Научная статья на тему 'MAVZU: SIRDARYO VILOYATIDA XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARINI TASHKIL ETISHDA IQLIM HAMDA TABIIY LANDSHAFTLARNING AHAMIYATI'

MAVZU: SIRDARYO VILOYATIDA XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARINI TASHKIL ETISHDA IQLIM HAMDA TABIIY LANDSHAFTLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
25
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqlim / iqlim resurslari / suv resurslari / ekologik xavf / oqilona foydalanish / muhofaza qilish / postindustrial / to’qay landshafti / Climate / Climate Resources / Water Resources / Environmental Risk / rational use / conservation / postindustrial / orange landscape

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Altibayeva M.B, Jurayev X.N, Xalilova F., Tojiboyev A.

Ushbu maqola tabiiy sharoitning xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga ta’siri baholangan bo‘lib, bugungi kunda xo‘jalikning uchinchi yirik tarmog‘i xisoblangan xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va uning hududiy xususiyatlari ilmiy-amaliy yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, daryo bo‘yi landshaftlari va iqlim omilining ushbu sohani tashkil etishdagi xususiyatlari o‘rganilgan. Mazkur holat O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy geografik o’rni qulay mintaqasida joylashgan, o‘ziga xos geografik o‘ringa ega bo‘lgan Sirdaryo viloyati misolida ilmiy-amaliy asosda ko‘rilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF CLIMATE AND NATURAL LANDSCAPES IN THE ORGANIZATION OF SERVICE NETWORKS IN THE SYRDARYA REGION

This article evaluated the impact of natural conditions on service networks, and today the third largest branch of the farm covers the scientific and practical areas of service networks and its territorial features. Also studied are riverine landscapes and the characteristics of the climate factor in the organization of this area. This situation was seen on a scientific and practical basis on the example of the Syrdarya region, which is located in the favorable region of the economic geographical position of the Republic of Uzbekistan, has a specific geographical position.

Текст научной работы на тему «MAVZU: SIRDARYO VILOYATIDA XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARINI TASHKIL ETISHDA IQLIM HAMDA TABIIY LANDSHAFTLARNING AHAMIYATI»

ДОИ

Altibayeva M.B Jurayev X.N Guliston davlat universiteti "Ekologiya vageografiya" kafedrasi o'qituvchilari

Xalilova F. Tojiboyev A.

Geografiya yo'nalishi talabalari

MAVZU: SIRDARYO VILOYATIDA XIZMAT KO'RSATISH TARMOQLARINI TASHKIL ETISHDA IQLIM HAMDA TABIIY LANDSHAFTLARNING AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqola tabiiy sharoitning xizmat ko 'rsatish tarmoqlariga ta 'siri baholangan bo 'lib, bugungi kunda xo 'jalikning uchinchi yirik tarmog 'i xisoblangan xizmat ko'rsatish tarmoqlari va uning hududiy xususiyatlari ilmiy-amaliy yo 'nalishlari yoritilgan. Shuningdek, daryo bo 'yi landshaftlari va iqlim omilining ushbu sohani tashkil etishdagi xususiyatlari o 'rganilgan. Mazkur holat O'zbekiston respublikasining iqtisodiy geografik o'rni qulay mintaqasida joylashgan, o 'ziga xos geografik o 'ringa ega bo 'lgan Sirdaryo viloyati misolida ilmiy-amaliy asosda ko 'rilgan.

Kalit so 'zlar. Iqlim, iqlim resurslari, suv resurslari, ekologik xavf, oqilona foydalanish, muhofaza qilish, postindustrial, to 'qay landshafti

Altibayeva M.B Zhurayev X.N Teachers of the Department "ecology and geography " Gulistan State University Khalilova F. Tojiboyev A. Geography course students

THE IMPORTANCE OF CLIMATE AND NATURAL LANDSCAPES

IN THE ORGANIZATION OF SERVICE NETWORKS IN THE

SYRDARYA REGION

Annotation. This article evaluated the impact of natural conditions on service networks, and today the third largest branch of the farm covers the scientific and practical areas of service networks and its territorial features. Also studied are riverine landscapes and the characteristics of the climate factor in the organization of this area. This situation was seen on a scientific and practical basis on the example of the Syrdarya region, which is located in the favorable region of the

economic geographical position of the Republic of Uzbekistan, has a specific geographical position.

