Научная статья на тему 'Mobil aloqa tayanch stansiyalarini qayta tiklanuvchan energiya ta’minot manbalaridan foydalangan holda energiya bilan ta’minlash xususiyatlari'

Mobil aloqa tayanch stansiyalarini qayta tiklanuvchan energiya ta’minot manbalaridan foydalangan holda energiya bilan ta’minlash xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
21
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Al-Farg’oniy avlodlari
Область наук
Ключевые слова
tayanch stansiya / GSM / UMTS / LTE / NR / quyosh panellari / shamol generatori / base station / GSM / UMTS / LTE / NR / solar panels / wind generator

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Muradov Muhammad Murod O‘g‘li

Ushbu ishda Xorazm viloyati misolida mobil aloqa tayanch stansiyalarni qayta tiklanuvchan energiya ta’minot manbalaridan foydalangan holda elektr energiya bilan ta’minlash ko‘rib chiqilgan. Ishning asosiy vazifasi xududning iqlim sharoitlari, geografik joylashuvi, tayanch stansiyalar energiya iste’molini hisobga olgan holda yashil energiyadan foydalanish samaradorligi yuqori ekanligini tahlil qilishdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Features of power supply of mobile communication base stations using renewable energy supply sources

In this work, on the example of Khorezm region, the provision of mobile communication base stations with electricity using renewable energy sources was considered. The main task of the work is to analyze the high efficiency of using green energy, taking into account the climatic conditions of the region, geographical location, energy consumption of base stations.

Текст научной работы на тему «Mobil aloqa tayanch stansiyalarini qayta tiklanuvchan energiya ta’minot manbalaridan foydalangan holda energiya bilan ta’minlash xususiyatlari»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год

Mobil aloqa tayanch stansiyalarini qayta tiklanuvchan energiya ta'minot manbalaridan foydalangan

holda energiya bilan ta'minlash xususiyatlari

Muradov Muhammad Murod o'g'li,

tayanch doktorant Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Ushbu ishda Xorazm viloyati misolida mobil aloqa tayanch stansiyalarni qayta tiklanuvchan energiya ta'minot manbalaridan foydalangan holda elektr energiya bilan ta'minlash ko'rib chiqilgan. Ishning asosiy vazifasi xududning iqlim sharoitlari, geografik joy lashuvi, tayanch stansiyalar energiya iste'molini hisobga olgan holda yashil energiyadan foydalanish samaradorligi yuqori ekanligini tahlil qilishdir.

|| Kalit so'zlar: tayanch stansiya, GSM, UMTS, LTE, NR, quyosh panellari, shamol generatori

Kirish. Hozirgi tez sur'atlarda rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bir qator muammolarni hal qilishni talab etmoqda. Ular orasida telekommunikatsiya tarmoqlarida energiya sarfini kamaytirish muammosi alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mobil aloqa tizimlarining asosiy energiya iste'molchilari tayanch stansiyalar hisoblanadi (1-rasm) [1-5]. Tayanch stansiyalar to'liq va uzluksiz ishlashi uchun katta miqdorda elektr energiyasi sarflanadi va bu energiya, asosan, qazib olinadigan yoqilg'ilar asosida ishlab chiqariladi. Bunday energiya manbalarining narxi yuqori bo'lib, ishlab chiqarish jarayoni esa sezilarli xarajatlarni talab qiladi. Natijada, bu omil elektr energiyasi narxining oshishiga va umuman olganda telekommunikatsiya xizmatlarining qimmatlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, qazib olinadigan yoqilg'ilarning yonishi atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Yonish jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi (CO2) atmosferaga chiqib, global iqlim o'zgarishiga sabab bo'lmoqda[1-7]. Shu sababli, nafaqat iqtisodiy, balki ekologik omillarni hisobga olgan holda, mobil aloqa tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish va bu jarayonni yanada barqaror qilish muhim ahamiyatga ega. Xususan, energiya sarfini kamaytirish uchun tarmoqlarni energiya tejamkor tarzda loyihalash zarur. Uyali aloqa tarmoqlari foydalanuvchilari va operatorlari uzluksiz va ishonchli xizmat ko'rsatishlari uchun elektr energiyasining uzluksiz ta'minlanishi

