Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO RESPUBLIKALARIDA SUV BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR VA UNING O’ZARO MUNOSABATLARIDAGI AHAMIYATI'

MARKAZIY OSIYO RESPUBLIKALARIDA SUV BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR VA UNING O’ZARO MUNOSABATLARIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
1771
235
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Birlashgan Millatlar Tashkiloti / Markaziy Osiyo / suv muammosi / suvga bo’lgan talab / daryolar / suv resurslari. / United Nations / Central Asia / water issues / water demand / rivers / water resources.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Mahliyo Bahodir Qizi Xushmatova

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo respublikalarida suv bilan bog’liq muammolar va uning o’zaro munosabatlaridagi ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WATER PROBLEMS IN THE CENTRAL ASIAN REPUBLIC AND ITS IMPORTANCE IN ITS RELATIONS

This article discusses the problems of water in the Central Asian republics and its importance in the relationship.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO RESPUBLIKALARIDA SUV BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR VA UNING O’ZARO MUNOSABATLARIDAGI AHAMIYATI»

MARKAZIY OSIYO RESPUBLIKALARIDA SUV BILAN BOG'LIQ MUAMMOLAR VA UNING O'ZARO MUNOSABATLARIDAGI AHAMIYATI

Mahliyo Bahodir qizi Xushmatova

Mustaqil izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo respublikalarida suv bilan bog'liq muammolar va uning o'zaro munosabatlaridagi ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Markaziy Osiyo, suv muammosi, suvga bo'lgan talab, daryolar, suv resurslari.

WATER PROBLEMS IN THE CENTRAL ASIAN REPUBLIC AND ITS IMPORTANCE IN ITS RELATIONS

Mahliyo Bahodir kizi Khushmatova

Independent researcher

ABSTRACT

This article discusses the problems of water in the Central Asian republics and its importance in the relationship.

Keywords: United Nations, Central Asia, water issues, water demand, rivers, water resources.

Sovet Ittifoqining parchalanishi natijasida mustaqil davlatlar shakllandi. Shu jumladan, Markaziy Osiyo zaminida Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston va O'zbekiston davlatlari tarkib topdi. Ularni mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va jahondagi juda ko'p mamlakatlar, nufuzli tashki lotlar tan olishdi, diplomatik munosabatlar o'rnatishdi. Tarixi, zamini, etnik kelib chiqishi, dini, urf-odatlari, orzu-umidlari, maqsadlari, tabiiy sharoit va resurslari, istiqbol imkoniyatlari bir bo'lgan qozoq, qirg'iz, tojik va o'zbek, turkman va qoraqalpoq xalqlari yangi hayot qurishga va bu borada o'zaro hamkorlik, qilishga harakat qilmoqdalar [1-4].

Markaziy Osiyo davlatlarida umumiylik shu qadar ko'pki, uni birgalikda qarash va birgalikda yechish davr taqazosidir. Hal qilinishi kerak bo'lgan ana shunday masalalardan biri - davlatlar o'rtasidagi suv muammosidir [5-9].

Suv muammosi - bu Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat qurilishi va milliy xavfsizligiga oid mavzudir.

Mintaqada suvga bo'lgan talab 1960-yillarda SSSRning paxta sanoatini rivojlantirish uchun qazigan kanal va suv omborlari natijasida kelib chiqdi. Markaziy Osiyoda asosan, suvga bo'lgan talab qishda va yozda ortadi, chunki bu vaqtda paxta hosilini yetishtirishga hamda elektr energiyasiga bo'lgan talab keskin tarzda ko'tariladi. Paxta hosilini yetishtirish uchun juda ko'p miqdorda suv sarflanar, suvni ko'p miqdorda sarflash natijasida daryolarning sathi pasayib, elektr energiyasini ishlab chiqarish miqdori kamayar edi. Bundan sobiq ittifoqning juda katta daryolar va kanallar tizimiga ega bo'lgan mamlakatlari "oqilona foydalanish niyatida" yagona elektr tarmog'i yaratishgan. Yagona elektr tarmog'i orqali esa, katta daryo va kanallarga ega bo'lgan mamlakatlar elektr tokini sotishardi. Bunday elektr ekesporti juda ko'plab SSSR mamlakatlari uchun manfaatli edi. Suvdan foydalanishning sovet strukturasi mezoni maksimal umumiy unum olishdan iborat bo'lgan. Bunda barcha respublikalar SSSR umumiy byudjetidan zaruriy kompensatsiyalarni olishardi, lekin ikki tomonlama kelishuv asosida emas, balki umumiy asosdadir [10-15].

