Научная статья на тему 'MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING USTUVOR YO‘NALIShLARI'

MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING USTUVOR YO‘NALIShLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
646
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
milliy iqtisodiyot / raqobatbardoshlik / xalqaro reyting va indekslar / iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash / inson kapitali / innovatsiyalar / innovatsion faollik / strategiya / iqtisodiy o‘sish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sattorqulov Obidqul Turdiqulovich, Abduvoxidov Akmal Abdulazizovich

Mamlakat iqtisodiyotining xalqaro maydondagi raqobatbardosh-ligini oshirish ko‘p jihatdan mamlakat hukumati tomonidan jamiyat hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami va shiddatiga bog‘lqdir. Bunda nufuzli xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va ko‘rsatmalariga asoslanib ish ko‘rish muhim hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur maqolada Jahon banki tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida keltirilgan taklif va tavsiyalar tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING USTUVOR YO‘NALIShLARI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING

USTUVOR YO'NALIShLARI 1Sattorqulov Obidqul Turdiqulovich, 2Abduvoxidov Akmal Abdulazizovich

1Guliston davlat universiteti dotsenti iqtisod fanlari nomzodi, dotsent 2Guliston davlat universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10138431

Annotatsiya. Mamlakat iqtisodiyotining xalqaro maydondagi raqobatbardosh-ligini oshirish ko'p jihatdan mamlakat hukumati tomonidan jamiyat hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ko'lami va shiddatiga bog'lqdir. Bunda nufuzli xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va ko'rsatmalariga asoslanib ish ko'rish muhim hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur maqolada Jahon banki tomonidan O 'zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida keltirilgan taklif va tavsiyalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: milliy iqtisodiyot, raqobatbardoshlik, xalqaro reyting va indekslar, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, inson kapitali, innovatsiyalar, innovatsion faollik, strategiya,iqtisodiy o'sish.

Аннотация. Повышение конкурентоспособности экономики страны на международной арене во многом обусловлено масштабом и интенсивностью реформ, проводимых правительством страны в различных аспектах жизни общества. Важно действовать в соответствии с рекомендациями и руководящими принципами авторитетных международных организаций. В результате в данной статье анализируются предложения и рекомендации Всемирного банка по повышению конкурентоспособности экономики Узбекистана.

Ключевые слова: национальная экономика, конкурентоспособность, международные рейтинги и индексы, модернизация и диверсификация экономики, человеческий капитал, инновации, инновационная активность, стратегия,экономический рост.

Abstract. The increase in the competitiveness of the country's economy in the international arena is largely due to the scale and intensity of the reforms carried out by the Government of the country in various aspects of society. It is important to act in accordance with the recommendations and guidelines of reputable international organizations. As a result, this article analyzes the proposals and recommendations of the World Bank to improve the competitiveness of the economy of Uzbekistan.

Keywords: national economy, competitiveness, international ratings and indices, modernization and diversification of the economy, human capital, innovation, innovation activity, strategy, economic growth.

2022 yilning aprel oyida Jahon banki ikkinchi marta O'zbekiston uchun mamlakatning tizimli diagnostik tadqiqotlarini e'lon qildi. Unda hukumat uchun xususiy sektor o'sishidagi borasidagi to'siqlarni olib tashlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini cheklash, inson kapitalini rivojlantirish va mamlakatni "yashil" iqtisodiyotga o'tish bo'yicha tavsiyalar mavjud. Tadqiqotda keltirilgan tavsiyalardan "0'zbekiston-2030" strategiyasida ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni to'ldirish, ularning natijadorligini oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Kelgusi davrga nazar tashlaydigan bo'lsak, hukumat 2026-yilga kelib qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish va 2030 yilga borib O'zbekistonni o'rtachadan yuqori daromadli mamlakatlar

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

safiga olib chiqishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bu aholi jon boshiga real milliy daromadni yiliga 9-10 foizga o'sishini talab qiladigan ulkan reja ekanligini ta'kidlab o'tish lozim.

So'nggi 30 yil ichida O'zbekistonda iqtisodiy o'zgarishlar sekin-asta rivojlandi. Rejali iqtisodiyot davrida mavjud bo'lgan institutlardan atigi bir necha institutlar o'zgarishga uchragan. Iqtisodiy faoliyatning muhim qismi hali ham markazlashgan davlat muassasalari tomonidan boshqariladi. Iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish hali ham o'zining dastlabki bosqichida. Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining ulushi 2020 yilda YalMning 26 foizini tashkil etgani holda, bu ko'rsatkich Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng katta ko'rsatkichni tashkil qiladi. Ko'pgina rivojlangan iqtisodiyotlarda farovonlik vositasi bo'lgan xizmatlarning ulushi dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan biri va mintaqadagi boshqa barcha mamlakatlarning ko'rsatkichlaridan ham pastroq-dir. O'zbekiston shaharlari boshqa mamlakatlardagi o'xshash shaharlarga nisbatan, ichki mehnat harakatchanligi sur'atlarining dunyo ko'rsatkichlari-dan pastligi, urbanizatsiya darajasining sekinlashishi sababli aholi soni va mahsuldorlik jihatdan maqbullik talablariga javob bermaydi. Umuman olganda, O'zbekistonning to'laqonli bozorga o'tishi, mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan o'zgartirishning yakunlanishi haqida gapirishga hali juda erta.

