Научная статья на тему 'MAMLAKATLAR KESIMIDA INFLATSIYA DARAJASINING IQTISODIY O’SISHGA TA’SIRI'

MAMLAKATLAR KESIMIDA INFLATSIYA DARAJASINING IQTISODIY O’SISHGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inflatsiya / iqtisodiy o‘sish / inflatsiya darajasi / monetar siyosat / iqtisodiy barqarorlik / O‘zbekiston iqtisodiyoti / rivojlangan mamlakatlar / rivojlanayotgan mamlakatlar / inflatsion bosim / narxlar barqarorligi / valyuta kursi / pul-kredit siyosati / islohotlar / statistika tahlili / global iqtisodiyot. / inflation / economic growth / inflation rate / monetary policy / economic stability / Uzbekistan's economy / developed countries / developing countries / inflationary pressure / price stability / exchange rate / monetary policy / reforms / statistical analysis / global economy

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rasulov, To’lqin Sattorovich, Turdiyeva, Nilufar

Ushbu maqolada inflatsiya va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar kesimida inflatsiyaning turli darajalari iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston holati inflatsiya va iqtisodiy o‘sishning milliy iqtisodiy siyosatdagi o‘rni kontekstida ko‘rib chiqilgan. Inflyatsiyani samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF INFLATION RATE ON ECONOMIC GROWTH ACROSS COUNTRIES

This article examines the relationship between inflation and economic growth from a theoretical and empirical perspective. The study explores how different levels of inflation affect economic growth in developed and developing countries. It also analyzes Uzbekistan's situation in the context of the role of inflation and economic growth in national economic policy. Recommendations for effective inflation management are proposed.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATLAR KESIMIDA INFLATSIYA DARAJASINING IQTISODIY O’SISHGA TA’SIRI»

Research BIB / Index Copernicus

MAMLAKATLAR KESIMIDA INFLATSIYA DARAJASINING IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI

Rasulov To'lqin Sattorovich

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali professori

[email protected] Turdiyeva Nilufar Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali talabasi

turdiyevanilufar@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inflatsiya va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar kesimida inflatsiyaning turli darajalari iqtisodiy o 'sishga qanday ta 'sir ko 'rsatishi yoritilgan. Shuningdek, O 'zbekiston holati inflatsiya va iqtisodiy o 'sishning milliy iqtisodiy siyosatdagi o 'rni kontekstida ko 'rib chiqilgan. Inflyatsiyani samarali boshqarish bo 'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so 'zlar: inflatsiya, iqtisodiy o 'sish, inflatsiya darajasi, monetar siyosat, iqtisodiy barqarorlik, O'zbekiston iqtisodiyoti, rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar, inflatsion bosim, narxlar barqarorligi, valyuta kursi, pul-kredit siyosati, islohotlar, statistika tahlili, global iqtisodiyot.

В данной статье анализируется взаимосвязь между инфляцией и экономическим ростом с теоретической и эмпирической точек зрения. В исследовании рассматривается, как различные уровни инфляции влияют на экономический рост в развитых и развивающихся странах. Также изучается положение Узбекистана в контексте роли инфляции и экономического роста в национальной экономической политике. Разработаны рекомендации по эффективному управлению инфляцией.

Ключевые слова: инфляция, экономический рост, уровень инфляции, монетарная политика, экономическая стабильность, экономика Узбекистана, развитые страны, развивающиеся страны, инфляционное давление, стабильность цен, валютный курс, денежно-кредитная политика, реформы, статистический анализ, глобальная экономика.

This article examines the relationship between inflation and economic growth from a theoretical and empirical perspective. The study explores how different levels of inflation affect economic growth in developed and developing countries. It also analyzes Uzbekistan's situation in the context of the role of inflation and economic

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Research BIB / Index Copernicus

growth in national economic policy. Recommendations for effective inflation management are proposed.

