Научная статья на тему 'MEHMONXONA XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

MEHMONXONA XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1962
238
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehmonxona / tranzit turistlar / ekskursion / assortiment / texnologiya. / hotel / transit tourists / excursion / assortment / technology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — J. Otajonov, O. Seydimova, S. Shonazorov

Ta‘kidlab o’tish joyizki turizmning rivojlanishi birinchi navbatda turizm industriyasining o’zagi bo’lgan mehmonxonalarning rivojlanishi bilan ham bog’lik. Chunki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo’lib, birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning tunashga, dam olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondiruvchi, murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muxim bo’lagi hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF DEVELOPMENT OF THE HOTEL BUSINESS

It should be noted that the development of tourism is primarily associated with the development of hotels, which are the core of the tourism industry. Since the hotel business is an integral part of tourism, it is an important part of receiving tourists, meeting the needs of tourists for accommodation, recreation, and the provision of comprehensive services.

Текст научной работы на тему «MEHMONXONA XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MEHMONXONA XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Otajonov Jaloliddin Talantbek o'g'li

Urganch davlat universiteti talabasi

Seydimova Orzigul Otanazar qizi

Urganch davlat universiteti talabasi Shonazorov Suxrob Yangiboy o'g'li

Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7014082

Annotatsiya. Ta'kidlab o'tish joyizki turizmning rivojlanishi birinchi navbatda turizm industriyasining o'zagi bo'lgan mehmonxonalarning rivojlanishi bilan ham bog'lik. Chunki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo'lib, birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning tunashga, dam olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondiruvchi, murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muxim bo'lagi hisoblanadi.

Kalit so'zlar: mehmonxona, tranzit turistlar, ekskursion, assortment, texnologiya.

ПУТИ РАЗВИТИЯ ГОСТИНИЧНОГО БИЗНЕСА

Аннотация. Следует отметить, что развитие туризма в первую очередь связано с развитием гостиниц, которые являются ядром туристической отрасли. Поскольку гостиничный бизнес является неотъемлемой частью туризма, он является важнейшей частью приема туристов, удовлетворения потребностей туристов в ночлеге, отдыхе, оказания комплексных услуг.

Ключевые слова: гостиница, транзитные туристы, экскурсия, ассортимент, технология.

WAYS OF DEVELOPMENT OF THE HOTEL BUSINESS

Abstract. It should be noted that the development of tourism is primarily associated with the development of hotels, which are the core of the tourism industry. Since the hotel business is an integral part of tourism, it is an important part of receiving tourists, meeting the needs of tourists for accommodation, recreation, and the provision of comprehensive services.

Keywords: hotel, transit tourists, excursion, assortment, technology.

KIRISH

Mamlakatimizda mehmonxona xo'jaligi sohasiga mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim meyoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mamlakatimizda mehmonxona xo'jaligining ravnaqi, uni yangi pog'onalarga ko'tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining mazkur yo'nalishga taalluqli qonun va kodekslari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etildi. G'arb davlatlarida mehmonxona xo'jaligini boshqarish bo'yicha ko'p yillik tajriba yig'ilgan. Chunki, mehmonxona sanoati korxonalari faoliyat ida xorij tajribasini o'rganish shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o'ynaydi. Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qo'yilishi haqida tasavvurga ega bo'lmasa, ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ko'rsatishlarini talab qilish murakkab. Ammo, O'zbekistondagi mehmonxona sanoati o'ziga xos sharoitlarda faoliyat ko'rsatayotganligini etiborga olish kerak. Bugungi kunda bizga jahon talablariga javob beruvchi mehmonxona xo'jaligi sanoatini rivojlantirishning milliy modelini yaratish bo'yicha takliflar kiritilgan. Mehmonxona xo'jaligini boshqarish fanini o'qitishdan asosiy maqsad hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitlarida mehmonxona xizmati sohasida eng yaxshi boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan bog'liq. Bunda mehmonxona xizmatlari sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy omillar samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan. Mehmonxona sohasi rahbarlarining doimiy ravishda xizmat ko'rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga e'tiborni qaratish va binolarni rekonstruksiya qilish asosiy vazifa bo'lib qolishi kerak. Yangi texnologiyalarni kiritish ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Mehmonxona industriyasi mehmondo'stlik tizimining mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo'lgan mehmonni hurmat qilish, uni kabul qilib olish va xizmat ko'rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an'analaridan kelib chiqadi. Shuni ta'kidlash kerakki, mutlako tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko'rsatish hisobiga yashaydigan turistlik markaz va joylar mavjud. Lekin, bu holda yaxshi foyda olish uchun turistlik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega bulish kerak. Mehmondo'stlikning (mehmon qabul qilish) bugungi industriyasi - bu region yoki turistik markaz xo'jaligining eng kuchli tizimidir va turizm iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va individual joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, 8 apartamentlar, turistlik xutorlar, shuningdek turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektor vositalarini tashkil etishdir. Dunyo amaliyotidan ko'rinib turibdiki, turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanib, mehmonlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o'rni beqiyos.