Keywords. Climate, Climate Resources, Water Resources, Environmental Risk, rational use, conservation, postindustrial, orange landscape

Kirish: O'zbekiston Respublikasining har bir mintaqasi bir biridan o'ziga xos tabiiy sharoiti va tabiiy resurs xususiyatlariga ko'ra farq qilishi barchamizga ma'lum. Ular ko'plab xizmat ko'rsatish tarmoqlarining hududiy joylashuvida katta ahamiyatga ega [4]. Sirdaryo viloyati Mirzacho'l iqtisodiy rayonining shimoliy-sharqiy hududlarini egallagan holda o'ziga xos mavqega ega. Bu holat rivojlangan Toshkent viloyati hamda Zarafshon rayonlari o'rtasida joylashgan va Farg'ona vodiysi qo'shniligi, xalqaro va resbpublika ahamiyatiga ega bo'lgan magistral transport yo'llarining o'tganligi bilan baholanadi. Shuningdek, uning shimoldan Qozog'iston, janub tamondan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradoshligi geosiyosiy joylashuv jihatdan qulayliklarni yuzaga keltiradi.

Asosiy qism: Viloyat tabiiy jihatdan Sirdaryo daryosining o'rta qismidagi qayirlarni o'z ichiga olib, tektonik jihatdan Turkiston va G'arbiy Tyanshan megoantiklinali o'rtasidagi sinklizada joylashib, so'ng Sirdaryoning doimiy va vaqtli irmoqlari keltirgan yotqiziqlar to'ldirilgan [4]. Viloyat hududi alp burmalanishi natijasida G'arbiy Tyanshan tog' tizmasining qayta ko'tarilish tufayli neogenning yuqori (Pliotsenda) davrida quruqlikka aylangan bo'lib, asosan daryoning geologik ishi natijasida shakillangan allyuvial jinslardan tarkib topgan, chunki daryo Farg'ona vodiysidan chiqgach bir necha tarmoqqa bo'linib, Mirzacho'lda hududida oqqan. Shuning uchun ham mazkur viloyatni Sirdaryoning ko'hna qayirlarida joylashgan, desa ham bo'ladi. Bu yerdagi Sho'razak, Sardoba, Qorauy, Yog'ochota va boshqa botiqlar Sirdaryoning qadimiy o'zanlaridir.

Tabiiy sharoit omil sifatida xizmatlar sohasining ayrim tarmoqlarga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Uy joy qurishda foydalaniladigan materiallar sovuq va issiqdan saqlanish imkoniyatlari ham hisobga olinadi. O'zbekiston sharoitida uylarni isitish tizimida iqlim omili muhim ahamiyat kasb etdi[6].

Iqlimi quruq, qishi sovuq, yozi quruq va issiq bo'ladi.Viloyatning shimoliy-g'arbiy tomoni ochiq bo'lgani uchun Arktika havo massaslari bemalol kirib kelishi oqibatida qish oylari harorat pasayib, yanvar oyining o'rtacha harorati -1-3 o C. Vegetatsiya davrida haroratning yig'indisi 4300-5000 gradusga yetib, paxta singari issiqni sevuvchi o'simliklarni yetishtirish uchun imkon beradi. Iyul oyida o'rtacha 27o C- 29o C haroratlarning yillik o'rtach amplitudasi 30o C ga yetadi. Viloyatda ba'zi yillar qish faslida harorattushib ketib, eng past darajada -28o - 35o C ga tushadi, yozda esa eng yuqori darajada 41o-47o C ga yetadi. Viloyatda 38-55 kun davomida 0o dan kam bo'ladi. 261-272 kun davomida harorat 5odan yuqori bo'ladi. Mintaqaning yog'in miqdori 250-300 mm yiliga tushadi. Hududning yillik yog'in 100% deb olsak, 40-42% bahor fasliga, 22-35% qishga, 17-28% kuz fasliga, 6-12% yoz faslida yog'adi. Fasllar ichida eng ko'p yog'i bahorga mart-aprel oylariga to'g'ri kelib, 80-130mm ni tashkil qiladi. Yog'inlarning bir qismi qor shaklida ham tushadi.

Viloyatda yil davomida ko'proq shimoliy-sharqiy va shimoliy-g'arbiy hududlardan shamol esib turadi. Shamolning o'rtacha tezlik ko'rsatgichi sekundiga 1,5-4,2 m bo'lib, janubiy sharqida (Xovos tumaniga yaqin hududlarda) bahor hamda qish fasllarida Farg'ona vodiysi tomonidan ancha kuchli shamol esadi. Ushbu shamolning tezligi ba'zan sekundiga 40 m ga yetadi. Shamol tezligi va yo'nalishini hisobga olib, mintaqa Yangiyer shahri hamda Xovos tumanlarida tibbiy xizmat birmuncha cheklanadi, mazkur hududda yuqumli kasalliklar dispanserlari va sihatgohlar qurilishi salbiy natija berib, kasalliklar tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin.

O'zbekiston sharoitida keng tarqalgan xizmat turlaridan biri bu umumiy ovqatlanish muassasalarining mahalliy ko'rinishlaridan biri bo'lgan choyxonalar, xalqning milliy urf-odatlari yuzasidan vujudga kelgan bo'lib, issiq kunlarning ko'p bo'lishi bilan bevosita bog'liqdir.

