MASOFADAN TURIB ISHLOVCHI XODIMLARNING MEHNATINI
HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Tolliboyev Samad Tolliboy o'g'li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktaranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Masofadan ishlash bugungi kunda juda omalashib borayotgan ish funksiyasidan iborat bo'lib, bu ish shakli ishlovchi xodimlar va ish beruvchilar o'rtasidagi mehnat munosabatlariga yangidan-yangi yondashuvlarni talab qilib kelmoqda. Maqolada mehnat shartnomasi, mehnatni muhofaza qilish, turli xil ma'lumotlarni himoya qilish, ish va dam olish vaqtini bevosita boshqarish, xarajatlarni ainqlik daraj asida qoplash va masofadan ishlashga oid huquqiy normalar kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: masofadan ishlash, mehnat huquqi, mehnat shartnomasi, mehnatni muhofaza qilish, ma'lumotlarni himoya qilish, huquqiy tartibga solish, xodim huquqlari, ish vaqti, dam olish vaqti, texnikta'minot.
ОСОБЕННОСТИ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ТРУДА УДАЛЕННЫХ СОТРУДНИКОВ
Толлибоев Самад Толлибой угли
Докторант Самаркандского государственного университета имени Шарафа
Рашидова
Аннотация: В этой статье подробно анализируются вопросы правового регулирования труда работников, работающих дистанционно. Дистанционная работа - это функция работы, которая сегодня становится все более популярной, и эта форма работы требует новых подходов к трудовым отношениям между работающими работниками и работодателями. В статье рассматриваются такие правовые нормы, как трудовой договор, охрана труда, защита различных сведений, непосредственное управление рабочим и досуговым временем, точное покрытие расходов и дистанционная работа.
Ключевые слова: дистанционная работа, трудовое право, трудовой договор, охрана труда, защита данных, правовое регулирование, права работника, рабочее время, время отдыха, техническое обеспечение.
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF LEGAL REGULATION OF WORK OF
REMOTE EMPLOYEES
Tolliboyev Samad Tolliboy ugli
Doctoral student at Sharaf Rashidov Samarkand State University
Abstract: This article analyzes in detail the issues of legal regulation of the labor of employees working remotely. Remote work is a function of work that is becoming increasingly popular today, and this form of work requires new approaches to labor relations between employees and employers. The article examines such legal norms as an employment contract, labor protection, protection of various information, direct management of working and leisure time, accurate coverage of expenses, and remote work.
Key words: remote work, labor law, employment contract, labor protection, data protection, legal regulation, employee rights, working hours, rest time, technical support.
KIRISH
Masofadan turib ishlash (remote work) zamonaviy mehnat bozorining ajralmas qismi bo'lib COVID-19 pandemiyasi va texnologik taraqqiyot bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtirdi. Masofadan ishlashning afzalliklari bilan bir qatorda, uning huquqiy jihatlari ham o'ziga xosdir. Ushbu ilmiy maqolada masofadan ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo'llari tahlil qilinadi. Masofadan ishlash dunyo miqyosida keng tarqalgan va yirik kompaniyalar ham, kichik korxonalar ham ushbu ish shaklini joriy qilmoqda. Bunday ish shaklini samarali tartibga solish uchun yangi huquqiy normalarni joriy etish zarurati paydo bo'ldi. Masofadan ishlovchi xodimlar va ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari va ularning xususiyatlarini tahlil qilish ushbu maqolaning maqsadi hisoblanadi. Masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Masofadan ishlash shakli xodimlar va ish beruvchilar o'rtasida munosabatlarni boshqarishda o'ziga xos xususiyatlarga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Masofadan ishlash va uning huquqiy tartibga solinishi bo'yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar mavjud. Ushbu mavzu bo'yicha ayrim olimlarning ilmiy asarlari qisqacha tahlil qilinadi:
Iqtisodchi olim R.G.Kline1 "Remote Work and the Law: Challenges and Opportunities" nomli asarida masofadan ishlashning huquqiy jihatlarini tahlil qiladi va ishlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Kline masofadan ishlashda yuzaga keladigan asosiy muammolarni, xususan, ish vaqtini nazorat qilish, ish joyidagi xavfsizlik va ma'lumotlar maxfiyligini muhokama qiladi. R.G.Klinening tadqiqoti masofadan ishlashning huquqiy tartibga solinishi bo'yicha keng qamrovli yondashuvni taqdim etadi va huquqiy doiradagi bo'shliqlarni aniqlaydi. Muallif, shuningdek, huquqiy normativlar va qonunlarning yangilanishi zarurligini ta'kidlaydi.
