Научная статья на тему 'MISRDA ILK PODSHOLIK DAVRINI TARIX FANIDA O’RGANISH'

MISRDA ILK PODSHOLIK DAVRINI TARIX FANIDA O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3893
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Narmer / Menes / nom / nomarx' / yozuv san'ati / mastaba / Xorus / Nexbet va Yajit / tirik murdalar' / Sexemib / Xa-sexemui. / Narmer / Menes / nom / nomarx ' / writing art / mastaba / Horus / Nexbet and Yajit / living corpses' / Sexemib / Ha-sexemui.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Zilola Yoqubjonova

Maqola Qadimgi dunyo tarixiga oid manbalarni o'rganishimizda juda boy arxivga ega bo'lgan Misrda ilk podsholik davri haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF THE FIRST KINGDOM EGYPT IN HISTORY

The article deals with the period of the first kingdom in Egypt, which has a very rich archive in the study of sources on the history of the ancient world.

Текст научной работы на тему «MISRDA ILK PODSHOLIK DAVRINI TARIX FANIDA O’RGANISH»

MISRDA ILK PODSHOLIK DAVRINI TARIX FANIDA O'RGANISH

Zilola Yoqubjonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqola Qadimgi dunyo tarixiga oid manbalarni o'rganishimizda juda boy arxivga ega bo'lgan Misrda ilk podsholik davri haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Narmer, Menes, nom, nomarx', yozuv san'ati, mastaba, Xorus, Nexbet va Yajit, tirik murdalar', Sexemib, Xa-sexemui.

STUDY OF THE FIRST KINGDOM EGYPT IN HISTORY

Zilola Yoqubjonova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

The article deals with the period of the first kingdom in Egypt, which has a very rich archive in the study of sources on the history of the ancient world.

Keywords: Narmer, Menes, nom, nomarx ', writing art, mastaba, Horus, Nexbet and Yajit, living corpses', Sexemib, Ha-sexemui.

KIRISH

Misrning ilk davlatlari hajmi jihatidan uncha katta bo'lmagan edi. Nomlarda iqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib, birlashuv jarayoni kuchli bo'lgan. Nomlar o'rtasidagi uzoq urushlar natijasida miloddan avvalgi IV-mingyillik oxirida Yuqori va Quyi Misrda ikkita yirik davlat vujudga kelgan. Yuqori Misr hukmdori oq rangli toj, Quyi Misr hukmdori esa qizil rangli toj kiygan. Yuqori Misrning poytaxti Exnab (Nexen), Quyi Misrning poytaxti Buto shahri bo'lgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har ikkala podsholik o'rtasida Misrni birlashtirish uchun uzoq kurash boshlangan. Quyi Misrda podsho Narmer va undan oldin o'tgan o'tmishdoshlari g'olibona urushlar olib borganlar. Miloddan avvalgi XXXI-asrning ikkinchi yarmida mamlakatning haqiqiy birlashtiruvchisi va I-umummisr sulolasi asoschisi deb misrliklarning o'zlari Narmerning o'g'li Mina ya'ni Menesni hisoblaydilar. Misrning Tinis viloyatidan kelib chiqqan I-II sulolalar davri ilk podsholik davri deyiladi. Menes o'zining kuchli qo'shinlari bilan shimolni bosib olgan va Misrda ikkita podsholikni birlashtirib yagona

davlatga asos solgan. Poytaxtni esa delta yaqinidagi strategik jihatdan juda ham qulay bo'lgan Memfis (yunoncha Xeliopolis; misrcha Minnefer) shahriga ko'chirgan. Demak, Menesni arxaika davri birinchi sulolasining dastlabki firavini deyish mumkin. Ilk podsholik davri miloddan avvalgi taxminan 3000-2800 yillarni o'z ichiga oladi. I-sulola hukmdorlari: Menes, Jer, Den, Semerxet, Ka, II-sulola hukmdorlari: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui.