Ayni damda, bunday sxemani musatqil Markaziy Osiyo davlatlari tomoni-dan amalga osirishning iloji yo'q. Chunki ularning har birida milliy manfaatlar birinchi o'rinda turadi. Umumiy mintaqaviy manfaatlarni o'zaro xizmatlar va kompensatsiyalar taqdim etish yo'li bilan milliy manfaatlarni kelishtirish sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. Bu vaziyatda suv muammosi bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani hayratlanarli hol emas.

Daryolarning quyi oqimida joylashgan davlatlarga suvning yetib borishi kuchsizlanib bormoqda. Bu o'z o'rnida paxta yetishtirishga ta'sir o'tkazib, yoz oylarida suv iste'molini pasaytirish majburiyatini hosil qiladi [16]. Shunday ekan, bu davlatlar daryolarning yuqori oqimida joylashgan qo'shnilarining qishda yuzaga keladigan gaz va ko'mir ehtiyojiga beparvolik bilan qaramoqdalar. O'zbekiston o'ziga suvni yuboradigan davlatlarga suv boshqaruvi va nazorati uchun kompensatsiyalar to'lashni, yuqoridagi davlatlar esa kompensatsiya evaziga majburiyatlarni to'laqonli bajarishga uncha xohlamasdan bormoqda [17].

Mintaqadagi suv iste'molining yuqoriligi ham Orol dengizidagi suv sathining pasayishiga olib keldi. Garchi 1992-yilda suv boshqaruvi bo'yicha xalqaro komisiya tuzilgan bo'lsa-da, u barcha Markaziy Osiyo davlatlarining suv mexanizmlarini samarali boshqarishga erisha olmadi. SSSR qulaganidan keyin yuzaga kelgan boshqa muammolarni ham hisobga olgan holda (chegaralar bo'linishi muammosi, davlatlarning ichidagi beqaror holat va h.k) suv ustidagi kelishmovchiliklar kelajakda mintaqadagi mojarolarga turtki bo'lishi mumkin.

1993-yilda besh mamlakat rahbarlari tomonidan Hukumatlararo Orol kengashi (IASC) va Xalqaro Orolni saqlab qolish fondi (IFAS) tashkil etildi. Shunisi sir emaski, Orolni qutqarish dasturi dastlab katta siljishlarni amalga oshirdi. Ammo keyinchalik

moliyaviy qiyinchiliklar va Orolni qutqarib qolishning imkoni yo'qligiga ishonish tufayli o'z ahamiyatini yo'qotdi [18-21].

Orolni qutqarish dasturidan Qirg'iziston va Tojikiston daryoning boshlanish qismida ekanligi tufayli bu rejalarga jiddiy e'tibor bermay qo'yishdi. IFASning roli shunda bo'ldiki, hukumatlarda suv bo'yicha mas'uliyatli qarorlar qabul qilinishiga erishdi. Buning uchun IFAS ning har bir davlatda qo'mitasi ochildi.

2002-yil sentabrdagi Dushanbe deklaratsiyasida to'rt mamlakat: O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston va Qirg'iziston IFASning suv munosabatlaridagi asosiy rolini e'tirof etdi. Va uni yanada kuchaytirish lozimligi ta'kidlanib, ikkinchi bor Orolni qutqarish rejasiga qadam qo'yilgan bo'lsa-da, 2002-yil avgustda Turkmaniston prezidenti tashkilotni o'z statusini pasayishi tufayli kuchsiz boshqaruvda deb hisobladi.

Qozog'iston transnatsional daryolar va suvdan umumiy energiya konsortsiyumi sifatida foydalanish tarafdori. Bunday yagona chiziqdagi konsortsiyumga asos solish g'oyasi 1994-yilda Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasida imzolangan "Yagona iqtisodiy hududni yaratish kelishuvi"da o'z aksini topgan. Ammo yagona iqtisodiy zona faqat og'izdagina mavjud bo'ldi.

Konsortsiyum yaratish g'oyasi o'zining mavjudligini yo'qotmadi va Turkmanistondan boshqa davlatlar har bir sammitda ushbu g'oyaga taaluqli deklaratsiyani imzolashda davom etishdi ( 2002-yil Dushanbeda, 2003-yil Olma- otada).

Qirg'iziston va Tojikiston uchun xalqaro konsortisiyumlar tashkil etish mamlakatga investorlar kirib kelishiga sabab bo'ladi. Bu esa 1990-yillardan buyon rejalashtirilayotgan suv bo'yicha rejalarni buzib yuborishi mumkin. Shuning uchun ham "Qirg'iz respublikasining suv strategiyasi" dasturi ishlab chiqilib, unga ko'ra mamlakat suv infrastrukturasini o'z qo'liga oldi [22].

O'zbekiston va Qozog'iston tomonini tushinib olish mumkinki, transchegaraviy daryolardan konsortsiyumlar yaratish ularning manfaatiga mos keladi.

