Научная статья на тему 'MOSH NAVLARINI BARG YUZASI SHAKLLANISHIGA O‘RGANILGAN OMILLARNING TA’SIRI'

MOSH NAVLARINI BARG YUZASI SHAKLLANISHIGA O‘RGANILGAN OMILLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
71
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mash / mash navlari / don / tajriba natijalari. / mash / mash varieties / grain / experimental results.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — X. Idrisov

Ushbu maqolada o‘tloq-botqoq tuproqlar sharoitida moshning Navro‘z va Durdona navlarini ekish muddatlari va muhim vegetativ organning shakllanishiga me’yorlarning ta’siri ya’ni. barg yuzasi tasvirlangan. Natijada barg yuzasining rivojlanishida Navro'zda barg dalasida barg yuzasining o'sish sur'ati oshib, 1,9-5,0 ming m2 ga ko'payganligi sababli, "Durdona" navi 20 iyunda o'rab olinganda, 20 iyunda ekilganida Navro‘z narxiga nisbatan navlar bo‘yicha 2,8-4,6, “Durdona” iyulda 0,5-2,8 va 0,2 ga oshgan. 4,8 ming m2 aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEAF SURFACE FORMATION OF MOSH VARIETIES INFLUENCE OF FACTORS STUDYED

In this article, the timing of sowing of mung bean Navruz and Durdona varieties in the conditions of meadow-swamp soils and the effect of the norms on the formation of an important vegetative organ i.e. the leaf surface is described. As the resulting in the development of the leaf surface increases by an increase in the growth rate of the leaf surface in the field of the leaf in Navruz, increased by 1,9-5,0 thousand m2, "Durdona" variety, while surrounded on June 20, when planted on June 20. Compared to the price of Navruz increased by 2,8-4,6, "Durdona" in July 0,5-2,8 and 0,2 by varieties. 4,8 thousand m2 was determined.

Текст научной работы на тему «MOSH NAVLARINI BARG YUZASI SHAKLLANISHIGA O‘RGANILGAN OMILLARNING TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UO'T:633.11.582.282.53 MOSH NAVLARINI BARG YUZASI SHAKLLANISHIGA O'RGANILGAN OMILLARNING TA'SIRI Idrisov Xusanjon Abdujabborovich

q. x. f. f. d (PhD), FarDU Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7236366 Annotatsiya. Ushbu maqolada o'tloq-botqoq tuproqlar sharoitida moshning Navro'z va Durdona navlarini ekish muddatlari va muhim vegetativ organning shakllanishiga me 'yorlarning ta'siri ya'ni. barg yuzasi tasvirlangan. Natijada barg yuzasining rivojlanishida Navro'zda barg dalasida barg yuzasining o'sish sur'ati oshib, 1,9-5,0 ming m2 ga ko'payganligi sababli, "Durdona" navi 20 iyunda o'rab olinganda, 20 iyunda ekilganida Navro'z narxiga nisbatan navlar bo'yicha 2,8-4,6, "Durdona" iyulda 0,5-2,8 va 0,2 ga oshgan. 4,8 ming m2 aniqlandi.

Kalit so'zlar: mash, mash navlari, don, tajriba natijalari.

LEAF SURFACE FORMATION OF MOSH VARIETIES INFLUENCE OF FACTORS STUDYED Abstract. In this article, the timing of sowing of mung bean Navruz and Durdona varieties in the conditions of meadow-swamp soils and the effect of the norms on the formation of an important vegetative organ i.e. the leaf surface is described. As the resulting in the development of the leaf surface increases by an increase in the growth rate of the leaf surface in the field of the leaf in Navruz, increased by 1,9-5,0 thousand m2, "Durdona" variety, while surrounded on June 20, when planted on June 20. Compared to the price of Navruz increased by 2,8-4,6, "Durdona" in July 0,5-2,8 and 0,2 by varieties. 4,8 thousandm2 was determined. Key words: mash, mash varieties, grain, experimental results.

ФОРМИРОВАНИЕ ЛИСТОВОЙ ПОВЕРХНОСТИ СОРТОВ МОШИ ВЛИЯНИЕ ИЗУЧЕННЫХ ФАКТОРОВ Аннотация. В данной статье рассмотрены сроки посева маша сортов Навруз и Дурдона в условиях лугово-болотных почв и влияние норм на формирование важнейшего вегетативного органа т.е. описана листовая поверхность. В результате увеличения листовой поверхности увеличивается скорость роста листовой поверхности в поле листа в Навруз, увеличенном на 1,9-5,0 тыс. м2, сорт «Дурдона», а в окружении 20 июня, при посадке 20 июня. По сравнению с Наврузом цена увеличилась в 2,8-4,6, "Дурдона" в июле 0,5-2,8 и 0,2 по сортам. было определено 4,8 тыс. м2.

