Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MAMLAKATIMIZDA AGRAR SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHNING
ASOSIY YO'NALISHLARI
Ushbu maqolada mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, qishloq xo'jaligini rivojlantirish borasida davlatimizning olib borayotgan agrar siyosati va uning asosiy yo 'nalishlariga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: agrar siyosat, agrar bozor, investitsiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, agrar tarkib, agrar iqtisodiyot, oziq - ovqat xavfsizligi, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash.
This article develops proposals for ongoing reforms in the country's agrarian sector, as well as the agrarian policy of the state and its main directions in the development of agriculture.
Keywords: agricultural policy, agricultural market, investment, credit, finance, scientific, technical and technological activities, taxes and taxation, social environment, agricultural structure, agricultural economy, food security, modernization and diversification.
В данной статье развиваются предложения по проводимым реформам в аграрной сфере страны, а также аграрной политике государства и ее основным направлениям в развитии сельского хозяйства.
Ключевые слова: аграрная политика, аграрный рынок, инвестиции, кредит, финансы, научно-техническая и технологическая деятельность, налоги и налогообложение, социальная среда, аграрная структура, аграрная экономика, продовольственная безопасность, модернизация и диверсификация.
J.Z.Farmanov
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti "Moliya" kafedrasi katta o'qituvchisi N.Rimboyeva Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabasi
F.Qaxramonov Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabasi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
KIRISH
Jahon yer fondi bugungi kunda 13,4 mlrd.gektarni tashkil qiladi, uning atigi 1,5 mlrd.gektari, ya'ni 11 % qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi uchun iqtisodiy jihatdan qulay hisoblanadi1. Lekin shunga qaramay, ushbu yerlar meliorativ holatining buzilishi, eroziya, qurg'oqchilik, sho'rlanishning kuchayishi va yer osti suvlarining ta'siri, sanoat va transport qurilishlari, foydali qazilmalarning ochiq tarzda o'zlashtirilishi natijasida sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi keskinlashib bormoqda. Shuning uchun dunyo yer fondining asosiy muammosi -cug'oriladigan yerlarni saqlab qolish va ularning unumdorligini oshirib borish bo'lmoqda. Shu nuqtai nazardan jahonda sug'oriladigan yerlar unumdorligini oshirish va undan foydalanish samaradorligini oshirishning amaliy natijalariga qaratilgan keng ko'lamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda,
Ma'lumki, O'zbekiston respublikasi aholisi soni yuqori sur'atlar bilan o'sib borishi, qishloq xo'jaligi yerlarining boshqa toifaga o'tkazilishi va global iqlim o'zgarishi ta'sirining keskinlashuvi oqibatida "oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sug'oriladigan yer maydonlari o'lchami 24 %ga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), qisqardi"2, bonitet bali 60 dan yuqori yerlarning maydoni 10,4 %ga qisqarib ketgan bo'lsa, yer sifati bo'yicha o'rtacha va o'rtachadan past maydonlar 14,0 %ga ko'paydi.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi PF-3226-sonli va 2007 yil 29 oktyabrdagi "Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari va "20132017 yillar davomida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori va 2019 yil 17 iyun PF-5742-son "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 23 oktyabr PF-5853-son "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonlari va 2020 yil 1-maydagi PQ-4700-son "Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari aynan agrar sohani, xususan, qishloq xo'jaligini rivojlantirishda muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy asoslari yaratildi.
1 Центр экономических исследований Узбекистана. www.cer.uz
2O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-sonli farmoniga ilova. "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish kontseptsiyasi".
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
METODLAR
Tadqiqot jarayonida qiyosiy mantiqiy va abstrakt fikrlash usullaridan foydalanildi.
NATIJALAR
Agrar siyosat- umumiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo'lib, qishloq xo'jaligi tarmog'i oldiga qo'yilgan vazifalarga erishishni ta'minlashga qaratilgan yer bilan bog'liq munosabatlarni isloh qilish asosida agrar munosabatlarni shakllantirish hamda shu munosabatlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan agrotexnologik, tashkiliy va iqtisodiy tamoyil hamda vositalar majmui hisoblanadi.
Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, u qishloq xo'jaligi va unga bog'liq xo'jalik sohalarini qamraboladi. Agrar siyosatni davlatning agrar iqtisodiyot doirasida harakatga keltiriladigan jarayonlar shakli va metodlari ko'rinishidagi faoliyati deb ham tushunish mumkin. Agrar siyosat o'zida qishloq aholisini moddiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar siyosatning asosiy sohalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: agrar bozor; investitsiya; kredit; moliya; ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat; soliqlar va soliqqa tortish; ijtimoiy muhit; maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish.
Agrar siyosatning asosiy vazifalaridan biri sifatida agrar qonunchilikka ta'sir o'tkazish, u orqali yer va yer bilan ishlovchilarning manfaatini ko'zlab ish olib borish hisoblanadi.
Agrar tarkib - mamlakat rivojlanishi bilan bog'liq holda qishloq xo'jaligini tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining natijasidir. Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo'jaligi rivojlanishi, aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab chiqarish omillariga bog'liq yig'indisidir. U mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlarda ifodalanadi.
Agrar siyosatning asosida agrar bozor yotadi. Agrar bozor agrar siyosatni ham ishlab chiqaruvchi, ham iste'molchi manfaatlariga mos amalga oshirilishiga yordam qiladi.
