UO'T: 624.012.45
MOZAIKALI POLLARNI QURISHDA MARMAR TO'LDIRUVCHILARNING
MIKROQATTIQLIGINI KAMAYTIRISH USULLARINI TADQIQ ETISH
Salimova Iroda Nazarbaevna Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi dotsenti (PhD) e-mail: [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada marmarga tegishli bo'lgan mo'rt va plastik mo'rt ashyolarning yuzasini buzilish xususiyati uvalanadigan tana xususiyati, yuklash-tezlanishli parametrlar va silliqlash olib borilayotgan tashqi muhitga bog'liq bo'lgan tasirlar kursatilgan. Mozaikali qoplamalarda marmar to'ldirgichga qo'llanilgan holda birinchi navbatda abraziv yemirilish yuz beradi va silliqlashni bog'lovchilar yordamida sementlangan abraziv donachalarini ko'p sonli yuzasini, ya'ni mikrotirnashlar jarayoni keltirilmoqda.
Аннотация. В этой статье описываются свойства деградации поверхности хрупких и пластико-хрупких материалов, принадлежащих к мрамору, свойства крошащегося тела, параметры ускорения нагрузки и эффекты, связанные с внешней средой, в которой выполняется шлифование. При нанесении на мраморный наполнитель в мозаичных покрытиях, в первую очередь, происходит абразивная эрозия и выводится большое количество поверхностей цементированных абразивных зерен с помощью шлифовальных связующих, т.е. процесс микроцарапин.
Annotation. This research paper describes the surface degradation properties of brittle and plastic-brittle materials like marble, crumbling body properties, load acceleration parameters and effects associated with the environment in which grinding is performed. When applied to marble filler in mosaic coatings, first of all, abrasive erosion occurs and a large number of cemented abrasive grain surfaces are removed by means of grinding binders, i.e. a micro-scratch process.
Kalit so'zlar: Abraziv yemirilish, marmar, mikrotirnash, to'ldiruvchi, mikroqattiqlig, kamaytirish usullari, tadqiq etish.
Ключевые слова: Абразивное истирание, мрамор, микротрещины, наполнитель, микротвердость, методы восстановления, исследования.
Keywords: Abrasion, marble, microcracks, filler, microhardness, restoration methods, research.
Kirish. Mozaikali pollarni asosan sanoat binolarida, savdo markazlarida, ofislarda, tibbiyot va ta'lim muassasalarida, xizmat ko'rsatish shaxobchalarida, avtoulov yuvish binolarida va boshqa binolarda ko'rishimiz mumkin.
Oddiy beton pollardan farqli o'laroq, mozaikali pollar me'moriy jihatdan jozibali, zarbga chidamli, namlikka chidamli, ekologik tozaligi, sanitariya gigienik jihatdan talabga javob berishi bn ajralib turadi (1-rasm a,b).
Yana bir axamiyatli tarafi shundaki, marmar uvoqlaridan qurilgan pollarda uchqun chiqish xavfi yo'qligi, yong'in xafvsizligi talablariga ham javob berishini ko'rsatadi.
Polning mozaikali qoplamasi uchun ko'proq yuqorida ko'rsatilgandek, marmarni maydalab olinadigan uvoqlari qo'llaniladi [7-8].
Qurilishda to'liq kristall jinsli marmar va marmarlashgan ohaktoshlar ishlatiladi. Marmarlashgan ohaktoshlar sayqallanadigan bo'ladi va ohaktoshdan haqiqiy marmar holatiga o'tish davridagi jinslar hisoblanadi.
O'zbekistonda va boshqa joylarda o'nlab marmar konlari mavjud bo'lib, u yerdan qurilish uchun ezilishga mustahkamlik chegarasi 6 dan 12 kPa gacha bo'lgan marmar uvoqlarini olishadi.
Marmarda asosiy jinsni tashkil qiluvchi mineral kalsiy hisoblanib, uning tarkibi 85 dan 89,8% gacha o'zgaradi.
a
b
1-rasm. Marmar bo'laklari: a-yirik kulrang, b-mayda sarg'ish-oq.
