LESSONS (INTEGRATION)

Abstract. This article focuses on the concept of integration in the teaching of music culture in secondary schools and its importance in the educational system, the relevance of science organization. The knowledge of Mother Tongue and reading literacy, natural sciences, mathematics, education, history, literature, fine arts taught in secondary schools is related to the application of music science and integration in the educational process.

Keywords: Integration, integrated knowledge, interaktive, school, native language and reading literacy, natural sciences, mathematics, education, history, literature, fine arts, modern education.

KIRISH

Rivojlanish sari otlangan har bir davlatga qay sohada bo'lmasi yuqori malakali, ijodkor, tashabbuskor, yangicha fikrlash qobiliyatiga ega, mustaqil nostandart qarorlar qabul qilishga qodir insonlar (kadrlar) zarur. Bugungi kunda barcha sohalar barobarida ta'lim tizimiga ham katta e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki, bo'lajak kadrlarning dastlabki bilimlar bazasini aynan maktabda shakllantiradi. Hozirgi vaqtda umumta'lim maktabining oldida o'quvchilarni

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

o'qitish va tarbiyalash sifatini oshirish bo'yicha jiddiy vazifalar turibdi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri sifatli ta'lim berishdan iboratdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Zamonaviy dunyoda integratsiya tushunchasi juda keng qo'llaniladi va turli jihatlarda ko'rib chiqilmoqda. Lotinchadan so'zma-so'z tarjima qilinganda "integrafio" - tiklash, to'ldirish, "ratsiya" to'liq degan ma'nolarni ifodalaydi. Binobarin, integratsiya - bu "bir butunga, har qanday elementlarning birligiga birlashish, qandaydir birlikni tiklash" demakdir. Integratsiya -bu differentsiatsiya jarayonlari bilan birga yuzaga keladigan fanlarning yaqinlashuvi va aloqadorlik jarayoni va ta'limning sifat jihatidan yangi bosqichida subyektlararo aloqalarni amalga oshirishning yuqori shakli bo'lib, yangi butun blok, bilim qotishmasini yaratishga hissa qo'shadi. "Integratsiya" tushunchasi XVIII asrda Spenser tomonidan izohlangan. Integratsiyani tafakkur o'stirish omili sifatida qarab, uni fanlararo aloqa hamda ta'lim shakllarini sintezlash tarzida talqin etamiz. Bugungi kunda fanlararo aloqalar butun o'quv jarayonini qamrab olgan va bu nafaqat rivojlanib, mustahkamlanib, yangilanibgina qolmay, balki yangi o'sish - integratsiya ham berdi. Integratsiya endi shunchaki mavzular o'rtasidagi bog'liqlik emas, balki bitta darsda o'quv intizomining kombinatsiyasi bo'lib, bu o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashga yangi yondashuvdir. Integratsiya bugungi kunda ijodiy mehnat qilayotgan har qanday o'qituvchini befarq qoldirmaydi.

Integratsiya - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish bilan shug'ullanadi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya obyektlari asosida tuzilgan. Endigina maktabga qadam qo'ygan boshlang'ich sinf o'quvchilariga fanlarni o'zaro bog'lab va farqli jihatdan asoslab o'rgatish bir muncha qiziq va o'quvchilarni diqqatini, e'tiborini tortadigan jarayon bo'lib xizmat qiladi. Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o'zining rivojini integratsiya g'oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo'lgan predmetlarni o'rganish bo'lajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta'minlovchi omil sifatida qaraladi. Turli mavzulardagi bilimlarni birlashtirish integral dars yordamida amalga oshiriladi. Integratsiyalashgan ta'limning asosini yaxlit dars tizimi tashkil etadi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog'lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog'lanish, ya'ni uzviylikni taminlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o'qituvchi o'quvchilarda o'zining faniga bo'lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni chuqur o'zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o'quv-tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. Shu bilan bir qatorda, o'quv fanlariga oid bilim va qiziqishlarini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. O'quv materialini mavzular bo'yicha tahlil etish yo'li bilan turli o'quv predmetlarini qaysi mavzulari bir-biri bilan aloqadorligi yuzaki ravishda aniqlansa, tarkibiy tahlil etish orqali o'quv materialini tashkil etuvchi tushunchalari, dalillari, qonuniyatlari, hukm, xulosalari, tasavvurlari orasidagi aloqadorlik o'rnatiladi. Fanlararo aloqadorlikning qanday shaklda qayd etilishi undan foydalanuvchining imkoniyatlariga bog'liq. Ta'limning interaktiv bosqichi ko'rgazmali ta'lim tizimi bo'lib, integrativ bilimlami chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko'rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o'rganadi. Ko'rgazmali ta'lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta'lim tizimida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (ko'rgazmali) tarmog'ida integratsiyalashning usul va vositalari: ta'lim rejasidagi o'qitish joyida