Ilk podsholik davrida yagona va ko'p sonli davlat apparati va bu apparatni boqadigan davlat yer egaligi shakllangan. Davlat yerlarida tashkil etilgan yirik xo'jaliklarda davlatga qaram bo'lgan ishchilar mehnat qilganlar. Davlatga turli soliq va majburiyatlar o'tashga majbur bo'lgan qishloq jamoasi ham mavjud edi. Ilk podsholik davri sug'orish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis qurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo bo'lishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda misrliklar hayotida urug'chilikning ham ta'siri kuchli bo'lgan va ular asosan tosh, mis mehnat qurollaridan ko'proq foydalanishgan, bronza esa kam bo'lgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo bo'lgan. Yerlarning o'zlashtirilishi va sug'orish inshootlarining qurilishi kuchaytirilishi tufayli dehqonchilik rivoj topgan. Misrliklarning asosiy suv manbayi Nil daryosi bo'lib, ziroatchilikning asosini sug'orma dehqonchilik tashkil etgan. Ekinzorlar Nil daryosi va Fayum suv omboridan suv oladigan kanallar orqali sug'orilgan. Ularda bog'dorchilik rivoj topib, shimolda uzumchilikka, janubda esa xurmochilikka katta e'tibor berilgan.

Nomliklar orasidagi separatizmni firavnning siyosiy mavqei muvozanatda ushlab turgan. Ilk podsholik davrida davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar-kotiblar tabaqasi shakllangan. Ma'muriy okruglar- «nomlar» tashkil topib, ularni «nomarx»lar boshqargan. Muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turganlar, jumladan: Kush (Nubiya)ga, shimoli- g'arbga liviyaliklarga va Sinay yarim orolidagi badaviylarga qarshi yurishlar qilingan. Sababi bu yerda mis konlari mavjud edi.

Ilk podsholik davrida qadimgi Misr san'ati tamoyillari, turlari shakllangan. Mamalakat Menes davrida yagona davlatga aylantirilgan vaqtdayoq misrliklar metalldan foydalanish yo'llarini bilib olganlar. Avvaliga misdan keyin esa bronzadan har xil asboblar, qurol-yarog'lar ishlangan. Bu davrda toshni ishlash va duradgorchilik san'ati muhim o'rin tutgan. Chunki bu hunarni misrliklar mukammal darajada bilganlar. Masalan, shohlar qabrlaridan topilgan toshdan ishlangan ajoyib ko'zalar va guldonlar eramizdan avvalgi 2800- yillarga, ya'ni I-sulola davriga to'g'ri keladi. Yozuv san'ati Misrda Menes davrida, balki undan ham ilgari yaratilgan. Misrda yozuv majburiy ravishda ma'lumotlarni saqlash, ayniqsa xalqdan soliq olish jarayonida yuzaga kelgan. Dastlabki yozuv faqat rasmlarda ifodalangan. Sonlar esa chiziqlarda ko'rsatilgan. I va I-sulola firavnlari «mastaba» deb ataluvchi qabrlarga dafn etilgan. Bu davrda diniy

me'morlikning asosiy turi- mastabalar ko'plab qurilgan. Ko'pincha atrofi toshlar bilan to'silgan mastabalar xom g'ishtdan to'g'ri burchak shaklida tiklangan bo'lib juda ko'p xonalardan tashkil topgan. Vafot etgan firavnning barcha buyumlari shu xonalardan birida saqalangan. Chunki uning tiriklik chog'idagi idish-tovoqlari va shunga o'xshash narsalar u dunyodagi hayot uchun zarur bo'ladi deb hisoblashgan. Piramida va sog'analar qurish uchun I-II-sulola firavnlari dafn qilingan mastabalar namuna bo'lib xizmat qiladi. Firavnlarning xudosi bu lochin qush ko'rinishidagi «Xorus» bo'lgan. Demak, Menes podsholik qilgan poytaxt Memfisning xudosi «Re», Menesning xudosi esa "Xorus" dir. Buni Xierakopolis (Memfis)dan topilgan Menesning mashxur toshtaxta politrasidan ko'rish mumkin. Unda shoh va uning atrofidagilar tantanovor qadam tashlab, dushman safini yorib o'tayotgani umumiy chiziqlarda ko'rsatilgan. Yana politrada aniq va noaniq belgilangan narsalar ham bor. Ularda shoh g'alaba qilgan shaharlar ko'rsatilgan bo'lishi ham mumkin.