Mamlakatda islohotlarning dastlabki bosqichi Sharqiy Yevropa va Sharqiy Osiyodagi islohotchilarning islohotlarni amalga oshirish borasida amalga oshirgan chora-tadbirlariga rioya qilingan holda amalga oshirildi. Ushbu holatda hukumatlar narx va savdoni erkinlashtirdilar, shu bilan birga barqaror moliyaviy bozorlar, raqobat va shaffof davlat moliyasi uchun huquqiy asos yaratdilar. O'zbekistonda ishlab chiqarish bozorlarini tarkibiy jihatdan qayta qurish, xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishda jiddiy islohotlarni amalga oshirish talab qilinadi. Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haddan tashqari bo'rttirib ko'rsatiladi, amalda ko'zlangan natijaga erishish masalasi yoritilmasdan qoladi. Shu bois, hukumat va manfaatdor tomonlar yanada murakkab va keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishga kirishganlarida yakuniy natijaga ko'proq e'tibor qaratishlari talab qilinadi.

So'nggi yigirma yil ichida O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning afzalliklaridan yetarlicha foydalanilmasdan kelinmoqda. Bandlik va mehnatga haq to'lash darajasining sekin o'sishi iqtisodiy rivojlanishning dolzarb muammosi bo'lib qolmoqda. 2010 yildan beri iqtisodiy o'sishning uchdan ikki qismi asosiy kapitalni ko'paytirish, oltin va tabiiy gaz kabi tabiiy resurslarni eksport qilish isobiga ta'minlanmoqda. Ushbu davrda har bir xodimga to'g'ri keladigan ishlab chiqarish hajmi 50 foizga oshgan bo'lsa-da, bu o'sishning deyarli barchasi tog'-kon sanoati va sanoatga to'g'ri keladi. Yigirma yildan ko'proq vaqt davomida mehnatda band bo'lganlarning asosiy qismi faoliyat ko'rsatuvchi qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish kabi sohalarda unumdorlikning o'sishi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada pasayib ketdi. 2017 yilda ishchi kuchining milliy daromaddagi ulushi atigi 41 foizni tashkil etdi, bu mintaqa bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich 55 foizdan ancha past va katta ehtimol bilan yana pasayishi kutiladi. Yangi ish o'rinlarini yaratishning samaradorligi ahamiyatsiz darajada bo'lib qolmoqda, xususan 2010 yildan 2019 yilgacha bo'lgan davrda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot o'sishining atigi 6 foizi yangi ish o'rinlarini yaratish bilan bog'liq bo'lgan xolos.

Mabodo, O'zbekiston 2030 yilga kelib o'rtacha daromaddan yuqori mamlakatlar qatoriga kirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan ekan, u holda aholi jon boshiga real YalMning o'sishi yiliga o'rtacha 10 foizni tashkil qilishi lozim. Keyingi besh yil mobaynida qashshoqlikni teng yarmiga kamaytirish ish o'rinlarini tezroq yaratishni va ayniqsa yoshlar, ayollar va nogironlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishni talab qiladi. Ammo ish o'rinlarini yaratish sur'atlari ko'p

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

jihatdan resurslardan yanada samaraliroq va barqaror foydalanish maqsadida ularni qayta taqsimlashga bog'liqdir. Bu o'z navbatida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, xususiy sektorni jadal rivojlantirishni ko'zda tutadi. Bundan tashqari, hukumatdan inson kapitaliga, kuchli ijtimoiy himoya tizimiga va yashil o'sish modeliga izchil tarzda sarmoq kiritish talab qilinadi. Ushbu jihatdan olganda, Jahon banki quyidagi yo'nalishlarda islohotlarni jadallashtirishni tavsiya qiladi: xususiy sektorning bozor o'zgarishlariga ta'sirini qo'llab-quvvatlash, bozorlarni rivojlantirish, inson kapitaliga investitsiya kiritish va barqaror kelajak va farovonlikni ta'minlash borasida davlatning o'rni va ahamiyatini kuchaytirish.