2003-yilga kelib, to'rt respublika vakillari "O'rta Osiyoda suv va energiya-dan foydalanish mahsuldorligi va ratsionalligi hududiy kooperativ strategiyasi" ishlab chiqdi. Ushbu strategiya quyidagi yo'nalishlarda tuzilgan:

Avvalo, suv rezervlarini miqdorini hisoblab chiqish lozim, so'ngra ob-havo holatlarining so'nggi yillarda o'zgarishini hisobga olish orqali antropogen omilning daryolar va yer osti suvlariga bo'lgan ta'sirni aniqlash kerak edi. Tomon-lar esa siyosiy, texnik va uslubiy masalalardagi muammolardan xalos bo'lgan holda suv taqsimoti bo'yicha foizlarda ko'rsatilgan kelishuvga erishishi lozim edi.

Aynan, O'zbekiston va Qozog'iston davlatlari o'zlarining avvalgi pozitsiyasini qayta egallashni istashar edi. Qirg'iziston va Tojikiston vakillari esa kvotani qayta taqsimlash uchun har qanday ishga tayyor edilar [23]. Ammo shuni unutmaslik kerak ediki, Amudaryo masalasida yana bir tomon ham mavjud bo'lib, bu o'zining ichki vaziyatini to'g'irlash bilan ovvora bo'lgan Afg'oniston davlati edi. 1946 va 1958-

yillarda Afg'oniston va SSSR o'rtasida suv munosabatlariga doir bir qancha shartnomalar imzolangan bo'lib, bu davlatga Panj, Qunduz va Amudaryoning boshqa irmoqlaridagi suvdan har yili 9 mln. kub metrlik limitda foydalanishi mumkin edi. O'tmishdagi Afg'onistonda sodir bo'lgan siyosiy voqealar mamlakat shimolida qishloq xo'jaligini barbod qilishi tufayli iste'mol 2 mln. kub metrd an ham oshmadi. Ammo keyinroq Ag'onistonning 7 milliard tonna suvga ( Amudaryo suv sig'imining 10%i) ega bo'lish talabi paydo bo'ldi.

Shu o'rinda tahliliy faoliyat yurituvchi tahkilotlar xulosalarini keltirib o'tish ahamiyatlidir [24].

"Xalqaro inqiroz guruhi" o'zining "O'rta Osiyo: Suv va mojaro" risolasida "O'rta Osiyoda yetarli darajada suv mavjud va suv taqsimlanishini tizimi kuchsizlangan" -deya qayd etgan. Bu tezisda uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz va suvdan juda ko'p miqdorda foydalanish, hatto texnologik taraqqiy etgan Isroil va Misrda ham yuqori ekanligi qayd etilgan.

Mazkur tezisda yana shunday fikr keltiriladi: "Hududni sotsial iqtisodiy rivojlanishini prognozlash zararga olib kelmaydi. Buning uchun ikki muhim ahvolni hisobga olish zarur. Birinchisi, 1988 - 1990-yillardan beri oshgan suv sarfini hisoblash va ikkinchisi Orol dengizining muammolaridir. Orol dengizi suv sathi yiliga 20 kub metrga pasaymoqda".

Shunday vaziyatda, aholining muntazam ravishda ko'payib borayotganligi, ayniqsa, Farg'ona vodiysida suv kamayishini qo'llab-quvvatlamaydi. Suv resurslari defitsitligi esa Qirg'izistondagi yangi Qambar-Ota kabi suv loyihalari tufayli yanada yomonlashishi mumkin.

Amudaryodan ham katta imkoniyatlarni kutish mushkul. Negaki, Afg'oniston davlatida ham ehtiyojlar oshmoqda, Amudaryo irmoqlari bo'lgan Vaxsh va Panjni yangi suv rezervlari bilan bog'lab bo'lmaydi [25].

Endi fikrimizni Jahon banki nashri bo'lgan "O'rta Osiyoda irrigatsiya: ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik masalalar" nomli risolaga qaratsak. Bu hujjat hududdagi agrar sektor imkoniyatlariga muhim xulosalar bergan.

Barcha davlatlar uy xo'jaligi asosida qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishga urinayotgan ekan, suv bo'yicha tejamkorlik kutish juda ham qiyin. Milliy budjetlar esa, suv tejamkorlik texnalogiyalarini olib kirishga qodir emas.

Shuni ko'rishimiz mumkinki, suvdan foydalanish kvotasida suvning yuqori qismida bo'lgan davlatlar quyi qismida bo'lganlarini faqat xarajat evaziga suv bilan ta'minlashmoqchi ekanligi jiddiy muammodir.

REFERENCES

[1] Aytbaeva Z. Markaziy Osiyo mintaqasining suv resurslari. - Nukus, 2015. - 65 b. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 364

[2] Bekchanov Z. XX asrning 60-80-yillarida O'zbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari. - Urganch, 2013. - 92 b.