talab qilinadi. Ayniqsa, tarmoqdan uzilgan holda ishlaydigan tayanch stansiyalarni quvvatlantirish ushbu talabning eng muhim qismi hisoblanadi. Tarmoqdan tashqaridagi tayanch stansiyani elektr energiyasi bilan ta'minlash masalasi yillar davomida turli yechimlar orqali amalga oshirilgan. Bu borada dizel yoki benzin generatorlari kabi yakka tartibdagi elektr ta'minoti usullari keng qo'llanilgan [2-5].

1-rasm. Mobil aloqa tizimining elektr energiyasini iste'molqilish ko'rsatkichi

Ushbu generatorlar tarmoqga ulanmagan joylarda, ayniqsa, tog'li yoki qishloq hududlarida elektr ta'minotini ta'minlashda muhim o'rin egallagan. Biroq, so'nggi yillarda qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan texnologiyalar yanada ommalashmoqda [1-10]. Ushbu tizimlar tayanch stansiyalarni quvvatlantirish uchun samarali yechim sifatida qaralmoqda. Ushbu tizimlar qayta tiklanadigan energiya manbalari yordamida uzluksiz elektr

245

0Ê?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год

ta'minotini ta'minlaydi. Shu bilan birga, gibrid tizimlar energiyani saqlash imkoniyatiga ega bo'lgan batareyalar yoki superkondensatorlar bilan boyitilishi mumkin [11-15]. Bunday texnologiyalar uzoq muddatda iqtisodiy jihatdan yanada samaradorlikni ta'minlaydi va energiya ta'minotida uzilishlarning oldini olishga yordam beradi. Bunday innovatsion yondashuvlar, ayniqsa, telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo'lgan yoki elektr energiyasi uzluksiz ta'minlanmaydigan hududlar uchun juda dolzarbdir. Misol uchun, qishloq joylarda yangi elektr uzatish liniyalarini qurish katta sarmoyalarni talab qiladi, bu esa tayanch stansiyani mustaqil energiya manbalari orqali quvvatlantirishni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qiladi. Shu sababli, tarmoqdan tashqari joylashgan tayanch stansiyalarni barqaror energiya manbalari bilan ta'minlash nafaqat iqtisodiy, balki ekologik nuqtai nazardan ham samarali yechim hisoblanadi. Mazkur yechimlar energiya tejash bilan birga, karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, uzluksiz elektr ta'minoti tizimlarini takomillashtirish mobil aloqa tarmog'ining ishonchliligini oshirishga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu kabi texnologiyalar va yondashuvlar zamonaviy mobil aloqa tizimlarining energiya samaradorligini oshirish yo'lida muhim qadam bo'lib, ularni keng joriy etish kelajakda telekommunikatsiya sohasida muhim yutuqlarga olib keladi. Biz ushbu maqolada Xorazm viloyati misolida hudud tabiati va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, mobil aloqa tayanch stansiyalari energiya iste'molidan kelib chiqib, qayta tiklanuvchan energiya ta'minot manbalari orqali uzliksiz energiya bilan ta'minlashni ko'rib chiqamiz.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida mobil aloqa xizmatlari sohasida to'rtta asosiy operator faoliyat yuritib, 34 milliondan ortiq abonentga xizmat ko'rsatmoqda [16]. Ushbu ko'rsatkich aloqa texnologiyalarining jadal rivojlanayotganligini hamda aholining yuqori talabini qondirishga bo'lgan intilishni aks ettiradi[17], [18]. Ayniqsa, Xorazm viloyati kabi geografik jihatdan tarqoq hududlarda aloqa

infratuzilmasini samarali tashkil etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu viloyatda GSM (2G, 3G), LTE (4G) va NR (5G) texnologiyalari yordamida aloqa xizmatlari ko'rsatilmoqda(2-rasm) [19]. Biroq yuqori polosali chastotalardan foydalanish sababli sifatli xizmat ko'rsatish uchun TSlari qamrovining cheklanganligi muammo tug'diradi. Bu masala aloqa xizmatlarini kengaytirish uchun baza stansiyalari sonini oshirishni talab qiladi. Mobil aloqa tizimlarining samarali ishlashi uchun tayanch stansiyalar sonini ko'paytirish muhim bo'lsada, yana bir asosiy omil ularning uzluksiz energiya bilan ta'minlanishidir.

