УДК 37.018.1.
Qobiljonov Q.K.
Buxoro davlat universiteti
MILLIY MEROS MAZMUNIDA YOSHLAR TARBIYASI VA OILAVIY
MUNOSABATLAR TALQINI
Аннотация: В данной статье анализируется вопросы семьи, системы семейных отношений в наследие наших предков, идет речь о воспитание девушек, о свободе женщин в «Авесте».
Ключевые слова: семья, общество, право, обязанность, здоровье, воспитание, бракосочетание, свобода.
Kobiljonov Q.K.
Bukhara State University
INTERPRETATION OF YOUTH EDUCATION AND FAMILY RELATIONSHIP IN THE CONTENT OF NATIONAL HERITAGE
Annotation: In this article is analyzed the issues of the family, the system of family relations in the heritage of our ancestors, have been told about upbringing of the girls, the freedom of women in "Avesta ".
Keywords: a family, society, law, duty, health, upbringing, marriage, freedom.
Har qanday jamiyatning asosini oila tashkil etadi. Xalqimizning azaliy qadriyatlari, an'analari hisoblanmish: halollik, or-nomus, mehr-oqibat, sadoqat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlar, eng avallo, oilada shakllanadi. Ayniqsa, o'zbek oilalarining mustahkamligi, muqimligi va manguligi ana shu ma'naviy an'analarga tayanganligi bilan bog'liq. Shularni hisobga olgan holda Ozbek oilalarining ma'naviy asoslarini tadqiq qilish [2,4] muhim ahamiyatga ega.
Qadim zamonlardan boshlab Turonzaminda xalq ogzaki ijodi namunalari, Qur'oni Karim va Hadislarda buyuk qomusiy olimlarning betakror, o4mas asarlarida oila masalalari, oilaviy munosabatlar tizimi talqin va maxsus tavsif etilgan. Ana shunday ma'naviyatimizning qo'hna sarchashmalaridan biri bo'lgan, qadimgi Turon va Eronzamin xalqlarining ma'naviy qadriyati hisoblanmish-«Avesto»da ham insoniyat va uning taraqqiyoti bilan bog'liq tasavvurlar, ma'naviy-ruhiy va axloqiy mezonlar, olamni, tabiatni bilishga bo'lgan ehtiyoj va intilish, insondagi eng oliyjanob, pok fazilatlar kuylanishi bilan bir qatorda, oila asoslari, tuzilishi, tarkibi, oila ma'naviyati, ota-onalarning oiladagi mavqelari, oilada ayol erki, burchi va huquqlari yuksak ma'naviy va axloqiy chizgilar asosida tavsiflanganligi diqqatga sazovor.
«Avesto»da patriarxal oila jamiyatning eng quyi bo'g'inini tashkil etishi aytilib, u oz ichiga 4 avlod va 9 guruhni olganligi ta'kidlanadi. Oila markazida oila boshligi (kadxudo) turgan.
Xo'jalikni er va xotin boshqarib, oila davrasiga: otaona, er-xotin, farzandlar, nevaralar kirishgan. Shuningdek, oila tarkibiga: otaning aka-ukalari va opa-singillari, aka-ukalarining bolalari va nevaralari ham kirgan. Lekin ona tomon qarindoshlar va ota tomondan opa-singillarning bolalari oila tarkibiga kiritilmagan.
Chunki ular oz xonadonlarining oila a'zolari hisoblanishgan. Istisno tariqasida ota tomon aka-ukalarning qizi oilaning to'la huquqli a'zosiga aylangan.
Zardushtiylarning oila ta'limoti asosini hayotning davomiyligi, naslning aslligini ta'minlash va, avvalo, oila qanday negizga qurilganligi masalasi tashkil etadi. Oilani tashkil etish esa dastavval nikoh bilan bogliqdir.
«Avesto»ning Vendidod qismida oila butunligini saqlash, nikoh tuzish tartiblari, nikohning bekor qilinishi sabablari va shartlari ancha batafsil bayon qilingan: —Ikki kishi, xoh dindosh, xoh birodar, xoh do' st bir-birovi bilan nima xususda paymon bog'lasalar — biri ikkinchisining xonadonidan o'ziga xotin tanlasa, so'zsiz uning talabi qondirilishi lozim [1] yoki: «Men bu so'zlarim bilan kuyov tanlamoqchi bolgan bolig'a qizlarga va siz ikki tanga ham nasihat qilaman. Mening o'gitlarimga quloq solinglar va uni haqiqatda xotirangizga jo qiling va oz dinlaringizni topinglarda, uni amalda joriy etinglar» [1].