Tadqiq etilayotgan viloyat hududi qishloq xo'jigini rivojlantirish maqsadida o'zlashtrilgan bo'lib, deyarli bir asrdan buyon sug'orma dehqonchilik bilan shug'ullanib kelinadi. Shu maqsadda Sirdaryo daryosidan ikkita yirik kanal tashkil etilgan. Viloyatda grunt suvlarga juda boy. Ammo ular hamma yerda har xil chuqurlikda joylashgan. Mirzacho'lda grunt suvilari yer betiga yaqin bo'lib, 2-10 chuqurlikda yotadi. Bu grunt suvlar sho'r bo'lib, ichishga yaroqsiz. Mutaxasislar fikriga ko'ra, Mirzacho'lda 200-300 m chuqurlikda chuchuk suvli qatlamlar mavjud bo'lib, Tyanshanning g'arbiy etaklaridagi allyuvial va shag'al jinslari orasida uchravchi grunt suvlari davomi xisoblanadi.

Relyefi past, grunt suvi keng tarqalgan yerlarda Sirdaryo daryosi qayirlarida hamda qadimgi qayirlarda to'qaylar ham ko'plab mavjud. Bu yerlarda terak, turang'il, tol, jiyda, yulg'un, yontoq qamish va boshqa to'qay o'simliklar uchraydi. Sug'orma dehqonchilik bilan band vohalardagi tabiiy o'simlik turlari aholi xo'jalik faoliyati oqibatida ancha kamayib ketgan. Ba'zi haydalmay qolgan yerlarda tabiiy o'simliklarni uchratish mumkin. Ularning ko'pchiligi dorivorlik xususiyatiga ega bo'lib, tabobatda keng qo'llanilmoqda. Undan tashqari sho'rxok yerlarda o'simliklardan keyrovuk, tereskan, tatir, tereskan, tol, tereskan, burgan, yulg'un, sarisazon, shoxilak kabi o'simliklar o'sadi. Tabiiy sharoitdagi o'zgarishlarga turli landshaftlaarda turli hayvon turlari yashaydi: to'qay landshaftida yovvoyi cho'chqa, (Sirdaryo) to'qay mushugi, chiyabo'ri, quyon, g'oz, o'rdak, qirg'ovul, suv kalamushi sichqon, baqa, loyxo'rak, suvilonlar yashasa, qolgan yerlarida esa bo'ri, tulki, bo'rsiq, ko'rsichqon, ilon, kaltakesak, ilon, tuvaloq, so'fito'rg'ay, qo'shoyoq, chumchuq, qumsichqon, yumronqoziq, jayron, chayon, toshbaqa, falanga va boshqa hayvonlar bor.

Viloyatda vegetatsiya davri ham uzoq bo'lib, u 210-228 kungacha yetadi. Harorat yuqoriligi, vegetatsiyaning uzoqligi issiqsevar ekishda qulay imkoniyatdir. Asosan suv boyliklariga Sirdaryo kirib, dehqonchilikda ahamiyati yuqori.

Hozirgi kunda hududlarning imkoniyatlaridan samarali va to'laqonli foydalanish bilan birgalikda iqtisodiy holatni yaxshilash eng dolzarb muammodir. Bu muammoni hal etish uchun so'nggi yillarda eng samarali yechim bo'lib turizm sohasi asosiy ro'l o'ynamoqda [39,28-b]. Mamlakatimiz go'zal va betakror tabiati,

qo'riqxonalarva milliy bog'lar, tog'li landshaftlarda turizm sohasini keng yo'lga qo'yish uchun katta sharoitlar bor. Ayniqsa, ekoturizm, ziyorat turizmi, tibbiyot turizmini rivojlantirish nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ijtimoiy turmush tarzi rivojigaham katta xissa qo'shadi.

O'rganilayotgan hudud relyefi toliqligicha tekislikdan iborat bo'lsa-da, daryo bo'ylari o'ziga xos landshaftga ega. Dam oluvchilarni o'ziga jalb qiladigan mikroiqlim xususiyatlari, baliq ovlash, cho'milish joylari kishilarning maroqli dam olishishini ta'minlab beradi. Aytish joizki, hudud aholisi kunlar isishi bilan qo'shni viloyatlarga dam olish maskanlariga sayohatga chiqishadi. Bundan ko'rinib turibdiki, aholining uzoq yo'l va xarajat talab qilmaydigan rekratsion obyektlarga talabi katta. Vaholanki, aholining qisqa vaqt davomida maroqli dam olishlarini tashkil qilish uchun mintaqada yetarli tabiiy sharoit mavjud. Masalan, Guliston shahriga yaqin bo'lgan Guliston va Boyovut tumanlari hududidan oquvchi Sirdaryo daryosining o'rni beqiyosdir. Ushbu daryo bo'ylari va qayirlarida bir qancha kichik ko'llar mavjud bo'lib, mazkur ko'llar va daryo bo'ylarida xushmanzara tabiiy landshaftlarda baliq tutish, dam olish va ekoturizm uchun qulay sharoitlar talaygina. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda turistik xizmatni yo'lga qoyish ham samara beradi.

