SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA MAHALLIY BIOMASSANING AHAMIYATI
S.U. Madarova
"Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"
Annotatsiya. Ushbu maqolada noan'anaviy energiya manbalaridan biri mahalliy biomassa energiyasidan foydalanish. Qishloq xojligi chiqindilaridan mahalliy biomassa briketlari olishning bir necha xil usullari shuningdek, mahalliy biomassa energiyasini ishlab chiqish haqida to'liq ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar. Mahalliy biomassa, briket, yoqilg'i, energiya.
Аннотация. В этой статье одним из нетрадиционных источников энергии является использование местной энергии биомассы. Представлены несколько различных методов получения местных брикетов биомассы из сельскохозяйственных отходов, а также подробная информация о развитии местной энергетики на основе биомассы.
Ключевые слова. Местная биомасса, брикеты, топливо, энергия.
Annotation. In this article, one of the non-traditional energy sources is the use of local biomass energy. Several different methods for obtaining local biomass briquettes from agricultural waste are presented, as well as detailed information on the development of local biomass energy.
Keywords. Local biomass, briquettes, fuel, energy.
Hozirgi kunda Evropa mamlakatlarida o'tin, ko'mir, mazut kabi yoqilg'ilar o'rniga biomassadan yoqilg'i briketlaridan foydalanish tobora ommalashib bormoqda.
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
E'tiborli tomoni shundaki, har qanday yog'och o'tin (masalan, tog' terak, oq qayin va h.k) bir xil namlikda, massa ulushiga nisbatan deyarli bir xil xususiyatga ega bo'ladi. Issiqlik berishidagi farq barcha yog'ochlarda ko'pi bilan 3% gacha bo'ladi. Buning sababi, masalan, terakni zichligi, qarag'ayni zichligiga qaraganda ancha past, shu sababli ularning hajmiga qarab emas, balki massasiga qarab baholash kerak. Namligi 20% bo'lgan oq qayin yog'ochining issiqlik berish quvvati 3600Kkal/kg ni tashkil etadi, uning zichligi 5500kg/m3. Biomassadan yoqilg'i briketining 1 kilogrammi 4,5 Mkal issiqlik beradi, bu taxminan 2,7 m3 oq qayin o'tinining issiqligiga to'g'ri keladi. Biomassadan foydalanish juda oddiy. Maxsus pechlar yoqilib, qozonlarda suv isitiladi, bo'g'ga aylantirib, elektr energiya olish uchun turbinalar aylantiriladi [1,2].
Biomassadan yoqilg'i briketlari boshqa qattiq energiya manbalariga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ularning bir kilogrammi 4,5-5 Kvat energi beradi. Bu esa o'z navbatida o'tin, pellet va ko'mirning issiqlik berishiga nisbatan ancha yuqori. Biomassadan yoqilg'i briketlarini quritish shart emas. Ular yonganda kam tutun chiqaradi, uchqun sachratmaydi ya'ni chatnamaydi, ular uzoq vaqt bir xilda issiqlik berib yonadi. Biomassadan yoqilg'i briketlarida kul miqdori kam bo'ladi (0,5 -1%), ular oxirigacha to'liq yonadi [1,2].
Biomassadan yoqilg'i briketini ko'mir bilan taqqoslaydigan bo'lsak, 1 kg ko'mir 4920 Kkal issiqlik beradi, 1 kg biomassadan yoqilg'i briketi esa undan sal kamroq, ya'ni 4291 Kkal issiqlik beradi. Biomassadan yoqilg'i briketi yoqiladigan o'choqlarning foydali ish koeffíienti 51,83% ni tashkil etadi, ko'mir yoqiladigan o'choqlarniki esa foydali ish koeffíienti 46,55% ni tashkil etadi. Demak, biomassadan yoqilg'i briketi ishlatilganda foydali ish koeffíienti 5,28% ga oshadi. 1 Gkal issiqlik ishlab chiqarish uchun toshko'mirdan 306,9 kg kerak bo'lsa, biomassadan yoqilg'i briketlaridan 276,1 kg kerak bo'ladi [1,2,3].
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Yevropa mamlakatlarida biomassadan tayyorlangan yoqilg'i briketlaridan foydalanish yolga qo'yilgan. Yuqoridagilardan xulasa qilish mumkinki, biz ham mamlakatimizda xojligida 4-6 bosh qoramoli va 80-100 bosh mayda moli hamda bir necha yuz ta parrandasi bolgan fermerlar uchun an'anaviy qattiq yoqilg'i o'rnini bosuvchi mahalliy yoqilg'i briketlarini ishlab chiqarish va undan yoqilg'i sifatida foydalanish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Yoqilg'i briketining xususiyatlarini o'rganish. Mardonov A.X., Poyanov B.Sh., Xabibullaev R.A. "Umidli kimyogarlar - 2012" Toshkent kimyo-texnologiya institutining yosh olimlari: doktorant, aspirant, ilmiy xodim, magistratura va bakalavriat talabalarining ilmiy -texnikaviy anjumani maqolalari to'plami. Tom I, Toshkent 2012, TKTI, 197-198 b.
2. «O'z qo'lingiz bilan alternativa yaratish yoxud samarador energiya texnologiyalari qanday quriladi» qo'llanma.
3. https://srcyrl.lfbriquettemachine.com/info/the-significance-of-developing-biomass-briquet-74835041 .html