MEDIA TA'LIMNI O'RGANISHNING XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
Hakim Muhammadiyevich Jo'rayev
Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Fakultetlaroro Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Xorijiy davlatlarda media ta'limni o'rganish va ilmiy-nazariy tahlillari yoritilgan bo'lib, taniqli olimlarning ushbu tushunchaga bergan ta'riflari qiyosiy tahlil etilgan. Qolaversa, media savodxonlikning jamiyatdagi zaruriyati va ahamiyati haqida ilmiy nazariy qarashlar berilgan. Shuningdek mediaresurslar vositasida talabalar kognitiv faoliyatdagi faolligini va mustaqilligini ta'minlash, kasbiy ko'nikmalarini shakllantirish, kreativlik va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda talabalarning media axborot kompetensiyalarini shakllantirish metodikalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: media, OAV, mediamadaniyat, mediamatn, mediaresurs, media matn, media ta'lim, media o'rganish, media savodxonlik, media makon.
АННОТАЦИЯ
В данной статье освещается изучение и научно-теоретический анализ медиаобразования в зарубежных странах, а также проводится сравнительный анализ определений, данных этому понятию известными учеными. Кроме того, приводятся научно-теоретические взгляды на необходимость и значение медиаграмотности в обществе. Также выделены методы формирования медиаинформационных компетенций студентов с целью обеспечения активности и самостоятельности студентов в познавательной деятельности, формирования профессиональных навыков, развития творческих способностей и навыков критического мышления средствами медиаресурсов. Ключевые слова: СМИ, средства массовой информации, медиакультура, медиатекст, медиаресурс, медиатекст, медиаобразование, медиаобучение, медиаграмотность, медиапространство
ABSTRACT
This article covers the study and scientific-theoretical analysis of media education in foreign countries, and also conducts a comparative analysis of the definitions given to this concept by famous scientists. In addition, scientific-theoretical views on the need and importance of media literacy in society are given. Also, methods for the formation of
November, 2024
149
students' media information competencies are highlighted in order to ensure the activity and independence of students in cognitive activity, the formation of professional skills, the development of creative abilities and critical thinking skills by means of media resources.
Key words: mass media, mass media, media culture, media text, media resource, media text, media education, media training, media literacy, media space
KIRISH
XXI - asr zamonaviy raqamli texnologiyalar va axborot oqimi asri deya bejizga nom olmadi.Bugungi axborotlashgan jamiyat asrida "Axborotga egamisan, demak sen qurollangansan"deya axborotni - eng kuchli qurol sifatida talqin etilayotgani barchamizga ma'lum. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot oqimidan nafaqat to'g'ri va unumli foydalana olish, balki ularni yaratish, saqlash, qayta ishlash ham talab etilmoqda.
Media savodxonlik iste'molchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan ko'rsatish kabi holatlarga o mmaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik - bu tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qo'llay olish qobiliyatidir. Ta'limga, xususan mustaqil ta'lim jarayoniga mediaresurslar integratsiyasi bir tomondan talabalarning dunyoqarashi,axborot va mediamadaniyatini rivojlantirib, ularning ijtimoiylashuv hamda kasbga
moslashuv darajasini oshiradi.Shuningdek, ular bilimlarni va o'quv materiallarini yaxshiroq idrok etishni hamda interfaol aloqani ta'minlaydigan o'quv vositasi sifatida ta'limni samarali tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
ASOSIY QISM
Media savodxonligi ko'nikmalarini o'rganishning ushbu jarayoni media ta'lim deb ataladi. UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media ta'limni targ'ib qilish madaniy-ma'rifiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishi sifatida e'tirof etildi hamda aynan shu yo'l bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi. UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va to'g'ri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, o'qituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini
November, 2024
150
oshirishga intiladi, a'zo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi. Media savodxonlikni o'rganadigan eng qadimgi tashkilot bu National Telemedia Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab „Telemedium" deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan. Bugungi kunda Media savodxonlik bo'yicha butun dunyo mamlakatlarida keng targ'ibot va tashqivot olib borilmoqda.
O'z qadriyat va ananalariga ega bo'lgan Osiyo mamlakatlarida media savodxonlik va uning ta'limga kirib kelishi jarayoni G'arb mamlakatlarinikidan biroz farq qiladi. O'tgan asrning 90-yillaridan boshlab Sharqiy Osiyoda media savodxonlik tomon siljish kuzatildi. So'nggi yillarda Osiyoda media savodxonlik darajasi o'sib bormoqda va Osiyo-tinch okeani mintaqasida media savodxonlik bo'yicha bir nechta dasturlar ham amalga oshirilmoqda.
