Научная статья на тему 'MULOQOT JARAYONIDA GENDEROLOGIK XUSUSIYATLARINING AKS ETISHI'

MULOQOT JARAYONIDA GENDEROLOGIK XUSUSIYATLARINING AKS ETISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
635
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muloqot / og’zaki muloqot / og’zaki bo’lmagan muloqot / gender / jins / gendertilshunoslik / gender steriotiplar / Communication / verbal communication / non-verbal communication / gender / gender / gender studies / gender stereotypes

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yusupova, Gulxumor, Sobirova, Shohsanam

Maqolada muloqot jarayonida uchraydigan genderologik xususiyatlarning tahlili yoritib berildi. Genderlingvistika zamonaviy tilshunoslikning yangi sohasi ekanlgi va ayollar va erkaklar muloqot jarayonida qanday til birliklarini qo’llashlari haqida bayon qilingan. O’zida genderologik xususiyatlarni aks ettiruvchi maqollar ham tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFLECTION OF GENDEROLOGICAL CHARACTERISTICS IN THE PROCESS OF COMMUNICATION

This article discusses the genealogical features encountered in the communication process. It is explained that gender linguistics is a new field of modern linguistics and what language units women and men use in communication. Articles reflecting genealogical features are also analyzed.

Текст научной работы на тему «MULOQOT JARAYONIDA GENDEROLOGIK XUSUSIYATLARINING AKS ETISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MULOQOT JARAYONIDA GENDEROLOGIK XUSUSIYATLARINING

AKS ETISHI

Yusupova Gulxumor

Urganch davlat universiteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi E-mail: gulhumor.yusupova94 @mail .ru Sobirova Shohsanam Urganch davlat universiteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi E-mail: shokhsanamsobirova@gmail .com

Maqolada muloqot jarayonida uchraydigan genderologik xususiyatlarning tahlili yoritib berildi. Genderlingvistika zamonaviy tilshunoslikning yangi sohasi ekanlgi va ayollar va erkaklar muloqot jarayonida qanday til birliklarini qo'llashlari haqida bayon qilingan. O'zida genderologik xususiyatlarni aks ettiruvchi maqollar ham tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Muloqot, og'zaki muloqot, og'zaki bo'lmagan muloqot, gender, jins, gendertilshunoslik, gender steriotiplar

This article discusses the genealogical features encountered in the communication process. It is explained that gender linguistics is a new field of modern linguistics and what language units women and men use in communication. Articles reflecting genealogical features are also analyzed.

Keywords: Communication, verbal communication, non-verbal communication, gender, gender, gender studies, gender stereotypes

В данной статье рассматриваются генеалогические особенности, возникающие в процессе общения. Объясняется, что гендерная лингвистика является новой областью современной лингвистики и какие языковые единицы используют женщины и мужчины в общении. Также анализируются статьи, отражающие генеалогические особенности.

Ключевые слова: Коммуникация, устная коммуникация, невербальная коммуникация, гендер, гендер, гендерные исследования, гендерные стереотипы

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir. (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-modda.) 510

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Muloqot kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy shartlaridan biridir. Muloqot insonlar o'rtasidagi his tug'ularni, fikrlarni, g'oyalarni, istak-xohishlarni bayon qilish uchun qo'llanuvchi eng muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Muloqot jarayoni tilshunoslik, psixologiya, tarix, mantiq, pedagogika va boshqa ayrim fanlarning ajralmas qismi sifatida dunyo ilm-fanida o'rganilib kelinmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani yoritish jarayonida tilshunoslikning tasvirlash va qiyosiy metodlaridandan foydalanildi. "Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish" nomli ilmiy maqolalar to'plami, T. Mirzayev, A. Musoqulov, B. Sarimsoqovlar muallifligi ostida 2005-yilda nashrdan chiqqan "O'zbek xalq maqollari" kitobi asosiy manba bo'lib hizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muloqot jarayonining bir qancha turlari mavjud: og'zaki va og'zaki bo'lmagan muloqot. Og'zaki muloqot, ya'ni til orqali muloqot qilish jarayonidir. Og'zaki bo'lmagan muloqot, nomidan ham ayon bunday muloqot turlarida so'zlar qatnashmaydi. Yuz ifodalari, pontamima, imo-ishoralar, vizual aloqa muloqotning og'zaki bo'lmagan qismini tashkil qiladi.

