Научная статья на тему 'Muhandislik ta’lim yo’nalishi talabalarini kasbiy tanlovga ta’sir etuvchi omillar'

Muhandislik ta’lim yo’nalishi talabalarini kasbiy tanlovga ta’sir etuvchi omillar Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
72
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / o’rganish / o’rganish / bilim / hodisa / kasbiy shakllanish / sub’ekt / kasbiy mahorat / kasbiy shakllanishi / individ

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdulaziz Xakim O’g’li Xujaqulov

Maqolada, oliy ta’lim muassasalaridagi muhandislik ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy tanloviga tasir etuvchi ta’lim va tarbiyani amaliy ish va tajriba bilan o’rgatish shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ishharakatlariga kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa ular kasb-hunarning chinakam oshig‘i bo’lishi isbotlangan. Shu bilan birga Oliy ta’lim muassasalaridagi muhandislik ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy shakllanishini o’rganishda insonning imkoniyatlarini to’liq ochib beruvchi sub’ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish kerakligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Muhandislik ta’lim yo’nalishi talabalarini kasbiy tanlovga ta’sir etuvchi omillar»

Muhandislik ta'lim yo'nalishi talabalarini kasbiy tanlovga

ta'sir etuvchi omillar

Abdulaziz Xakim o'g'li Xujaqulov [email protected] Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Annotatsiya: Maqolada, oliy ta'lim muassasalaridagi muhandislik ta'lim yo'nalishi talabalarini kasbiy tanloviga tasir etuvchi ta'lim va tarbiyani amaliy ish va tajriba bilan o'rgatish shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo'lgan ish-harakatlariga kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa ular kasb-hunarning chinakam oshig'i bo'lishi isbotlangan. Shu bilan birga Oliy ta'lim muassasalaridagi muhandislik ta'lim yo'nalishi talabalarini kasbiy shakllanishini o'rganishda insonning imkoniyatlarini to'liq ochib beruvchi sub'ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish kerakligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, o'rganish, o'rganish, bilim, hodisa, kasbiy shakllanish, sub'ekt, kasbiy mahorat, kasbiy shakllanishi, individ

Factors influencing the professional choice of engineering

students

Abdulaziz Hakim oglu Khujakulov [email protected] Karshi Institute of Engineering and Economics

Abstract: In the article, the students of engineering education in higher educational institutions are interested in the profession of education and upbringing with practical work and experience, which affects their professional choice. if this interest draws them completely into the profession, they are proven to be true lovers of the profession. At the same time, in studying the professional formation of engineering students in higher education institutions, it is explained that it is necessary to give importance to the different types of social relations between the subject and the social environment, which fully reveal the human potential.

Keywords: education, learning, learning, knowledge, event, professional formation, subject, professional skill, professional formation, individual

KIRISH. Ta'lim so'z va o'rganish yo'li bilangina bo'ladi. O'rganish esa amaliy

ish va tajriba bilan o'rgatishdir. Ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy rnalakalaridan iborat bo'lgan ish-harakatlariga kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig'i bo'ladilar. Maqsadni amalga oshirishda axd va g'ayrat mo'ljallanganligini bajarishda zo'r ta'sirga egadir. Nazariy bilimlarni yo ustozlar yoki hikmatlar o'rgatadilar. Ishlar yuqorida aytib o'tilgan narsalar, kasb-hunar shu tajriba shaxd va g'ayratga ega bo'lganlari va shu narsalarni o'z vujudlarida singdirganlaridan so'ng ularni astasekin egallay boradilar hamda yuqorida aytib o'tilgan fazilatlarni aniqlab borib, nazariy bilimlarning hammasida mantiqiy fikrlash yo'lini ishlatishga odatlanadilar. Shu tartibda bolalarga o'rgatish yo'li bilan ular kamolga yetguncha ana shu fazilatlar aniqlanadi va tarbiya qilinadi.

MUAMMONING O'RGANILGANLIK DARAJASI. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy kasb hunar to'g'risida ilk fikrlarini bildirib qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi ta'lim -so'z va ko'nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish - harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarga berilgan u bilan qiziqqan kishilar shu kasb hunarning chinakam shaydosi bo'lishini aytgan. Bu mulohazalardan anglanib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo'lib kelgan. Buyuk qomusiy olim sifatida barcha hodisalarning mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berishga harakat qilgan.

