Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MATEMATIK BOSHQOTIRMALAR - BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QUVCHILAR O'QUV FAOLIYATINI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA
Xudoynazarov Egambergan Madraximovich
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi katta
o'qituvchisi Xasanova Dilnoza Shonazar qizi Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi 3-bosqich
talabasi
Rimboyev Nilufar Maxmud qizi
Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi 3-bosqich
talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv faoliyati samaradorligini oshirish uchun matematik mazmundagi boshqotirmalardan foydalanish metodikasi ko 'zda tutilganligi qisqacha izohlangan.
Kalit so'zlar: matematika, matematika boshqotirma, matematik amal, matematik o'yin.
МАТЕМАТИЧЕСКИЕ ЗАДАЧИ - КАК СРЕДСТВО ПОВЫШЕНИЯ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Худойназаров Эгамберган Мадрахимович
старший преподаватель кафедры начального образования педагогического факультета Ургенчского государственного университета Хасанова Дилноза Шоназар кизи студентка 3 курса педагогического факультета кафедры начального образования и спортивного воспитания Римбоев Нилуфар Махмуд кизи студентка 3 курса педагогического факультета кафедры начального образования и спортивного воспитания АННОТАЦИЯ
В данной статье кратко объясняется, как с помощью математических головоломок повысить эффективность учебной деятельности учащихся начальной школы.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ключевые слова: математика, математическая головоломка, математическая практика, математическая игра.
MATHEMATICAL CHALLENGES - AS A TOOL TO INCREASE STUDENT
ACTIVITY IN PRIMARY EDUCATION
Khudoynazarov Egambergan Madraximovich
Senior Lecturer, Department of Primary Education, Faculty of Pedagogy, Urgench
State University Лрasanova Dilnoza Shonazar qizi 3rd year student of the Faculty of Pedagogy, Department of Primary Education and
Sports Education Rimboyev Nilufar Mahmud qizi 3rd year student of the Faculty of Pedagogy, Department of Primary Education and
Sports Education
This article briefly explains how to use math puzzles to increase the effectiveness of elementary school students' learning activities. Keywords: math, math puzzle, math practice, math game.
Boshlang'ich ta'lim jarayoni bolaning mantiqiy fikrlash salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog'lom bo'lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o'ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o'rgatadi[1].
Eng avvalo, matematik bilimlarni bolalar aniq tushunish uchun moslashtirilgan narsalarni o'zaro bog'liqlikda, biridan ikkinchisini hosil qilish tartibida keltirib chiqaradilar[2].
Narsalar va atrofdagi haqiqatning mavjudligini bilib borish bilan biz narsalarni qismlarga ajratish va bir qancha elementlardan bir butun narsalarni tuzushni tushuntira boramiz. Butun bir narsalarni qismlarga ajratib fikrlashni tahlil deb ataymiz. Predmet va hodisalarni o'zaro bog'lab o'rganishni esa sintez deb ataymiz. Bu ikki fikrlash operatsiyasi o'zaro bir-biri bilan bog'liqdir.
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Boshlang'ich matematik tushunchalar va topshiriqlar maktab o'quvchilarining xotirasiga boshlang'ich sinflarda qo'yiladi va osonroq materialni o'tkazib yuborgan holda, murakkab vazifalarni hal qilish imkonsiz bo'ladi. Uzoq va jiddiy matematika darslari bolalarni ayniqsa bezovta qiladi, ya'ni siz ma'lumotni o'ynoqi tarzda topshirishingiz kerak, masalan, boshqotirmalar yordamida. Bunday vazifalarni majburan hal qilishga e'tibor qaratishning hojati yo'q, bolalarning o'zlari ularni ixtiyoriy ravishda hal qilishadi.
Matematik boshqotirmalar - bu chizmalar va grafiklardan foydalanadigan bir xil topishmoqlar va jumboqlar. Ular o'quvchilarning yoshiga qarab qiyinchilik darajasida farqlanadi.
Matematik boshqotirmalarni rebus, matematik masalalar, mantiqiy masalalar va mantiqiy savollar orqali ko'rishimiz mumkin.
O'quvchilarning 6—10 yosh davri fikrlash tuzilmalarining shakllanishida mas'uliyatli palla ekanligini psixologlar isbotlashgan. Mana shu paytda shakllantirilmagan qobiliyatini keyinchalik tiklash juda qiyin. Shu sababli boshlang'ich ta'lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining asosiy vazifalaridan biri — o'qitishning samaradorligini oshirishni ta'minlashda materiallar(ma'lumotlar) o'quvchilar aqliy rivojlanishlariga ta'sirini jadallashtirishdan iborat.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Maktabgacha yoshdagi o'quvchilar uchun o'yinlar muhim ahamiyatga ega va tarbiya shaklidir. Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti bu xususiyatlarni hisobga olmaydi. O'yindan o'qitish vositasi sifatida mutlaqo foydalanilmaydi. Mavjud didaktik o'yinlar, mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan yetarli emasliligi sababli ulardan kam foydalaniladi, shu bilan birga boshqa yo'l bilan o'rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida qo'llaniladi.