O'zbekistonda qiyosiy ustunlik sohalarida xususiy sektor raqobatidan himoyalangan davlat korxonalari ustunlik qiladi. Me'yoriy-huquqiy bazaning yetarlicha talabga javob bermasligi o'sish borasida yangi imkoniyat-lar izlab topish va ularni ishga solishga to'sqinlik qiladi. Yaqin vaqtgacha xususiy sektor ishlab chiqarishning zarur omillari, shu jumladan er, mehnat va kapitaldan foydalanish borasidagi imkoniyatlari sezilarli darajada cheklangan edi. Davlat nomutanosib ravishda investitsiyalarni ish o'rinlarini yaratuvchi, tez sur'atlarda o'suvchi, ammo shu bilan bir qatorda samaradorligi bir muncha past sohalarda faoliyat ko'rsatuvchi davlat korxonalariga investitsiyalar kiritadi, ayni chog'da er va mehnat resurslaridan maqsadga ko'ra fodalanilmaydi. Bularning barchaci xususiy sektor uchun og'ir oqibatlar keltirib chiqaradi. Mintaqalar va daromad guruhlari bo'yicha o'xshash ko'rsatkichlarga ega bo'lgan mamlakatlar o'rtasida O'zbekistonda yangi firmalar tashkil etish darajasi eng past sanaladi; ishsizlik darajasi yuqori; xususiy firmalar aksariyat hollarda kengayish imkoniyatidan mahrum bo'lib qolmoqda. O'sish borasida ushbu to'siqlarni olib tashlash davlat korxonalari sonini sezilarli darajada kamaytirishni, davlat korxonalarini boshqarishni takomillashtirishni va davlat korxonalarining bozor raqobatiga ta'sirini kamaytirishni talab qiladi. Buning uchun bozordagi kemtiklar, korxonalar va odamlar ehtiyojlarini qondirmaydigan davlat investitsiyalari natijasida yuzaga keladigan infratuzilma bo'shliqlarini bartaraf etish talab etiladi. Davlat boshchiligidagi model o'rniga xususiy sektor hisobidan o'sishni rag'batlantirishga qaratilgan "yashil" texnologiyalarga o'tish, shuningdek qishloq xo'jaligida hosildorlikni jadal o'stirish kabi ustuvor yo'nalishlar istiqbolli hisoblanadi.

Davlat sektoriga nisbatan aholining ishonchi juda yuqori. Bu davlat uchun biznes, ishchilar va iste'molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda o'z rolini o'zgartirish uchun mustahkam asosdir. Ammo tartibga solishning haddan tashqari kuchliligi xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining hatti-harakatlarini keskin cheklaydi. Natijada, mamlakat qonun ustuvorligi va bozor institutlari sifatini ta'minlashda tengdoshlaridan bir muncha orqada qolmoqda. Markazlashtirilgan boshqaruv mahalliy darajada hisobdorlikni pasaytiradi va fuqarolarning rivojlanish jarayonida ishtirok etish imkoniyatlarini cheklaydi. Soliq va tartibga solishning notekis yuki iqtisodiy o'sishni to'xtatadi, ishchilarni og'ir ahvolga solib qo'yadi, yirik va samarali xususiy sektorning paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Shunday qilib, o'tish davri xususiy sektorda raqobatbardosh va inklyuziv o'sishni ta'minlash uchun davlat va byudjet resurslarining tartibga soluvchi vakolatlarini yo'naltirish imkoniyatini beradi. O'tish davri shaffof, hisobdor va dalillarga asoslangan siyosat yuritishni, shuningdek, fuqarolar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining keng ishtirokini talab qiladi.

Uzoq muddatli farovonlik nafaqat qo'shimcha ish o'rinlari yaratadigan, balki yuqori darajadagi kasblarda ham samaradorlikni oshiruvchi tarkibiy o'zgarishlarni talab qiladi. O'zbekiston yanada gullab — yashnashi va iqtisodiyoti murakkablashishi bilan mamlakat inson kapitaliga — odamlar hayoti davomida to'plangan bilim, ko'nikma va sog'liqqa tobora ko'proq

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

tayanadi va o'sishni rag'batlantiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda O'zbekistonda tug'ilgan bola o'z inson kapitali salohiyatining faqatgina 62 foizidan foydalanishga erishishini kutishimiz mumkin. Bo'shliqni yopish iqtisodiy o'sishni jamiyatning eng kambag'al va eng izolyatsiya qilingan a'zolari orasida adolatli daromad o'sishiga aylantirishga e'tibor qaratish orqali salohiyatni oshirish va iqtisodiyotda ishtirok etishni talab qiladi. O'zbekistonning barcha hududlarida - yuqori sifatli ta'lim, samarali sog'liqni saqlash va ishonchli ijtimoiy himoya orqali odamlarga sarmoya kiritish aholining imkoniyatlardan to'liq foydalana olishini ta'minlashi zarur.