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

vaqtning hajmiga qarab, shu kursni to'la o'zlashtrish vaqti o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi - ko'p maqsadli va rang-barangliligi hamda ko'p funksiyaga egaligi bilan tavsiflanadi. Integratsiyalashgan mashg'ulotlarda didaktik va psixologik talablarni hisobga olgan holda muayyan o'quv predmeti doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda alohida guruhlarda jamoa bo'lib olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida bo'lgan topshiriqlarning har tomonlama o'ylab, ishlab chiqilgan tizimi har bir mavzuning o'zlashtirilishi muayyan pedagogik shart-sharoitlarni talab qiladi. Bunday sharoitda ta'lim rivojlanishiga nisbatan ilgarilab boradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan Ona tili va o'qish savodxonligi fani misolida ko'rib chiqsak: Barchamizga ma'lumki bu fan bolaning nutqiy rivojlanishiga asos bo'ladi. Harflarni to'g'ri talaffuzini shakllantirishda bu ikki fan birdek xizmat qiladi. Musiqa madaniyati fani maktab repertuaridan o'rin olgan jamiyki qo'shiqlar avvalo Vatan, maktab, bolalik, tabiat, do'stlik kabi mavzularda bo'ladi. Bu mavzular Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida o'tiladi. Yana bir aloqadorlik shundaki, musiqa madaniyati fanida, umuman musiqadagi barcha qo'shiqlar avvalo so'z ustiga bastalanadi. Bundan tashqari biz har bir qo'shiqni o'quvchiga tanishtirishda so'z muallifi - shoir, musiqa muallifi - kompozitor haqida to'xtalib o'tamiz. Bundan ko'rinib turibdiki o'qish savodxonligida o'rganilgan shoirlar musiqa fanida ham as qotadi. Yangi avlod darsliklarining yana bir qulaylik tomonida shundaki, barcha fan darsliklarida berilgan ma'lumotlarda o'zaro aloqadorlik mavjud. Bu esa o'quvchiga ma'lumot qabul qilishda va uni mustahkamlashda ancha qulaylik yaratadi.

MUHOKAMA

Yana bir o'zaro aloqadorlik kasb etgan fan - "Tabiiy fanlar" (Science)dir. Bu fan musiqa fani bilan chambarchas bog'liq. Musiqada eng birinchi o'rganiladigan nazayiya - tovushlar, ularning kelib chiqishi, musiqiy va shovqinli tovushlardir. Mana shu musiqiy va shovqinli tovushlarni bir-biridan farqlashda ham "Tabiiy fanlar" yordam beradi.

Birgina 1-2-sinf maktab repertuaridagi "Jamoa bo'lib kuylash" uchun berilgan asarlar: «Anjir» (P.Mo'min she'ri, D.Omonullayeva musiqasi), "Kuz" (N.Ro'zimuhamedov she'ri, S.Abramova musiqasi), "Olma" (P.Mo'min she'ri, D.Omonullayeva musiqasi), "Quyonim" (o'zbek xalq o'yini), "Birinchi qor" (R.Tolib sheri, N.Norxo'jayev musiqasi), "Lavlagi" (P.Mo'min she'ri, D.Omonullayeva musiqasi), "Bug'doy" (R.Tolib she'ri, D.Omonullayeva musiqasi), "Kapalak" (P.Mo'min she'ri, D.Omonullayeva musiqasi), "Sehrli dunyo" (X.Axmedova she'ri, X.Hasanova musiqasi), "O'rdak" (P.Mo'min she'ri, D.Omonullayeva musiqasi), "Yomg'ir" (P.Mo'min she'ri, N.Norxo'jayev musiqasi), "Bog' ichida" (I.Jiyanov she'ri, X.Hasanova musiqasi), "Zag'izg'on" (P.Mo'min she'ri, D.Omonullayeva musiqasi), "Hakkalar" (N.Orifjonov she'ri, N.Norxo'jayev musiqasi), "Xandalak" (P.Mo'min she'ri, D.Omonullayeva musiqasi) kabi ko'plab qo'shiqlar aynan tabiat mavzularidadir. Qachonki o'quvchi qo'shiq mazmunini to'g'ri anglasa, shunda musiqasini to'gri, astoydil kuylay oladi. Bundan ko'rinib turubdiki, "Tabiiy fanlar"ning musiqa bilan aloqadorligi yuqori.

Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, musiqa asboblarining aksariyati tabiatda uchraydigan daraxtlar va boshqa predmetlardan yasaladi. Musiqa madaniyati darslari davomida biz o'quvchilarga cholg'u asboblarini tanishtirar ekanmiz, u qaysi daraxt yog'ochidan tayyorlanishiga ham to'xtalib o'tamiz.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Matematika fanining ham musiqa bilan aloqadorlik jihatlari juda ko'p. Biz bilgan Pifagor - muusiqaning matematik nazariyasi muallifi. Musiqa miqyosi nazariyasini yaratib, u asosan musiqadagi intervallarni kasrlar bilan bog'lagan. Musiqadagi notalarning ketma-ketlik tartibini sonlar bilan bog'lab o'rgatish yaxshi samara beradi. Nota yo'lidagi beshta asosiy chiziqning sanalishi ham matematikaga bog'liq. Notalarning bo'linishi, cho'zimi ham matematik tarzda amalga oshadi. O'lchovlar hamda taktlar hisobida ham matematik yondashuv mavjud.

Umumta'lim maktablariga "Odobnoma", "Vatan tuyg'usi", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari", "Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan holda "Tarbiya" fanining joriy etilishi juda quvonarli holatdir. O'quvchi maktabda ta'lim olish barobarida "Tarbiya" fani orqali tarbiya ham oladi. "Tarbiya" fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qo'yish va unga intilish ko'nikmasini shakllantirib boradi.

Tarbiya dasturiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1-sinfda o'quvchi dastlab orzularini aniqlay olishni o'rgatilsa, 2-sinfda o'z oldiga maqsad qo'ya olish ko'nikmasi shakllantiriladi. 3-sinfda o'quvchida dasturni o'zlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarini amalga oshirishga harakat qilish ko'nikmasi paydo bo'ladi. 4-sinfda atrofda bo'layotgan voqea-hodisalarga sog'lom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida o'zini anglaydi va o'z xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu ko'nikmalar shaklanib, o'quvchi o'z oldiga maqsad qo'ya olish, mustaqil fikrlash, o'z faoliyatini tahlil qilish, to'g'ri qaror qabul qilish kabi ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Bu esa musiqa fani oldiga qo'yilgan vazifalar bilan ham chambarchas bog'liq. Maktabda musiqa fanini o'qitish o'quvchida musiqiy bilimlarni shakllantirish bilan birga, estetik tarbiya berishdan ham iboratdir. Musiqa fanini o'qitish davomida ham o'quvchilar qalbida Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch, ota-onaga hurmat, tabiatni asrash, do'stlikni qadrlash kabi xislatlar shakllantiriladi. Qadriyatlarni hurmat qilish, milliy an'analarimizni munosib davom ettirish musiqa va tarbiya fanlarida o'z aksini topadi. Bunday vazifalarni amalga oshirishda musiqa va tarbiya fanlarining integratsiyasi muhim sanaladi.

Musiqa madaniyati fanini o'qitishda tarix fani bilan aloqadorlik ham alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki musiqa ta'limida musiqa tarixi kabi fanlar ham o'qitiladi. Maktabda bu fanlar aloqadorligini ko'rib chiqadigan bo'lsak, musiqaning kelib chiqishi, turli davrlarda madaniyat, teatr va boshqa san'at turlarining kelib chiqish tarixi, Qadigi Yunoniston va boshqa davlatlar san'ati, O'rta Osiyoda, shu jumladan, Amir Temur hukmronligi davrida musiqa, saroy musiqa ijrochiligi, cholg'ularning kelib chiqish tarixi va boshqa manbalar haqida aynan tarix xabar beradi.

