Научная статья на тему 'MEVA TUZILISHI VA TIPLARI'

MEVA TUZILISHI VA TIPLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
3384
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meva turlari / meva urug’i / hujayra / urug’ po’sti / murtak / kurtak / suv / havo / harorat. / fruit species / fruit seed / cell / seed coat / sprout / bud / water / air / temperature.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Nigora Farhod Qizi Umirzoqova

Respublikamiz qishloq, xo’jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bog’dorchilik hisoblanadi. O’zbekiston qadimdan shirin-shakar mevalari bilan mashhurdir. Bizda yetishtirilgan anjir, anor, xurmo kabi subtropik mevalar ta’mi va xushbuyligi bilan alohida taxsinga sazovordir. O’zbekistonda yetishtiriladigan mevalar va rezavor mevalarning yuqori sifat ko’rsatkichlarga egaligi avvaldan tan olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FRUIT STRUCTURE AND TYPES

One of the leading sectors of agriculture in the country is horticulture. Uzbekistan has long been famous for its sweet fruits. Subtropical fruits such as figs, pomegranates and dates grown in our country deserve a special mention for their taste and aroma. It has long been recognized that fruits and berries grown in Uzbekistan have high quality indicators.

Текст научной работы на тему «MEVA TUZILISHI VA TIPLARI»

MEVA TUZILISHI VA TIPLARI

Nigora Farhod qizi Umirzoqova

Toshkent davlat agrar universiteti "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik" fakulteti 2-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Respublikamiz qishloq, xo'jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bog'dorchilik hisoblanadi. O'zbekiston qadimdan shirin-shakar mevalari bilan mashhurdir. Bizda yetishtirilgan anjir, anor, xurmo kabi subtropik mevalar ta'mi va xushbuyligi bilan alohida taxsinga sazovordir. O'zbekistonda yetishtiriladigan mevalar va rezavor mevalarning yuqori sifat ko'rsatkichlarga egaligi avvaldan tan olingan.

Kalit so'zlar: meva turlari, meva urug'i, hujayra, urug' po'sti, murtak, kurtak, suv, havo, harorat.

FRUIT STRUCTURE AND TYPES

Nigora Farhod kizi Umirzakova

Tashkent State Agrarian University "Fruit and vegetable growing and viticulture"

faculty 2nd year student

ABSTRACT

One of the leading sectors of agriculture in the country is horticulture. Uzbekistan has long been famous for its sweet fruits. Subtropical fruits such as figs, pomegranates and dates grown in our country deserve a special mention for their taste and aroma. It has long been recognized that fruits and berries grown in Uzbekistan have high quality indicators.

Keywords: fruit species, fruit seed, cell, seed coat, sprout, bud, water, air, temperature.

KIRISH

Urug' deb o'simliklarning tarqalishiga, ko'payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug' urug' kurtakda ro'y bergan qo'sh urug'lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo'ladi. U o'zida bo'lg'uvchi o'simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo'ladi. Bu qismlar qo'sh urug'lanish jarayonidagi tuxum hujayraning otalanishidan hosil bo'lsa, zahira oziq moddalar to'planadigan epdosperm markaziy hujayraning otalanishidan hosil bo'ladi. Urug' po'sti urug'kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo'ladi.

Tabiatda urug'lar turli - tumandir. Ularning og'irligi milligramdan 15 kg gacha bo'ladi (palma).

2. Urug'ning shakli, o'lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug' quyidagi qismlardan tashkil topgan bo'ladi. Urug' po'sti, murtak va zahira oziq moddalar saqlanuvchi qism. Zahira oziq moddalarning saqlanishiga qarab urug'larni uchta guruhga ajratish mumkin.

1. Endospermli urug'lar. 2. Endospermsiz urug'lar. 3. Perisperimli urug'lar. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Endospermsiz urug'larning tuzilishi. Endospermsiz urug'lar ikki pallali o'simliklar uchun xos bo'lib (dukkakdoshlar, murakkabguldoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar) quyidagi qismlardan tashkil topgan bo'ladi. 1. Urug' po'sti. 2. Murtak. 3. Urug'palla

Urug' po'sti, urug' kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo'ladi. Ikki pallalilarning urug' po'sti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yogochlangan bo'ladi (uzum).

Urug' po'stining rangi oq, qo'ng'ir,, qizil va qora ranglarda bo'lishi mumkin. Urug' po'stining yuzasi silliq yoki g'adir - budir (no'xat) tukchali (g'o'za, terak, qoqio't) bo'ladi. Bu o'zgarishlar urug'larning tarqalishiga va tuproqqa joylashib olishga xizmat qiladi. Murtak urug'nig asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum hujayraning rivojlanishidan hosil bo'ladi. Murtakda, murtak kurtakchasi, murtak ildizchasi joylashgan bo'lib, uning rivojlanishi-dan bargli poya va o'q ildiz hosil bo'ladi. Urug'larda zahira oziq moddalar to'planib u o'simlikning birinchi bargi hisoblanadi.

