Научная статья на тему 'MIRZACHO’L–TUZKON EKOTURISTIK KLASTERI VA UNING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI'

MIRZACHO’L–TUZKON EKOTURISTIK KLASTERI VA UNING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
klaster / ekoturistik klaster / Mirzachol-Tuzkon ekoturistik klasteri / turizm turi va turizm uchun foydalanish manbaalari / Sangzor daryosi va Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi / agrotuizm / nastalgiya turizmi / ekoturizm / gastroturzim. / cluster / ecotourism cluster / Mirzachol-Tuzkon ecotourism cluster / type of tourism and sources of use for tourism / Sangzor river and Aydar-Arnasoy lake system / agrotourism / nostalgia tourism / ecotourism / gastrotourism.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sanaeva L.Sh.

Ushbu maqolada klaster atamasi, Jizzax viloyatining ekoturistik klasterlarga ajratilishi, Mirzacho-Tuzkon ekoturistik klasteri, xalqaro tajribada turistik klasterning Yevropa, Amerika va Osiyo tajribasi, turizm turi va turizm uchun foydalanish manbaalari, M-39 xalqaro magistrali, Mirzacho’l va Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi asosiy ekoturistik maskan ekanligi, Jizzax shahri va 5 ta cho‘l tumanlarini qamrab olgan ushbu klaster asosan daryo, cho‘l, ko‘l, tog‘, agro va madaniy landshaflardan iborat ekanligi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MIRZACHOL-TUZKAN ECO-TOURISM CLUSTER AND ITS ROLE IN TOURISM DEVELOPMENT

In this article, the term cluster, the division of Jizzakh region into ecotourism clusters, the Mirzachol-Tuzkon ecotourism cluster, the European, American and Asian experience of the tourist cluster in international experience, the type of tourism and the sources of use for tourism, the M-39 international highway, Aydar-Arnasoy it is reported that the lake system is the main ecotourism destination, and that this cluster, which covers the city of Jizzakh and 5 desert districts, mainly consists of river, desert, lake, mountain, agro and cultural landscapes.

Текст научной работы на тему «MIRZACHO’L–TUZKON EKOTURISTIK KLASTERI VA UNING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI»

Sanaeva L.Sh., b.f.n. dots v.b Usmanov M.R. g.f.f.d (PhD) dots v.b. Jizzax davlat pedagogika universiteti

MIRZACHO'L-TUZKON EKOTURISTIK KLASTERI VA UNING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada klaster atamasi, Jizzax viloyatining ekoturistik klasterlarga ajratilishi, Mirzacho-Tuzkon ekoturistik klasteri, xalqaro tajribada turistik klasterning Yevropa, Amerika va Osiyo tajribasi, turizm turi va turizm uchun foydalanish manbaalari, M-39 xalqaro magistrali, Mirzacho 'l va Aydar-Arnasoy ko 'llar tizimi asosiy ekoturistik maskan ekanligi, Jizzax shahri va 5 ta cho 'l tumanlarini qamrab olgan ushbu klaster asosan daryo, cho 'l, ko 'l, tog', agro va madaniy landshaflardan iborat ekanligi haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalat so'zlar: klaster, ekoturistik klaster, Mirzachol-Tuzkon ekoturistik klasteri, turizm turi va turizm uchun foydalanish manbaalari, Sangzor daryosi va Aydar-Arnasoy ko 'llar tizimi, agrotuizm, nastalgiya turizmi, ekoturizm, gastroturzim.

MIRZACHOL-TUZKAN ECO-TOURISM CLUSTER AND ITS ROLE IN TOURISM DEVELOPMENT

Annotation: In this article, the term cluster, the division of Jizzakh region into ecotourism clusters, the Mirzachol-Tuzkon ecotourism cluster, the European, American and Asian experience of the tourist cluster in international experience, the type of tourism and the sources of use for tourism, the M-39 international highway, Aydar-Arnasoy it is reported that the lake system is the main ecotourism destination, and that this cluster, which covers the city of Jizzakh and 5 desert districts, mainly consists of river, desert, lake, mountain, agro and cultural landscapes.

Keywords: cluster, ecotourism cluster, Mirzachol-Tuzkon ecotourism cluster, type of tourism and sources of use for tourism, Sangzor river and Aydar-Arnasoy lake system, agrotourism, nostalgia tourism, ecotourism, gastrotourism.