Keywords: inflation, economic growth, inflation rate, monetary policy, economic stability, Uzbekistan's economy, developed countries, developing countries, inflationary pressure, price stability, exchange rate, monetary policy, reforms, statistical analysis, global economy

Inflatsiya va iqtisodiy o'sish masalalari zamonaviy iqtisodiyotning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib, u milliy iqtisodiy siyosatning samaradorligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi1. Ushbu mavzu nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarbdir, chunki inflatsiya va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash iqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni kafolatlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Inflatsiya — bu narxlar darajasining umumiy ko'tarilishi natijasida pul qadrsizlanishi bo'lib, iste'molchilarning xarid quvvati pasayadi. Shu bilan birga, iqtisodiy o'sish har bir mamlakat uchun ustuvor maqsad bo'lib, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishning eng muhim vositasidir. Iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlaydigan siyosatlarni ishlab chiqishda inflatsiyaning ta'siri juda muhim hisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Bu borada J. M. Keynesning nazariy qarashlari alohida o'rin tutadi. Uning fikricha, inflatsiya iqtisodiy faollikni rag'batlantirishi mumkin, lekin bu faqat qisqa muddatda sodir bo'ladi. U uzoq muddatli inflatsiyaning iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta'sir ko'rsatishini qayd etgan. Milton Friedman esa inflyatsiyani pul massasining o'sish sur'atlari bilan bog'lab o'rgangan va "Inflatsiya har doim va har joyda pulkredit hodisasidir" degan fikrni ilgari surgan2.

Shu bilan birga, Robert Barro o'z tadqiqotlarida inflatsiya va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi teskari bog'liqlikni empirik asosda tasdiqlagan3. Uning natijalari shuni ko'rsatadiki, yuqori darajadagi inflatsiya iqtisodiy o'sishni sekinlashtiradi, chunki bu investitsiyalar va iste'mol hajmiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Tarixiy tajribalar shuni ko'rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda inflatsiya odatda past va barqaror darajada saqlanib, iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlagan4. Masalan,

1 Keynes, J. M., The General Theory of Employment, Interest and Money, 1936, 15-bet

2 Friedman, M., & Schwartz, A. J. (1963). A Monetary History of the United States, 1867-1960. Princeton University Press

3 Barro, R. J. (1995). Inflation and Economic Growth. National Bureau of Economic Research Working Paper No. 5326. URL: https://www.nber.org/papers/w5326.

4 Keynes, J. M. (1936). The General Theory of Employment, Interest, and Money. London: Macmillan

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari inflyatsiyani 2% atrofida ushlab turish siyosatini yuritmoqda 5 . Shu bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlarda inflatsiyaning yuqori darajasi ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi va iqtisodiy o'sishning sekinlashishiga olib kelgan (World Bank Economic Update, 2021)6.

Zamonaviy iqtisodiy sharoitda inflyatsiyaning dolzarbligi tobora oshmoqda. 2020-2023-yillardagi global pandemiya va geosiyosiy ziddiyatlar tufayli inflyatsiya darajasi butun dunyoda keskin oshdi. Xususan, jahon bozorida energiya va oziq-ovqat narxlarining o'sishi ko'plab mamlakatlarning iqtisodiy siyosatiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Bu inflatsiya va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlikni qayta ko'rib chiqish zaruratini yuzaga keltirdi.

Tadqiqot metodologiyasi: Mazkur maqola ushbu dolzarb masalaga e'tibor qaratadi va inflatsiyaning iqtisodiy o'sishga ta'siri, shuningdek, turli mamlakatlar tajribasi asosida inflyatsiyaning maqbul darajasini aniqlash masalalarini yoritadi. Shuningdek, iqtisodiy siyosatning samaradorligini oshirish uchun nazariy va amaliy yechimlar taklif etiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o'tilayotgan bo'lib, 2023 yilda 5 foiz darajadagi inflyatsion maqsad (target)ga erishish rejalashtirilgan.

O'zbekistondagi inflyatsiyaga ta'sir etuvchi omillar.

Inflyatsiya ko'rsatkichini past darajada ta'minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili hisoblanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari inflatsiyaga ta'sir yetuvchi omillar va ularning dinamikasini o'rgandi. Unga ko'ra, O'zbekistondagi inflyatsiyaga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo'lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi. Negaki import inflyatsiyasining o'sishi asosiy inflyatsiyaning taxminan 38% ini ifodalaydi. O'zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab omillarining inflatsiyaga qo'shgan hissasi 29%ni tashkil yetadi. Narxga ta'sir yetuvchi omillardagi o'zgarishlar mamlakatda iste'mol narxlari indeksining 33%ga o'sishiga turtki bo'lmoqda.