Endospermli urug'larning tuzilishi. Endospermli urug'lar g'allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun xosdir. Endosmpermli urug'lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo'ladi. 1. Urug' po'sti. 2. Endosperm. 3. Murtak.

Qalqoncha bir pallali urug'lar uchun harakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endospermadagi zahira oziq moddalarni diostaza fermenti ta'sirida parchalab murtak qismiga o'tkazib berishga xizmat qilishdir.

Ayrim o'simliklar endosperm o'rniga zahira oziq moddalarni peresperm qismida to'plash xususiyatiga ega bo'ladi.

Perisperm urug'kurtakning nutsellus qismidan hosil bo'ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo'lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir.

Urug'ning otalanmasdan rivojlanishi. O'simliklar dunyosida urug'ning hosil bo'lishi va rivojlanishi har doim yuqoirdagi qonuniyatga amal qilavermaydi. Ayrim

o'simliklarda urug' va meva otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug' va mevani otalanib hosil bo'lishi amfimiksis deyladi.

Apomiksis jarayonida urug' va mevalar urug' kurtaklarning nutsellusidan urug'kurtak po'stidan, sinergiddan hosil bo'ladi.

Urug' murtak qismining hosil bo'lishida quyidagi jarayonlar buzilishi mumkin.

1. Partenogenez - murtakning otalanmagan tuxum hujayradan hosil bo'lishi (qoqio't).

2. Apogamiya - murtakning tuxum hujayra o'rniga sinergid va antipodning rivojlanishidan hosil bo'lishi (zubturum, sarimsoq piyoz)

3. Aposporiya - murtakni nutsellusning yoki urug'kurtak po'stining rivojlanishidan hosil bo'lishi.

4. Poliembrioniya - urug'da bitta murtak o'rniga bir necha murtak hosil bo'ladi. masalan: limon, apelsin, mandarin.

5. Partenokarpiya - urug'siz meva hosil qilish. Bunday o'simliklarda vegetativ, usulda ko'payishi yaxshi rivojlangan bo'ladi. Masalan: mandarin, apelsin, nok, uzumda.

MUHOKAMA

Urug'ning yetilishi. Urug'ning yetilishini quyidagi davrlarga bo'lish mumkin. 1.Urug'ning sut pishishi. 2.To'liqsiz pishish davri. 3.To'liq pishish davri. Tinchlik davrini boshidan kechirgan urug' ma'lum vaqtdan keyin qulay sharoitda una boshlaydi. Unayotgan urug' quyidagi uch momentni boshidan kechiradi.

1. Fizik - suvni qabul qilish.

2. Biokimiyoviy - zahira oziq moddalarning eriydigan holga yetishi.

3. Biologik - murtakning rivojlanishi.

Urug'ning unishi uchun suv, havo, harorat kerak. Unuvchanlik qobiliyati o'simliklarda har xil bo'ladi. Ayrim urug'lar to'liq tingandan keyin 3-5 kunda unib chiqa oladi. Beda urug'i unuvchanlik qobiliyatini 3-5 yilgacha, saqlay oladi. Urug' qancha ko'p saqlansa shuncha unuvchanlik qobiliyati pasayib boradi. Ro'pchilik daraxtsimon o'simliklar urug'i (limon, xurmo, pista, yong'oq) me'yorida pishib, qulay sharoitda ekilsada unish qobiliyati yomon bo'ladi. Chunki, urug' po'sti yogochlangan bo'lib suvni yomon o'tkazadi. Buning uchun bunday urug'lar skarifikatsiya qilinishi lozim

Ikki pallali o'simliklardan loviya, soya, beda, qovun, tarvuz, qovoqda urug' pallalar yerning ustki qismiga o'sib chiqadi va foto-sintez jarayonida ishtirok yetadi.Urug'dan unib chiqqan o'simlik o'simta deyiladi. Unda ildiz, poya barg bo'lib, ildizdan poyaga o'tish joyi ildiz bo'yni deyiladi.

Ildiz bo'ynidan urug'paladan hosil bo'lgan barggacha bo'lgan qism gipokotil deyiladi. Undan birinchi barggacha bo'lgan qismi epikotil deyiladi.