O'zbekiston dunyoda suv resurslari va tabiiy gazga eng ko'p qaram bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakat iqlim o'zgarishiga juda sezgir. Shunga qaramay, O'zbekiston suv va energiya iste'moli borasida dunyo iste'molchilari orasida eng samarasiz iste'molchilar hisoblanadi. Asosan samarasiz davlat boshqaruvi tufayli qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish ko'rsatkichlari qayta tiklanadigan resurslar umumiy hajmining 90 foizidan ortiqni tashkil qiladi. Tabiiy gazdan samarasiz foydalanish chiqindilarni ko'paytiradi va bitta avlod davomida mavjud resurslarning kamayish xavfini keltirib chiqaradi. 2016 yilda o'lchanganida yer maydonlarining keng ko'lamli degradatsiyasi YalMning 4 foiziga teng bo'lgan yo'qotishlarga olib kelishi aniqlangan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, "yashil texnologiyalar"dan keng foydalanishga o'tishning kechikishi mamlakatga qimmatga tushishi va uni qimmatli eksport bozor-laridan mahrum qilishi hech gap emas. Raqobatning kuchayishi va xususiy sektorning ishtiroki resurslardan foydalanish intensivligini kamaytirish, o'tish davrida investitsiyalarni moliyalashtirish va iqlim sharoitlarini hisobga oladigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun muhim bo'lgan unumdorlikni oshirishning asosiy omillari hisoblanadi.

Inklyuziv o'tish jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan kelishilgan hatti-harakatlarni talab qiladi. Ammo davlat o'tishni rag'batlantirish va ta'minlashda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bir nechta asosiy sohalarda davlat bozorning yanada samarali muqobillari foydasiga, ayniqsa resurs-larni ishlab chiqarish va taqsimlashda to'g'ridan-to'g'ri aralashuvdan voz kechishi kerak. Kuchli bozor institutlari va sifatni tartibga solish vositalari xususiy sektorning paydo bo'lishi va ravnaq topishining garovi hisoblanadi. Davlat "yashil texnologiyalar", inson kapitali, davlat xizmatlari, ijtimoiy himoya kabi muhim va ustivor soha va tarmoqlarga faol tarzda investitsiya mablag'larini yo'naltirishi lozim.

Zamonaviy dunyodagi deyarli har bir yuqori daromadli mamlakatning rivojlanish traektoriyasi unumli va maqbul darajada foydalanish borasida ishlab chiqarish omillarini samarali qayta taqsimlash holatiga bog'liq. Bunday taqsimotni amalga oshirishda bozorlarning o'rni beqiyos. Ammo O'zbekistonda bozor mexanizmlaridan ko'ra davlatning markazlashgan qarorlari hali ko'p jihatdan resurslarning iqtisodiyotda qanday taqsimlanishi va ishlatilishini belgilab beradi. O'zbekistonda er ajratish bo'yicha deyarli barcha qarorlar hali ham davlat organlari tomonidan qabul qilinmoqda. Rasmiy biznesga yuqori soliqlar, mehnat harakatchanligi, malakasi va ish haqini belgilashni qat'iy tartibga solish bilan birgalikda bandlik o'sishini sekinlashtiradi va norasmiy sektorning o'sishiga yordam beradi.

Ishlab chiqarishda davlatning ustun mavqeini kamaytirish xususiy sektorning tezroq o'sishini ta'minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. 2000 dan ortiq davlat korxonalari va davlat sektorining faoliyati natijasida O'zbekiston YalMining qariyb yarmi yaratiladi, davlat korxonalari ulushiga bandlikning qariyb 18 foizi va eksportning 20 foizi to'g'ri keladi. Davlat aktivlari 15 ta yirik davlat korxonalari orasida to'plangan va 2019 yilda aktivlarning umumiy hajmi ekvivalent hisobda YalMning 57 foiziga teng bo'lgan. Yirik davlat korxonalari imtiyozli tartibga solishdan foydalanadilar va iqtisodiyotning tog' - kon sanoati, neft va gaz, energetika, kimyo sanoati,

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

aviatsiya, temir yo'llar va telekommunikatsiya kabi muhim tarmoqlarida hukmronlik qiladilar. Ularning aksariyati xususiy sektorda raqobatni tartibga soluvchi qoidalarni shakllan-tirishda ham faol rol o'ynaydi. 2020-yil yakunlari bo'yicha Davlat banklari O'zbekistondagi jami so'ndirilmagan kreditlar-ning 88 foiziga egalik qildi va bu imtiyozli shartlarda davlat tomonidan kreditlash natijasida vujudga kelgan. Kredit siyosati va davlat banklari-ning yomon boshqaruvi iqtisodiyotda samaradorlikni pasaytirish borasida kapitaldan nooqilona foydalanishga turtki beradi.

