Научная статья на тему 'MILLIY VA ZAMONAVIY KO‘YLAKLAR TARIXI'

MILLIY VA ZAMONAVIY KO‘YLAKLAR TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
47
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lіbos / tarіx / ko`ylak / fan / metod

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sobirova Shoxista

Ushbu maqolada o’zbek mіllіy lіboslarіnіng shakllanіshі va rіvojlanіsh tarіxі borasіdagі ma`lumotlar tahlіl etіladі.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY VA ZAMONAVIY KO‘YLAKLAR TARIXI»

MILLIY VA ZAMONAVIY KOYLAKLAR TARIXI

Sobirova Shoxista

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 08-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 15-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 18-yanvar 2024 yil

Ushbu maqolada o'zbek milliy liboslarining shakUanishi va rivojlanish tarixi borasidagi malumotlar tahlil etiladi.

KEY WORDS

libos, tarix, koylak, fan, metod.

Mamlakatimiz mustaqillikni qo'lga kiritganidan keyin yurtimiz, xalqimiz tarixini chuqur o'rganish, uni ilmiy asosda haqqoniy tadqiq etish, qadimiy manbalarni xolislik bilan asl holida tiklash, davlatchilik tarixining ildizlarini ochib berish respublikamiz madaniy, ma'naviy hayotidagi asosiy masalalardan biriga aylandi.

Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir1 deb O'zbekiston Respublikasining milliy qomusida keltirilgan ma'naviy va ma'rifiy obidalar, milliy madaniyatimizni asrabavaylash, rivojlantirish, yurtimizdagi tarixiy obida va yodgorliklarni qayta tiklash, o'rganish va kelajak avlodlarga bus-butun yetkazish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada milliy va madaniy boyliklarimizni asrab avaylash, ularni muhofazalash bo'yicha O'zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining "Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bunda muhim dasturilamal bo'lmoqda.2

Tarixiy haqiqatni tiklash davlat siyosati darajasida belgilandi. Bu hayotiy zarurat edi. Chunki o'z ozodligini, erkini qo'lga kiritgan xalq ko'p asrlar davomida bosib o'tgan tarixiy yo'lini aniq bilishi, buyuk ajdodlari merosidan to'la bahramand bo'lishi kerak edi. Bu millatimizning o'zligini anglab yetishi, istibdod davrida toptalgan g'ururini tiklashi, yuksaltirishi, mamlakatimizning kelajak istiqbolini dunyo davlatlari qatorida namoyon bo'lishiga zamin yaratadi.

1 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 49-modda

2 Каримова Нодира Кахрамон Кизи МИЛЛИЙ ВА ЗАМОНАВИЙ ЛИБОС ДИЗАЙНИНИ ЯРАТИШДА УЗБЕКИСТОН ТАРИХИЙ - МЕЪМОРИЙ ОБИДАЛАРИНИНГ УРНИ // Interpretation and researches. 2023. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/milliy-va-zamonaviy-libos-dizaynini-yaratishda-zbekiston-tarihiy-memoriy-obidalarining-rni (дата обращения: 29.04.2023).

An'anaviy kiyimlarimiz moddiy madaniyatimizning asosiy ko'rinishlaridan birini tashkil etishi bilan birga unda xalqimizning o'tmishi, milliy xususiyatlari va madaniy qadriyatlari namoyon bo'ladi. Ayni paytda milliy madaniyatining boshqa ko'rinishlari singari uning turmush tarzi, estetik didi va milliy o'zligining ko'zgusidir.3

Milliy kiyimlarning zamonaviy ko'rinishi yoki bo'lmasa zamonaviy kiyimlarga milliy ruh berishda bir necha o'ziga xos uslublar mavjud bulib, bularga - milliy bichimlardan foydalanilgan holda, yoki milliy amaliy bezak turlaridan foydalangan holda ornamentli liboslar yaratish mumkin. Milliy ornamentlarning liboslarda bezak sifatidagi o'rni muhim bo'lib, ularning qo'llanilishi tobora rivojlanib, kishilar didining muttasil o'sib borishi va xalqlar orasidagi etnomadaniy aloqalarning kuchayishiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Pirovardida kiyimlar taraqqiyotida jadal o'zgarishlar ro'y berishiga olib kelmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Kiyim-kechaklarda qo'llanilgan badiiy bezaklar o'zbek xalqi tarixi bilan uzviy bog'lik bo'lib, u moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o'ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilari bilan ajralib turuvchi o'ziga xos mezondir. Ularda ajdodlarimiz tarixiga borib taqaladigan urf-odatlar, an'analar, ijtimoiy munosabatlar, ma'rifiy, diniy e'tiqod, nafosat va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida o'zgarishlar bo'lib turishi bilan bir vaqtda libos shakllari ham o'zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go'zallik to'g'risidagi ideallari, xo'jalik yuritishning o'ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba'zi tomonlari ham ko'zga yaqqol tashlanadi.

