Научная статья на тему 'MOLLYUSKALARINING TABIAT MUVOZANATIDAGI IJOBIY VA SALBIY AHAMIYATI'

MOLLYUSKALARINING TABIAT MUVOZANATIDAGI IJOBIY VA SALBIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
459
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
mollyuskalar / dengiz / suv / chig’anoq / o‘simliklar / hayvonlar / tuproq / qushlar / filtr / marvarid / sadaf / ustritsa / midiya / landshaft / indicator. / mollusks / sea / water / shell / plants / animals / soil / birds / filter / pearl / pearl / oyster / mussel / landscape / indicator.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Guzal Xosilova, Guzal Ismoilova

Mazkur maqolada mollyuskalarning turlari, yashash sharoitlari, tuproq hosil bo’lishida tutgan o’rni, inson hayotidagi ahamiyati hamda tabiat muvozanatidagi ijobiy va salbiy ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE POSITIVE AND NEGATIVE IMPORTANCE OF MOLLUSSIN THE BALANCE OF NATURE

This article provides information on the types of mollusks, their living conditions, their role in soil formation, their importance in human life, and their positive and negative importance in the balance of nature.

Текст научной работы на тему «MOLLYUSKALARINING TABIAT MUVOZANATIDAGI IJOBIY VA SALBIY AHAMIYATI»

MOLLYUSKALARINING TABIAT MUVOZANATIDAGI IJOBIY VA SALBIY

AHAMIYATI

Guzal Xosilova, Guzal Ismoilova

Qarshi davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada mollyuskalarning turlari, yashash sharoitlari, tuproq hosil bo'lishida tutgan o'rni, inson hayotidagi ahamiyati hamda tabiat muvozanatidagi ijobiy va salbiy ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: mollyuskalar, dengiz, suv, chig'anoq, o'simliklar, hayvonlar, tuproq, qushlar, filtr, marvarid, sadaf, ustritsa, midiya, landshaft, indicator.

THE POSITIVE AND NEGATIVE IMPORTANCE OF MOLLUSSIN THE

BALANCE OF NATURE

Guzal Khosilova, Guzal Ismoilova

Karshi State University

ABSTRACT

This article provides information on the types of mollusks, their living conditions, their role in soil formation, their importance in human life, and their positive and negative importance in the balance of nature.

Keywords: mollusks, sea, water, shell, plants, animals, soil, birds, filter, pearl, pearl, oyster, mussel, landscape, indicator.

Xo'jalik faoliyatini yuritishda inson tomonidan mollyuskalarning tabiat muvozanatidagi ijobiy va salbiy ahamiyati doimo e'tiborga olinishi zarur. Mollyuskalar turlar sonining ko'pligi va populyatsiyadagi zichligi yuqoriligi natijasida biotopdagi turli xil organizmlar bilan o'zaro muloqotda bo'libgina qolmay murakkab biologik zanjir shakllanishida ham katta rol o'ynaydi.

Mollyusklar organik moddalarning parchalanishida bevosita ishtirok etadi va saprofit jonivorlar sifatida tuproq mikroorganizmlari faoliyatini kuchaytirishda ishtirok etib, organik moddalarning mineral o'g'itlarga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mollyuskalar O'rta Osiyoda barcha balandlik mintaqalarda keng tarqalgan bo'lib, archazorlarda, o'simlik deyarli o'smaydigan yalang'och qoyalarda, tog'oldi hududlardagi qoya ko'chkilari ostida, shuvoq o'sadigan dashtlarda populyatsiyadagi o'rtacha zichligi 1 m maydonda 170-180 tani tashkil etadi [1].

Mollyuskalar asosan o'simliklarning yashil qismi bilan oziqlanadi. Oziqlanish natijasida hazm bo'lmagan ovqatning ma'lum bir qismi ekskrement sifatida tuproqqa chiqariladi. Laboratoriya sharoitida yeyilgan ozuqa va ajratib chiqarilgan fekal asosida, o'zlashtirilgan ozuqa miqdori va har bir tadqiq etilgan turning energetik balansi aniqlangan bo'lib, har xil turdagi mollyusklarda ozuqa o'zlashtirish koeffitsiyentlari (oziqlanish xarakteriga qarab) keng doirada 25% dan 94 % gacha o'zgarib turadi. Tuproqdagi boshqa umurtqasiz hayvonlarga nisbatan mollyusklarda ozuqa o'zlashtirishning yuqori samaradorligi aniqlangan [1].