Muloqot deb ataluvchi murakkab ijtimoiy jarayonda erkak va ayollar nutqi ham o'z o'rniga ega. Fikrimizning tasdig'iq sifatida keyingi yillarda tilshunoslik ilmida katta qiziqish bilan o'rganilayotgan soha gendertilshunoslikni misol sifatida keltirishimiz kifoya. Gendertilshunoslik asosan g'arb tilshunosligida ko'p tadqiq qilinayotgan soha hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatimiz tilshunos va sotsialog olimlari tomonidan ham ushbu sohani o'rganish jadallik bilan o'sayotganining guvohi bo'lyapmiz. Oldinlari olimlar tomonidan gendertilshunoslik sohasiga uncha katta e'tibor qaratilmagan. Lekin vaqt o'tishi bilan ushbu soha olimlar fikrini o'ziga tortdi va turli paradigmalarda o'rganila boshladi.

Gendertilshunoslik dastlab XX asr so'nggi yillarida g'arb tilshunoslik ilmida va keyinchalik sharqda o'rganila boshlandi. "Gender" tushunchasi ingliz tiliga lotin tilidagi genus so'zidan o'tgan bo'lib, "jins" degan ma'noni anglatadi [2;417].

Jins va gender tushunchalarini farqlash borasidagi birinchi urinish 1968-yili Kaliforniya universiteti professori Robert Stoller tomonidan amalga oshirildi. Gender lingivistikada ayollar va erkaklarning bir-biridan komunikativ jihatdan qanday farq qilinishi chuqur o'rganiladi. Umuman olganda, ikki xil jins vakillarining nutqida juda katta farq bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tilimizda shunday so'zlar borki, ular faqat ma'lum bir jins vakili tomonidan qo'llaniladi. Tadqiqotchilar fikricha, ayollarining nutqi erkaklarning nutqidan leksik, grammatik va fonetik jihatdan farqlanib turadi. Tilshunos olimlar ayollar nutqining 30% iboralardan tashkil topgan degan xulosaga kelishgan. Kuzatishlar natijasida ayollar va erkaklar nutqidagi qarama-qarshilik yaqqol ko'zga tashlanadi. Buni tahlil qilish uchun, avvalombor, ayollarning turli xil nutqiy vaziyatlarda o'zlarini qanday tutishlari haqida to'xtalib o'tsak.

Dastavval, salomlashish jarayonidagi farqlarni tahlilga tortsak. Ayollar ko'chada yoki ish joylarida biron bir tanishlarini ko'rib qolishsa, ancha payt hol-ahvol so'rashib turishadi. Bu paytda oldin ham suhbatlashilgan mavzularda hech zerikmasdan gapirishadi va do'stlarining gaplarini bo'rttirib boshqa bir insonga yetkazishlari ham ko'p kuzatiladi. Erkaklar salomlashish jarayonida ko'p hollarda bir-ikkita so'zdan foydalanadi va suhbatning qisqa va londa bo'lishini yoqtirishadi. Ular ko'pincha "Salom. Ishlaringiz yaxshimi" deb suhbatlarinini tugatishadi. Erkaklar biron-bir mavzuda gapirishdan oldin yaxshilab o'ylab keyin o'z fikrlarini bildirishadi. Bu esa ayollardan ancha farq qilishlarini yana bir ko'rinishidir. Ayollar nutqida mubolag'a va kinoyani ham ko'p uchratish mumkin. Lekin erkaklar nutqida aniqlik, ravonlik, to'g'riso'zlik, qisqalik ko'pincha o'z aksini topadi.

G'arb tilshunoslarining fikricha, ayollar istalgan vaziyatdan erkaklarga qaraganda tez va oson chiqib ketishadi. Bunga ayollarning erkaklarga qaraganda o'z nutqida ko'proq yolg'on qo'llashlaridadir.