Bunga kora nikoh zurriyod qoldirish uchun irodasi mushtarak ikki tanni qovushtiradi. U yigit va qizning bir-birini chuqur hurmat qilishiga asoslangan birligidir. Qadimgi ajdodlarimizda balog'at yoshi 15 yosh hisoblanib, oila qurishga imkoniyati va qobiliyati bolgan har bir yigit oila qurish va ozidan zurriyod qoldirishga majbur bolgan. Imkoniyati bola turib, uylanmay yurgan yigit badnom qilinib, temir kamar boglab yursa, balog'atga yetgan qiz bola umuman turmush ga chiqishni istamasa qopga solinib yigirma besh darra kaltaklanish bilan jazolangan va darmongoh huzuridagi dori tayyorlash korxonasiga ishga jalb etilgan.
«Kimning xotini bo'lsa, u xotinsiz va dunyodan farzandsiz o'tayotgan kimsadan yaxshiroqdir» [2]. Lekin oila masalasida yoshlar erki paymol qilinmagan. Qiz bolani turmushga berish ota-ona izmida boisa ham, nikoh oldidan uning roziligi so'ralgan. Shuningdek, «Kadxudo (er), kadbonu (xotin) mashvaratisiz, roziligisiz, qizini erga berish huquqiga ega bo'lmagan» [2].
Bu o'rinda oila ahilligi, yaqinlar o'rtasidagi iliq munosabatlar, o'zaro hurmat, xususan, ayollarga ehtirom va ular erkini himoya qilish zarurligi yuksak axloqiy tamoyil sifatida e'zozlangan: «Qo'y, nikohga intiq bo'lgan g'ayratli qizlar, So'rasinlar zor-intizor kutgan kunlarin Xonadonin bir bahodir sohibini ham» [3]. Nikohga va oila qurishga tayyorgarlik jarayonida qiz bola tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan. Qiz balog'atga yetguncha oz davrining barcha
hunarlarini bilishi, chorva mollariga qarash, parvarishlash, uy-ro'zg'or yumushlarini mukammal tarzda ado etishi, pokiza, ozoda yurishi shart bo'lgan.
Bu yo'nalishda qiz bolaning ham ma'naviy, ham jismoniy sog'lom, barkamol bo'lishi, birinchidan oilaning mustahkam, xonadonning farovon bo'lishini ta'minlasa, ikkinchi tomondan sog'lom farzandlarning dunyoga kelishiga zamin yaratgan bo'ladi. Zardushtning o'z qiziga qarata «..Ey Puruchista,.. Ey Zardushtning bolig'a qizi! Mazda Ezgu niyat va Ashah haqiqatga inongan zotni senga tiriklikning yo'ldoshi aylaydi. Shunday ekan, o'z aqling va idrokingdan savol ayla,.. Hushyorligingni ziyoda qil!» deya xitob qilishi barcha qizlarga o'rnak qilib ko'rsatiladi. Professor H. Homidov «Avestoida turmushga chiqish va uy bekasi bo'lishning 5 turi: podshoh xotin, ayuqxotin, chokar xotin, o'zboshimcha xotin, sita xotinlar ko'rsatilganligini aytib o'tib, ularning har biriga qisqacha izoh beradi.
Bu izohlarda nikoh tuzish va oila qurishdagi huquqiy holatlar, oila tuzilishi va shakllari tavsiflanganligi diqqatga sazovordir. Shuningdek, nikohni bekor qilish tartiblariga to'xtalib o'tib, arzimas bahonalar bilan nikohni buzish, bekor qilish jamiyat tartibining susayishiga olib kelinishini alohida qayd qiladi. «Avesto» da zurriyodning pokizaligi, naslning sog'lomligi xususida qayg'urilib, bunga erishish yo'li sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish, jamoat, oila, shaxsiy ozodalik, gigiyenaga rioya qilish, shuningdek, oila qurish jarayonida har jihatdan benuqson, sog'lom kelinlar tanlash uqtiriladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim va sog'liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarning asosini —Har tomonlama yetuk, barkamol, sog'lom shaxsni tarbiyalashi masalasi tashkil etar ekan, ajdodlarimizning 3 ming yil ilgari, bu a'molga yetishning yo'llari, qoidalarini ishlab chiqib, davlat va jamiyatning poydevori hisoblanmish oila negiziga qo'yganlari yuksak tahsinga sazovordir: «Menga barkamol va dinogoh vatansevar va anjumanoro, ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan qutqaruvchi farzandlar bag'ishla» [3]. Qadimda yaratilib, asrlar osha sayqal topgan bu o'gitlar keyingi zamonlarda yangicha ta'limot ta'sirida muayyan o'zgarishlarga uchrab, ularning mazmunan yaqin variantlari paydo bo'lganini ko'rish mumkin. Jumladan, Kaykovus —Qobusnomaida: —Xotin olsang ulug' salog'lig' xonadondin xotin talab qilg'il... Xotin kamolg'a yetg'on, oqila bo'lg'on...bo'lsin[5] desa, Buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur o'z «Tuzuklarida: —O'g'illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e'tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko'rdim. Kelin bo'lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim» [2] deya ibratli mulohazalarini bayon etgan.