A.Pazilov ma'lumotlariga ko'ra Bradybaena fruticum bir mavsum davomida (umumiy quruq massaning) 1,6% dan 2,7% gacha o'simliklar bargi bilan oziqlanadi. Mollyuskalar faoliyati tuproq paydo bo'lishida, tuproqning fizikaviy xossalari havo va suv rejimining yaxshilanishiga ta'sir ko'rsatadi hamda tuproq chirindisi qatlamining ko'payishiga sabab bo'ladi [2].

Mollyuskalalar ko'pgina umurtqasiz va umurtqali hayvonnlar uchun ozuqa manbai sifatida muhim rol o'ynab, umurtqasiz hayvonlardan turli xil qo'ng'izlar, asosan - Carabiidae oilasi vakillari shilliq qurtlar va chig'anoqli mollyuskalar bilan oziqlanadi.

Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra 150 turdagi qushlar va 11 turdagi sut emizuvchilar mollyuskalardan «fakultativ» ozuqa sifatida keng foydalanadi. O'rta Osiyo tog'laridagi qator qushlar yilning ma'lum bir oylarida (bolalagan paytda) mollyuskalar bilan oziqlanadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra sayroqi qushlar uyalaridan: Buliminidae, Bradybaenidae, Hygromidae, Pupillidae, Vertiginidae, Gastrodontidae, Pyramidulidae, Limacidae, Vallonidae oila vakillarining chig'anoqlari topilgan. Shu bilan birga sudralib yuruvchilardan sariq ilon, tirik tug'uvchi kaltakesak va cho'l toshbaqalari ham mollyuskalar bilan oziqlanadi. Bundan tashqari mollyuskalarning chig'anoqlari qator umurtqasiz hayvonlar uchun ma'lum bir paytda boshpana sifatida xizmat qiladi. Masalan, qo'ng'izlarning Coccinelidae, vizillagichlar (sassiq qo'ng'izlar) Carabiidae, pardaqanotlilar Pyrrhocoridae, o'rgimchaksimonlar, kapalaklar, pashshalar g'umbaklari, chumoli va burgalar qish mavsumini Vradybaena, Leucozonella, Angiomphalia, Novisuccinea, Buliminidae oila vakillarining chig'anoqlarida o'tkazadi [3].

Mollyuskalar yer yuzasidagi eng qadimiy hayvonlardan biri bo'lib, inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Ko'pgina mollyuskalar qadimdan ovqat sifatida ishlatilib kelinsa, ma'lum bir turlaridan esa turli xil ziynatlar yasalgan, yana boshqalari gelmint kasalliklarni tarqatishda asosiy oraliq xo'jayin bo'lib xizmat qilsa, qator turlar suv havzalarida suvning sifatini aniqlashda indikator vazifasini o'taydi.

O'zbekistonda ham mollyuskalarning juda ko'p turlari keng tarqalgan bo'lib, qushlarning ayrim turlariga ozuqa sifatida, o'simliklar olamini ko'payishida, ichimlik suvlarini tozalashda indicator vazifasini bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qadim zamonlardan boshlab qator plastinka jabralilar marvarid olish uchun maxsus ov qilingan. Marvariddor mollyuskalar, asosan, qizil dengiz, Xind va Tinch okeanlarida 10-15 metr chuqurlikda tarqalgan. Chuchuk suv marvaridi yuqori sifatli bo'lib, shu suvda tarqalgan plastinka jabralilardan olinadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, marvarid nihoyatda sekinlik bilan o'sadi, yiliga o'rta hisobda 0,5 sm gacha o'sadi. 10 yillik marvarid kattaligi 6 sm bo'ladi [4].

Hozirgi davrda Hamdo'stlik mamlakatlari hududida marvariddorlar turlari nihoyatda kamayib, ba'zi turlari esa yo'q bo'lib ketish arafasida turibdi. Masalan, Yevropa marvariddori bir vaqtlar Oq va Barens dengizlarining g'arbiy qismidagi daryolarning quyilish joyida, shuningdek Boltiq va Shimoliy Atlantika dengizlarida keng tarqalgan. Hozirgi davrda bu tur yo'q bo'lib ketish arafasida. Yevropa marvariddori 50-60 yil yashasa, ba'zi turlari esa 100-120 yil yashab, 20 yoshida ko'paya boshlaydi [5].

Sadaf asosan, sadafdorlar (Unio) oilasi vakillaridan olinib, ularning chig'anog'i cho'ziq va qalin bo'ladi. Bu oila vakillari asosan Shimoliy Amerika daryolarida keng tarqalgan. Xamdo'stlik davlatlari xududida faqat ma'lum bir turlari tarqalgan xolos.