Import inflyatsiyasi

Import inflyatsiyasi 2022-yilning 5 oyida umumiy 11% inflyatsiyaning 4,18% ini tashkil qildi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi asosiy savdo hamkorlarimizning ulushi 2,73 foizga yetdi. Import inflyatsiyasiga

5 Federal Reserve Report (2020). Monetary Policy Report. Federal Reserve System, URL: https://www.federalreserve.gov.

6 Jahon Banki hisobotlari (2021). O'zbekistonda Inflyatsiya va Iqtisodiy O'sish. The World Bank Group, URL: https://www.worldbank.org.

Research BIB / Index Copernicus

Rossiya va Xitoy eng kata hissa qo'shgan. Bu davlatlaming O'zbekiston umumiy importidagi salmoqli ulushi (mos ravishda 21% va 19%) - 0,90% va 0,81%. Qozog'iston, Janubiy Koreya va Turkiya import inflyatsiyasining ta'siri esa umumiy import inflyatsiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi. Rossiyadan inflyatsiya ta'siri asosan sanoat tovarlari, mashina va transport uskunalarida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoy import inflyatsiyasi asosan mashina va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlarga ta'sir ko'rsatdi. Qozog'istondan import inflyatsiyasi asosan oziq-ovqat va sanoat tovarlarida kuzatildi. Janubiy Koreya va Turkiyadan import qilingan inflyatsiya asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta'sir ko'rsatdi. Inflyatsiya ko'rsatkichini past darajada ta'minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili bo'lib, bu o'z navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Turli mamlakatlar tajribasi inflatsiya va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil qilish imkonini beradi. Quyida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida inflatsiyaning turli darajalari iqtisodiy o'sishga qanday ta'sir qilgani ko'rsatiladi.

Rivojlangan mamlakatlar misolini o'rganishda eng yirik iqtidosiyot ko'rsatkichlaridan boshlash maqsadga muvofiq. 2000-2020-yillarda AQShda inflyatsiyaning o'rtacha darajasi 2.1% ni tashkil etdi, bu Federal Rezerv tizimining maqsadli ko'rsatkichi hisoblanadi. Ushbu barqarorlik iqtisodiy o'sishni rag'batlantirib, YalMning yillik o'sish sur'ati o'rtacha 2-3% bo'lishiga imkon berdi, Ushbu misol AQShda barqaror inflyatsiya iqtisodiy o'sishga yordam berishini ko'rsatadi. Biroq, juda past yoki juda yuqori inflyatsiya talabni va iqtisodiy faollikni izdan chiqarishi mumkinligini tasdiqlaydi.

2008-yil moliyaviy inqiroz davrida inflyatsiya 0.1% gacha tushganida, iqtisodiy o'sish sur'atlari salbiy ko'rsatkichga ega bo'lib, YalM -2.5% ga pasaydi (World Bank Economic Update, 2010)7. Bu holat past inflyatsiyaning talabni kamaytirishi va iqtisodiy faollikni cheklashi mumkinligini ko'rsatdi.

2021-yilda inflyatsiyaning 6.8% ga yetishi iste'mol talabining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kengayishiga xizmat qildi, ammo yuqori inflyatsiya xarajatlar ortishi va aholi farovonligining pasayishiga sabab bo'ldi.

Germaniyada inflyatsiyaning uzoq yillar davomida 2% atrofida saqlanib turishi iqtisodiy o'sishni barqaror darajada ushlab turishga yordam berdi. 2010-2019-yillarda

7 OECD Economic Outlook (2022). Economic Survey of Germany. Organization for Economic Cooperation and Development, URL: https://www.oecd.org

Research BIB / Index Copernicus

Germaniyada yillik iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtacha 1.8-2% ni tashkil etdi (European Central Bank, 2020)8.

2022-yilda pandemiyadan keyingi global narxlar o'sishi sabab inflyatsiya darajasi 8.6% ga yetdi, bu esa iqtisodiy o'sishning 0.8% gacha pasayishiga olib keldi (OECD Economic Outlook, 2022)9. ta'sir Germaniya tajribasi inflyatsiyaning uzoq muddat barqaror darajada saqlanishi iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish va ishonchli biznes muhiti yaratish uchun muhimligini ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, pandemiyadan keyingi narxlar o'sishi iqtisodiyotga qanday salbiy qilishi mumkinligini ochib beradi.