Qishloq xo'jaligining davlat tizginida ekanligi O'zbekistonning tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini qo'ldan boy berishining asosiy sabablaridan biri bo'ldi. O'zbekiston qishloq xo'jaligi sektori amaliyotlarni takomillashtirish, o'g'it va suv kabi resurslardan yanada samarali foydalanish, shuningdek, erlarni oqilona taqsimlash orqali qo'shimcha qiymat va hosildorlikni oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Bog'dorchilik yuqori mahsuldor va ish o'rinlari yaratish borasida katta salohiyatga ega, unga haydaladigan erlarning atigi 10 foizi to'g'ri kelsada, o'simchilik mahsulotlari qiymatining 50 foizini va qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining 40 foizini beradi. Bugungi kunda paxta va g'alla hukmronligiga asoslangan davlat qishloq xo'jaligi tizimi qaytadan tashkil qilinmoqda, bunda erdan foydalanishning xususiy mulkchilik shakllariga va bog'dorchilikni qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratilayotganligi ijobiy holdir. Saqlanib qolayotgan cheklovlarni olib tashlashda barqaror taraqqiyot iqtisodiyotdagi resurslar taqsimotini yaxshilashga va pirovardida ko'proq va yaxshi ish o'rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda mamlakat uchun amal qilish oddiy va jo'n bo'lgan, adolatli o'yin qoidalarini belgilab beruvchi mukammal huquqiy va tartibga soluvchi siyosat kerak. Ushbu siyosatni to'g'ri amalga oshirish uchun unga kuchli institutlar ham talab qilinadi. Bu xolis, oshkora va qoidaga asoslangan boshqaruv foydasiga davlatning o'rni va ixtiyorini cheklash demakdir. Davlat iqtisodiy ishlab chiqaruvchi bo'lib qoladigan joylarda bu bozor intizomi va raqobatbardosh betaraflikni saqlashga sodiqlikni anglatadi. Shaxsiy investorlarning investitsiyalarga xos tartibga solish muhitidan foyda olish qobiliyati muvozanatsiz va shaffof bo'lmagan o'yin maydonini yaratadi. Ushbu muhit ichki xususiy sektorni ham, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni ham cheklaydi.

O'tish jarayonlaridan olingan saboqlar shuni ko'rsatadiki, birgina bozorlarning o'zi doimiy, barqaror va adolatli o'tishni kafolatlay olmaydi. Transformatsiyalashning Bertelsmann indeksining so'nggi natijalariga ko'ra, 2016 yildan buyon O'zbekistonda bozor raqobatini qabul qilish holati yaxshilandi, ushbu holat bevosita ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar natijasi hisoblanadi. Biroq, O'zbekistonda bozorlarda raqobat darajasi o'xshash mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bugungi kunda O'zbekiston mintaqadagi qo'shnilari orasida raqobat sohasida oqsayotganligini tan olish lozim.

Mamlakat qisqa muddatli va uzoq muddatli rivojlanish maqsadlariga erishish borasida maqsadli xarajatlardan foydalanish uchun barcha imkoniyatlarga ega, ammo buning uchun davlat investitsiyalarini rejalashtirish va amalga oshirish usullarini takomillashtirish zarur. mazkur resurslardan samarali foydalanish hokimiyatga kelajakka ishonch bilan qarash va inson kapitalini jamg'arish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish kabi sohalarga investitsiyalar kiritish imkonini beradi. Ammo uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatga erishish o'z navbatida, rivojlanish borasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan tahdidlarga qarshi tura olish borasida, mamlakatning moliyaviy holatini yaxshilash imkonini beruvchi oqilona siyosiy qarorlar qabul qilishni taqozo etadi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Hukumatning asosiy funktsiyalari bilan bog'liq siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga 50 dan ortiq davlat idoralari mas'uldirlar. Bundan tashqari, ayrim davlat korxonalari sektor darajasida ishlab chiqarish va siyosatni ishlab chiqishda ikki tomonlama rol o'ynaydi. Ko'pgina hollarda institutlar bir-birining funktsiyalarini takrorlaydilar va turli tuzilmalarga bo'ysunadilar. Ma'lumotlarning muhim bo'shliqlari strategik rivojlanish ustuvorliklarini tayyorlash, amalga oshirish va monitoringiga to'sqinlik qiladi. Siyosatning ustuvor yo'nalishlarini yanada samarali aniqlash, idoralararo muvofiqlashtirish va monitoring davlat siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Xitoy va Janubiy Osiyodagi dunyo aholisining deyarli uchdan bir qismiga va jahon savdosining chorak qismini tashkil etadigan bozorlarga yaqin joylashgan. Shunga qaramay, mamlakat mintaqadagi qo'shni mamlakatlarga qaraganda yetarlicha kichik miqdorda tovar va xizmatlar eksportini amalga oshiradi. O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lmagan eng yirik davlatlardan biri bo'lib, muhim savdo to'siqlari eksportga yo'naltirilgan o'sish modeli imkoniyatlarini pasaytirib yubormoqda. Mamlakatda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi kamida 13 turdagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud. Global miqyosdagi ishlab chiqarish-sotish zanjirlarining integratsiyasi avvalgidek, asosan paxta va bog'dorchilik, shuningdek, hukumatning sanoat siyosati doirasida strategik xorijiy investorlar bilan hamkorlik qiladigan tarmoqlar bilan cheklanib qolmoqda. Taqqoslanma ustunlikka ega bo'lgan sohalarda savdo hajmi bir muncha past hisoblanadi, bu o'z navbatida davlat korxonalarining ustun mavqega egaligi bilan izohlanadi.