2-rasm. Xorazm viloyati mobil aloqa bilan ta'minlanganligi: a) 2G ovoz va internet, b) 3G ovoz va internet, c) 4G, d) 5G.

Energiya ta'minotidagi uzilishlar aloqa xizmatlarida sifat pasayishiga va uzilishlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, chekka hududlarda elektr energiyasi infratuzilmasining yetarlicha

rivojlanmaganligi bu muammoni yanada keskinlashtiradi. Shu sababli, Xorazm viloyatida aloqa tizimini rivojlantirishda tayanch stansiyalarini ishonchli va barqaror energiya bilan ta'minlash masalasi ustuvor ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda bu borada ilg'or texnologiyalar va yangi yechimlar joriy etilmoqda. Jumladan, superkondensatorlar va yuqori samarali akkumulator

246

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год

tizimlari tayanch stansiyalarni energiya bilan ta'minlashda muhim rol o'ynamoqda [1], [3], [5] [7], [8]. Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish ekologik va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydi[1-9]. Xorazm viloyatida mobil aloqa infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda kompleks yondashuv zarur. Birinchidan, tayanch stansiyalar sonini oshirish orqali tarmoq qamrovini kengaytirish lozim. Ikkinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish orqali energiya ta'minotini barqarorlashtirish va texnik xizmat xarajatlarini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, ilg'or energiya boshqaruv tizimlarini joriy qilish orqali energiya iste'molini optimallashtirish va tizimning uzluksiz ishlashini ta'minlash mumkin. Shu bilan birga, xalqaro tajribalardan foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish orqali tizim samaradorligini oshirish muhimdir.

Shamol generatori. Ushbu tizim shamol tezligini mexanik, keyin esa elektr energiyasiga aylantirish orqali energiya ishlab chiqaradi. Shamol generatori tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi shamol generatori pichoqlari yuzasi

aylanishi orqali xosil bo'lgan yuza A(m ^, shamol tezligi v, havo zichligi p va turbinaning samaradorlik

C

koeffitsienti p lardan foydalangan xolda quyidagi formula yordamida hisoblanadi[1],[5]:

PshG = 1/2xpxv3 XCp x A (1)

Shamol generatori tomonidan ishlab chiqarilgan energiya miqdori quyidagicha bo'ladi:

Eshg = Pshg x^t

(2)

Quyosh panellari. Quyosh panellari tizimida energiya hosil qilish uchun ketma-ket/parallel bo'lgan ko'plab o'zaro bog'langan quyosh panellaridan tashkil topgan modullar bir-biri bilan ulanadi. Quyosh

panellarining ishlab chiqaradigan elektr energiyasini (

E

qp ) hisoblashda kunlik quyosh nurlanishi (I), panel yuzasi (A), modul samaradorligi (^m ) va yo'qotish

koeffitsientini (PR) hisobga olgan xolda quyidagi formula orqali hisoblanadi[1]:

E = Axn xPR xI qp (1) (3)

Bu yerda quyosh paneli samaradorligi ^m panel quvvati (kVt) va yuzasi (m2) nisbatiga teng.

Natijalar. TSni maksimal darajada qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalangan xolda energiya bilan ta'minlashga harakat qilamiz. Bunda eng avvalo TSni elektr energiyasi bilan ta'minlaydi keyin esa ortiqcha energiya mavjud bo'lsa akkumulatorlarni zaryadlaydi. Agarda qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan olingan energiya TSga yetarli darajada energiya bilan ta'minlay olmasa, talab qilinuvchi energiya mahalliy elektr energiya tarmoqlari yoki zaxira dizel generatori tomonidan ta'minlanadi.