Ключевые слова: брага, брага, зерно, результаты опытов.

KIRISH

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti hamda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi paytda dunyoda millionlab kishilar to'laqonli ravishda ovqatlanmaslik muammosini boshidan kechirmoqda. Shu nuqtai nazardan, dunyo aholisini to'laqonli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta'minlash oziq-ovqat sanoatining ustuvor vazifalaridandir.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, qishloq xo'jaligi rivojida tarkibi oqsilga boy dukkakli don ekinlari alohida o'rin tutadi. Aholini qisqa muddatlarda sifatli, ozuqaviy qimmati yuqori bo'lgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

dukkakli ekinlarning mahsulotlar bilan ta'minlash, ushbu mahsulotlarni assortimentlarini kengaytirish dolzarb ahamiyatga ega.

Butun jahon oziq-ovqat tashkiloti (FAO) ning ma'lumotiga ko'ra dunyo bo'yicha yiliga 5,3 mln. t. mosh yetishtiriladi. Yetishtirilgan hosilning qariyib 90 % Osiyo davlatlari hissasiga to'g'ri keladi. Mosh yetishtirish va iste'mol qilish bo'yicha Hindiston dunyo bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Dunyo bo'yicha mosh yetishtiriladigan maydonning 60% dan ortig'i Hindiston hududiga to'g'ri keladi. Mamlakatda yiliga 1,3 mln. t. hosil yig'ishtirib olinadi. Keyingi o'rinlarda Xitoy (920 ming t.), M'yanma (900 ming t.), KXR (600 ming t.), Tailand (350 ming.t), Indoneziya (250 ming.t), Pokiston (230 ming t.), O'zbekiston (200 ming t) davlatlari hisoblanadi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan dukkakli-don ekinlari orasida mosh doni oziqalik qimmati, oqsil va vitaminlarga boy bo'lishi, kalloriyasining ko'pligi bilan ajralib turadi. Mosh oziqalik qiymati bilan bug'doy, loviya, no'xat, ko'k no'xat va javdar donlaridan 1,5-2 baravar, to'yimliligi bo'yicha esa 1,5 baravar ustun turadi. Mosh tarkibidagi oqsilning hazmlanishi 86% ga yetadi. Mosh tarkibida oqsil 24-28%, lizin 8%, arginin 7% bo'ladi, V va RR vitaminlar ko'p bo'ladi [1].

Markaziy Osiyo va Kavkazorti respublikalarida moshdan oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladilar. Moshdan tayyorlangan un makaronga qo'shilsa uning to'yimliligi yanada ortadi. Mosh dukkakli-don ekinlar guruxiga mansub bo'lib, donida ko'p mikdorda 17-32 % oqsil to'planadi. Undan oziq-ovqat sanoati bilan birga chorva xayvonlari uchun to'yimli yem-xashak xam yetishtirish mumkin. Shuningdek moshning ildizlarida tuganak bakteriya rivojlanib, erkin azotni o'zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi [3].

Ilmiy tadqiqot ishlarida olib borilgan fenologik kuzatuvlar va biometrik o'lchovlar "Metodika Gosudarstvennogo sortoispwtaniya selskoxozyaystvennbix kultur" va "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari" (O'zPITI, 2007) asosida o'tkazilgan. Fotosintez sof mahsuldorligini (A.A Nichiporovichning vazn uslubi) aniqlash, shuningdek olingan natijalar B.A.Dospexovning "Dala tajribalari uslublari" bo'yicha Microsoft Excel dasturi yordami asosida matematik statistik tahlil qilindi va hisoblandi [2,3,6].

Tadqiqot ishi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida olib borilgan. Tajriba maydonidagi tuproq qatlami o'tloqi botqoq, loysimon qumoq tuproqdir. Ma'lumki o'tloqi-botqoq tuproqlar qatlamlarga kam tabaqalangan bo'lib, gumusning kamligi bilan xarakterlanadi. Institut tajriba xo'jaligining haydov qatlami 0-30 sm, haydov qatlamidan pastda 30-40 sm qalinlikda gel qatlami, 60-70 sm chuqurlikda qumli va mayda toshlardan iborat qatlam joylashgan.