Listening to the Citizens of Uzbekistan (L2CU)) so'rovida ishtirok etganlarning yarmidan ko'pi o'z farzandlariga yaxshi ta'lim berishdan tashvishda ekanliklarini bildirishgan. Yaqin vaqtlargacha, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalari bilan qamrab olish darajasi mintaqa mamlakatlari orasida eng past ko'rsatkichga egaligi bilan ajralib turgani holda, kambag'allik darajasining yuqoriligi va aholining jadal o'sishi mazkur muammoni yanada chigallashtirar edi. O'zbekistonda oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi o'xshash daromadlarga ega bo'lgan mamlakatlar orasida eng past ko'rsatkichlardan biri bo'lib qolmoqda, oliy ta'limni isloh qilish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan mamlakatda oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng past hisoblanadi. Ushbu bo'shliqlarni bartaraf etish hukumat va manfaatdor tomonlarning mamlakatda inson kapitalini mustahkamlash borasidagi eng to'g'ri hatti-harakatlaridan biri hisoblanadi.

2010 yildan 2019 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekistonda kutilayotgan umr ko'rish davomiyligi 2,1 yilga uzaygan. 5 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida yyetarlicha ovqatlanmaslik tufayli o'sishdan ortda qrlish ko'rsatkichi 2000 yildagi 29,5 foizdan 2017 yilda 8,7 foizgacha pasaygan. 2009 yildan 2020 yilgacha bo'lgan oraliqda onalar o'limi taxminan 39 foizga, go'daklar o'limi esa taxminan 20 foizga kamaydi. Ushbu yutuqlar ko'zga tashlanayotganiga qaramay, O'zbekiston aholi salomatligi bo'yicha umumiy ko'rsatkichlar bo'yicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi deyarli barcha mamlakatlardan ortda qolmoqda. Umr ko'rish davomiyligi mintaqaviy o'rtacha ko'rsatkichdan 4 yildan ko'proq orqada qolmoqda; onalar o'limi xavfi mintaqaviy o'rtacha ko'rsatkichdan ikki baravar ko'p; va garchi bu daromad darajasi bir xil bo'lgan ko'plab mamlakatlarga qaraganda yuqori bo'lsa-da, O'zbekistonda bolalarda o'sishdan ortda qolish darajasi mintaqaviy ko'rsatkichlardan yuqori (masalan, 2020 yilda mazkur ko'rsatkich Polshada 2,3 foizni tashkil qilgan). Tibbiy xizmatdan yetarlicha foydalanmaslik va ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining yetarlicha emasligi 2018 yilda 42000 insonning o'limiga sabab bo'lgani holda, ushbu yildagi o'limlarning to'rtdan bir qismini tashkil qilgan. Sifatsiz tibbiy

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

yordam oldini olish mumkin bo'lgan o'limlarning 58 foiziga sabab bo'lsa, qolganlari xizmatlardan yetarli darajada foydalanmaslik bilan bog'liq. Shunday qilib, O'zbekistonda aholi salomatligi borasida sezilarli taraqqiyot ko'zga tashlanayotgan bo'lsada, hanuz katta bo'shliqlar saqlanib qolmoqda.

2019 yil uchun uy xo'jaliklari byudjetini o'rganish natijalariga ko'ra, O'zbekistondagi uy xo'jaliklarining qariyb 63 foizi sifatli ichim-lik suvidan, aholining 68 foizi kanalizatsiya tarmog'idan foydalanmoq-dalar. Elektr energiyasidan foydalanishda muayyan bir uzilishlar bo'lsada, mamlakat aholisi elektr energiyasidan uzluksiz foydalanish imkoniyatiga egalar. Ichimlik suvi ta'minoti va sanitariya shart-sharoitlarining yetarlicha emasligi bois, O'zbekiston har yili 635 million AQSh dollari (YalMning 1,3 foizi) miqdorida mablag' yo'qotadi. Bu muammolar asosan qishloq joylarda yaqqol ko'zga tashlanadi. 2018 yilda Jahon banki so'rovida ishtirok etgan qishloq uy xo'jaliklarining atigi 22 foizi suv ta'minoti xizmatlarini "qoniqarli" baholagan bo'lsa, shahar uy xo'jaliklarining 58 foizi mazkur xizmatni talab darajasida baholashgan. Mahalliy infra-tuzilmaning ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirishning dolzarbligini anglashda ham aniq tafovutlar mavjud; qishloq hududlari shahar hududlari bilan taqqoslaganada gaz ta'minoti, suv ta'minoti, qattiq qoplamali yo'llar, bog'lar va sug'orish xizmatlarini yaxshilash bo'yicha bir qator masalalarda ehtiyojlar mavjudligini ta'kidlashadi. Yaxshi tartibga solingan xususiy sektor investitsiyalari yetarlicha o'rganilmagan, ulardan foydalanish asosiy davlat xizmatlaridan foydalanish va ularning qamrovini tezda kengaytirishga yordam beradi.