Kirish. "Klaster" atamasi XX asrning 80-yillarida M.Porter tomonidan ilmiy jarayonga iqtisodiy kategoriya sifatida kiritilgan [6]. Ya'ni "Klaster" atamasi "klaster" ingliz tilidan tarjima qilinganida birlashuv, guruh, to'planishi ma'nolarida mustaqtl birlik sifatida dastlab matematikada va aksariyat tabiiy fanlarda ishlatilgan.

Hozirgi vaqtda Yevropada turizm yo'nalishda 392 ta klasterlar faoliyat yuritib, ular 100 tadan tadbirkorlik sub'ektlarini o'z ichiga qamrab oladi. Ularning asosiy maqsadi turizmga yo'nalishiga qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilish, xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Natijada esa turizm infratuzilmasi yanada takomillashib, aholi bandligi ta'minlanadi, transport

qatnoviga qo'shimcha yo'nalishlar ochiladi, ichki va tashqi bozorlarda turizm salohiyati keng targ'ib qilinishi jadallashadi.

Hozirda turizm sohasini rivojlantirish hamda davlat tomonidan boshqarishda yangi tartib-tamoyillarini joriy qilish maqsadida mamlakatimizda ko'plab davlat dasturlari va qarorlari chiqarilmoqda [1-2]. Ularda asosan aholi daromad manbaini kengaytirish, ekologik turizm yo'nalishida faoliyati yo'lga qo'yiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarining manzilli ro'yxatiga muvofiq tasdiqlangan bo'lib, Jizzax viloyatida ekoturizmni tashkil etish va rivojlantirishga doir topshiriqlar belgilab qo'yilgan [3-4].

Tadqiqot ishining maqsadi. Jizzax viloyatidagi ekoturistik klasterlardan bo'lgan Mirzacho'l-Tuzkon ekoturistik klasteri haqida ma'lumot berish. Uning mintaqada ijtmoiy va iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini tahlil qilish, tabiatni muhofaza qilishdagi rolini ochib berish hamda ekoturizmning barqaror rivojlanishi tamoyillarini ko'rsatb o'tish. Jizzax viloyatidagi Mirzacho'l-Tuzkon ekoturistik klasteri va uning rivojanish istiqbollari hamda ahamiyatini ochib berish.

Materiallar va usullar. Tadqiqot jarayonda turizm sohasida klaster yondashuvini ilmiy asoslash, turizm klasteri siyosatining maqsadi, vazifalari va yo'nalishlarini yoritish jarayonida sohadagi transformatsiyalashish jarayonlarini hisobga olish, turizm klasteri shakllanishini metodologik jihatdan o'rganish, bu borada mutaxassislar fikrini o'rganish natijasida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.

O'rganilganlik darajasi. Turizm klasterlarida jahon tajribalari haqidagi fikrlarni M.Porter, V.M.Kitsis, A.V.Yeliseeva, S.K.Volkov va mintaqamiz olimlaridan B.N.Navruz-Zoda, N.S.Ibragimov, A.Q.To'xtamishov, A.Yergashova, D.X.Aslanova, M.M.Xashimova va A.N.Nigmatov ishlarida ko'rishimiz mumkin [5-6]. Jizzax viloyatidagi Mirzacho'l-Tuzkon turistik klasterini ekoturistik klaster nuqtai-nazardan talqin qilish amalga oshirilmagan.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Xalqaro tajribada turistik klasterning Yevropa, Amerika va Osiyo tamoyillari farq qiladi va har biri o'zga xos ravishda tarkib topadi va rivojlanmoqda. Masalan, Shimoliy Amerika mintaqasining turizm klasterida federal hukumatning turizm klasterlarini yaratish jarayonlariga aralashuvini ko'zda tutiladi. Yevropa mintaqasi turizm klasterlarini tashkil etish tamoillarida biznes tuzilmalarining davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi kuzatiladi, ammo yirik hususiy korxonalar faoliyatida hukumatning keng miqiyosida turizm klasterlariga chuqur kirib borishi kuzatilmaydi [6].