Ilmiy tadqiqot ishlari dala va laboratoriya usulida olib borilgan. Laboratoriya usulida urug'lik sifati va hisobli o'simliklar tahlil qilingan. Dala tajribalari to'rt qaytariqda, to'rt yarusda, variantlar rendomizatsiya usulida joylashtirilgan. Paykallar 4 qatorli, ulardan o'rtadagi 2 ta qator hisobli, chetdagi qatorlar-himoya qatorlari, qator oralig'i 60sm, ekish sxemasi 60x10sm. Uzunligi 20m, yuzasi 48 m.2 Hisobli o'simliklar soni 25 ta.

Tadqiqot natijalari. Ekinlarning fotosintetik faoliyatiga tashqi muhit keskin ta'sir ko'rsatadi. Fotosintetik faoliyatining ko'rsatkichlari bu barg soni, barg yuzasi, quruq modda miqdori va fotosintez mahsuldorligi[4.5].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ekinlarning hosili shakllanishida mo'l barglar hosil bo'lishini ta'minlovchi tashqi muxit omillari ishtirok etadi. Hosil barglarning shakllanishi, ularning rivojlanishi va saqlanishiga bog'liqdir, boshqacha aytganda, barglar qancha yaxshi rivojlansa, fotosintez mahsuldorligi shuncha ortadi. Dala ekinlarini yetishtirishda ekish muddati, me'yori to'g'ri qo'llanilsa, barglar yaxshi rivojlanadi, fotosintetik faoliyati normal o'tadi, buning evaziga hosil ko'payadi. Tajribalarda kuzatuvlari bo'yicha mosh navlarida barg hosil bo'lishi navning xususiyati va tadqiq qilingan ekish me'yori va muddatiga bog'liq bo'lganligi kuzatildi.

TADQIQOT NATIJASI

Navro'z navining shonalash davrining boshlanishida barg yuzasi bahorda ekilganda 6,48,8 ming m2/ga, takroiy 20 iyunda ekilganda 8,4-10,3 ming m2/ga, 1 iyulda ekilganda 7,5-9,5 ming m2/ga va 10 iyulda ekilganda 5,9-8,7 ming m2/ga ni tashkil qildi. Navro'z navida barg yuzasini yillar bo'yicha shakllanganligi quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval). Gullash davrida bu ko'rsatkich ancha oshib, bahorda ekilganda 19,4-25,0 ming m2/ga, 20 iyunda ekilganda 22,328,0 ming m2/ga. 1 iyulda ekilganda 19,7-23,7 ming m2/ga, 10 iyulda ekilganda 17,4-21,7 ming m2/ga teng bo'lganligi aniqlandi. Barg yuzasi dukkaklanish fazasida bahorda ekilganda 26,8-30,2 ming m2/ga, 20 iyunda ekilganda 29,6-34,6 ming m2/ga, 1 iyulda ekilganda 26,3-30,9 ming m2/ga, oxirgi muddatda ekilganda barg yuzasi kamayib 23,2-27,1 ming m2/ga ni tashkil qildi.

1-jadval

Navro'z va Durdona navlarida barg yuzasi rivojlanishi dinamikasi ming m2/ga, 1tup