Quyosh panellari. Xorazm viloyati uchun quyosh nurlanishi haqidagi ma'lumotlar 3-rasmda tasvirlangan [1], [20]. Bunda har oyda o'rtacha kunlik energiya ishlab chiqarish kVt/m2 da ko'rsatilgan. Xorazmda bu ko'rsatkich dekabr oyida eng past 1,65 kVt/m2 va iyun oyida eng yuqodi 6,77 kVt/m2 ko'rsatkichga ega ekanligi aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko'ra 4 m2 quyosh paneli taxminan 1 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Kunlik o'rtacha energiya ishlab chiqarish (3) formulaga ko'ra 1,65 kVt/m2 dekabr oyida kuniga 72 m2 yuzali quyosh panellari kuniga taxminan 22,3 kVt/soatni, yilning eng yaxshi energiya ishlab chiqaradigan iyun oyida esa bu ko'rsatkich 91,4 kVt/soatni tashkil etadi. Belgilangan panel o'lchamlarining xar oylik energiya ishlab chiqarishi Xorazm viloyati uchun 4-rasmda ko'rsatilgan, bu kuniga taxminan 25 kVt/soatdan 95 kVt/soatgacha o'zgarib turishini ko'rish mumkin. Shunday qilib belgilangan yuzani qoplash uchun 2 m2 yuzali 36 ta quyosh panellaru ketma-ket ulangan. 500 Vt quvvatga ega(nominal 48 V kuchlanish) 36 ta quyosh panellarining jami quvvati 18 kVt yuqori va 13,5 kVt (18^0,75) nominal energiya mavjud.

0Ê?

247

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год

3-rasm Xorazm viloyati uchun quyosh nurlanishining o'rtacha ko'rsatkichlari, yil davomida engyaxshi ishlashi uchun 48° da o'lchangan.

Dekabr oyida quyosh energiyasining minimal elektr energiyasi ishlab chiqarish kuniga 22,3 kVt / soatni tashkil qiladi. Yuqorida ko'rsatilgan mobil aloqa tayanch stansiyasi energiya iste'moli 2 ta texnologiya qo'llanilganda 1,7-3 kVt/soat, agar 3 ta texnologiya qo'llanilsa 2-4 kVt/soat energiya iste'mol qilishi aytib o'tilgan [2]. Bundan kelib chiqadiki 3 ta texnologiya qo'llaniladigan bitta tayanch stansiya kuniga 72-82 kVt/soat energiya iste'mol qiladi.

4-rasm 72 m2 quyosh panellari uchun kunlik o'rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarishi.

Bu yukni faqat quyosh panellari bilan ta'minlash uchun biz quyosh panellarining hajmini deyarli ikki baravar oshirishimiz kerak, shunda akkumulatorlarni to'liq zaryad qilish va keyinchalik tayanch stansiyani quvvatlantirish uchun yetarli elektr energiya ishlab chiqaradi. Biroq, panellarni asossiz darajada katta qilish o'rniga, biz shamol generatoridan ham foydalanishimiz mumkin. Shamol generatori ishlab chiqargan energiya yaxshi qo'shimcha bo'ladi, chunki u ham toza energiya manbai va quyoshdan farqli o'laroq tunda mavjud. Biroq, shamol quyosh energiyasidan ko'ra ko'proq oldindan aytib bo'lmaydi.