Mediata'lim masalasi ko'plab xorijiy tadqiqotchilar, jumladan A.Fedorov, Y.Usova, I.Chelisheva, E.Bondarenko, L.Masterman va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
"Mediata'lim medianing barcha turlari (bosma va grafik, ovoz, ekranli va boshqalar) va turli xil texnologiyalar bilan bog'liq;
U odamlarga o'z jamiyatlarida ommaviy kommunikatsiyadan qanday foydalanilishini tushunish, boshqa odamlar bilan muloqotda mediadan foydalanish ko'nikmalarini egallashga imkon beradi;
1) mediamatnlarni tahlil qilish, tanqidiy talqin qilish va yaratish;
2) mediamatnlarning manbaalarini, ularning kontekstini ularning siyosiy, ijtimoiy, tijoriy va madaniy manfaatlarini aniqlash;
3) tarqatilayotgan medianing mediamatn va qadriyatlarini tatbiq etish;
4) o'zlarining shaxsiy mediamatnlarini yaratish va tarqatish va ularga qiziqqan auditoriyani jalb qilish uchun tegishli mediani tanlash;
5) idrok qilish uchun ham, ishlab chiqish uchun ham mediadan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishga yo'naltiradi"1.
Mediapedagog A.V.Fedorov mediata'limni «media bilan aloqa qilish madaniyatini, ijodiy, kommunikativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarni shakllantirish, mediamatnlarini talqin etish, tahlil qilish va baholash, mediatexnologiyalaridan foydalangan holda o'zini ifoda etishning turli shakllarida o'qitish maqsadida ommaviy aloqa vositalari (media) materiallari orqali ta'lim berish va shaxsni rivojlantirish
Educating for the Media and the Digital Age// International Conference. - Vienna: U
274
November, 2024
151
jarayoni»2,L.S.Zaznobina esa mediata'limni «ta'lim oluvchilarni turli xil o'quv fanlarni o'rganishda mediata'limiy jihatlarni kuchaytirish orqali axborotlashgan makonda yashashga tayyorlov»3 sifatida ta'riflaydi.
Mediata'lim talabalarga dunyo mediamadaniyatiga moslashish, ommaviy axborot vositalari tilini o'zlashtirish, mediamadaniyat asarlarini tahlil qilish va hk larda yordam berishga mo'ljallangan.
A.V.Sharikov4 mediata'limni «pedagogik nazariya va amaliyotda bilimlar sohasining maxsus va avtonom bir qismi sifatida qaraladigan zamonaviy ommaviy axborot vositalarini o'zlashtirish uchun amaliy ko'nikmalar va nazariyani o'qitish» sifatida, professor Y.N.Usov5 o'z tadqiqotlari davomida mediata'limni ta'lim oluvchi shaxsini rivojlantirishda "ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari (bosma, radio, kino, televideniye, video, kompyuter texnologiyalari, fotosuratlar) dan foydalanish tizimi sifatida ko'rib chiqadi. Rivojlanish tizimining o'zi, bilimlarni to'playdigan an'anaviy o'quv fanlaridan farqli o'laroq, avvalambor, ta'lim oluvchining hissiy va intellektual rivojlanish jarayonini, uning imkoniyatlarini simulyatsiya qiladigan badiiy-ijodiy faoliyat amaliyotini nazarda tutadi".
Bugungi kunga kelib universitetlarda mediata'limni joriy etish muammosi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mediata'limni barcha davlatlarning milliy o'quv dasturlariga, qo'shimcha, noformal va «umr bo'yi» ta'lim tizimlariga joriy etish uchun tavsiya etilmoqda.
Chelisheva6 - "Zamonaviy pedagogning mediakompetensiyasini
rivojlantirishning nazariyasi,metodikasi va amaliyoti" nomli ilmiy asarida zamonaviy maktab va universitet o'qituvchisi faoliyatida mediata'limbir necha (integratsiyalashgan,maxsus yoki fakultativ) yo'nalishlarda amalga oshirilishi mumkinligini aytib o'tgan.
Integratsiyalashgan yo'nalish mediata'lim tarkibiy qismlarini o'quv blokining turli fanlariga kiritishni o'z ichiga oladi. Agar bir necha yil oldin mediata'lim elementlari asosan adabiyot, tarix kabi gumanitar blok fanlariga kiritilgan bo'lsa, so'nggi yillarda o'qituvchilar kimyo, biologiya, fizika va
2 Федоров А.В. Медиаобразование: история, теория и методика. - Ростов н/Д.: ЦВВР, 2001. - С. 19.
3 Федоров А.В., Челышева И.В. Сравнительный анализ медиаобразовательных моделей // Медиаобразование. 2007. №2. - С. 64. URL: https://cyberleninka.m/artide/n/sravnitelnyy-analiz-mediaobrazovatelnyh-modeley
4Шариков А.В. Экспериментальные программы медиаобразования для старших классов школ
гуманитарной ориентации [Текст] / А. В. Шариков, Е. А. Черкашин. - М.: Академия педагогических наук, НИИ средств обучения, 1991.- 43 с.
5Усов Ю.Н. Экранные искусства — новый вид мышления//Искусство и образования. 48-69.
6Челышева И.В. Теория, методика и практика развития медиакомпетентности современного монография / И. В. Челышева. —Москва ; Берлин : ДиректМедиа, 2019. - 149 с.