Yana bir iqtisodchi olim L.M.Harris2 "The Future of Work: Remote Work and Employment Law" nomli tadqiqot ishida masofadan ishlashning kelajagi va unga doir mehnat qonunchiligidagi o'zgarishlarni o'rganadi. Asar masofadan ishlashning yangi normativ talablari va qonuniy rasmiylashtirish usullarini tahlil qiladi. Harris, kelajakda masofadan ishlashning huquqiy tartibga solinishini yangi qonunlar va normativlar asosida rejalashtiradi. Muallif, shuningdek, innovatsion yondashuvlarni qo'llash va xalqaro tajribalarni hisobga olishni tavsiya qiladi.
J.A.Wilson3 o'zining "Legal Issues in Remote Working: A Comparative Analysis" nomli tadqiqot ishida masofadan ishlashning huquqiy muammolarini turli mamlakatlar misolida solishtiradi. U turli davlatlardagi qonunchilikni tahlil qilib, masofadan ishlashning umumiy va maxsus jihatlarini ko'rib chiqadi. Bunda global miqyosda masofadan ishlashning huquqiy yondashuvlarini solishtirishga qaratilgan bo'lib, turli mamlakatlarning qonunchilik tajribalarini o'rganib, qaysi usullar eng samarali ekanini aniqlaydi va ularni kengaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi.
E.T.Lewis4 esa "Employment Law and Remote Work: A Review of Current Practices"nomli tadqiqotida masofadan ishlashdagi amaliy tajribalarni va mavjud qonunchilikni tahlil qiladi. U huquqiy amaliyotlar, shartnomalar va ish beruvchi-ishchi o'rtasidagi muvofiqlik masalalarini ko'rib chiqadi. Tadqiqot huquqiy amaliyotlar va mavjud qonunchilikni batafsil tahlil qiladi. Muallif, mavjud yondashuvlarni yaxshilash va qonunlarni yangilash zarurligini ta'kidlaydi.
1 R.G.Kline, "Remote Work and the Law: Challenges and Opportunities" bookshaker.net>author/t-e-d-klayn.
2 L.M.Harris, "The Future of Work: Remote Work and Employment Law". cyberleninka.ru>article/n/buduschee-trudovoy.
3 J.A.Wilson "Legal Issues in Remote Working: A Comparative Analysis". elibrary.ru>item.asp?id=32490121.
4E.T.Lewis "Employment Law and Remote Work: A Review of Current Practices" elibrary.ru>item.asp?id=46713554.
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari va omillari ilmiy va uslubiy jihatdan tadqiq qilish bo'yicha iqtisodiy tizimlar va nisbatlarini o'rganishga dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistic va dinamik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
2022-yil 28-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi (keyingi o'rinlarda — MK) imzolandi. Avvalgisidan farqli o'laroq, yangi Mehnat kodeksida masofaviy ishchilar mehnatini huquqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlarini tartibga soluvchi qoidalar mavjud.
Mehnat kodeksining 452-moddasiga ko'ra, masofaviy ish - ish beruvchining joylashgan joyidan, tashkilotning alohida bo'linmasidan tashqarida, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan Butunjahon Internet tarmog'i orqali mehnat shartnomasida belgilangan mehnat funksiyasini bajarishdir. Xodim ish vaqtining kamida ellik foizi masofadan turib ishlashga sarflangan bo'lsa, u uzoqdan ishlovchi hisoblanadi.