[3] Hamdamov I., Bobomuradov Z., Hamdamova E. Ekologiya. - T.: Fan va texnologiya, 2009. - 176 b.

[4] Allanov Q. Markaziy Osiyo davlatlari geografiyasi. - T., 2015. - 79 b.

[5] Hasanov I. A., Gulomov P. N. Markaziy Osiyo tabiiy geografiyasi. - T., 2002. -175 b.

[6] Jumanov S. XX asrning 20-30 yillarida O'zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari va uning oqibatlari. - Samarqand, 2012. - 83 b.

[7] Каримходжаев, Н., & Турахужаева, Н. Н. (2020). Проблемы безопасности трудодеятельности работников в предприятиях и некоторые пути их решения. Universum: технические науки, (4-1 (73)), 9-14.

[8] Nazirjanovna, T. N. (2021, April). UNIVERSAL MATRIX CODING SYSTEM FOR TECHNICAL WEFT KNITWEAR FOR COMPUTER-AIDED DESIGN SYSTEMS. In Archive of Conferences (Vol. 22, No. 1, pp. 124-127).

[9] Adilov, T. T., Israilova, X. M., Uzohkov, I. E., Axtamov, M. X., & Raxmatullayeva, X. I. (2021). Food security: National food market strategy. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 619-626.

[10] Musakulovna, I. K. (2021). The development of the culture of fruit and vegetables growing in fergana. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1456-1460.

[11] Исраилова, Х. М. (2019). Миллий иктисодиётни ривожлантиришда мева-сабзавотчиликнинг иктисодий урни (фаргона вилояти мисолида). Экономика и финансы (Узбекистан), (10).

[12] Исраилова, Х. М. (2012). Фаргона вилоятида мева-сабзавотчиликни ривожлантиришнинг минтакавий хусусиятлари. Экономика и финансы (Узбекистан), (10).

[13] Fidaev, D. T., Khunarov, A. M., & Kuchkarova, N. X. (2021). AIR POLLUTION AND ITS CONSEQUENCES FOR HUMAN HEALTH. Academic research in educational sciences, 2(2).

[14] Adilov, T. T., Fidaev, J. T., Khunarov, A. M., & Kuchkarova, N. X. (2020). Use Of Natural-Territorial Resources In Solving Environmental Problems. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 75-80.

[15] Кучкарова, Н. Х. (2021). ЭНЕРГОСБЕРЕГАЮЩИЙ МЕТОД ПОДГОТОВКИ ВОДЫ НА ТЭЦ. Scientific progress, 2(2), 1502-1505.

[16] Khatamova, D. A. (2019). Sphere of reception of the term "artistic image". A

young scientist. Kazan, 45, 283.

[17] Djurayevich, K. K., KxudoynazarO'g'li, E. U., Sirozhevich, A. T., & Abdurashidovich, U. A. (2020). Complex Processing Of Lead-Containing Technogenic

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

Waste From Mining And Metallurgical Industries In The Urals. The American Journal of Engineering and Technology, 2(09), 102-108.

[18] Ganiev, A. G. (2021). THE CORPUSCULAR THEORY OF LIGHT." THE CORPUSCULAR NATURE OF LIGHT" MIND MAP. In ПЕДАГОГИКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ТРАДИЦИИ, ОПЫТ И ИННОВАЦИИ (pp. 2123).

[19] Ganiev, A. G. (2021). USING MIND MAP IN TEACHING THE SUBJECT OF AGGREGATE STATES OF MATTER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS (2767-3278), 2(05), 72-77.

[20] Ganiev, A. G. (2021). The Development Of The Doctrine Of Light."Wave Theory Of Light" Mind Map. In ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ НА УКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 10-12).

[21] G'aniyev, A. G. (2018). Physics: 1 part. T.'Editor, 3-5.

[22] Ganiev, A. G. (2021). Developing Students''Creative Thinking'Skills In The Course Of 'Law Of Conservation'. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 564-573.

[23] Shodiev, T., Turayey, B., & Shodiyev, K. (2021). ICT and Economic Growth Nexus: Case of Central Asian Countries. Procedia of Social Sciences and Humanities, 1.

[24] Sirojiddinov, U. S., & Shodiyev, K. (2021). ALKALINEACTIVATED OIL-WELL CEMENTS AND SOLUTIONS ON THE BATE OF LOCAL ACTIVE MINERAL SUBSTANCES AND WASTES OF PRODUCTION. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 486-491.

[25] Shamsiddin o'g'li, K. S. (2020). THE EFFECT OF STIMULATORS ON THE LOCATION OF THE FIRST POD OF SOYBEAN VARIETIES. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL "INNOVATION TECHNICAL AND TECHNOLOGY", 1(2), 7-9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.