Hammamizga ma'lumki, sadafdan teatr durbinlari yasashda, turli xil qurollar yasashda, mebellarni yasatishda keng qo'llanilgan. Hozirgi paytda ham sadafdan keng foydalanilmoqda, biroq ularning turlari soni yil sayin kamayib bormoqda va qator turlar yo'q bo'lib ketish arafasida. Masalan, Middendorf sadafdorlaridan: Mongoliya (Xabarovsk, Primore o'lkalari va Chita, Amur viloyatlarining tez oqar daryolarida uchraydi), Ussuriya, Arsenev, Artemov (Xabarovsk va Primorening tez oqar suvlarida) va boshqa 10 ga yaqin turlar hozirgi davrda «qizil kitob»ga kiritilgan.

Mollyuskalardan marvarid va sadaf olishdan tashqari, ular oziq-ovqat uchun ham keng ishlatilib kelinmoqda. Masalan, qadimdan ko'pgina qorin oyoqlilardan: midiyalar, ustritsalar, taroqlar, tok shilliqqurtlari va boshqa bir qancha mollyuskalar shular jumlasidandir.

Ustritsalar ovqatga ayniqsa ko'p ishlatiladi. Ular asosan qora dengizdan ovlanadi, shu bilan bir qatorda maxsus ustritsa «zavod»larida ham sun'iy yo'l bilan ko'paytiriladi.

I.M.Xoxutkin ma'lumotlariga ko'ra, mollyuskalarning biogeotsenozdagi roli katta va ko'pqirralidir. Bu namsevar hayvonlar atrof muhitdan namlikni o'ziga yutib olib, tanasida to'plash qobiliyatiga ega. Mollyulskalar yashaydigan joylarda doimo namlik saqlanib va to'planib, quruq landshaftlarda suv balansini saqlab turishda muhim ahamiyatga ega [6].

Mollyuskalarning xo'jalikdagi foydali ahamiyati bilan bir qatorda, zararli tomonlari ham mavjud. Masalan, O. Mavlonov ma'lumotlariga ko'ra, Yevropa va Osiyoning chuchuk va sho'rlangan suv havzalarida plastinkajabralilardan dreyssenlar tarqalgan bo'lib, ular bissus iplari bilan suv ostidagi narsalarga yopishib hayot kechiradi

va nihoyatda tez ko'payadi, natijada ba'zi joylarda suv inshootlarini ishdan chiqaradi, undan tashqari shlyuzlarga yopishishi, trubalarga kirib qolishi natijasida suv o'tkazish quvurlari ishdan chiqadi. Kema qurti (Teredo navalis) chig'anog'i kemalarning suvosti qismlaridagi yog'ochni va portlardagi yog'och inshootlarni teshib, kemachilikka katta zarar yetkazadi [7].

Mollyuskalar hozirda alohida tip sifatida o'rganila boshlangan. Ular hozirda hayvonot olamida ko'plab turlar jihatidan hashoratlardan keyinggi o'rinda turadi. Mollyuskalar tabiatda tarqalishi tabiiy muhitda yashash tarziga ko'ra quruqlik qorinoyoqlilar - Gastropoda va suv mollyuskalari ikkipallalilar - Bivalviaga bo'linadi.

Mollyuskalar tabiatga va inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Mollyuskalarning ma'lum bir turlari suv muhitida indikator vazifasini o'tasa, bazi turlari Yevropa mamlakatlarida oziq-ovqat sifatida hamda dur olishda muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Uvaliyeva K.K. Nazemniye mollyuski Kazaxstana i sopredelix territoriy. - Alma-Ata: Nauka Kaz. SSR, 1990. - 224s.

2. Pazilov A. Quruqlik mollyuskalarining ekologiyasida ovqat omillarining ahamiyati // Ekologik ta'lim va tarbiyaga bag'ishlangan viloyat ilmiy-nazariy anjumani materiallari: Guliston, 1994. - 58-59 b.

3. Samadov K.S. K poznaniyu mollyuskov Uzbekistana // Uchen. zap.Tashkent. vechernego ped. in-ta . 1960. - Vip. 8. S.47 - 61.

4. Izzatullayev Z. Maloizvestniye nazemniye mollyuski (Mollusca Gastropoda) fauni Sredney Azii // Izv. AN Tadj SSR. Otd. biol. nauk. - 1975. - №2. - S. 39 - 44.

5. Mavlonov O., Xurramov SH., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. - Toshkent: O'zbeksiton, 2002. - 461 b.

6. Xoxutkin I.M. Struktura izmenchivosti vidov na primere nazemnix mollyuskov // UrO RAN: Yekaterinburg, 1997. - 176 s.

7. Mavlonov O., Xurramov SH., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi.- Toshkent: O'zbeksiton, 2002.-461 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.