November, 2024 Multidisciplinary Scientific Journal
152
boshqalarni o'rganishda mediata'limni integratsiyalash, mediata'lim
komponentlarini integratsiyasi mediata'limning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biri sifatida, dars jarayoni yoki ma'ruzalarga mediamadaniyat ishlanmalari parchalaridan foydalangan holda interfaol elementlarni kiritish imkonini beradi.
AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Media savodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas'uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo'lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko'ra esa, media savodxonlik harakat bo'lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat.
Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa media savodxonlikni turli xil shakllarda ma'lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz esa multimedia savodxonligi o'z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi.
Fikrimizcha, media savodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda yondashish hamdir. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish bo'lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste'mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir.
Taniqli hind fotojurnalisti Pabak Sarkarning fikriga ko'ra, mediasavodxonlik sari tashlangan ilk qadam, bu to'g'ri savol bera olishdir. Bugungi kunda Internet orqali amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar dunyodagi har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavfsizlik nomini oldi. Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo'shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto'g'ri tushunilishi, turli xil salbiy kuchlar va oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko'ringan, ammo mohiyatan inson ongiga salbiy ta'sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko'payib borayotganligi hech kimga sir emas. Aynan jamiyat hayotiga ta'sir etuvchi mazkur
November, 2024
salbiy jihatlarning oldini olishda aholini mediasavodli qilish zarur, degan fikrlar ko'paymoqda.
Media savodxonlik (media literacy) mediani o'rganish bo'lib, media ta'limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o'z oldiga:
- medianing shaxs va jamiyatga ta'sirini tushunish;
- ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash;
- mediamatnlarni tushunish va tahlil eta olish;
- media kontekstini tushunish;
- mediamatnlarni yaratish va ularni tahlil etish;
- mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo'yadi.
Bugungi kunda media, ya'ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san'atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma'lumot inson ongiga o'zining ma'lum bir ta'sirini o'tkazib, uning dunyoqarashini o'zgartirishga sabab bo'lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo'llanilishi va bugungi kunda mediata'lim, mediasavodxonlik, mediatanqid va mediani o'rganishga bo'lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
Xorijiy amaliyot tajribasi shundan dalolat beradiki, universitetlarda media ta'limni tashkil etishda loyihaviy faoliyatdan tobora ko'proq foydalanilmoqda.
So'nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma'lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko'payishi media savodxonlikka ega bo'lish zaruratini yanada oshirdi. An'anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo'lgan. Bugun media savodxonlik - axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Media savodxon inson o'ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni bera olishi va to'g'ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim.
Shunday qilib, mediata'limning asosiy uslubiy prinsiplari va metodlari talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatni rivojlantirishga, dunyoqarashini kengaytirishga, bilim jarayonlarini va o'z-o'zini anglashga qaratilgan. Shuningdek, mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta'limini tashkil etilishi zamonaviy axborot va
XULOSA
kommunikatsiya texnologiyalari,
xususan
November, 2024
raqamli
texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Bu esa o'z navbatida talabalarning axborot - media va raqamli kompetensiyalarini shakllantirish, hamda fanga doir mustaqil ta'lim olishga bo'lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
1. Educating for the Media and the Digital Age//International Conference. -Vienna: UNESCO, 1999, p.273- 274
2. Cynthia Vinney. „Very well mind". What Is Media Literacy? 2022
3. Kastels M. Informatsionnaya epoxa: ekonomika, obshestvo i kultura. M.: GU VSHE,
4. Kirillova N. Mediakultura: ot moderna k postmodernu. M., 2005.
5. Ponimaniye media. M.; Jukovskiy, 2003.
6. Sadikovich, H. M. THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE MILITARY SPECIALISTS IN THE UNIVERSITY.
7. Umarova Z.A. Raqamli mediata'lim muhiti: mediaresurslar va ularning roli /
8. Markaziy osiyo ijtimoiy tadqiqotlar jurnali, №1, 2020. - 65-72 b.
9. Usov Y.N. Ekranniye iskusstva — noviy vid mishleniya // Iskusstvo i obrazovaniye. 2000. - №3. - S. 48-69.
10. Abduraxmonova N. Z. Q., Urazaliyeva M. Y. O 'zbek tili elektron korpusida (http://uzbekcorpus. uz/) og'zaki matnlar korpusini yaratishning nazariy va amaliy masalalari //Academic research in educational sciences. - 2022. - T. 3. - №. 3. - C. 644-650.
11. Sunnatov, T., R., (2024) Estetika va metaetikaning badiiy uslublar rivojlanish dinamikasi //Mug'allim. - 2026. - T. 3. - №. 3. - C. 99-104
12. Sunnatov, T., R., (2024). AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY QARAMA-QARSHILIKDA BADIIY USLUBNING NAMOYON BO'LISHI // Academic Journal of Educational Research (AJER) International scientific journal. - 2024. - T. 3. - №. 12. - C. 12-16.
13. Jurayev, H. P., (2024). MEDIA TA'LIMNI O'RGANISHNING XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI // Academic research in educational sciences. - 2024. -5(11), 149-155.
REFERENCES
2000.
November, 2024