His tuyg'ular haqida gap ketganida, aytish mumkin ayollar tabiatan juda ta'sirchandir va o'zlarining his-tuy'g'ularini bemalol boshqa insonlar oldida ayta olishadi. Bu esa erkaklardan psixologik jihatdan farq qilishini yana bir isbotidir. Ayollar suhbat qurayotganlarida vaqt juda tez o'tgandek tuyuladi va to'xtamasdan oddiy mavzularda ham soatlab gapira olishadi. Ayollarning katta qismida muloqot qilishga ehtiyoj doimiy mavjud. Ayollarning ko'pchilik qismi ishxonada beriladigan qisqa dam olish vaqtlarida ham kimdir bilan suhbatlashishni yoqtirishadi.

Leksikaning qo'llanilishi ham ayol yoki erkakning qaysi ijtimoiy guruh qarshisida turishiga qarab tanlanadi. Rasmiy muloqot jarayonlarida ayollar kuzatilganida shuning ko'p guvohi bo'lganmizki, ular bunday davralarda o'zlarini ancha jiddiy tutishga va kam gapirishga, do'stlari davrasida qo'llaydigan so'zlarni qo'llamaslikka harakat qilishadi. Ayollar bunday suhbatlar davomida o'zlarining fikrlarini juda ehtiyotkorlik bilan bildirishadi. Agar suhbatdoshining fikrlari unga yoqmasa, ranjitib qo'ymaslik uchun yoki nizolar kelib chiqmasligi uchun mavhum bo'lib qoladigan so'zlarni ko'p qo'llashadi. Masalan, shartnoma tuzish paytida

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

boshqa bir shaxs tomonidan berlgan taklif ularni qoniqtirmasa, ular: "Bu tog'risida yana bir marotaba yaxshilab o'ylab chiqsak nima deysiz? ", "Bu masalaga birozdan so'ng qaytsak qanday bo'lar ekan? kabi ifodalarni keng qo'llashadi.

Erkaklar muloqot vaqtida suhbatdoshining fikrini oxirigacha tinglashadi va so'zlarini ko'p hollada bo'lib qo'ymaslikka harakat qilishadi. Suhbat jarayonida maqtanishni xush ko'rishmaydi va shaxsiy buyumlarini ko'z-ko'z qilishdan qochishadi. G'iybat qilish esa erkaklarga xos emas deb hisbolashishadi va bunga amal qilishadi.

Xalq og'zaki ijodi namunalari bo'lmish maqollarda ham genderologik xususiyatlarni uchratish mumkin. Maqollarda gender steriotiplar o'z aksini topadi. Maqollar hech qachon o'z o'zidan paydo bo'lmaydi. Kundalik hayotda uchraydigan voqea hodisalar natijasida aytilgan ibratli so'zlar yillar osha avloddan avlodga og'zaki tarzda o'tib shu xalqqa xos xususiyatlarni aks ettiradi. Quyida xalq og'zaki ijodi namunalar bo'lmish maqollardan ayrimlarini tahlilga tortdik.

Erkaklarga xos maqollar Ayollarga xos maqollar

1 Bozorga - baqqol To'rt xotin bir bo'lsa, kasbi o'lan

yigitga-soqol. aytish

2 Yigit kishiga 70 hunar kam Qiz bola-gul lola

3 Yolg'izyigityov olmas Qiz bola- uy ziynati

4 Yigit ko'rki- otyarog' Kelinning chiroyi-chaqaloqda.

5 Erning so'zi-elning so'zi Ayol bor-olam bor

6 Erdan er o'zsa ham, eldan o'zolmas Xotin qizning ishini tovuq cho'qib bitirolmas

7 Yigit degan er bo'lur, mehnat qilsa sher bo'lur Eringan qiz erdan qolar

8 Yigitning bahtini mehnat ochar Erinchoq qizni erga ber, er olmasa yerga ber

9 Erningg'ayrati tog'ni qo'zg'atar Qizi borning, nozi bor

10 Yigitga mardlik yarashar Yalqov xotinga bola - bahona

11 Yigit so'zidan, arslon izidan qaytmaydi Yaxshi boisang kelinchak, Bo'la ko'rma erinchak

O'zida genderologik xususiyatlarni aks ettiruvchi maqollarni nafaqat o'zbek tilida, xususan boshqa ko'plab xorijiy tillarda ham uchratish mumkin. Xususan, nemis tilida ayol va erkakka xos bo'lgan juda ko'plab maqollar mavjud.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sprichwörter für Männer Sprichwörter für Frauen

