AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
УДК 631.153.7
MEVA-SABZAVOTCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING MAMLAKAT
IQTISODIYOTIDAGI O'RNI
Juraeva Gulchexra Shodievna Toshkent davlat texnika universiteti dotsent, [email protected]
Dauenova T.K.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktab, Uzbekistan magistr
Annotatsiya. Maqolada respublikamizda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishning hozirgi holati O'zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish afzalliklari va imkoniyatlari ilmiy jihatdan yoritilgan.
Аннoтация. В статье научно освещено современное состояние развития плодоовощеводства в республике, преимущества и возможности выращивания плодоовощной продукции в Узбекистане.
Annotation. The article scientifically highlights the current state of fruit and vegetable growing in the republic, the advantages and opportunities of growing fruit and vegetable products in Uzbekistan.
Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, meva-sabzavot mahsulotlari, qishloq xo'jaligi sektori, dehqonchilik, tayyor mahsulotlar, jahon standarti.
Ключевые слова: сельское хозяйство, плодоовощная продукция, аграрная сфера, фермерское хозяйство, готовая продукция, мировой стандарт.
Keywords: agriculture, fruit and vegetable products, agricultural sector, farming, finished products, world standard.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'nggi davrda meva-sabzavotchilik tarmog'ida bozor munosabatlarini joriy etish borasida bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.
Meva-sabzavot yetishtirishda yerdan samarali foydalanishda yerning unumdorligini oshirish yo'li bilan hosildorlikni oshirishga erishilsa, qishloq xo'jaligi barqaror rivojlanadi, yerdan samarali foydalanish natijasida qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy mustaqilligi oshadi, ularning faoliyatiga tashqi ta'sir kamayadi va meva- sabzavot yalpi mahsuloti ko'payadi.
Hozirgi qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga talabni to'laroq qondirishi va bu sohadagi ta'minotni tubdan yaxshilab jahon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
O'zbekistonning agrar sohasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida fermer xo'jaliklarining barqaror rivojlanishini ta'minlashda raqobat muhitini shakllantirish orqali ularni raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot yetishtirishda talab va taklif muvozanatiga erishish, ichki va tashqi bozorda samarali faoliyat yurituvchi mexanizmlarni keng ko'lamda joriy qilinishi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
O'zbekiston iqtisodiyotida meva-sabzavotchilik tarmog'ining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tarmoq oziq-ovqat sanoatini xomashyoga bo'lgan talabini qondiradi.
Meva-sabzavotlarni tashqi bozorlarga eksport qilish natijasida mamlakatimizning valyuta zaxiralari mustahkamlanmoqda.
Bugungi kunda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga respublikamizda davlat tamonidan alohida e'tibor berilib, meva-sabzavotchilik tarmog'idagi iqtisodiy munosabatlarga
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI davlatning o'rni sezilib turmoqda.
Bozor munsabatlari shakllanishi sharoitida meva-sabzavotchilik tarmog'idagi iqtisodiy munosabatlarning markazi va uning xarakatlantiruvchi kuchi asosini dehqon va fermer xo'jaliklari egallaydi.
Respublikamizda so'nggi yillarda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining sifatini oshirishda, jahon bozori iste'molchilarning talablariga moslashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Meva-sabzavotchilik tarmog'idagi iqtisodiy munosabatlarning qanchalik bozor iqtisodiyoti talablariga mos holda tashkil etilishi darajasi, meva-sabzavotchilik sohasi iqtisodiy rivojlanishi va mahsulot yetishtirish iqtisodiy samaradorligi darajasini belgilab beradi.
Bozor sharoitida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va sifati ortishi eng avvalo yetishtirilayotgan mahsulotlarga bozor talabining mavjudligi bilan belgilanadi. SHuningdek, mahsulotning sifati, yetishtirishga sarf qilingan resurslar miqdori bozoridagi talab hajmi o'zgarishiga turtki beradi. SHu boisdan ham meva-sabzavotchilik xo'jaliklarida meva-sabzavot navlarining tezpisharligi, hosildorligi, iste'mol sifati yuqori bo'lgan har bir hududning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan ichki va tashqi bozor talabiga javob bera oladigan navlarini ilmiy asoslangan joylashtirish zarurati tobora ortib bormoqda.