O'zbekiston hududida yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning liboslari ham dunyoning boshqa mintaqalaridagi qadimgi kishilar kiyimlari kabi iqlim, turmush sharoiti va urug'-qabila an'analari asosida shakllangan. O'tmish ajdodlarimizning kiyim-kechagi, ularning shakllari va tarixi hamda mahalliy xususiyatlari to'g'risida respublika hududida topilgan arxeologik yodgorliklar, devoriy rasmlar, haykalchalar, mayda naqshlar, torevtika, yozma manbalar, qo'lyozma kitoblarga ishlangan mo'jaz tasvirlar bir qadar tasavvur beradi.4

Eng qadimgi davrlardan boshlab odamlardan kiyimga ehtiyoj tug'ilgan. Dastlab ibtidoiy davrda yashagan odamlar uchun ovlangan hayvonlar terisi yoki daraxt po'stlogi kiyim vazifasini bajargan. Keyinroq iqlim o'zgarishlari natijasida (havo sovushi yoki isishi) kiyimlarga talab orta boradi. Birinchi navbatda uni tikish uchun foydalanilayotgan materialga bog'liq bo'la boshlaydi. Dastlab eng oddiy to'qima mato yoki o'simlik poyalaridan qo'pol to'qilgan sodda mato kiyim uchun material bo'lib xizmat qilgan. Tolalardan to'qib mato ishlash kishilik jamiyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanib, bugungi kunga qadar ba'zi o'zgarishlar bilan bizagacha etib keldi.

Milliy libos - millat qiyofasi, inson ko'rki, milliy iftixor ifodasi. Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o'tmishi, qadimiy urf-odat va an'analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o'ziga xos xususiyatlari mujassam. Milliy liboslarimizda qizlarimizga mos ibo va hayo aks etgan.5

Qadimgi davr kiyim-kechaklarining bichimlari va qaysi matodan qanday shaklda tikilganini tasavvur qilishda arxeolog olimlarning ma'lumotlaridan, qadimgi yer ostida qolib

3 D. Raupova "XIX asr oxiri XX asr boshlari uzbek milliy liboslari mintakaviy tiplari" magistrlik dissertatsiyasi T-2018, 6-b

4 Davlatova S. O'zbek xalqi liboslari tarixidan // Moziydan sado. - Toshkent, 2006. - № 3-4. - B. 6.

5 https://jizzax.uz/5646-milliy-libos-millat-iefasi.html

ketgan qasrlar va yodgorliklardan - Afrosiyob, Varaxsha, Panjikent, Bolaliktepa, Xolchayon, Ayritom kabilardan topilgan devoriy rasmlar, haykallar, mato parchalari, o'ymakorlik namunalarida aks etgan tasvirlardan bilib olamiz.

Baqtriya libosida erkaklar va ayollarning choponlari, oldi yopiq, etagi burmali yoki to'lqinli yaktaklar, yoqasi qiyiq ochilib, tasma bilan bog'langan ko'ylaklar uchraydi. Ayollar ko'ylagining yoqa omizi chuqur uchburchak shaklda bo'lgan, oldi ochiq mo'ynadan tikilgan shuba qirqimi ham juda chuqur. Ayollar va erkaklar ustki libosida ham kalta, endor yengli va uzun yengli ichki kiyimlar chatishib ketgan. Erkaklarning choponi ko'pincha ko'krak ustida to'qa bilan mahkamlangan, etaklari esa har tomonga yoyilib turgan. Erkak libosida "ko'ylak"ni matolar bilan bezash rasm bo'lgan, u uchburchak to'qalar qatoridan vujudga kelgan. Liboslarning rangida ko'proq oq va qizil ustunlik qilgan.6

XULOSA VA TAVSIYALAR Xullas o'rta asrlarda yashagan ajdodlarimizning kiyim-boshlari, uning shakllari, mahalliy xususiyatlari hamda bu davrga oid mato turlari ilk o'rta asrlarga oid devoriy rangtasvirda aks etgan. Jumladan, Bolaliktepadan topilgan suratlarda erkaklarning ustida yaktagi borligi aniqlangan. VI-VIII asrlarga oid Kultegin yodnomasida avra-astarli qilib tikilgan to'n-chopon erkaklarning ustki kiyimi ekanligi eslatilgan.7

Foydalanilgan malumotlar:

1. Adilova O.A. G'o'bdin tog' yaylovlari cho'llanishining sabab va oqibatlari.// Geografiya va geografiya ta'limi yoshlar nigohida: kecha, bugun, ertaga. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent, 2018,-B. 310-311.

2. A.Qosimov, J.Abduraxmonov. Favqulodda vaziyatlarni prognozlashning hayot faoliyati xavfsizligida tutgan o'rni. —Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari va sohada innovasion texnologiyalarning o'rni|| mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy seminar materiallar toplami. 2021 yil.

3. I.Nigmatov, M.Tojiyev.Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. Darslik -Т 2011.

4. Nigmatov A., Muxammedov Sh., "Inson hayot faoliyati xavfsizligi". Toshkent-2014. B-44

5. В. А. Немтинов. Ю. В. Немтинова. Ж. Е. Зимнухова — Прогнозирование чрезвычайных ситуатсий|| Москва 2014 г.

6. O'zbekiston Respublikasining "Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni.

7. www.fvv.uz

8. www.aim.uz

9. www.ziyonet.uz

6 Orifjonov O. Kushon davri liboslari // Moziydan sado. - Toshkent, 2010. - № 2-3. - B. 13

7 Davlatova S. O'zbek xalqi liboslari tarixidan // Moziydan sado. - Toshkent, 2006. - № 3-4. - B. 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.