Guliston hamda Yangiyer shaharlarini markaziy qismidan kanallar kesib o'tgan bo'lib, kanallarda sayoz qismlarida suniy suv havzalarini tashkil qilib sog'lomlashtrish markazlari yaratish imkoniyati mavjud, undan tashqari suv sport turlaridan (eshkak eshish) kabi, qayiqda sayr qilish baliq tutish kabi dam olish va ovqatlanish markazlarini rivojlantirish uchun ham qulay sharoitlar borligini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa: Turizm yaxshi rivojlangan g'arb mamlakatlarida mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun turistik firmalar tomonidan turli xil yo'nalishlar asosida ekskursiyalar ko'proq daryo va ko'llarga uyushtiriladi. Bunda daryo va ko'llarning tabiiy muvozanatini saqlab qolishga ham katta e'tibor qaratiladi. Respublikamizda bir qancha daryo, ko'l va suv omborlari mavjud bo'lib, ularning turistik salohiyati hozirda unchalik rivojlanmagan. Shu bilan birga Sirdaryo viloyatida ham, chunki hudud ekoturistik salohiyati gidrologik obyektlar bilan bog'liq. Bunday gidrologik obyektlardan samarali foydalanish uchun geografik, kartografik, demografik tadqiqotlar olib borish, sayyohlik bilan shug'ullanadigan firmalar va kompaniyalarni qiziqishini oshirish lozim. Aytib o'tish joizki, viloyatda mazkur soha respublikamiz boshqa mintaqalaridga nisbatan ancha sust rivojlangan, avvalambor xizmat ko'rsatish infratuzilmasini rivojlantirishni taqozo etadi.

Mazkur viloyatda 1995-yili bitta muhofazaga olingan hudud tashkil etilgan. Bu ixtisoslashtirilgan "Sayxun" xo'jaligi bo'lib, Sirdaryo bo'yida to'qayzorlarda yashovchi noyob turdagi yovvoyi qushlarni ko'paytirishga mo'ljallangan. Ushbu xo'jalikda g'ozlarni hamda yovvoyi o'rdaklarni boshqa 382 gektar maydonda ega to'qayzorlarni asl holatida saqlab qolishga yo'naltirilgandir. Bu yerda Respublikamiz "Qizil kitobi"ga 30 xildan ziyod bo'lgan daraxt, buta va o'simliklar kiritilgan, hayvonlardan to'ng'iz, dasht qora iloni, sirdaryo qirg'ovuli, shoqol, umuman 20 xildan ortiq yavvoyi turdagi parrandalar kiritilgan

Ushbu Sirdaryo to'qaylari o'ziga xos bo'lgan xushmanzara tabiiy landshaft hosil qilgan. To'qay atrofida kishilarning hordiq chiqarib dam olishlari va qonuniy ravishda to'qay atrofida ov qilish uchun sharoitlar yaratilgan, bu omil ham o'ziga xos turistik imkoniyatdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Altibayeva M B, Safarova N. I, Zikirov I. Ya The Impact of Secio-Economic Development of Syrdarya Region on the development of Services. Nature and Science http://www.sciencepub.net/nature/nsj200522/

2. Altibayeva M.B., Madrahimova Z.N., Umrzaqov O.A. "Iqtisodiy geografiyada tarmoq va hududiy yondoshuvga oid tadqiqotlar" Monografiya GulDU Ilmiy kengash 10-sonli 29.05.2023.

3. Altibayeva M.M., Madrahimova Z.N., Karshibayeva L.K. "Impact of surface water on the development of service networks of Syrdarya region" "Actual problems of modern science, education and training" (58-62 bet) http.//khorezmsscience.uz

4. Baratov P. O'zbekiston tabiiy geografiyasi, Darslik; Toshkent, o'qituvchi; 1996

5. Nigmatov A. N., Tobirov O.Q. Geografik turizm va uni baholashda gografik axborot tizim texnologiyalari (Farg'ona viloyati misolida), Monografiya: T;-Metodist nashryoti-2023

6. Nigmatov N., Yuldashov A., Qarshiboyeva L., Tobirov O., Turizm va uni Sirdaryo viloyatida rivojlantirishning geografik jihatlari, Monografiya.- Guliston: Navzro'z, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.