Shamol generatori. O'zbekistonda shamol generatorlari bilan TSlarga o'rnatish mumkin bo'lgan bir nechta shamol yo'laklari mavjud. Shamol energiyasi kun davomida mavjud bo'lsada, quyosh energiyasidan farqli ravishda, shamol tezligi juda noaniq. Shamol turbinasining yillik energiya ishlab chiqarishini hisoblashning turli usullari mavjud: tozalangan maydon usuli, ishlab chiqaruvchilarning taxminlari va quvvat egri chiziq usuli. Shamol turbinasi shamol tezligiga nisbatan chiqish quvvatini ko'rsatadigan quvvat egri chizig'i bilan tavsiflanadi [21-23]. Shamol turbinasini tavsiflovchi boshqa omillar - maksimal quvvat (masalan, 1800 Vt) va nominal shamol tezligida (masalan, 8 m/s) berilgan nominal quvvat (masalan, 1000 Vt) va turbinaning nominal tezligi(bir minutda bir marta aylanishida o'lchanadi). Muammo shundaki, shamol tezligidagi katta o'zgarishlar tufayli shamol turbinasi past foizda nominal quvvatda ishlaydi. Shamol Veybul ehtimollik taqsimotiga amal qilishi empirik ma'lum. Shamol tezligi ehtimolik taqsimoti uning shakli parametri k Veybul egri chizig'ining tarqalishi va o'rtacha shamol tezligi bilan aniqlanadi. Xorazm viloyati uchun shamolning oylar davomida o'rtacha shamol tezligi(5-rasm)[1], [24].

5-rasm Xorazm viloyati uchun o'rtacha oylik shamol tezligi ma'lumotlari.

Shamol parametri k = 1.8 ga teng bo'lgan o'rtacha yillik shamol tezligi 6,5 m/s bo'lgan O'zbekistonning Xorazm viloyati uchun shamolning Veybul taqsimoti 5-rasmda ko'rsatilgan. Ushbu ehtimollik taqsimotiga asoslanib, biz bir kun davomida soatlik shamol hosil qilishimiz mumkin. Shunday qilib, biz tanlagan shamol generatoridan soatiga elektr energiyasini olishimiz mumkin. Shamol generatori

248

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific Электронный научный журнал "Потомки Аль-

journal of Fergana branch of TATU named after Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени

Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252

Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil

ishlab chiqaruvchi (BWC-Excel-R/48) tomonidan sozlangan, yuqoridagi tenglamaga (1) va (2) ga ko'ra shamol generatorining o'rtacha quvvati 1,71 kVt, o'rtacha shamol tezligi 6,5 m/s, balandligi 20 m, Veybul shakl parametri k = 1.8 bo'lganda kunlik energiya ishlab chiqarish 41 kVt/soatni tashkil qiladi. Shamolning o'rtacha tezligi 7 m/s gacha ko'tarilsa, bu ko'rsatkich kuniga 66 kVt/soatgacha ko'tariladi. Shunday qilib, biz shamol tezligining o'zgarishi bilan bir xil shamol generatori bilan ko'p quvvat o'zgarishini olamiz.

Kunlik ishlab chiqariladigan o'rtacha energiya

so

Yanvar Fevral Mart Aprel May 11 иг lynl Avgust Sentabr Oktabr Noyabr Dekabr

6-rasm. 7,5 kVt quvvatga ega BWC-Excel-R/48 shamol generatorining ishlab chiqargan o'rtacha kunlik elektr energiyasi.

Xorazm viloyati uchun o'rtacha oylik shamol ma'lumotlari va saytimiz hududi uchun boshqa parametrlarga asoslanib, barcha oylar uchun kunlik o'rtacha energiya ishlab chiqarish 6-rasmda ko'rsatilgan. 7-rasmda esa Xorazm viloyatida joylashgan TSlar uchun 18 kVt quyosh panellari va 7,5 kVt shamol generatori bilan birlashgan o'rtacha kunlik energiya ishlab chiqarilishi ko'rsatilgan.

( i iht itl tizimning ishlab chiqardan energiyasi

■ Shamol gfnnntori energiyasi ■ Quyosh panellari energiyasi

7-rasm. Shamol generatori va quyosh panellari birgalikda ishlab chiqargan oylar kesimidagi o'rtacha kunlik energiya.