Marmarning silliqlanishini o'rganishda dastlabki ashyolar sifatida to'rtta marmar konidan foydalanilib, u yerdan asosan qurilish tashkilotlariga marmar uvoqlari yetkazib berilgan. Ko'rsatilgan konlardagi marmarlarning fizik-mexanik xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan. Mazkur jadvaldagi ma'lumotlar har bir kondan olingan beshtadan namunalarning sinov natijalari bo'yicha o'rtacha qiymatlari asosida tuzilgan. Tajriba asosan Olmaliq konidan olingan marmardan foydalanib o'tkazilgan. Boshqa konlardagi ma'lumotlar turli texnikaviy adabiyotlardan tahlil asosida olingan [1-2, 77-b].
1-jadval
Tadqiq etilayotgan marmar jinslarining asosiy fizik-mexanik va dekorativ xususiyatlari
№ t/r Kon joyi Tog' jinsi rangi Zichli gi r/CM3 Hajmiy massasi, r/CM3 Ezishdagi mus-tahkamlik chegarasi, kPa Mikro-qattiqlik , N/mm2 G'ova k-lik, %
1. Olmaliq (O'zbek.Resp.) Oq sariq tus bilan 2,7 2,64 6,47 149,2 1,7
2. Koelgin (Ural) Oq rang 2,71 2,68 6,53 144,3 1,1
3. Navoiy vil. G' ozg'on marmar koni Sarg'ish-ok 2,72 2,63 6,51 141,2 1,6
4. Samarqand viloyati Zarband marmar koni Kulrang qoramtir yo'l yo'l chiziq dog'lari bor 2,75 2,68 6,46 147,3 1,5
5. Toshkent vil. Oqsoqota marmar koni Oq-sarg'ish chiqanoq-simon 2,69 2,62 6,56 146,5 1,2
6. Ufaley (Chelyabinsk) Ko'k-qo'ng'ir 2,75 2,7 10,79 159,7 1,72
Shu sohadagi texnikaviy adabiyotlar ma'lumotlari va maxsus o'tkazilgan tajribaviy tadqiqotlarni tahlili abraziv bilan bog'langan marmarlarni silliqlash jarayoni jadalligini baholash uchun kerak bo'lgan dastlabki dalillarni olish imkonini berdi (2-jadval). Olingan ma'lumotlar asosida marmarlarni silliqlash jarayoni jadalligini ularning mikroqattiqligiga, abraziv эlementlari tavsifi va boshqa parametrlarga bog'liqligi aniqlandi:
_ __QM
T " 1,76K K V (q / H f ' bu yerda
12 a M
t - silliqlash vaqti, minut;
QM - o'yish chuqurligi, mm;
Ki - marmar turiga bog'liq koeffisient;
K2; a - abraziv elementlari tavsifiga bog'liq koeffisientlar.
S / 1 Ia a = 2
K2 = ___ • h2 • C\ _ I • Z; a _'
s max I e ; v
v - silliqlash tezligi, mm/min;
qa - marmar yuzasiga abraziv elementlarini nisbiy bosimi, N/mm2; hm - marmarning mikroqattiqligi, N/mm2;
51 - silliqlash mashinasining abraziv elementini ishchi maydoni, mm2;
52 - traversaning bir aylanishdagi silliqlash maydoni, mm2;
Hmax - abraziv donalarining notekisligini maksimal balandligi, mm; S - abraziv element yuzasidagi qirquvchi donalar soni, dona/mm2; e , v - tayanch egri chiziq parametrlari
e = 1* 6; v = 0,5 * 2; Z - abraziv эlementlar soni, dona;
Ki, K2 va a - koeffisientlari marmarning ma'lum xili va abraziv element turi uchun doimiy qiymatlarini saqlab qoladilar.
Formulaning ishonchliligi nazariy va marmarlarni silliqlashda olingan tajriba ma'lumotlarini taqqoslash yo'li bilan tasdiqlangan (2-rasm).
Formuladan ko'rinib turibdiki, silliqlash vaqti silliqlash tezligi va nisbiy bosimni oshirish bilan qisqaradi hamda marmarning mikroqattiqligini oshirish bilan o'sadi.
Lekin tezlikni va nisbiy bosimni oshirganda эnergiya sarflanishi keskin ortadi. Buzilish oldi xududida marmarning mikroqattiqligini kamaytirishning эng maqsadga muvofiq yo'li shundaki, unda amaldagi qurilma silliqlash jarayonini эnergiya harajatlari oshishiga olib kelmaydi.