MUHOKAMA

Ilk podsholik davrida hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo ham rivoj topgan. Misr tashqi dunyo bilan faol aloqa olib borgan. Misrning tosh ko'zalari bu vaqtda sharqiy O'rtayer dengizining barcha hududlaridan topilgan. Finikiya va Suriyadan yog'och, Sinay yarim orolidan mis, malaxit va feruza toshlari olib kelingan. Misrliklar Nubiya, Liviya va O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi nomlar bilan qizg'in savdo sotiq olib borganlar. Savdo quruqlik va suv yo'li orqali olib borilgan. Luviya va Arabiston sahrolari yo'llarini o'zlashtirganlar.

I-II sulolalar podsholari butun mamlakatni har 2 yilda bir marta aylanib chiqishlari an'anaga aylangan. Mafkurada uning birligi his qilina boshlangan. Endilikda podshoning unvoniga mamlakatning janubi va shimolida e'tiqod qilinadigan mabudlar Nexbet va Yajit -» Ikkala hukmron» - «Yuqori va Quyi Misr podshosi» so'zlari qo'shilgan. Butun mamlakat miqyosida Yuqori Misrning bosh xudosi Xorga e'tiqod qilish keng tarqalgan. Misrda yuqori tabaqa firavn, amaldor, askarboshi, ruhoniy va nufuzli oqsoqollar hamda boylar hisoblangan. Aholining o'rtahol tabaqasini dehqonlar, hunarmandlar va mayda savdogarlar tashkil etgan. Misr firavnlari urushda asirga tushganlarni qulga aylantirgan edilar. Dastlabki vaqtlarda asirlar dushman sifatida o'ldirilib yuborilgan. Shuning uchun misrliklar ularni «murdalar» deb atashganlar. Keyinchalik esa asirga tushgan kishilarni o'ldirmasdan ishlatadigan bo'lganlar.

NATIJA

Ularni dehqonchilikda, chorvachilikda, ibodatxonalarda va qurilishda ishlatganlar. Omon qolgan asirlarni «tirik murdalar» deyishgan. Bu «tirik murdalar» qullar tabaqasini tashkil etib, ular hech qanday mol- mulkka, huquqqa ega bo'lmaganlar.

Shunday qilib Misr dunyodagi dastlabki quldorlik davlatlaridan biri bo'lgan. Eramizdan avvalgi XXIX-asr o'rtalarida Misrda siyosiy halokat yuz berdi. Podsho Sexemib Xorga sig'inishni bekor qilib, uning afsonaviy dushmani Seton bilan o'zini qiyosladi, poytaxtni Memfisdan Abidosga ko'chirdi. Quyi Misr ajralib chiqdi. Misrning birligini II-sulolaning so'ngi vakili Xa-sexemui qayta tikladi. U Quyi Misrni yana tor-mor qildi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, firavnning kuchli hokimyati orqali tashkil qilingan umum jamoa mehnati bilan misrliklar qulay hayot uchun shart- sharoit yaratishgan. Shu bois, tabiatning dahshatli kuchlari oldidagi qo'rqinch firavnning qudratli hokimyati, xudolari, ularning ulug'vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning dunyoqarashiga singib ketgan. Bu davrda san'atning diniy e'tiqodga qaramligi yaqqol seziladi.

REFERENCES

1. Rajabov R. «Qadimgi dunyo tarixi" Toshkent-2009.

2. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

3. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

4. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

5. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

6. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

7. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

8. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

9. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. Science and Education. 1(7). 610-617 б.

10. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

11. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

12. Сулаймон Хдйдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

13. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.