Ko'rinib turibdiki, barcha zamonlarda ham ajdodlarimiz xalq va millatning sog'lom, jismonan va ma'nan barkamolligi xususida qayg'urishgan. Qadimgi ajdodlarimiz nasl sog'lomligining irsiy jihatlarini ham yaxshi bilgan ko'rinadilar. Shu maqsadda ular yaqin qarindosh-urug'lar, ya'ni aka-uka, opa-singillar farzandlarining o'zaro nikohga kirishiga aslo yo'l qo'ymaganlar. Bunday nikoh naslning, qonning buzilishiga, nuqsonli bolalarning tug'ilishiga
olib keladi degan aqidaga qat'iy amal qilganlar. «Vendidod»da bu holatlarga maxsus fargardlar bag'ishlangan. «Avesto»da qattiq qish kelib, barcha tirik jonzotlarning qirilib ketish xavfi tug'ilganda shoh Jamshid tangri buyrug'iga ko'ra, yer ostiga shahar- varlar qurganligi va bu manzilgohlarga «Ahriman nafasi tekkanl, — deb har xil kasalliklarga chalingan, nuqsonli kishilar va jonzotlarni kiritmaganligi tasvirlanadi: «... zinhor u yerga bukrilar, pushtsizlar, gVllar, duyasana (haromzoda bolalarning ota-onasi), dayvak, kasvish, vizborish (tanasi va badanida illati bor kishilar), so'yloq tishli, umuman Ahriman oz dog'ini qoldirgan biror bir kimsani kirita ko'rma!» [3]. Shuningdek, «Avestollda oilaning mustahkamligini ta'minlaydigan asosiy qoidalardan biri bu sadoqat va o'zaro ishonch ekanligi ta'kidlanib, er-xotinning bir-biriga xiyonati qattiq la'natlangan, begona erkak bilan juftlashgan ayol badnom qilinib, jazolangan va nikohdagi eri uchun —harom» hisoblangan: «Ey jodugar xotin, yo'qol ! Ey badkor xotin-kaxovariza, yo'qol»!
Ko'rinib turibdiki, zardushtiylar hayotida ma'lum qoida va ahkomlarga aylangan oilaviy munosabatlar tizimi hozirgi kunda ham oz ahamiyatini yo'qotgan emas. Xususan, oila mustahkamligiga e'tibor berish barcha zamonlar uchun muhimdir. «Avesto» ajdodlarimizning boy ma'naviy-madaniy merosi oila va turmushning turli qirralarida, yosh avlodni oila va nikohga tayyorlashda, ularni ma'naviy, axloqiy xislatlarini shakllanti-rish va takomillashtirishda qimmatli manba bolib xizmat qilaveradi.
Adabiyotlar:
1. «Avesto». A. Mahkam tarjimasi. — T.: Sharq, 2001.
2. Safarov O., Mahmudov M. Oila ma'naviyati. — T.: —Ma'naviyat», 1998.
3. Homidov H. Avesto fayzlari. — T., 2001. — 59 b.
5. Kaykovus. Qobusnoma. — Т.: «O'qituvchi», 1988. — 82 b
6. Абдуллаев К. Ф. Истоки начального образование у зороастрийцев //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2011. - №.
7.
7. Абдуллаев К. Ф. Истоки образование у зороастрийцев //European Social Science Journal. - 2012. - №. 10-1. - С. 337-342.
8. Кобилжонов К. К., Фазлиддинов Ф. С., Фозилова З. Ж. Идея совершенной личности в трудах мыслителей востока //Педагогическое образование и наука. - 2020. - №. 1. - С. 100-103.
9. Mamurov B. et al. Acmeological Approach to the Formation of Healthy Lifestyle Among University Students //III International Scientific Congress Society of Ambient. - 2020.