Erkaklarga xos maqollar Ayollarga xos maqollar

1 Ein Mann muss immer mehr wollen, Auf eine Frau muss man immer eine

als er leisten kann- Erkak kishi har Stunde warten - ayolni har doim bir

doim o 'z imkoniyatlaridan ko 'prog 'ini soat kutish kerak

xohlaydi

2 Ein Mann ohne Frau ist ein Baum Besser keine Frau als eine

ohne Laub und Zweige- Ayolsiz erkak Närrin - ahmoq xotindan

bu barglari va novdalari bo'lmagan ko'ra uni bo'lmagani

daraxt kabidir yaxshiroq

3 Geld macht den Mann- Pul erkakni Frauen sind die Schlauen - ayollar

erkak qiladi ayyorlar

4 Ein mutterloser Ehemann macht eine Die Frauen platzen, wenn sie

glückliche Ehefrau- Onasi yo'q erkak schweigen sollen - ayollar jim

ayol qadrini biladi va rafiqasini baxtli turishsa, portlab ketishadi

qiladi

5 Jeder Mann ist König in seinem Die Frau macht oder verdarbt die

Haus- Har bir erkak o'z uyining Haushalt - ayol ro'zg'orni but qilishi

shoxidir ham, yo'q qilishi ham mumkin

6 Männer, die viel lieben, werden viel Die Frau hat dem Teufel die Suppe

arbeiten- Ko'p sevadigan erkaklar gekocht und sie ihn dann essen

ko'p ishlaydi lassen- Ayol kishi shaytonga ham sho'rva pishirib ichirishga qodir

7 Männer lieben mit Augen- erkaklar Die Frau kommt immer zu spät-

ko'zi bilan sevadi Ayollar har doim kechikib kelishadi

8 Es gibt zwei gute Männer, der eine ist Die erste Frau ist die Magd, die

tot und der andere noch nicht zweite die Herrin - Birinchi xotin

geboren- Erkak zotining yaxshisi 2 xil xizmatkor, ikkinchi xotin beka

bo'ladi: 1) vafot etgani, 2) hali

tug'ulmagani

9 Wer seiner Frau alles erzählt, kann Die hässlichste Frau ist die beste

nur frisch verheiratet sein- kim Haushälterin- Eng xunik ayol, eng

xotiniga hamma narsa haqida gapirib yaxshi uy bekasidir

bersa, demak u yangi uylangan

10 Zwei gute Tage im Leben eines Eine Frau fragt mehr, als hundert

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mannes: Wenn er heiratet und wenn er seine Frau begräbt- Erkak hayotidagi 2 ta yaxshi kun. 1) uylangan kuni, 2) xotinini dafn qilgan kuni Männer beantworten können- Bitta ayol, 100 ta erkak javob beraoladigandan ham ko'p savollar berishga qodir

11 Kleider schätzen wir, wenn sie neu sind, Männer, wenn sie alt sind- Biz kiyimlarimiz yangiligida, erkaklarni esa qariganlarida qadirlaymiz Frauen und Geld regieren die Welt-Ayollar va pul dunyoni boshqaradi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkin, gender ko'p aspektli tushuncha hisoblanadi. Tilshunoslikning bu bo'limi barcha sohalar bilan uzviy bog'liqdir.

Suhbat vaqtida ikkala jins vakiliga ham turli xil omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ayollar, yuqorida ta'kidlanganidek, muloqot jarayoniga erkaklarga qaraganda osonroq va tez kirishadilar. Erkaklar esa muloqotga kirishga biroz qiynalishadi va suhbat paytida mavzudan tashqari savol berilsa, ular bu savollarga iloji boricha javob berishmaydi. Ayol va erkak o'rtasidagi farqlar ayniqsa xalq maqollarida o'z aksini topadi.

REFERENCES

1. Mirzayev T, Musoqulov A., Sarimsoqov B. O'zbek xalq maqollari. T.: Sharq, 2005.

2. Fries G. Brock Haus. Enzyklopädie in 30 Bänden. Mannheim, Wissen Media Verlag, 2006.

3. Günther D, Werner S. Duden, Band 11: Redewendungen und sprichwörtliche Redensarten. Mannheim, Leipzig, Wien, Zürich.: Dudenverlag, 1999.

4. https: //www.redensarten- index. de/suche. php

5. https://www.duden.de/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.