TADQIQOT NATIJALARI

Mehmonxona - turli xizmatlar taklif qiluvchi turistlarni joylashtirish obekti. Boshqaruv metodi qo'yilgan maqsadga erishish uchun boshqariladigan obyektga ta'sir etish usullari va metodlari jamlanmasi. Boshqaruv psixologiyasi amaliy psixologiya tarmog'i, boshqaruv faoliyati psixologik qonuniyatlarini o'rganadi. Boshqaruv psixologiyasining asosiy vazifasi boshqaruv faoliyati xususiyatlari, uning samaradorligini oshirish va psixologik sharoitlarini ta hlil qilish bilan bog'liq. Boshqaruv qarori boshqaruv mehnatining asosiy turi, boshqaruv harakatining mantiqiy ketma-ketligi va maqsadga qaratilgan o'zaro bog'liqligi jamlanmasi. Boshqarish sifati boshqaruv tadbirlari tizimi, chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va uning standartga mos kelishi muammosini hal qilishga qaratilgan. Boshqaruv dasturi barcha ishlar tafsilotini sinchiqlab yozib chiqishni taqozo etadi, qaysikim oldinda bajarish turibdi, takrorlanadigan hulq ma'lum sonlar sxemasini ishlab chiqish tushuniladi.

«Yulduzlar» tizimi - mehmonxonalarning shinamlik darajasini belgilovchi (bir yulduzdan besh yulduzgacha) mezon bo'lib, u ko'pincha Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari mehmonxonalar klassifikatsiyasi tizimida qo'proq amalda qo'llaniladi. Mehmonxonalar zanjiri -o'zida otellar guruhi (ikkita undan ko'p)ni mujassamlashtirgan umumiy rahbarlikka, ma hsulotlar harakati va savdo markasi konsepsiyasiga ega bo'lgan korxonalardir.

Mehmondorchilikda menejment turizm menejmenti qaysikim mehmondorchilik boshqaruv sistemasi ishini tadqiq qiladi. Kadrlar mehmonxonaning shtatida turgan xodimlarning asosiy malakali tarkibi. Nomer bino, bitta yoki bir nechta xonalardan iborat, Ushbu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kategoriyalardagi me hmonxonaga qo'yiladigan talablar bo'yicha bir kishilik yoki ko'p o'rinli, zarur barcha jihozlar bilan ta'minlangan.

MUHOKAMA

Turizmning rivojlanishi birinchi navbatda turizm industriyasining o'zagi bo'lgan mehmonxonalarning rivojlanishi bilan ham bog'liq. Chunki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo'lib, birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning tunashga, dam olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondiruvchi, murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muhim bo'lagi hisoblanadi. Shuning uchun ham, XXI asr turizmida mehmonxonalar biznesida nafaqat xizmatlar assortimentini ko'paytirishga, balki ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini va samaradorligini oshirishga alohida etibor berilmoqda, ya'ni xizmatlarning sifatini va samaradorligini oshirishda yangidan yangi texnologiyalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda.

XULOSA

Ammo, takidlash joizki, har qanday faoliyat turi hoh u ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish bo'lsin boshqaruvni hamda yuqori daromad olish va samaradorligini oshirish uchun boshqaruvdan samarali foydalanishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, mehmonxona xo'jaligida boshqaruv qonunlari, qonuniyatlari, funksiyalari, tamoyillari, boshqarur qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kabi boshqa shu kabi boshqaruvga oid masalalarni o'rganish hamda amaliyotga joriy etish fanining dolzarbligini belgilaydi. «Mehmonxona xo'jaligini boshqarish» fani umumkasbiy fani hisoblanadi. «Mehmonxona xo'jaligini boshqarish» fani Menejment, Marketing, Turizm, Xalqaro turizm, Mehmonxona xizmatlari, Turizm infratuzilmasi, Mehmonxonalarda ishbilarmonlik etiketi, Mintaqaviy turizm, Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish kabi fanlar bilan aloqadorlikda o'rganish talab etiladi.

REFEERENCES

1. 2GI2-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 may PQ-I754-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 7G- modda). Toshkent sh., 2GI7 yil 7 fevral, PF-4947-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning maml akatimizni 2GI5 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. // Xalq so'zi, 2016 yil 16 yanvar.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2GI6 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. // —Xorazm haqiqati gazetasi. 2017 yil 18 yanvar. № 5 (I935I).

5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uni O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari. -T.: O'zbekiston, 2009. - 56 b. 4

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish Tuxliev I.S. va boshqalar. —O'zbekistonda turizm xizmat bozorini rivojlantirishning ijtimoiy - iqtisodiy muammolari nomli monografiya. T.: —Iqtisodiyot 2012 y. 302 b.

7. Tuxliyev I.S., Qudratov G=.H., Pardayev M.K. —Turizmni rejalashtirish.T.: —IQTISOD-MOLIYAI 2010 y. 263 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.