2-jadval
Marmarlarni silliqlash jarayoni jadalligini mikroqattiqligi asosida baholash uchun dastlabki ma'lumotlar
Qiymatlar nomi Hisobiy formula yoki belgi O'lchov birligi Эslatma
1 2 3 4
Abraziv elementning yagona donasini marmarda qoldiradigan yo'qligi chuqurligini eniga nisbati Ki ki = 4,5 ^ 6 marmarning mikro-qattiqligidan bog'liq holda
1 ^ = 1,12
Yo'lakning o'rtacha uzunligi I = 7,03R = I^ • 2%R mm R -silliqlash mashinasining planshaybasi radiusi, mm
Yo'lakning maksimal chuqurligi 2 t 2 = ( qa )v . h2 max LI! ; max M mm b, v - tayanch эgriligi parametrlari; v=0,5^2; b=1-6 hmax - abraziv donasi notekis-ligining maksimal balandligi
Silliqlash mashinasining abraziv elementini ishchi maydoni Si mm2
Mashinaning traverslarini aylanish soni N ayl/min
Silliqlash tezligi v mm/min v=nR
Abraziv element yuzasida qirquvchi donalar soni C dona/mm2 Adabiyot manbalari bo'yicha
Abraziv elementlar soni Z dona -
Silliqlashda marmarning nisbiy qirqib olinishi Q = 1 • K l • t 2 • S • C • n y ^ 1 max 1 mm3 /min -
Bir minutda qirqib olinish chuqurligi Q = Q M Q, mm/min S2 - traversning bir aylanishdagi silliqlash maydoni, mm2 S2 T ( dl2 1 = 1R2 - IR —J 1 IL ^ 2J U
Abraziv elementning shartli diametri D mm -
2U00
2200
2000
ä 1800
£
1600
£ n 1AOO
tn
1200
1000
§ 800
ci
600
UOO
200
\ \\ \ \
y\\ \
yC \ \ \ N
"Sly
<^
Xv
>-
12 3 i 5 6
Cu/>/iuK/iaö o/iUHLidueciH Kam/iaM, MM
2.6-rasm. Marmarlarni silliqlash jadalligi bo'yicha tajriba va nazariy ma'lumotlarni taqqoslash.
Chizmadagi shtrixlar - nazariy hisoblar zonasi;
Chizmadagi nuqtalar - KCh-40-Si-B turdagi abraziv elementlarga qo'llanilgan tajriba ma'lumotlari.
1-mikroqattiqligi Nm=172,8 N/mm2 bo'lgan marmar;
2-mikroqattiqligi Nm= 142,0 N/mm2 bo'lgan marmar.
Marmar to'ldiruvchining silliqlashda mikroqattiqligini pasaytirishning mumkin bo'lgan usullarini o'rganish shuni ko'rsatdiki, эng yuqori samaraga yuza-faol moddalar (YuFM) ishtirokida эrishiladi.
Natija. Dastlabki olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida yuza-faol moddalar qo'llangan mozaikali pol qoplamasini silliqlashni takomillashgan usuli va texnologiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.
Mozaikali qoplamasini silliqlash muddatini aniqlashda marmar namuna-taxtachalarni sinashdan avval bir xil g'adir-budirlikni hosil qilish uchun ularni dastlab silliqlab olindi. Turli qazilma konlardagi marmarlarni silliqlash vaqtini olinadigan qatlam qalinligiga bog'liq holda o'lchangan qiymat natijalari 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval.
Marmarlarni silliqlash muddati, minutda._
Marmar koni joyi Olingan qatlamlarning umumiy qalinligi, mm
0,5 1 2 3 4 5 6 7
Olmaliq (O'zb. Respub.) 99,3 198,0 395,6 594,3 792,5 989,6 1187,3 1386,1
Koelgin (Ural) 80,1 160,6 319,8 479,1 541,3 701,5 859,1 1019,4
Navoiy vil. G'ozg'on marmar 150,2 298,9 601,3 900,6 1201,3 1509,1 1812,0 2103,5
koni
Samarqand viloyati Zarband marmar 88,1 170,6 419,8 679,1 541,3 701,5 859,1 1019,4
koni
Toshkent vil.