Masofaviy ishning birlashilgan rejimini o'rnatish imkoniyati, bu statsionar ish joyida ishlash va masofaviy ish hisblanadi. shu ish tartibi ishlovchi xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga asosan doimiy yoki vaqtinchalik asosda belgilanishi mumkin.
Masofaviy rejimda ishlash ishga yollanganda yoki oddiy ish rejimidan masofaviy ishlashga o'tgan taqdirda o'rnatilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 124-moddasida nazarda tutilgan ishga qabul qilish uchun zarur bo'lgan barcha kerakli bo'lgan barcha normatif hujjatlarni elektron shaklda almashish yo'li orqali huquqiy mehnat shartnomasi va mehnat shartnomasi shartlarini o'zgartirish to'g'risidagi shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunday holda, ishlovchi xodim ish beruvchining iltimosiga asosan unga hujjatlarning qog'ozdagi nusxalari bilan buyurtma xat orqali, ish beruvchi esa, bu olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay yuborishi lozim hisoblanadi. So'rov ishlovchi xodimga tuzilgan mehnat shartnomasining qog'ozdagi nusxasi to'g'risida xabarnoma bilan buyurtma pochta orqali ishlovchi xodimning qonuniy hujjatlarda ko'rsatilgan manzilga yuborishi shart. Shartnoma va bitimlarni tuzish joyi sifatida ish beruvchining joylashgan joyi ko'rsatilgan. Mehnat shartnomasining har bir tomoni elektron shaklda boshqa tomonga mehnat shartnomasining imzolangan nusxasini olganligi haqida xabar beradi.
Ishlovchi xodim masofaviy ishlashga o'tish mehnat tuziladigan shartnomasini (noaniq muddatga yoki muddatli) yoki amaldagi mehnat shartnomasiga qo'shimcha ikki tomonlama kelishuvni tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, xodimning bir xil ish funksiyasini saqlab qolgan holda oddiy ish rejimidan masofaviy rejimga o'tishi mehnat sharoitlarining o'zgarishi va agar uning ish funksiyasi o'zgarsa, bu boshqa ishga o'tishda mehnat shartnomlari ham o'zgaradi.
Vaqtinchalik masofaviy ishlashga o'tishda masofaviy rejimda ishlash muddati aniq qilib ko'rsatilishi lizim hisoblanadi. Bu jarayonda masofaviy ishlashga vaqtincha o'tish muddati bir yildan oshmasligi kerakligini yodda saqlashimiz kerak.
1-rasm. Masofaviy ishlashga o'tish muddati5
Bu jarayonda masofaviy ishlashga vaqtincha o'tish muddati bir yildan oshmasligi kerakligini yodda tutish kerak.
Masofadan turib ishlashga vaqtinchalik o'tish ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz quyidagi hollarda mumkin:
- tabiiy yoki texnogen ofatlar;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa;
- yong'in, suv toshqini, zilzila, epidemiya yoki epizootik;
- butun aholining yoki uning bir qismining hayoti yoki normal turmush sharoitiga tahdid soladigan boshqa istisno hollarda.
Quyida yuqorida ko'rsatilgan holatlar yuzaga kelganda masofaviy ishlashga o'tish uchun imtiyozli huquqqa ega bo'lgan xodimlarning toifalari keltirilgan:
- homilador ayollar;
- o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalari (vasiylari);
- nogironligi bo'lgan shaxslar;
5 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
- keksa yoshdagi pensionerlar;
- nogironligi bo'lgan shaxslarga yoki tashqaridan parvarishga muhtoj bo'lgan kasal oila a'zolariga g'amxo'rlik qilayotgan ishchilar.
- jamoaviy bitimlar, jamoaviy bitimlar, mahalliy hujjatlar va mehnat shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa toifadagi ishchilar.