Hukumat kambag'al va ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga ko'proq mablag' sarflashi mumkin. Ijtimoiy yordam uchun barcha xarajatlar 2017 yilda mamlakat YalMning 0,76 foizini tashkil qilgani holda, bu ko'rsatkich Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng past darajada. Maqsadli ijtimoiy yordam dasturlari qashshoqlikni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Ammo, so'nggi baholashlarga ko'ra, 2018 yilda kambag'al oilalarning yarmidan ko'pi bunday dasturlardan chiqarilgan. Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar ko'rsatkichlarni yaxshilashga imkon bergan bo'lsada, ular moliyalashtirishning cheklanganligi bilan tavsiflanadi. Ishsizlikka qarshi kurashga qaratilgan asosiy tashabbuslar, mehnat bozorida bir-birini takrorlovchi ko'plab dasturlarga qaramay, ularning qamrovi torligicha qolib ketmoqda. Ishsizlik bo'yicha nafaqalar ro'yxatdan o'tgan ishsizlarning atigi 1% dan 5% gacha qismini qamrab oladi, fuqarolar ishini yo'qotgan taqdirda xodimlarga o'zlarini ta'minlashga imkon beradigan ishsizlik bo'yicha sug'urtalashning bazaviy tizimi mavjud emas. Ijtimoiy himoyani, shu jumladan ijtimoiy himoya tizimlarini, pensiyalarni va mehnatni rag'batlantirish dasturlarini modernizatsiya qilish qashshoqlik va ijtimoiy himoyaga muhtojlarni kamaytirishi, shu bilan birga ishsiz va qiyin ahvolga tushib qolgan ishchilarning mamlakat iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga yordam beradigan ish topishlariga ko'mak berishi mumkin.

O'zbekistonda ta'lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish, shuningdek, iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishda sezilarli darajada gender tengsizligi kuzatilmoqda. Shuningdek, ayollarning ovozi va jamiyatdagi o'rni borasida erkaklarga qaraganda sezilarli nomutanosibliklar ko'zga tashlanadi. Gender rivojlanish indeksi O'zbekistonda ilk bor 2013-yilda hisoblab chiqilgan davrlardan boshlab, ayollar umr ko'rish davomiy-ligi borasida erkaklarga qaraganda yuqoriroq natijani qayd qilib kelmoqdalar.

O'zbekiston 2021 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konventsiyasini ratifikatsiya qildi va bu yanada integratsiyalashuv sari qo'yilgan muhim qadam bo'ldi. Konventsiya qoidalarini to'liq bajarish imkoniyati cheklangan shaxslar xizmatlardan foydalanish, imkoniyatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'yicha duch kelayotgan

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ko'plab muammolarni hal qilish uchun juda muhimdir. Yaqinda nogironlar o'rtasida o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatadiki, so'ralganlarning 60 foizga yaqini davlat xizmatlaridan foydalanish oson deb hisoblashadi. Jismonan sog'lom fuqarolarning 99 foizi umumiy o'rta ta'limdan foydalanish imkoniyati mavjudligini bildirgan bo'lsalar, bu borada imkoniyati cheklangan shaxslarning 84 foizi ijobiy baho berishgan, shuningdek nogironligi mavjud bo'lmagan shaxslarning 97 foizi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi olish imkoniyatiga ega ekanliklarini aytishgan bo'lsa, nogironlarning 51 foizi bunday imkoniyatdan foydalana olishlarini bildirib o'tganlar.

Mamlakat energiya va mineral zahiralar, shu jumladan tabiiy gaz, oltin, mis, uran va ko'mir bo'yicha top-30 talik mamlakatlar qatoriga kiradi. O'zbekistonning iqtisodiy modeli tabiiy resurslardagi ushbu qiyosiy ustunlikdan sezilarli darajada foydalanmoqda, ammo bunday yondashuv qimmatga tushadi. Tabiiy resurslardan bunday foydalanish aholining imkoniyatlarini tobora cheklashi bilan bir qatorda, atrof-muhitga sezilarli darajada og'riqli ta'sir ko'rsatmoqda. Yerlarning keng ko'lamli degradatsiyasi so'nggi baholashlarga ko'ra, 2016 yilda YalMning 4 foizli yo'qotishlariga olib kelgan. Qishloq xo'jaligini yuritishda hanuz eskirgan usullardan foydalanish tufayli, bugungi kunda mamlakat dunyo mamlakatlari orasida suvdan eng samarasiz foydalanuvchi sifatida qolib kelmoqda, buning yaqqol isboti sifatida Orol dengizining deyarli qurib bitishini misol sifatida keltirishimiz mumkin.