Oqsoqota marmar 106,3 178,7 376,6 594,3 792,5 867,6 1217,3 1386,1
koni
3-jadvaldagi ma'lumotlarning tahlilidan ko'rinishicha, agar marmarni 7 mm qalinlikda qatlamini silliqlab olinsa, sement toshining 14 kunligiga nisbatan 2,5 - 4,5 marta sekinroq silliqlanadi. Undan tashqari, turli konlardagi marmarlar har xil silliqlanadi.
Hammadan osonroq Koelgin konidagi marmar silliqlanadi, unda эzilishga mustahkamlik chegarasi qiymati Olmaliq konidan olingan marmardan yuqori bo'lsa ham, ammo qattiqligini pastligi aniqlandi.
Bu holatni shunday tushuntirish mumkinki, marmarning mustahkamligi faqat uning minerologik tarkibi (kal^tning foizli tarkibi) va tuzilishidan эmas, balki marmar tanasining turli qatlamlarida mikrodarzlarning mavjudligiga bog'liq bo'lib, ular kamroq darajada silliqlanishiga ta'sir ko'rsatadi.
Mozaika qoplamalarining silliqlanuvchanligini bir massa qismda kulrang portlandsement va marmarning uchtadan massa qismlari 2,5 - 5, 5 - 10 va 10 - 15 mm frak^yalari bilan o'rganildi.
Tajriba uchun faqat Olmaliq konidagi marmardan foydalanildi. Qolgan marmar konlaridagi ma'lumotlar texnikaviy adabiyotlardan olingan.
Marmar uvoqlarini marmarni silliqlashda o'rganilgan taxtachalarni maydalash yo'li bilan olindi. Sinovning har bir seriyasi uchun uchta namuna-taxtachalar tayyorlangan va ular sement toshidan tayyorlangan namunalar kabi sharoitlarda saqlangan.
Namunalarni har 5 va 14 kunlik qotish muddatidan so'ng tekshirildi. Ko'rsatilgan saqlash muddatlari orasidagi natijalarni o'zgarish holatini aniqlash uchun 7 kunlik muddatda Olmaliq konidagi marmar uvoqlaridan namunalar sinab ko'rildi.
3-rasmda turli konlardagi marmar uvoqlaridan barpo эtilgan mozaika qoplamasini silliqlash tezligi эgri chiziqli grafiklari keltirilgan. Bunda uchtadan namunalarning o'rtacha qiymatlari asosida grafiklar qurilgan. Grafiklardan ko'rinishicha, эgri chiziqlar holati sement toshini silliqlash vaqtidagi o'zgarishiga o'xshash bo'lib chiqmoqda. Mozaika qoplamasining yuza qatlami asosiysiga nisbatan tezroq olinadi, chunki bu qatlam asosan, sement toshidan tashkil topgan.
Qoplamaning silliqlanuvchanligi yuqori darajada sement toshining yoshiga bog'liq bo'ladi.
4 - rasmdagi grafiklarda Olmaliq konidan olingan marmar uvoqli mozaika qoplamasining va sement toshining etti millimetrli qatlamini olish vaqtining эgri chiziqlari keltirilgan. Bu erda me'yoriy sharoitlarda namunalarni chidash muddatiga bog'liqligi hisobga olingan. Эgri chiziqlarning xususiyatlari shuni ko'rsatadiki, mozaika qoplamasi yoshini 5 kundan 14 kungacha oshirish natijasida uning silliqlash vaqtini keskin oshishi ro'y beradi. Qoplamani 14 kundan ko'proq saqlaganda sezilarsiz miqdorda vaqt sarfi oshadi, chunki boshlang'ich davrga nisbatan sement toshining эzilishdagi bo'lajak mustahkamligi va qattiqligi ancha sekinroq oshadi.
Mozaika qoplamali polning turli yoshdagi holatida silliqlash vaqtini sement toshi va turli konlardagi marmarlarni silliqlash vaqtlari bilan taqqoslaganda ancha qiziqarli natija ma'lum bo'lmoqda [5-6, 56-b].
Ma'lum bo'lishicha, 7 mm qalinlikdagi mozaika qoplamasini olish uchun kerak bo'lgan vaqt, ya'ni o'rtacha 60-70% marmar yuzasi bilan to'yinish darajasi bo'lganida, marmarning shunday qalinlikda qatlamida olishdagi nisbatan kam sarflanadi. Bunda marmar yuzasiga nisbatan 5 kunlik pol qoplamasi uchun deyarli 15 marta, 7 kunlik uchun - 6 marta va 14 kunlik uchun 3 marta kam sarflandi.