3. Urug'dan foydalanish. Inson hayotida muhim oziq-ovqat hisoblanadi. Chorva mollari uchun oziq sifatida foydalaniladi.

Sanoatda spirt va pivo tayyorlashda, yog' olishda, nonvoychilik-da foydlaniladi. Meditsinada dori tayyorlashda. Ko'pchilik o'simlik urug'lari ekin dalalarini begona o'tlar bilan ifloslanishga olib kelsa, ko'pchilik urug'lar zaharli hisoblanadi.

4. Urug'chi tugunchasining rivojlanishi natijasida hosil bo'ladigan, o'zida urug' saqlagan organga meva deyiladi. Meva faqat yopiq urug'li o'simliklar uchun xosdir. Mevaning shakli, o'lchami. Rangi turlichadir. Uning vazifasi urug'ni himoya qilish tarqalishiga xizmat qilishidir.Qo'sh urug'lanish jarayonidan keyin urug'chi qismlari o'zgarib kyetadi. Natijada tuguncha devori o'zgarib meva qatini hosil qiladi. Meva qavati quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan bo'ladi. Mevaning tashqi qavati -ekzokarpiy. Mevaning o'rta qavati -mezokarpiy. Mevaning ichki qavati -endokarpiy. Ekzokarpning asosiy vazifasi mevani himoya qilishga xizmat qilishidir. Mezokarpiy zahira oziq moddalarni saqlashga xizmat qilib, boshqa qavatlariga nisbatan yaxshi rivojlangan bo'ladi. Endokarpiy urug'ni tashqi tomonidan o'rab turishga xizmat qiladi.

5. Mevaning klassifikatsiyasi. Hozirgi kunga qadar mevaning tugallangan klassifikatsiyasi yo'q. Mavjud klassifikatsiyalar sun'iy bo'lib, ayrim morfologik belgilarga asoslangandir. Keyingi yillarda genetik klassifikatsiya yaratilgan bo'lib uning asosiga morfologik belgilar va mevaning tarixiy kelib chiqishi fizioloigyasi asos qilib olingan. Sun'iy klassifikatsiya bo'yicha mevalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi.

1. Kelib chiqishiga ko'ra. 2. Meva qatining tuzilishiga ko'ra. 3. Urug'larning soniga ko'ra.

NATIJA

Mevalar kelib chiqishiga ko'ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to'p mevalarga bo'linadi. Haqiqiy mevalar deb faqat tugunchaning o'zidan kelib chiqqan mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, o'rik, olcha, gilos, olxo'ri mevalari. Soxta mevalarda meva hosil bo'lishida tuguncha bilan birga gulning biron qismi ishtirok yetadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul o'rni va boshqalar. Oddiy mevalarni hosil bo'lishida 1 ta tuguncha ishtirok yetadi (o'rik, olcha, gilos, olxo'ri). Murakkab mevalarni hosil bo'lishida bir nechta tuguncha ishtirok yetadi. Masalan: kungaboqar, qoqio't, ayiqtovon va hokazo. To'p guldan hosil bo'lgan mevalarga to'p mevalar deyiladi. Masalan: tut, shotut mevalari.

XULOSA

Mevalar meva qatining tuzilishiga ko'ra ho'l va quruq mevalarga ajratiladi. Ho'l mevalar ham, quruq mevalar ham ichidagi urug'larining soniga ko'ra 1 urug'li va ko'p urug'li mevalarga bo'linadi. Bir urug'li ho'l mevalarga olcha, gilos, shaftloi, o'rik, olxo'ri, ko'p urug'lilarga nok, qovun, tarvuz, uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor mevalar deyiladi.

Bir urug'li quruq mevalarga don, pista, xakalak, eman daraxti mevalari va bir urug'li qanotli mevalar kiradi. Ko'p urug'li quruq mevalarga dukkak, qo'zoq, qo'zoqcha, ko'sak, ko'sakcha va har xil shakildagi quticha mevalar misol bo'la

REFERENCES

1. Burigin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika "O'qituvchi" T.: 1977.

2. Kursanov. V. A. Kamarniskiy N. A va bosh.- Botanika "O'qituvchi" 1977. I II tom.

3. Hamdamov I, Shukrullayev P va boshqalar- botanika asoslari "Mehnat" T.: 1990.

4. Soxabiddinov. S. "O'simliklar sistematikasi" I II bob. "O'qituvchi" T.: 1976.

5. Hamidov "O'simliklar geografiyasi" "O'qituvchi" T.: 1984.

6. Belolipov. I. V. Sheraliyev. A. Axadova. M. A. "O'rta Osiyo o'simliklari morfologiyasi" SOP, TIPO, T.: 1991.

7. Holdarov. X. Xojimatov. K. X."O'zbekiston o'simliklari", "O'qituvchi" T.: 1992.

8. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.