Keyinchalik shaxsni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo'lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib ko'rsatgan. Birinchi usul - bu insondagi barcha munosabatlar to'liq emas, balki alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub'ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo'lmaydi. Bu yerda hayotning o'zi "tabiiy jarayon sifatida" namoyon bo'ladi, inson hayot tarzi bilan uni to'ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o'rniga sub'ekt sifatida namoyon bo'ladi. Bu yerda axloq, beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo'ladi va shu bilan bir qatorda bu yerda yaxshilik va yomonlik o'zaro bog'liqdir. Bu usul insonning hayoti o'zidan o'zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMALAR. Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog'liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funktsiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko'rsatib bergan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko'p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o'z imkoniyatlarini to'liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy

faoliyatda o'zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta'limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.

Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o'rganishni muhimligini ko'rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o'rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo'naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib o'rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.

Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko'pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko'pincha mutaxassis shaxsining to'la tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo'li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko'rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi.

XULOSA. Oliy ta'lim muassasalaridagi muhandislik ta'lim yo'nalishi talabalarini kasbiy shakllanishini o'rganishda insonning imkoniyatlarini to'liq ochib beruvchi sub'ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo'linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub'ekt o'zini "topgan", o'zida va faoliyatida o'zini o'zgartirishni xoxlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub'ektning o'zini o'zi "qidirishi" bilan izohlanadi. Bu o'tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 52- bet

[2] Jumayev U.S. O'smirlarda kasb tanlashga munosabat tizimi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: psixol. fan. nom.dis. avtoreferati. - T., 2004. - 8-bet.

[3] Xujakulov Abdulaziz Xakim ugli Improving the methodology of preparing studentsfor professional activity in higher education institutions. JMEA Journal of Modern Educational Achievements 2023,Volume10.

[4] Сирoжиддин Мyрaдoв. ПРОБЛЕМЫ ТУШЕНИЯ ПОЖАРОВ КЛАССА Е ЛИЧНЫМ СОСТАВОМ ПОЖАРНОЙ ОХРАНЫ В МИРЕ. International journal of advanced research in education, technology and management. 2023/5/25.

[5] Muradov S. ANALYSIS OF "MEASURES TO ENSURE OCCUPATIONAL SAFETY IN THE FIELD OF CARGO TRANSPORTATION AND LOADING." International journal of advanced research in education, technology and management. 2023/9/29. [bet 127-132]

[6] МУРАДОВ СИРОЖИДДИН, РАЖАБОВ ХУРШИД ФАХРИДДИН УГЛИ. ИЗУЧЕНИЯ УСЛОВИЯ ТРУДА В КОМПАНИИ ЕВРОПЫ. МУРАДОВ СИРОЖИДДИН. International journal of advanced research in education, technology and management. 2023/10/27

[7] MURADOV SIROJIDDIN HUSAN O'G'LI, ESHPO'LATOV AZIZBEK ADHAM O'G'LI. PHYSIOLOGICAL AND HYGIENE BASIS OF HUMAN LABOR ACTIVITY. International journal of advanced research in education, technology and management. 2023/11/13

[8] Латиф Махмаюсуфович Эшмухамедов. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ В ОБЛАСТИ ПРЕДУПРЕЖДЕНИЯ И ЛИКВИДАЦИИ ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЙ Вестник науки и образования 2022.

[9] Eshmukhamedov Latif Maxmayusufovich. PRIMARY CONCEPTS ABOUT EARTHQUAKES AND THEM ENSURING THE SAFETY OF THE PUBLIC WHEN IT HAPPENS. International journal of advanced research in education, technology and management 2023/10/27.

[10] Karimov Bahadir Oktam ogli,, Nishonova Shahrizoda Chori qizi, Temirova Shahzoda Jamshidovna, Normengliyeva Fayyoza O'tkir kizi. SAFETY BEHAVIORAL AUDIT METHODOLOGY. International journal of advanced research in education, technology and management. 2.07. 2023

[11] Muradov Sirojiddin Husan o'g'li, Egamov Dilshodbek Shavkat o'g'li. INNOVATIVE SOLUTIONS TO PROTEC T WORKERS FROM DANGEROUS GAS AND TOXIC SUBSTANCES IN HAZARDOUS INDUSTRY ENTERPRISES. Educational Research in Universal Sciences. 2023-11-17.

[12] Muradov Sirojiddin Husan o'g'li, Zayniyev Ulfat Utkir o'g'li. PRINCIPLES OF PASSING AND DOCUMENTING INSTRUCTIONS ON SAFETY TECHNIQUES. Educational Research in Universal Sciences. 2023-11-17

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.