O'quvchilarni 6—7 yoshdan o'qitishda o'ziga xos muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o'rganish, qo'shish va ko'paytirishni birinchi bosqichda o'rgatish (yigirma ichida), boshlang'ich ta'limning asosiy vazifasi bo'lib kelgan. Biroq bu vazifa yagona bo'lmasdan, balki o'quvchilarni matematikani o'rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo'ladi. Ushbu ikki asosiy yo'l bilan belgilanadi: pedagogik yo'l, ya'ni o'quvchilar fikrlashini qo'llaniladigan matemati k mulohazalarga tayyorlash va matematika yo'li, ya'ni o'quvchilarni eng muhim matematik tushunchalarni, eng avvalo, natural son va geometrik shakl tusunchalarini o'rganishga tayyorlash.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'quvchilarni matematikani o'rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechim topishni taqozo etadi. Matematikani "jiddiy" o'rganish uchun o'quvchilarni partaga o'tqazishdan oldin, balki ular bilan "matematik o'yin" o'tkazish lozimdir. Maktab tayyorgarligida didaktik o'yinlardan foydalaniladi, biroq bu o'yinlar, birinchidan mantiqiy va matematik mazmun bilan boyitilgan bo'lmog'i, ikkinchidan ular mashg'ulotning o'zida emas, balki undan oldin yoki keyin o'tkaziladi.
Quyidagi boshqotirmaga nazar solsak: bu boshqotirmani 1-sinf o'quvchilarga bemalol bersak bo'ladi. Bu boshqotirma rasmlar bilan ya'ni bolalar tushunishi oson bo'lgan tilda. Birinchi choraklaridagi "8" sonini o'rgatishda foydalansak ham o'rinli. Bu boshqotirmada o'quvchilar 2, 3, 4, 5, 6, 7 sonlarini hosil qilishib, takrorlab o'tishadi va 8 soni bilan tanishishadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish jarayonida o'quvchilarni boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarning matematik amallar bajarishni o'rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o'rganish va ularga individual yondashish darajasi bo'yicha bilish topshiriqlarini ularni xal etish jarayonida cheklash shart-sharoitlarini belgilashdan iborat bo'ladi. Psixologik-pedagogik nuqtayi nazardan o'quvchilar boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarining matematik amallar bajarishni o'rganishini tashkil etish, o'quv jarayonining didaktik ta'minoti, didaktik ishlanmalar mohiyati va yo'nalishi ko'rib chiqilgan, bu barcha materiallarning o'quvchilar boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarining matematik, vaqt, hajm va h.k amallar bajarishni o'rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish maqsad va masalalariga
muvofiqligining ilmiy asoslangan tahlili berilgan. Boshlang'ich ta'lim amaliyotida
179
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
qo'llanuvchi masalalar o'quvchilar boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarining matematik amallar bajarishni o'rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirishga turli darajada qulaylik yaratadi. Bu holat ularni shakllantirish ta'siri darajasi bo'yicha guruhlarga masalalarni cheklash zaruriyatini qo'yadi.
Ishlab chiqilgan didaktik materiallar o'quv vaqti noishlab chiqarish sarfiyotini kamaytirishga yordam beradi, o'quvchilar Boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarining matematik amallar bajarishni o'rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini jadallashtirishga imkon yaratadi, o'quvchilar makoniy va mantiqiy fikrlashi, o'quv ishiga ijodiy yondoshuvi va o'qishga qiziqishini oshirishga imkon beradi.
Boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarining matematik amallar bajarishni o'rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o'rganish va ularga individual yondashish bilim olish faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bola birinchi marta jamoat tomonidan baholanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat barcha o'quvchilar uchun majburiy bo'lgan qoidalardan iborat bo'lib, uning muvaffaqiyati birgina o'quvchiga emas butun jamoaning faol harakatini talab etadi. Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo'yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni ta'minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati to'planadi.
Boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarining matematik amallar bajarishni o'rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o'rganish va ularga individual yondashishni tashkil etishda o'qituvchi yetakchi rol o'ynaydi. Uni shaxsi, bilimi va o'quvchilarga bo'lgan munosabati, metodik mahorati - bular bari ko'rib chiqilayotgan masalani muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Ayni paytda o'quvchilarning rivojlanish darajasi, bilim doirasi kabi omillar ham ta'sir etadi. Barcha omillar birgalikda ta'sir ko'rsatadi. Aynan o'qituvchi o'quv materialini tizimlashtirib, ta'lim va uslub shaklini har bir o'quvchining qobiliyati va imkoniyatini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi.
Olib borilgan izlanishimiz boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish jarayonida o'quvchilarni matematika darslarida o'quvchilarining matematik amallar bajarishni o'rganishini tashkil etish, boshlang'ich ta'limda o'quvchilar o'quv faoliyatini oshirish, didaktik prinsiplarini o'rganish va ularga individual yondashish usullarini ishlab chiqish imkonini berdi.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Jumayev M. E. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi Toshkent/ 2005.
2. Jumayev M. E. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan laboratoriya mashg'ulotlari Toshkent. 2006 y. "Yangi asr avlodi" nashriyoti.
3. Xudoynazarov E. M. Matematika o'qitish metodikasi (o'quv qo'llanma) Toshkent/ 2020 "Nodirabegim" nashriyoti.