Qishloq xo'jaligi sohasi iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonida tarmoqlarni rivojlantirish mutanosibligiga erishish, mamlakat ichki bozorida qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorini mustahkam rivojlantirish, qishloq xo'jaliklari mahsulotlarining eksportini kuchaytirish, pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining barqaror o'sishini ta'minlaydi.
Qishloq xo'jaligi sohasida iqtisodiy islohotlar davr talablariga mos ravishda amalga oshirilib, uning asosiy maqsadi - mamlakat ichki bozori (aholining iste'mol oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat korxonalari uchun esa xomashyo mahsulotlari) va jahon bozori talablari (xomashyo va tayyor mahsulot sifatida) asosida yetishtirilishiga qaratilmoqda.
Meva-sabzavotchilik tarmog'ining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushi ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 32,2 foizini tashkil etadi. So'nggi yillarda sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham jahon bozoriga chiqish imkonini yaratadi.
O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas, shuning uchun tez ayniydigan meva-sabzavotlarini xorijiy iste'molchiga yetkazib berish hamon dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Buni hal etish transport-logistika tizimini takomillashtirish, xususan, avtomobil, temir yo'l, havo-yuk transporti tarmog'ini rivojlantirishga borib taqaladi. Ushbu tizimlardan foydalanish eksportchilarimizga juda qimmatga tushmoqda. Ayni paytda avtomobil xalqaro yuk tashuvlari tizimini jahon bozorida raqobatbardoshligiga erishish, meva-sabzavot tashuvchi avtomobillar "Evro 5" standartiga javob beradigan zamonaviy sovutgichli, izotermik furalar soni va sifatini keskin ko'paytirish chora-tadbirlarini ko'rilmoqda.
Meva-sabzavot yetishtirish bo'yicha klaster tizimini rivojlantirish. Bu boradagi qishloq xo'jalik birlashmalarini shakllantirish mahsulotlarning ulgurji bozorini yaratishga xizmat qilib, meva-sabzavotni yetishtirish, qayta ishlash va eksportga chiqarishgacha bo'lgan masalalarning yechilishiga xizmat qiladi".
Bugungi kunda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda asosiy muammo uning tor yo'naltirilganligi bilan cheklangan.
Mamlakatlarda iqtisodiy ahvolning yomonlashuvi va meva-sabzavotlarga bo'lgan talabning kamayishi butun sanoat uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, balki uning atrofida yangi tarmoqlarni shakllantirish hamda rivojlantirish, muhim ish o'rinlarini yaratish, valyuta tushumi, aholining turmush darajasini yanada oshirishni ta'minlaydi.
O'zbekistonning barcha viloyatlaridagi fermer va agrobizneslarga qo'shimcha texnik hamda moliyaviy yordam beriladi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
Bu minglab yangi ish o'rinlarini yaratish, meva-sabzavotchilik sektorida benefitsiarlarning samaradorligi va rentabelligini oshirishga yordam beradi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonuni. Fzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006 y.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-sonli "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 11 yanvardagi PQ-255-sonli "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.
4."Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabrb-dekabrb, 2018 yil
5. O'zbekiston Respublikasi "Er kodeksi" va qishloq xo'jaligiga oid qonunlari. - T.: Adolat, 1999. 19-b.
5. Olimjonov O. va boshqalar Fermer faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari. -Toshkent, 2005.
6. Микулович Л.С. и др. Товароведение продовольственных товаров. 4-е изд., испр. - Минск: Выш. шк., 2010. - 416 с.
7. Джафаров А.Ф. Товароведение плодов и овощей. - М.: Экономика, 1979.
8. Михеева Е.Н., Сероштан М.В. Управление качеством, 2012 г.
9. Литвинова А.В. "Управление качеством продовольственных товаров: теория, методология, практика, под ред. Н.С. Яшина. - Саратов: Издат. центр СГСЭУ, 2004
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son