Xulosa. Ushbu tadqiqot ishida Xorazm viloyati misolida qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalangan holda tayanch stansiyalarni elektr energiya bilan ta'minlash masalalari ko'rib chiqildi.Tadqiqot ishida analitik usuldan foydalanilgan. Olingan natijalar Xorazm viloyati hududining geografik joylashuvi va iqlim sharoitlari misolida olib borilgan. Hududdagi tayanch stansiyalarni gibrid qayta tiklanuvchi energiya ta'minot manbalaridan foydalangan holda elektr energiya bilan ta'minlash ancha samarali ekanligini aniqlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki quyosh panellari asosan yoz oylarida eng yuqori darajada energiya ishlab chiqaradi, bu quyosh nurlanishining intensivligi bilan bog'liq. Shamol generatorlari esa mavsumdan qat'i nazar quyosh panellariga nisbatan barqaror quvvat ishlab chiqaradi, ammo uning ishlab chiqarish hajmi nisbatan pastroq. Yillik tahlil shuni ko'rsatadiki, gibrid tizim orqali ko'pchilik oylar davomida tayanch stansiyaning kunlik energiya iste'moli qoplanadi. Biroq qish oylarida, ayniqsa yanvar, fevral, noyabr va dekabr oylarida ishlab chiqarilgan energiya ehtiyojni to'liq qoplashga yetmaydi. Shu sababli, gibrid tizim umumiy energiya ta'minotining barqarorligini oshirsada, qish oylarida qo'shimcha energiya manbalarini jalb qilish yoki energiyani zaxiralash tizimini yo'lga qo'yish zarur bo'ladi. Shamol generatori va quyosh panellarining kombinatsiyasi energiya yetkazib berishda samarali yechim bo'lib, ular bir-birining kamchiliklarini qisman qoplaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. U. K. Matyokubov, M. M. Muradov and O. B. Djumaniyozov, "Analysis of Sustainable Energy Sources of Mobile Communication Base Stations in the Case of Khorazm Region," 2022 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT), Tashkent, Uzbekistan, 2022, pp. 1-4, doi: 10.1109/ICISCT55600.2022.10146885.

2. Deruyck, M.; Joseph, W.; Tanghe, E.; Martens, L. Reducing the power consumption in LTE-Advanced wireless access network by a capacity based deployment tool. Radio Sci. 2014, 49, 777-787.

3. A. Kwocan, Muhammed Dahiru Buhari, Kelechi Ukagwu John, and Jonathan Serugunda, "On-Site Energy Utilization Evaluation of Telecommunication Base Station

249

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2024 год

a Case Study of Western Uganda", IJASCFRT, vol. 18, no.

I, pp. 42-63, Apr. 2023.

4. 3. Spagnuolo, A., Petraglia, A., Vetromile, C., Formosi, R., & Lubritto, C. (2015). Monitoring and optimization of energy consumption of base transceiver stations. Energy, 81, 286-293.

5. Islam, K.Z.; Hossain, M.S.; Ruhul Amin, B.M.; Shafiullah, G.M.; Sohel, F. Renewable Energy-Based Energy-Efficient Off-Grid Base Stations for Heterogeneous Network. Energies 2023, 16, 169. https://doi.org/10.3390/en16010169

6. Hossain, M.S.; Jahid, A.; Ziaul Islam, K.; Alsharif, M.H.; Rahman, M.F. Multi-Objective Optimum Design of Hybrid Renewable Energy System for Sustainable Energy Supply to a Green Cellular Networks. Sustainability 2020, 12, 3536.

7. Ismail, M.; Zhuang, W.; Serpedin, E.; Qaraqe, K. A Survey on Green Mobile Networking: From The Perspectives of Network Operators and Mobile Users. IEEE Commun. Surv. Tutor. 2015, 17, 1535-1556.

8. Murod o'g'li, Muradov Muhammad. "ENHANCING THE ENERGY EFFICIENCY OF WIRELESS SENSOR NETWORKS." INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCES WITH HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Vol. 1. No. 05.05. 2023.

9. E. Ribeiro, A. J. M. Cardoso and C. Boccaletti, "Power conditioning and energy management in a renewable energy based hybrid system for telecommunications", 2011 IEEE 33rd International Telecommunications Energy Conference (INTELEC), pp. 1-9, 2011.