Jizzax viloyatining turistik salohiyati yuqori bo'lib, viloyatning hududiy joylashuvi ekologik landshaftlariga ko'ra 4 ta ekoturistik klasterlarga ajratiladi [5]. Ular orasida Mirzacho'l-Tuzkon ekoturistik klasteri Jizzax shahri va keyingi 5070 yil mobaynida o'zlashtirilgan Mirzacho'l hududida tashkil bo'lgan Mirzacho'l tumani, Mirzachol va Tuzkon ekoturistik maskanlarni o'zida birlashtiradi. Shuningdek, M-39 xalqaro magistralining yo'l bo'yi infratuzilmalarini yaxshilab,

turizm turi va turizm uchun foydalanish manbaalari quyidagi turistik marshrutlar sifatida taklif etildi (1-jadval)._

№ Turizm turi Turistk obyektlar

1. Ekoturizm Mirzacho'l kanali, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi va uning boy fauna va florasi, Qizilqum cho'lining fauna va florasi.

2. Etnoturizm O'zbek, qozoq, rus, tojik millatlarining etnik tizilmalari va ularning an'ana-udumlari.

3. Madaniy turizm Kosmonavtlar muzeyi, aholining urf-odatlari va an'analari

4. Nostalgiya turizmi Hududda ilgari yashagan millat vakillariing tashrifi bilan bog'liq.

5. Gastronomik turizm Milliy oshxona va zamonaviy restoranlar. Baliqli taomlari.

6. Agroturizm Mirzacho'l bag'ridagi tumanlarning agrolandshaftlari.

7. Sog'lomlash-tirish turizmi Gagarin sihatgohi.

8. Ov turizmi Tuzkondagi suv-botqoq qushlari va baliq ovlash.

9 Ornitologik turizm Mirzacho'l va Tuzkondagi suv-botqoq qushlari hamda noyob qushlarni kuzatish.

Mirzacho'l-Tuzkon ekoturistik klasterida temir yo'l hamda xalqaro yo'lning mavjudligi turistik marshrutlarning asosiy qulayliklaridan hisoblanadi. Hududning pasttekisliklardan iborat ekanligi, kuchli sanoatlashganligi hamda madaniny va agrolandshaftlarga boy ekanligi, bu joyda sanoat turizmi, agroturizm, gastronomik turizmi, nostalgiya turizmi, etnoturizm, madaniy-ilmiy turizm, ornitologik turizm, gastromik turizm, nostalgiya turizmi viloyatdagi mavjud tog'li hududlarning ekoturistik marshrutlarni to'ldiradi va boyitadi.

M-39 xalqaro magistrali bo'ylab joylashgan Mirzacho'l tumani paxta, g'alla va poliz ekinlari va dalalarida agroturistik marshrutlarni ishlab chiqib, qiziquvchi turistlarni jalb etish, marshrutlar bo'ylab infratuzilmalarni shakllantirish xizmatlar turini ko'paytirish orqali marshrutlar qiziqarliligi va jozibadrorliligini oshirish mumkin. Jumladan, hozirda ushbu M-39 xalqaro magistral yo'li bo'yida Mirzacho'l va Do'stlik tumanlarida qovun, tarvuz va boshqa poliz ekinlarining bozori tashkil etilgan bo'lib, ularni to'liq xalqaro talablarga javob beradi deya olmaymiz. Shu hududlarda zamonaviy sanitariya-gigiyena shaxobchalari bilan birga asal, meva va poliz ekinlarining degustatsiya maydonchalarini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, asalari qutilarini joylashtirish va asal yetishtirish texnologiyalarini sayyohlarga ko'rsatib berish, yoki ularni asal olish va

asalari uyalarini parvarish qilish mashg'ulotlariga jalb qilish ham sayyohlarning ushbu hududda qolish va xizmatlardan foydalanish ko'lamini kengaytiradi.

Mirzacho'l-Tuzkon turistik klasterida Mirzacho'l shahridagi Kosmonavtlar muzey sayohatchilar uchun qiziqarlidir. Turizm klaslerida reklama tashkilotlari va turistik firmalarning mavjud bo'lishi muhim bo'lib, ushbu klasterda yuqorida tashkil etilishi ko'zda tutilgan marshrutlar xorijiy turizm bozori uchun yetarlicha targ'ib etilmagan. Shu sababli hozircha ushbu hududlarda ichki turizm uchun mahalliy sayyohlar oqimi mavjud.