Musiqa fanining Adabiyot bilan aloqadorligi barchaga ma'lum. O'zbek adabiyotining sultoni bo'lmish Alisher Navoiy ham o'z davrida musiqa san'ati rivojiga ulkan hissa qo'shgan. Navoiyning o'zi ham musiqa amaliyotida ijod etgani ba'zi manbalarda yoziladi. Masalan, Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma"da qayd etadiki: "(Alisherbek) yana musiqiyda yaxshi nimalar bog'labdur. Yaxshi naqshlari vapeshravlari bordir". Ham vokal musiqa (naqsh) va ham cholg'u musiqa (peshrav) bo'yicha kuylar yaratgan deb ta'kidlanayotgan Navoiyning musiqa asarlaridan ba'zilari bizning davrga yetib kelgan degan taxmin bor. Jumladan, Abdurauf Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida "Qari Navo" yoki "Qari Navoiy" kuyi haqida yozadi: "Bu kuyning juda eski bir kuy ekani har tomonda so'ylanib turur. Eshitganimizga ko'ra, Farg'onada ham "Qari Navoiy" ismli eski bir kuy bor. Toshkent musiqachilari bu kuyni "Qari Navo" derlar. Biroq, bu ism yanglishdir. Alar shul "Qari Navoiy" ismini buzib olg'anlar. Buxoroning eski musiqashunoslarining orasida bu kuy Navoiy asari

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

bo'lg'oni so'ylanadir. Mana shu ma'lumotlardan so'ng "Qari Navoiy" kuyining Alisher Navoiy asari bo'lg'ani ehtimoli kuchlanib qoladir". Xulosa shuki, Toshkentda "Qari Navo" deb ataladigan kuyni Navoiy yaratgan bo'lishligi joiz. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, Navoiy milliy cholg'ularni yaxshi bilgan. Jumladan, Xondamir yozadi: "Hazratning o'zlari qonun-u udda zo'r ta'lim olganlar. Binobarin, sozanda ahlining ko'pchiligi hamisha oliyhazratning mulozamatida bo'ladilar".

Shu bilan birga musiqadagi yirik sahnaviy asarlarni ham adabiyotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Opera, balet, musiqali drama, musiqali kamediyaning zamirida uning adabiy bayoni -libretto yotadi. Shu bilan birga vokal san'ati ham adabiyotga asoslanadi. Har qanday qo'shiq, mumtoz ashula, ariya, romans va boshqa vokal san'ati namunalari so'z ustiga quriladi.

Musiqa madaniyati fani Tasviriy san'at fani bilan ham chambarchas bog'liq. Chunki bu ikki yo'nalish san'atning bebaho namunasidir. Musiqa fanini o'qitishda darslikda berilgan harbir rasm - tasviriy san'at namunasidir. Shu bilan birga kompozitorlarning suratlari ham aynan portret janrida ishlangan. Sahnaviy musiqa asarlari dekoratsiyasi va sahna bezagi ham tasviriy san'atga tayanadi. Musiqadagi har bir elementar nazariyani rangli anglash yaxshi natija beradi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'quvchilar bilim darajasini oshirishda ta'lim mazmunini integratsiyalash yuqori natijalarga olib keladi. Unda nafaqat fanlarni o'zaro bog'lash orqali, balki o'zaro uyg'unlashishi mumkin bo'lgan va bolaga ijobiy ta'sir etadigan obyektlar orqali ham bolalarni har tomonlama rivojlantirishni ta'minlashga ko'maklashishi mumkin. Buning uchun ta'limni zamonaviy talqin asosida tashkil etish zarurdir. Zamonaviy ta'limning asosiy sharti esa, jahon talablariga javob beradigan yetuk kadrlar tayyorlashdan iborat.

REFERENCES

1. Musiqa fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar [Matn]: monografiya / Umurova Ma'rifat Yoshiyevna, Raximov Abdurasul Ravshan o'g'li - Buxoro: «Sadriddin Salim Buxoriy» Durdona nashriyoti, - 2022. - 136 b.

2. Suvonqulova Aziza Abdurazzoq qizi, "BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI FANLARNI INTEGRATIV YONDASHUV SOSIDA O'QITISH METODIKASI" / "Экономика и социум" №5(84) 2021.

3. Umurova Ma'Rifat Yoshiyevna O'QUVCHILARDA VATANPARVARLLIK TUYG'USINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY ADABIYOT VA MUSIQANING ROLI // CARJIS. 2022. №Special issue. URL: https://cyberleninka.ru/arti cl e/n/o-quvchilarda-vatanparvarllik-tuyg-usini-shakllantirishda-badiiy-adabiyot-va-musiqaning-roli (дата обращения: 15.07.2022).

4. Yoshiyevna, Umurova Marifat. "THE ROLE OF THE CREATIVE HERITAGE OF EASTERN THINKERS IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND MORAL OUTLOOK AND MUSICAL PERCEPTION OF YOUNG PEOPLE." E-Conference Globe. 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.