Agar ish joyining o'ziga xos xususiyatlari yoki ish beruvchining xodimni zarur jihozlar, dasturiy ta'minot va texnik vositalar, axborotni himoya qilish vositalari va boshqa vositalar bilan ta'minlay olmaganligi sababli vaqtincha boshqa o'tkazish mumkin bo'lmasa, ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
2-rasm. Masofaviy ishlovchi xodimlarga ish beruvchining huquqlari6
Xodimni masofaviy ishlashga o'tkazish uchun yuqorida ko'rsatilgan choralarni qo'llash mumkin bo'lmagan hollarda, uning mehnat funksiyasini bajarmagan vaqti ish beruvchi va xodimga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra ishlamay qolgan vaqt hisoblanadi va kamida to'lanadi. Agar to'lovning katta miqdori jamoaviy bitimlarda, shuningdek jamoa shartnomasida yoki mahalliy normativ hujjatlarda ko'zda tutilmagan bo'lsa, ish vaqtiga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (ish haqining) 2/3 qismi.
Masofaviy ishchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, muntazam mehnat shartnomasini tuzish uchun nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda (Mehnat kodeksining 104-moddasi), shuningdek, masofaviy ish tartibini, xodim va ish beruvchi o'rtasida ma'lumot almashish usullarini (shu jumladan elektron shaklda almashish yo'li bilan) o'z ichiga oladi. hujjatlar) va masofaviy ishchiga asbob-uskunalar berish
6 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
tartibi va uni ta'mirlash bo'yicha ish beruvchining majburiyatlari, shuningdek, asbob-uskunalar buzilganligi sababli ish beruvchiga uning aybi bilan etkazilgan zararni xodim tomonidan qoplash shartlari, masofaviy ishchi, agar ishni mehnat shartnomasida belgilangan muddatda tugatishning iloji bo'lmasa, sababini, shuningdek ish beruvchi va xodimning zarur xavfsizlik qoidalari va mehnat sharoitlariga rioya qilish majburiyatlarini ko'rsatgan holda ish beruvchini xabardor qilishi. Shuningdek, mehnat shartnomasida xodimning o'ziga tegishli yoki ijaraga olingan uskunadan foydalanish imkoniyati, shuningdek, agar u o'z uskunasidan foydalansa, uning xarajatlarini qoplash tartibi va shartlari ko'zda tutilishi mumkin.
XULOSA
Masofadan ishlashning huquqiy tartibga solinishi zamonaviy mehnat munosabatlarini rivojlantirishning muhim qismi hisoblanadi. Bu borada samarali huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqilishi orqali ishlovchi xodimlar va ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlarni adolatli va tenglik asosda tartibga solish mumkin bo'ladi. Shu bilan birga, xodimlarning mehnat huquqlari himoya qilinishi va ish beruvchilar tomonidan ularning majburiyatlari bajarilishi yuqori darajada ta'minlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. 142859
2. O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 28-martdagi "Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to'xtatilganda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta'lim muassasalari boshlang'ich sinf o'quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta'tili berishning vaqtinchalik tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 3227-son buyrug'i. https://lex.uz/docs/-4776261
3. O'zbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida"gi qonuni.
4. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Masofadan ishlash bo 'yicha normativ-huquqiy hujjatlar to'plami. T.: Adliya nashriyoti. (2020).
5. R.G.Kline, "Remote Work and the Law: Challenges and Opportunities" bookshaker.net>author/t-e-d-klayn.
6. L.M.Harris, "The Future of Work: Remote Work and Employment Law" cyberleninka.ru>article/n/buduschee-trudovoy.
7. J.A.Wilson "Legal Issues in Remote Working: A Comparative Analysis" elibrary.ru>item. asp?id=32490121.
8. E.T.Lewis "Employment Law and Remote Work: A Review of Current Practices" elibrary.ru>item.asp?id=46713554.
9. Abduraxmanov K.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Toshkent 2019 y
10. Sharipov U. Elektron hujjatlar va masofadan ishlash: huquqiy tartibga solish. T.: Iqtisodiyot. (2021).