10. U. K. Matyokubov and M. M. Muradov, "Comparison of Routing Methods in Wireless Sensor Networks," 2023 IEEE XVI International Scientific and Technical Conference Actual Problems of Electronic Instrument Engineering (APEIE), Novosibirsk, Russian Federation, 2023, pp. 1780-1784, doi:

10.1109/APEIE59731.2023.10347799.

II. Davronbekov, Dilmurod Abdujalilovich and Matyokubov, Utkir Karimovich (2021) "The use of supercapacitors to stabilize the power supply system of the base station of mobile communication" Scientific-technical journal: Vol. 25: Iss.1, Article 1.

12. §ahin, M.E.; Blaabjerg, F.; Sangwongwanich, A. A Comprehensive Review on Supercapacitor Applications and Developments. Energies 2022, 15, 674. https://doi.org/10.3390/en15030674

13. Liu, S.; Wei, L.; Wang, H. Review on the reliability of supercapacitors in energy storage applications. Appl. Energy 2020, 278, 115436.

14. Kularatna, N. Supercapacitors Improve the Performance of Linear Power-Management Circuits: Unique new design options when capacitance jump from

micro-farads to farads with a low equivalent series resistance. IEEE Power Electron. Mag. 2016, 3, 45-59.

15. U. K. Matyokubov, M. M. Muradov and J. F. Yuldoshev, "Development of the Method and Algorithm of Supplying the Mobile Communication Base Station with Uninterrupted Electrical Energy," 2024 IEEE 25th International Conference of Young Professionals in Electron Devices and Materials (EDM), Altai, Russian Federation, 2024, pp. 2400-2406, doi: 10.1109/EDM61683.2024.10615043.

16. O'zbekistonda mobil aloqa bilan ta'minlanganlar soni 34 milliondan oshdi, Online website: https://kun.uz/news/2024/02/06/ozbekistonda-mobil-aloqa-bilan-taminlanganlar-soni-34-milliondan-oshdi#

17. Matyokubov, O'tkir, and Muhammad Muradov. "MOBIL ALOQA TAYANCH STANSIYASI ELEKTR TA'MINOT TIZIMLARIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR." International Journal of scientific and Applied Research 1.3 (2024): 79-83.

18. Qutliyev U. O. et al. Integration Of Fuzzy Set Approach For Comprehensive Study Of Sustainable Functioning Of The Telecommunication System Of Uzbekistan //The American Journal of Engineering and Technology. - 2021. - T. 3. - №. 06. - C. 35-46.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

19. Qamrov hududi, Online website https://uztelecom-uz.translate.goog/uz/jismoniy-shaxslarga/mobil-aloqa/gsm/foydali-axborot/qamrov-

hududi? x tr sl=ru& x tr tl=uz& x tr hl=uz& x tr pto =sc.

20. Solar Electricity Handbook. Available online: https://solargis.com/resources/free-maps-and-gis-data?locality=uzbekistan

21. Jahid, A.; Hossain, M.S. Feasibility analysis of solar powered base stations for sustainable heterogeneous networks. In Proceedings of the 2017 IEEE Region 10 Humanitarian Technology Conference (R10-HTC), Dhaka, Bangladesh, 21-23 December 2017; pp. 686-690.

22. Alsharif, M.; Nordin, R.; Ismail, M. Energy optimisation of hybrid off-grid system for remote telecommunication base station deployment in Malaysia. J. Wirel. Com. Netw. 2015, 64, 1-15.

23. Ahmed, F.; Naeem, M.; Ejaz, W.; Iqbal, M.; Anpalagan, A.; Kim, H.S. Renewable Energy Assisted Traffic Aware Cellular Base Station Energy Cooperation. Energies 2018, 11, 99. https://doi.org/10.3390/en11010099

24. Wind Finder. Available online: https://www.windfinder.com/forecast/urganch xorazm uz bekistan.

Sir

250

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.