O'zbekiston atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari bo'yicha dunyo mamlakatlari orasida ilgarigi o'rinlardan birini egallaydi, shu bilan bir qatorda, YaIM birligiga to'g'ri keluvchi energiya sig'imi ko'rsatkichi bo'yicha ham mamlakat ko'rsatkichi dunyo mamlakatlari ko'rsatkchilaridan ancha yuqori. Chiqindilar miqdorining so'nggi yigirma yil ichida pasayishiga qaramay, O'zbekistonda chiqindilar chiqarish intensivligi Markaziy Osiyo davlatlariga qaraganda qariyb ikki barobarga ko'proqni tashkil qilsa, Yevropa va Markaziy Osiyodagi o'rtacha ko'rsatkichdan esa 18 baravar yuqori. O'zbekistonda issiqxona gazlari chiqindilarining 79 foizi energetika sektoriga, qishloq xo'jaligiga esa 15 foizi to'g'ri keladi. Ilgari, ikkala soha ham davlat hukmronligi ostida bo'lganligi bois, ishlab chiqarish asosan resurs sig'imli usullar yordamida tashkil qilingan. Bugungi kunda ikkala sohada ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirish ko'zlangani holda, bunday islohotlarni amalga oshirishda xususiy sektor muhim ahamiyat kasb etishi lozim.

Shaffof, hisobdor va raqobatbardosh jarayonni ta'minlash uchun mustahkam huquqiy asos yaratmasdan amalga oshiriluvchi xususiylashtirish jarayonlari korruptsiya va g'arazli manfaatlar ta'siriga duchor bo'lish xavfi ostida qolmoqda. O'tgan davrlarda amalga oshirilgan xususiylashtirish dasturlarining muvaffaqiyatsizliklaridan saboq chiqargan holda, mazkur jarayonlarni amalga oshirishning mustahkam huquqiy asoslarini yaratish talab qilinadi. Aktivlarni aniq va ochiq baholashni ta'minlash va xususiy monopoliyalarni yaratish imkoniyatlarini minimallashtirish borasida o'ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilish talab qilinadi. Agar islohot dasturlari vakolatli, hisobdor va moliyaviy jihatdan betaraf sub'yektlar omonidan amalga oshirilmasa, ular tengsizlikning kuchayishiga va davlat resurslarining yo'qolishiga olib kelishi mumkin.

Hukumat O'zbekistonda xususiy sektorning jadal rivojiga turtki bergan holda, qo'shimcha vazifalarni amalga oshirishi mumkin. Dunyo mamlakatlari tajribasi shuni ko'rsatadiki, hukumat tarkibiy o'zgartirish va iqtisodiy diversifikatsiyaga e'tibor qaratib, raqobatbardosh xususiy sektorning paydo bo'lishini rag'batlantirishi mumkin. O'zbekiston misolida uchta transformatsion o'zgarish hukumatga o'z vazifasini yanada samaraliroq bajarishiga yordam berishi mumkin: a) markazlashgan yagona davlat boshqaruvi o'rniga davlat va xususiy sektorning o'zaro uzviy

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

hamkorligini yo'lga qo'yish, b) xususiy sektorda innovatsiyalardan keng foydalanishga asoslangan eksperimental yondashuvdan foydalanish, (c) import o'rnini bosishga emas, balki eksportga mo'ljal olish. Jahon banki iqtisodiy faollikni shakllantirish borasida davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan 10 ta tamoyilni taklif qiladi:

1. Mavjud mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniluvchi texnika va texnologiyalarni takomillashtirishni rag'batlantirish orqali yangi ixtisoslashuv yo'nalishlariga mo'ljal olish.

2. Hukumatga muvaffaqiyatni o'lchash, masalan eksportga ko'proq e'tibor qaratish va muvaffaqiyatsiz tajribalar uchun xarajatlarni cheklash imkonini bergan holda, tajribalarni rag'batlantirish borasida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning aniq va kuzatiluvchi mezonlarini belgilash.

3. Resurslar oldindan belgilangan vaqt ichida natija bermaydigan faoliyatga kiritilmasligini ta'minlash uchun barcha grantlarning o'rnatilgan vaqt chegaralariga ega bo'lishini ta'minlash.

4. Sektorning o'sishi uchun eng jiddiy to'siqlarni olib tashlashni ta'minlash maqsadida sektorlarga emas, balki faoliyatga e'tibor qaratish.

5. Investitsiyalarning qo'shimcha manbalarini izlab topish, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo'shuvchi qo'shimcha samaralarga e'tibor qaratish.

6. Soliq va kredit vositalaridan foydalangan holda institutsional kuch sohasida siyosat vositalarini yaratish.

7. Samarali institutsional monitoringni ta'minlash, ammo yuqori darajadagi qat'iy va shaffof ma'muriy, siyosiy javobgarlikni ta'minlovchi sanoat siyosatini amalga oshiruvchi institutlarning yetarlicha mustaqilligini ta'minlash.

8. Davlat idoralari mansabdor shaxslariga ishbilarmonlik muhitini yaxshiroq tushunishga imkon beradigan doimiy aloqalar orqali xususiy sektor bilan ishonchli aloqa kanallarini yaratish.

9. Muvaffaqiyatsizlikka erishish ehtimolini emas, balki xarajatlar darajasini minimallashtirish.

10. Sharoitga moslashuvchan qo'llab-quvvatlash dasturini yaratish va undan amalda foydalanish orqali iqtisodiyotda innovatsiyalarni amalga oshirish shart-sharoitlarini yangilab borish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.