Место национальных особенностей и семьи в эстетическом
воспитании молодёжи
Жаббаров Ботиршер Гулямович
доцент НамГУ Наманган, Узбекистан
Jabbarov Botirsher G ulomovich
NamDU dotsenti Namangan, CTzbekiston.
YOSHLARGA ESTETIK TARBIYA BERISHDA MILLIY XUSUSIYAT VA OILANING URNI
Xalqimizning ko'p asrlik an'analari, qadriyatlari, mif, afsona va dostonlarida, bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar ko'rinishida asrdan asrga o'tib xalqimiz xayotida o'z qimmatini saqlab kelmoqda.. Bizning miliiy xususiyatiarimiz umuminsoniy qadrityaiar bilan bog'ianib ketgan. Asriar davomida xalqimiz umum bashariy, umum insoniy qadriyatlar takomilligi ulkan hissa qo'shgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan baxamjixat yashash, diniy bag'rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish o'zga xalqlarning ilg'or tajribalari va madaniyatini o'rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassamdir.
Xuddi shunday miliiy tabiatimizga xos bo'lgan mehr oqibat, muruvvat, andisha, or nomus, sharmu hayo, ibo iffat, betakror fazilatlar va xalqimizni ko'p jixatdan ajratib turadigan bag'rikenglik, mehmon do'stlik oq ko'ngillik xususiyatlari xam xalqimiz tomiriga singib ketgan bugungi kunda farzandlarimizni komil insonni estetik tarbiyalashda ushbu masalalarni tarbiya mazmunining bosh g'oyalaridan biri qilib qo'yish lozimdir.
O'quvchilarning dunyoqarashini ma'naviy sifatlarini mazmunida estetik tarbiya muhim o'rin tutadi. SHu bois o'quvchilarni estetik tarbiyasi jamiyatning dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammosi bo'lib qolmoqda..
Xususan, ularga estetik tarbiyani berish o'z echimini kutayotgan dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammodir.
Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda turli omillar turlicha ta'sir etadi. Bu omillar ichida oila eng asosiysi hisoblanadi. CHunki o'quvchilar tasavvur, tushunchalarning shakllanish jarayoni aynan Tatni/iM Myaccacacufla boshlanadi va bu davr dunyoqarash shakllanishining mazmun hamda hajm jihatidan eng salmoqli bosqichidir.
Ulg'ayayotgan farzandlarimizning ongidagi dastlabki fikrlar avval tasvirlar vositasida "bayon etiladi". Bu qalam, ruchka, flomasterda bajarilgan turli chiziqlar, bo'yoqlardagi turli surtmalar tarzidagi kichik lavhalar, fikrlar tasviridir. Faqatgina oddiy ko'z bilan maxsus yo'naltirilmagan nigoh esa bu fikrlarni "o'qiy olmaydi". Chunki bu fikr "boshqa tilda bitilgan". Bolalarning eshitgan ertaklari, ko'rgan mult'fil'mlariga o'z imkoniyatlari darajasida illyustratsiyalar ishlashi fikr bildirishning, demakki, dunyoni anglashning bir shaklidir.
Shu aytilganlardan kelib chiqqan holda, estetik tarbiya masalalarini chuqurroq tushinib etish uchun uni to'rtta guruhga bo'lish mumkin:
1) estetik idrokni rivojlantirish, estetik emotsiyalar, hissiy tuyg'ular va munosabatlar, qiziqishlarni shakllantirish;
2) elementar estetik ongni shakllantirish;
3) estetik faoliyatni o'zlashtirish;
4) estetik va badiiy ijodkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish.
Estetik tarbiya mazmuniga bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, bolalarning estetik faoliyatida amalga oshiriladigan estetik tuyg'u, qiziqishlar, talablar, baholash va didni tarbiyalash kabi masalalar kiradi.
O'quvchilarda estetik tarbiyasini shakllantirish jarayonini pedagogik tashkil etish uchun retsept, andoza yo'q. Shunday bolsada, kuzatuvlar, tahlillar asosida oila sharoitida bolalarda estetik tarbiyani
shakllantirishda ota-onalar quyidagilarga e'tibor berishlari muhim:
— faoliyatiga bo'lgan moyillik asosiy o'rinni egallagani bois estetik mazmundagi mashg'ulotlarda ulardan o'rinli foydalanish lozim;
— oilaviy tarbiyaning qulaylik tomoni shundaki, unda asosan bolalar bilan individual ishlanadi. Har bir bola o'ziga xos. Aynan shuning uchun ham ota-onalar o'z farzandlarining xatti-harakatlari, qiziqishlarining, shu jumladan estetik mazmundagi qiziqishlaridagi individualliklarga monand "rahbarlik"ni yo'lga qo'yish joiz;
— ota-onalar nafaqat o'z farzandlarida estetik tarbiyani shakllantirish, balki butun oilaning estetik madaniyati, ehtiyojlarini muttasil oshirib borishga intilishlari lozim. Chunki oila a'zolarining estetik qiziqishlari dialektik uzviylikda, rivojlanib boradi. Bu omil bolalarda estetik tarbiyani shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Zéro estetik didi past, estetik ehtiyoji qashshoq o'quvchilarda estetik tarbiyani shakllantirish jarayoni samarasiz kechadi;
— ota-onalar o'zlarining bolalariga nisbatan munosabatlari, xatti-harakatlari, o'ziga xos "pedagogik faoliyat"laridagi tarbiyaviy samara bergan pedagogik shart-sharoitlar, metodik yondoshuvlarni tahlil etib borishlari, ularni muttasil boyitib borish choralarini koVishlari lozim;
— ota-onalar o'zlarining pedagogik bilim va metodik mahoratlarini oshirib borishlari, unda asosiy omil sifatida madaniyat va san'at, jamiyat hayotidagi taraqqiyotdan foydalanishlari hamda bolalarda estetik tarbiyani shakllantirishning samarali vositalari, shakl va metodlarini qo'llash jarayonini tashkil etishlari lozim;
— oila sharoitida bolalarda estetik tarbiyani shakllantirish jarayonini uzviy, uzluksiz va muntazam bo'lishini ta'minlash, bu jarayonda yangi estetik bilimlarni bosqichma-bosqich egallab borish hisobiga bolalarda shakllantirilayotgan estetik tarbiyani yangi mazmun bilan boyitib borish va hokazo.
Aytib o'tilgan metodik yondoshuvlar yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, tavsiya xarakteriga ega bo'lib, har bir oila (ota-ona) farzandlarida estetik tarbiyani shakllantirishda o'ziga xos maktabga ega borishlari lozim. Bu maktabda ota-ona va farzand munosabatlarining ma'naviy, ahloqiy, estetik ahamiyat, mazmun kasb etishi sifatida qabul qilinmog'i lozim.
Литература:
1. S.Tursunov, B.Nishonaliev "Pedagogka". "CTqituvchi" nashriyoti. T.1996 yil.