Fransiyada 2010-yillarda inflyatsiya past darajada (1.5-2%) ushlab turildi va iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtacha 1.5% ni tashkil etdi. Bu past inflyatsiyaning barqaror ishlab chiqarish va iste'molga ijobiy ta'sir qilganligini ko'rsatadi (European Central Bank, 2020).

2022-yilda inflyatsiya darajasi 5.9% ga ko'tarilganda, ishlab chiqarish xarajatlari ortib, iqtisodiy o'sish 1.4% gacha sekinlashdi (OECD Economic Outlook, 2022). Bu holat past inflyatsiyaning ishlab chiqarish va iste'molga ijobiy ta'sir ko'rsatishini, yuqori inflyatsiya esa xarajatlar ortishi sabab iqtisodiy o'sishni sekinlashtirishini ko'rsatadi

Rivojlanayotgan mamlakatlardan bazilari ko'rib chiqishimiz mumkin:

Hindistonda 2000-2010-yillar oralig'ida inflyatsiya o'rtacha 7.2% bo'lib, iqtisodiy o'sish sur'atlari yillik 6-8% ni tashkil etdi (Reserve Bank of India, Annual Report, 2010)10. Ushbu davrda inflyatsiya ishlab chiqarish va iste'mol talabini rag'batlantirish omili sifatida xizmat qildi.

2011-2013-yillarda inflyatsiya darajasi 10% dan oshganida, ishlab chiqarish hajmi qisqarib, iqtisodiy o'sish sur'ati 4.8% gacha tushdi. Bu holat inflyatsiyaning yuqori darajalari investitsiyalarni kamaytirishi va iqtisodiy faollikni sekinlashtirishini ko'rsatdi (World Bank Economic Review, 2015). Hindiston misoli o'rtacha darajadagi inflyatsiya iqtisodiy o'sishga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ko'rsatadi. Ammo inflyatsiyaning haddan tashqari oshishi iqtisodiy faollikni susaytirishi va investitsiyalarni kamaytirishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Janubiy Afrikada inflyatsiyaning 4-6% darajasida ushlab turilishi iqtisodiy barqarorlikni ta'minladi, bu esa 2015-2020-yillarda yillik iqtisodiy o'sish sur'atlarini 3.2% darajasida saqlashga yordam berdi (African Development Bank, 2022)11.

8 European Central Bank. (2020). Monetary Policy and Inflation Targets. URL: https://www.ecb.europa.eu

9 European Central Bank. (2020). Monetary Policy and Inflation Targets. URL: https://www.ecb.europa.eu

10 OECD Economic Outlook (2022). Economic Survey of Germany. Organization for Economic Cooperation and Development, URL: https://www.oecd.org

11 African Development Bank (2022). Economic Report on South Africa. African Development Bank, URL: https://www. afdb. org

Research BIB / Index Copernicus

Inflyatsiya 2022-yilda 7.8% ga oshgach, iqtisodiy o'sish 2.1% gacha pasaydi, bu yuqori inflyatsiya darajalari iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishi mumkinligini ko'rsatadi. JAR tajribasi barqaror inflyatsiya darajalari iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlashini, ammo inflyatsiyaning belgilangan doiradan chiqishi iqtisodiy rivojlanishga to'siq bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.

Afrka mamlakatlaridan Zimbabveda 2008-yilda giperinflyatsiya 231,000,000% ga yetdi, bu esa iqtisodiyotning to'liq izdan chiqishiga olib k eldi. Shu sababli ishlab chiqarish, iste'mol va investitsiyalar to'xtab qoldi (IMF Report, 2009). Zimbabvedagi giperinflyatsiya iqtisodiyotni butunlay izdan chiqarishini ko'rsatib, inflyatsiyani boshqarishning muhimligini yaqqol tasdiqlaydi.

O'zbekistonda inflatsiya va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki mamlakatda iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o'zgarishlar jarayoni davom etmoqda. So'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, jumladan, valyuta kursining liberallashtirilishi, narxlarni erkinlashtirish, soliqlarni qisqartirish va davlatning xususiy sektorga ko'proq ishtirok etishga imkon berishi, iqtisodiy o'sish va inflyatsiyani boshqarish jarayonlarini sezilarli darajada o'zgartirdi.