o'simlikda

Экнm MyaaaTH A Экнm Me'yori ming dona/ga B Navro'z Durdona

Rivojlanish davrlari Rivojlanish davrlari

shonalash gullash dukkaklash shonalash gullash dukkaklash

12 may 200 6,4 19,4 26,8 6,5 20,2 26,7

300 7,6 21,5 28,2 7,3 24,9 29,1

400 8,8 25,0 30,2 8,9 27,5 32,5

20 iyun 200 8,4 22,3 29,6 8,3 21,3 28,0

300 9,0 24,9 30,8 9,7 24,0 32,0

400 10,3 28,0 34,6 11,8 26,4 34,0

1 iyul 200 7,5 19,7 26,3 7,0 19,5 26,7

300 8,4 22,3 28,2 8,2 21,6 27,0

400 9,5 23,7 30,9 9,4 22,8 28,9

10 iyul 200 5,9 17,4 23,2 5,9 17,1 24,1

300 7,5 19,9 25,4 6,8 18,8 25,7

400 8,7 21,7 27,1 8,1 19,7 27,4

Barcha variantlarda ekish me'yori oshgan sari barg yuzasini oshishi kuzatildi.Oldingi jadvallarda ekish me'yori oshgan sari barg sonini kamayshi kuzatilganligi keltirilgan. Barg soni 1 tup o'simlikda kamayganligi bilan, gektarda tup soni oshganligi evaziga barg yuzasi oshmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ekish muddati va me'yori barg yuzasini shakllanishiga ta'sir ko'rsatib, yuqori ko'rsatkichlar yozda takroriy iyun oyida ekilganda yuqori bo'lganligi kuzatildi va natijalar statistik tahlil bilan tasdiqlandi. Durdona navining shonalash davrining boshlanishida barg yuzasi bahorda ekilganda 6,5-8,9 ming m2/ga, takroriy 20 iyunda ekilganda 8,3-11,8 ming m2/ga, 1 iyulda ekilganda7,0-9,4 ming m2/ga va 10 iyulda ekilganda 5,9-8,1 ming m2/ga ni tashkil qildi. Gullash davrida bu ko'rsatkich ancha oshib, bahorda ekilganda 20,2-27,5 ming m2/ga, 20 iyunda ekilganda 21,3-26,4 ming m2/ga. 1 iyulda ekilganda 19,5-22,8 ming m2/ga, 10 iyulda ekilganda 17,1-19,7ming m2/ga teng bo'lganligi aniqlandi. Barg yuzasi dukkaklanish fazasida bahorda ekilganda 26,7-32,5 ming m2/ga, 20 iyunda ekilganda 28,0-34,0 ming m2/ga, 1 iyulda ekilganda 26,7-28,9 ming m2/ga, oxirgi muddatda ekilganda barg yuzasi kamayib 24,1-27,4ming m2/ga ni tashkil qildi. Barcha variantlarda ekish me'yori oshgan sari barg yuzasini oshishi kuzatildi. XULOSA

Ekish me'yori oshgan sari «Navro'z» navida barg yuzasi ekish me'yori bo'yicha gektariga 1,9-5,0 ming m2, «Durdona» navida 3,2-5,6 ming m2 oshganligi, takroriy 20 iyunda ekilganda bahorgi muddatga nisbatan «Navro'z» navida 2,8-4,6, «Durdona» navida 0,7-1,0 ming m2 ga oshganligi, iyul oyida ekilganda esa barg yuzasi navlar bo'yicha tegishlicha ravishda 0,52,8 va 0,2-4,8 ming m2 ga kamayganligi aniqlangan.

REFERENCES

1. Atabaeva X.N,Tolipov M. Sug'oriladigan maydonlarda ikki marta don hosili etishtirish texnologiyasi. J. "Paxtachilik va donchilik".1999. B 50-52.

2. Dospexov B.A. Metodologiya polevogo opwta. Izd-vo «Kolos» Moskva 1985.

3. "Metodika Gosudarstvennogo sortoispbitaniya selskoxozyaystvennix kultur". T.1997.B.8-15.

4. Karabaev I.Makajo'xorining o'sishi va rivojlanishiga tuproqqa turli usulda ishlov berish va o'simlik qoldiqlarining ta'siri.// Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent.2014. B.27-29.

5. Nichiporovich A.A. O putyax povisheniya produktivnosti fotosinteza rasteniy v posevax. V .Fotosintez i voprosi produktivnosti rasteniy. - M.: "Nauka", 1993. S. 51-53.

6. Idrisov, X. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

7. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).

8. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseo1is aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.

9. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

10. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615624.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

11. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

12. Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.

13. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).

14. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).

15. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.

16. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o 'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.

17. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

18. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

19. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144-148).

20. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

21. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.

22. Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).

23. Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

24. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

25. Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

26. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

27. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). SOYANING SELEKSIYA KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH. MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183

28. Soyaning nazorat ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini tahliliy organish. https://academicsresearch.com/index.php/rnsr. "Results of national scientific rasearch" scientific-methodical journal Volume 1, Issue 4, ISSN:2181-3639, Toshkent 2022 y 5-son,.134-139 betlar, https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/ind.

29. Khojamkulova Yulduzoy Jahonkulovna, Kashkaboeva Chulpanoy Tulkunovna, Ibragimov Feliks Yuldashevich. IN RICE (ORIZA SATIVA) VARIETIES THE PLANT GROWS AT DIFFERENT WATER THICKNESSES, WATER CONSUMPTION DURING DEVELOPMENT PERIODS, M 3,_ SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference. https://doi.org/10.5281/zenodo.7028149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.