Bu holatning sababini aniqlash uchun 5, 7 va 14 kunlik yoshdagi mozaika qoplamasi namunalaridan 3-5 mm qalinlikkacha silliqlangan yuzalardan profilogrammalar olindi. Profilogrammalarni profilograf-profilometr "Kalibr - VЭГ' asbobida quyidagi uslubiyat bo'yicha olindi. Namunalar yuzasida 3-5 sm shartli to'g'ri chiziq boshida va oxirida belgi (o'yiq chiziq) qo'yilib, u to'ldirgich donasi va sement toshi bo'yicha o'tadi.
700 £ 600
500
3 È
I
Ta
=n Í00
§ 300
s
I
Uj
200
100
/
/ /
/ /
/
/
V
"A
0 1 2 3 4 5 6 7 Cu/i/iuK/iaö o/iuHadusQH Kam/iaM, mm
x
I
3-rasm. Turli qazilma joylaridan olingan marmar uvoqli mozaika qoplamali
pollarning silliqlanishi:
a - 5 kunlik pollar; b - 7 va 14 kunlik pollar. 1 - Koelgin (Ural) konidan olingan marmar uvoqlari; 2 - Olmaliq (O'zbekiston) konidan olingan marmar uvoqlari;
3 - Ufaley (Chelyabinsk vil.) konidan olingan marmar uvoqlari;
4 - Stepnokert (Armaniston) konidan olingan marmar uvoqlari.
600
1 £
2 £ £ i-.
a ä
500
i 00
a S 300
200
100
2
/J 1
/ //
7
/
8 10 HaMtjHa/inp éuiu, kijh
12
K
4 - rasm. Olmaliq konidan olingan marmar uvoqlari bo'lgan mozaika qoplama va sementli toshlarning yoshiga qarab silliqlash vaqtining bog'liqligi.
1 - sementli tosh; 2 - Olmaliq konidan olingan marmar uvoqlari bo'lgan mozaika qoplamali pol.
Izoh: olinadigan silliqlash qatlami qalinligi 7 mm ga teng qabul qilingan.
O'yiq chiziq ustiga po'lat lineyka qo'yilib, uning qirrasidan ignali datchik sirpanadi. Igna namuna yuzasidan nus'ha oladi, uning kesimi (profili) эsa maxsus tasmaga vertikal bo'yicha 1000 marta, gorizontal bo'yicha 20 marta kattalashtirib avtomatik tarzda yoziladi.
5a, b va v - rasmlarda marmar va sement toshi o'rtasidagi bo'linish chegarasida profilogrammalar qismlaridan эng ko'p ahamiyatli joylari keltirilgan.
Muxokama. Profilogrammalar tahlilini ko'rsatishicha, mozaika qoplamalarining 5, 7 va 14 kunlik muddatlaridagi profil xususiyatlari o'xshashdir.
Marmar to'ldirgich yuzasi sement toshi yuzasidan chiqib turadi. Yuzalarning sathlari farqi 30-40 mikron chegarasida o'zgaradi. Binobarin, faraz qilish mumkinki, silliqlash jarayonida sement toshi tezroq eyilib, to'ldirgichning chiqib qolgan donasini yalang'ochlaydi. Bunda abraziv toshi to'g'ridan-to'g'ri bevosita to'ldirgich zarrachalari yuzasi bilan bog'lanib, sement toshi tanasida hosil bo'ladigan ariqchalarga maydalangan kukunsimon mahsulot(shlam)ni bosadi. Ariqchalarning hosil bo'lishi marmar to'ldirgichlarga nisbiy bosimni keskin oshishiga olib keladi va silliqlash jarayonini engillashtiradi. Buning natijasida marmarni jadal eyilishi ro'y beradi.
Sement toshining eyilishiga bu vaqtda shlam yordam beradi. Abraziv toshi bilan bosib chiqarilgan ariqchalardagi shlam bo'lib, u o'z navbatida marmarning mayda zarrasi sifatida sement toshiga nisbatan abraziv hisoblanadi. Hamma bu hodisalar shunga olib keladiki, mozaika qoplamasini silliqlash uchun vaqt sarfi marmarni silliqlashga nisbatan ancha past эkan.