1. Inflyatsiyaning o'zgarishi: 2017-yilda O'zbekistonda valyuta kursini liberallashtirish va narxlarni erkinlashtirish siyosati inflyatsiya darajasining oshishiga olib keldi. O'sha yili inflyatsiya 18.8% ni tashkil etdi. Biroq, keyingi yillarda inflyatsiyani pasaytirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2020-yilda inflyatsiya darajasi 11.1% gacha pasaydi (Jahon Banki hisobotlari, 2021, URL: [https://www.worldbank.org](https://www.worldbank.org)). 2021-yilda esa, inflyatsiya 10.4% darajasida bo'lib, hukumat tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va importni qisqartirish, ichki ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ta'sirini ko'rsatdi. 2022-yilda inflyatsiya darajasi 11.6% ni tashkil etdi, lekin hukumat inflyatsiyani o'zgartirish va boshqarish bo'yicha yangi strategiyalarni ishlab chiqdi, bu esa narxlarning stabilizatsiyasiga yordam berdi (IMF Report, 2023, URL: [http s: //www.imf.org] (https: //www.imf.org)).

2. Inflyatsiyaning iqtisodiy o'sishga ta'siri: 2022-yilda inflyatsiya darajasi 11.6% ni tashkil etib, iqtisodiy o'sish sur'ati 6% darajasida qayd etildi. Bu holat inflyatsiyaning iqtisodiy o'sishga to'g'ridan-to'g'ri salbiy ta'sir qilmaganligini ko'rsatadi, chunki hukumatning iqtisodiy islohotlar va investitsiya yondoshuvi yordamida iqtisodiy o'sishning sur'ati barqaror bo'lib qolgan. 2023-yilga kelib, iqtisodiy o'sish 5.5% gacha pasaydi, ammo inflyatsiya darajasi nazoratda bo'ldi va 5 -7% oralig'ida saqlanishi maqsad qilindi (Markaziy bank strategiyasi, 2023, URL: [https://www.cbu.uz](https://www.cbu.uz)). Shuningdek, mamlakatning eksport

Research BIB / Index Copernicus

salohiyati va sanoat rivojlanishi inflyatsiyaning qisqa muddatli o'sishiga ta'sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.

3. Narxlarning oshishiga aholi munosabati: O'zbekistonda inflatsiya ko'pincha oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o'sishiga bog'liq bo'ladi. 2022-yilda asosiy iste'mol tovarlari narxi o'rtacha 15-20% ga oshgan, bu esa kam ta'minlangan qatlamlarga qiyinchilik tug'dirdi (Statistika qo'mitasi ma'lumotlari, 2023, URL: [https://stat.uz](https://stat.uz)). O'zbekiston hukumati aholini oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta'minlash uchun qator qadamlar tashladi, jumladan, ichki ishlab chiqarishni rivojlantirish va importai qisqartirishga qaratilgan siyosatlar. Biroq, qishloq xo'jaligida uzil-kesil o'zgarishlar va texnologik yangilanishlar muhim bo'lib, bu sektorning samaradorligini oshirishga yordam berishi kerak.

4. Iqtisodiy siyosatdagi o'zgarishlar va istiqbollar: Hukumat 2023-yildan boshlab iqtisodiy o'sishni ta'minlash va inflyatsiyani boshqarish bo'yicha yangi strategiyalarni joriy etdi. Ushbu strategiyalar eksportni diversifikatsiya qilish, kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, infratuzilma va sanoatni modernizatsiya qilishni o'z ichiga oladi. 2024-yil davomida iqtisodiy o'sish sur'ati 67% gacha ko'tarilishi kutilmoqda, ammo inflyatsiyaning nazorat ostida saqlanishi uchun hukumatning islohotlari va makroiqtisodiy siyosatni kuchaytirish zarur. Bu o'zgarishlar aholi daromadlari va turmush sharoitlarini yaxshilashga, iqtisodiy barqarorlikni saqlashga yordam beradi.

Ushbu maqolada inflatsiya va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlikning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, inflatsiyaning iqtisodiy o'sishga ta'siri mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va siyosatiga bog'liq. Quyidagi xulosalar chiqarildi:

1. Inflatsiyaning iqtisodiy o'sishga ta'siri murakkab va ko'p qirrali. Past va o'rtacha darajadagi inflatsiya iqtisodiy faollikni rag'batlantiradi va ishlab chiqarishni kengaytiradi. Biroq, yuqori inflatsiya iqtisodiy barqarorlikni zaiflashtirib, investitsiyalar hajmini qisqartiradi (Barro, 1995, 40-bet). Misol uchun, rivojlangan mamlakatlarda inflatsiya odatda 2-3% atrofida ushlab turilib, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydi (European Central Bank, 2020, URL: https://www.ecb.europa.eu).

2. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi farqlidir. AQSh va Germaniya singari mamlakatlarda inflyatsiyaning past darajasi barqaror iqtisodiy o'sishga zamin yaratgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa yuqori inflyatsiya ko'pincha iqtisodiy o'sishni sekinlashtirgan (IMF Report, 2022, URL: https: //www.imf.org).

XULOSA

Research BIB / Index Copernicus

3. O'zbekiston holati: O'zbekistonda inflatsiya darajasini pasaytirish bo'yicha qator islohotlar amalga oshirilib, 2022-yilda inflyatsiya darajasi 11.6% ga pasaydi. Shu bilan birga, iqtisodiy o'sish sur'ati 6% ni tashkil etdi (Markaziy bank hisobotlari, 2023, URL: https://www.cbu.uz).

4. Inflyatsiyani boshqarishning ahamiyati. Inflyatsiyani samarali boshqarish orqali iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish va aholi farovonligini oshirish mumkin. Bu, ayniqsa, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muhimdir.

Tavsiyalar:

1. Inflyatsiyani 5-7% oralig'ida ushlab turish iqtisodiy o'sishning optimal sharoitlarini yaratadi.

2. Pul-kredit siyosatini zamonaviy tahlil usullari va raqamli texnologiyalar bilan mustahkamlash lozim.

3. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali importga qaramlikni kamaytirish va iqtisodiy faollikni oshirish kerak.

4. Xalqaro tajriba va hamkorlikdan foydalanish, ayniqsa inflyatsiya boshqaruvi bo'yicha ilg'or tajribalarni qo'llash muhim ahamiyatga ega.

Shunday qilib, inflyatsiya va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlik har bir mamlakat uchun alohida tahlil qilinishi zarur. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar inflyatsiyani nazorat qilish va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun muhim qadamdir.

FOYDALANILGAN MANBAA VA ADABIYOTLAR:

1. Barro, R. J. (1995). Inflation and Economic Growth. National Bureau of Economic Research Working Paper No. 5326. URL: https: //www.nber.org/papers/w5326.

2. Friedman, M., & Schwartz, A. J. (1963). A Monetary History of the United States, 1867-1960. Princeton University Press.

3. Keynes, J. M. (1936). The General Theory of Employment, Interest, and Money. London: Macmillan.

4. European Central Bank. (2020). Monetary Policy and Inflation Targets. URL: https://www.ecb.europa.eu.

5. IMF Report. (2022). Inflation and Economic Trends in Developing Economies. URL: https://www.imf.org.

6. World Bank Economic Update. (2021). Global Inflation Trends. URL: https: //www.worldbank. org.

7. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2023). Pul-kredit siyosati va iqtisodiy barqarorlik. Toshkent. URL: https: //www.cbu.uz.

Research BIB / Index Copernicus

8. Statistika qo'mitasi (2023). O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy ko'rsatkichlar. Toshkent. URL: https://www.stat.uz.

9. Federal Reserve Report (2020). Monetary Policy Report. Federal Reserve System, URL: https://www.federalreserve.gov.

10. 7. OECD Economic Outlook (2022). Economic Survey of Germany. Organization for Economic Cooperation and Development, URL: https://www.oecd.org.

11. African Development Bank (2022). Economic Report on South Africa. African Development Bank, URL: https://www.afdb.org.

12. IMF Report (2009). Zimbabwe: Report on Hyperinflation and Economic Collapse. International Monetary Fund, URL: https://www.imf. org.

13. Markaziy bank hisobotlari (2018). O'zbekistonda Valyuta Kursi Liberallashtirishning Ta'siri. Markaziy Bank, URL: https://www.cbu.uz.

14. Jahon Banki hisobotlari (2021). O'zbekistonda Inflyatsiya va Iqtisodiy O'sish. The World Bank Group, URL: https://www.worldbank.org.

15. IMF Report (2023). O'zbekistonda Iqtisodiy Islohotlar va Inflyatsiya Boshqaruvi. International Monetary Fund, URL: https://www.imf.org.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.