Xulosa va takliflar. Jizzax viloyatidagi Mirzacho'l-Tuzkon ekoturistik klasterining turistik salohiyati yuqori bo'lib, ushbu klasterda turizmning o'nga yaqin turlarini yo'lga qo'yish mumkin. Biroq, turizm infratizilmalarining to'laligicha tashkil etilmagani va tashqi turizm bozori uchun yetarlicha reklama qilinmaganligi bois, hududda turizm faqat mahalliy turistilar bilan cheklanib qolmoqda. Shunday bo'sada bu klaster tarkibidagi tumanlarda katta miqdorda agrolanshaftlarning borligi mana shunday go'shalarga sayyohlarni taklif qilish uchun ekoturizmning bog'dorchilik, polizchilik, g'allachilik, asalarichilik turizmini, ya'ni agroturizmni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradi. Bu esa o'z navbatida mintaqada qishloq xo'jaligi hajmini kengaytirish va sayyohlarni ekskursiya qilishda yaxshi natija beradi. Ekoturizmni rivojlantirish borasida Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi Tuzkon bo'limi asosiy ekoturistik maskan bo'lsada, ular qirg'oqlarida turizm infratuzilmalarining tashkil etilishi ko'ngildagidek emas. Masalan, Aydarko'lga Samarqand va Toshkent, Sirdaryo viloyatlari Mirzacho'l tumanidan yaqin bo'lsada asosiy infatizilmalar Arnasoy va Forish tumanlari tomonidan tashkil etilgan.

Endilikda hududda turizm xizmatlarini yaxshilash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy investitsiyalar bilan birga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; turizmni rivojlantirish bo'yicha mintaqalarga mos xorijiy tajribalardan keng foydalanish; turistlarga xizmat ko'rsatuvchi kemping, pansionatlar hamda yotoqxonalarni zamon talablari darajasida barpo etishda mazkur maskanlarni tadbirkorlarga imtiyozli tarzda berish; xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan turistik ob'ektlarni yaxshilash, ushbu ob'ektlarga investitsiyalarni jalb qilish mezonlarini belgilash; xorijiy investitsiyalarning samaradorlik ko'rsatkichlarini ilmiy jihatdan asoslash; turizm sohasi xodimlari malakasini oshirish, ularni turizm rivojlangan mamlakatlarga amaliy ko'nikma olishga yuborish va amalda qo'llashda yordam berish; turizm sohasiga jalb qilinayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni yanada ko'paytirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mirzacho'l qadimdan shirin qovun tarvuzlari biln mashhurdir. Shularni hisobga olib Gagarin shahrida "Qovun sayli" tashkil etish orqali Mirzacho'l-Tuzkon turistik klasterini targ'ib qilish lozim. Mirzacho'l tumanidagi sixatgoh, muzey, tuzkon atrofidagi baliqchilik xo'jaliklari va dam olish maskanlari turoperatorlarga namoyish qilinib, ommaviy axborot vositalari yordamida keng targ'ib etilmoqda.

Yuqoridagi ko'rsatib o'tilgan mavjud salohiyat va manbaalardan to'laqonli foydalanilsa va amaliyotga joriy etilsa, aholining dam olish, turistik ekskursiya

kabi xizmatlarini to'g'ri yo'lga qo'yish orqali Jizzax viloyatining ekoturistik klasterini qamragan tumanlarida yangi ish o'rinlari yaratish va qo'shimcha mablag' to'plash imkoniyatlari paydo bo'ladi deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbaalar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktabrdagi O'zbekiston Respublikasida o'rmon xo'jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4850-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27 iyuldagi "Turizm yo'nalishidagi isloxatlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali taikil qilish chora tadbirlari to'g'risida" gi PQ-238-son qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26 apreldagi "Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish xamda, maxalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-135-son qarori.

4. 2024-yil 12 yanvarda "O'zbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantrish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-21-sonli qarori 5. L.Sanaeva, K.Safarov. Jizzax viloyatining tabiiy landshaftlarini ekoturistik klasterlash jizzax viloyatining tabiiy landshaftlarini ekoturistik klasterlash. Namagan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. 2024 yil. 6-son.

6. Журакулов С.Б. Особенности формирования кластера агротуризма в Узбекистане. URL: https: //cyberleninka.ru /article/n/osobennosti-formirovaniya-klastera-agroturizma-v-uzbekistane

7. В.М.Кицис, А.В.Елисеева "Опыт зарубежных стран развития туристских кластеров". URL: http://edrj.ru/article/09-06-20

8. Komilova, N. K. (2021). Tourist destination as an object of research of social and economic geography. Psychology and Education Journal, 58(1), 2058-2067.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.