Ma'lumki, profilogrammalarni tahlilini ko'rsatishicha, to'ldirgich donasi yuzasi sement toshi yuzasidan 30-40 mikronga ko'tarilib turadi. Bu shuni bildiradiki, silliqlashda silliqlash mashinalarining abraziv эlementlaridan nisbiy bosim bir jinsli ashyolrni silliqlashdagi kabi эlementlar ostiga joylangan mozaika qoplamasining hamma maydoniga эmas, balki amalda faqat marmar to'ldiruvchiga ta'sir qiladi. Bu to'ldirgich donalariga kuchaygan bosim hosil qiladi va mozaika qoplamasini olish jadalligini keskin oshirib yuboradi. Bunda sement toshi эrkin abraziv bilan silliqlanadi. Bu abraziv rolini marmar, sement toshining emirilish mahsuloti va abraziv эlementlarining uvalangan donalari bajarib, ularni suv bilan aralashmasini shlam deyiladi.
Mozaika qoplamani silliqlash jarayonining aniqlangan xususiyatlari va alohida holat abrazivlar bilan bog'liq marmarlarni silliqlash jarayoni jadalligiga turli texnologik omillarni ta'sirini o'rganish yo'nalishida kelgusi tadqiqot yo'lini aniqlab olindi.
Alohida holatga sement toshini oqilona mustahkamligi(qattiqligi)da silliqlashni boshlash uchun qoplamaning tez olinishiga asosiy ta'sirni to'ldirgich (marmar) ko'rsatadi.
b)
2.9 a, b va v-rasmlar. Marmar va sementli tosh o'rtasidagi bo'linish chegarasida mozaika
qoplamasining profilogrammalari.
a - 5 kunlik yoshda; b - l kunlik yoshda; v - 14 kunlik yoshda.
Xulosa. Marmarga tegishli bo'lgan mo'rt va plastik-mo'rt ashyolarning yuzasini buzilish xususiyati uvalanadigan tana xususiyati, yuklash-tezlanishli parametrlar va silliqlash olib borilayotgan tashqi muhitga bog'liq holda turlicha bo'lishi mumkin.
Mozaikali qoplamalarda marmar to'ldirgichga qo'llanilgan holda birinchi navbatda abraziv emirilish yuz beradi. Shuning uchun silliqlashni bog'lovchilar yordamida sementlangan abraziv donachalarini ko'p sonli yuzasini, ya'ni mikrotirnashlar jarayoni kabi ko'rilmoqda.
Mozaika qoplamasini silliqlanuvchanligi asosan marmar to'ldirgichining qattiqligiga bog'liq bo'ladi. Qoplamaning 4-5 kunlik yoshidagi silliqlash vaqti marmarni silliqlash vaqti bilan aniqlanadi. Shuning uchun marmarni silliqlash jarayonini jadallashtirish usullarini qidirib topish asosiy amaliy masala hisoblanadi.
ADABIYOTLAR
1. Bozorboev N., Muxibova N., Salimova I. Bino va inshootlarni turli konstruk^yali pollarini barpo эtish texnologiyasi. Monografiya. Toshkent 2011. "TURON-ISTIQBOL" MChJ, 2011y.
2. Bozorboev N., Salimova I. Bino va inshootlarning pollarini barpo эtish texnologiyasining ba'zi muammolari. J-l "Arxitektura. Qurilish. Dizayn." Ilmiy-amaliy jurnal. № 1, Toshkent, 2006.
3. Гницевич Е.П., Завражин Н.Н. Передовые методы организации производства отделочных работ. М., СИ, 1985. -144 стр.
4. Голубев Б.И. Определение объемов строительных работ. Справочник. М., СИ, 1991. -63 стр.
5. Данилов Н.Н. «Технология строительного производства» М., Высшая школа, 2000.
6. Технология строительных процессов: В 2 ч. Ч. 1.: Учеб. для строит, вузов / В. И. Теличенко, О.М.Терентьев., А.А.Лапидус - 2-е изд., испр. и доп. - М.: Высш. шк., 2005. -392 с: ил.
7. E.Keith Blankenbaker. Construction and Building Technology. The Goodheart-Willcox Company, Inc. USA. 2013. ISBN 978-1-60525-810-2
file:///C:/Users/User/Desktop/обзор%20литературы/Мозаичные%20полы%20из%20м раморной%20крошки^1т!