Qishloq xo'jalik bozorlari qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi uchun zarur bo'ladigan omillar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini birlashtiradigan iqtisodiy vositadir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki masala iqtisodiyotni tezroq barqarorlashtirish hisoblanadi. Shu jihatdan qishloq xo'jaligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish eng muhim masalalardan hisoblanadi. Qishloq xo'jaligida bozorlarni to'g'ri tashkil
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
qilish va agrar siyosatni to'g'ri olib bormasdan iqtisodiy samaradorlikka erishib bo'lmaydi.
Samarali agrar siyosat yuritishdan maqsad mamlakat aholisini qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabini to'laroq qondirish, mamlakatni oziq-ovqat bilan to'la ta'minlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat korxonalarini yetarli xomashyoga bo'lgan ehtiyojini to'laqonli qondirish, agrar resurslar salohiyatidan maqsadli foydalanishga erishish orqali davlatimizning iqtisodiy qudratini yanada o'stirish, mamlakat aholisini yashash farovonligini yaxshilash hisoblanadi.
Agrar siyosat ma'lum bir mustaqilliklarga ega va u faol tarzda agrar iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatib boradi. Agrar siyosatning agrar iqtisodiyotga ta'siri odatda ikki xil bo'ladi: u rivojlanishni yoki tezlashtiradi, yoki sekinlashtiradi. Agrar siyosatning agrar iqtisodiyotga ijobiy ta'siri ilmiy asoslangan siyosat bo'lgandagina bilinadi. Agrar iqtisodiyot va agrar siyosatning o'zaro aloqadorligini yoki birining ikkinchisidan ayni holatda ustunligini siyosiy yoki xo'jalik yo'nalishidagi masala birinchi qo'yilayotganligi bilan ajratib olish mumkin. Bunda quyidagilarni e'tiborga olish lozim:
❖ birinchidan, bir butunlik, ya'ni agrar iqtisodiyot va agrar siyosatning o'zaro mustahkam aloqada va munosabatda ekanligi;
❖ ikkinchidan, agrar iqtisodiyotning birlamchi, agrar siyosatning ikkilamchi ekanligi;
❖ uchinchidan, agrar siyosatning agrar iqtisodiyotga faol ta'sir ko'rsatishini.
Agrar siyosatning agrar iqtisodiyotga faol ta'siri agrar siyosatning faoliyat doirasini belgilab olishga yordam beradi. Agrar siyosatning mohiyatini ko'rib chiqishda, quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
❖ agrar siyosat siyosiy munosabatlar doirasiga kiradi, chunki u o'zida davlat, davlatlararo va shu kabi doiradagi munosabatlarni mujassamlashtiradi;
❖ agrar siyosatning xususiyatlari agrar iqtisodiyotning maxsus xususiyatlaridan kelib chiqadi. Agrar iqtisodiyotning asosida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, taqsimoti, ayirboshlashi va iste'molini boshqarish bilan bog'liq iqtisodiy qonunlar yotadi. Shuning uchun ham agrar siyosat ham shu qonunlar hukmronligi ostida olib boradi;
❖ agrar siyosat umumjamiyat munosabatlari tizimida muhim o'ringa ega.
Boshqacha aytganda, u agrar iqtisodiyotga yaqin joylashgan, uning ifodasi va
yakuni sifatida namoyon bo'ladi.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Agrar siyosatning asosiy vazifasi - agrar sohadagi jarayon va qarashlami aks ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib berishdir.Agrar siyosatning boshqa bir muhim vazifalaridan biri agrar qonunchilikka ta'sir ko'rsatish hisoblanadi. Agrar sohada bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida davlat, birinchi navbatda, agrar bozordagi ishlab chiqaruvchilar va ist'emolchilar huquqlarini himoya qilish vazifasini qo'yadi. Iqtisodiy faoliyat bir me'yorda ketishi uchun faoliyat ko'rsatuvchi sub'ektlar qonuniy himoya qilingan bo'lishi kerak. Avvalo, xo'jalik yurituvchilarning yerga nisbatan va mulkka nisbatan faoliyatlarini erkin bo'lishiga erishish lozim. Shuning uchun ham qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mulk huquqini kafolatlaydigan agrar qonunchilik zarur.
Agrar siyosatning aniq vazifalariga quyidagilar kiradi:
❖ mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash;
❖ qishloq xo'jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini ta'minlash;
❖ atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish.
Umuman olganda, O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirish quyidagi muhim strategik maqsadlarni amalga oshirishni ko'zda tutadi:
- Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qishloq xo'jaligida "dekapling" samarasiga erishish va organik qishloq xo'jaligini rivojlantirish;
- Paxta va g'alla maydonlarini maqbul bo'lgan nisbatlargacha qisqartirish va ulardan bo'shagan yer maydonlariga aholi iste'moli uchun zarur bo'lgan qishloq xo'jaligi ekinlari ekish va shu orqali oziq -ovqat xavfsizligini ta'minlash;
- Qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini ko'paytirish orqali mamlaakatimizga valyuta tushumini oshirish;
- Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini tashkil etish orqali qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda shu asosda aholi bandligi va turmush darajasini oshirish.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo'lsak, agrar siyosatni amalga oshirishning strategik vazifalari bo'lib iqtisodiyot bo'yicha samarali raqobatbardosh agrosanoat ishlab chiqarishini shakllantirish, ijtimoiy soha bo'yicha qishloq aholisi turmush darajasini oshirish va qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ekologiya borasida esa ekologik toza iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarish va agrosanoatning
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
texnologik darajasini oshirish hamda resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy resurslarni saqlab qolish hisoblanadi. Agrar siyosatning ob'ekti milliy agrosanoat majmuasi doirasida shakllanadigan va o'zaro bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste'mol munosabatlari yig'inidisidir. Zamonaviy agrar siyosat uni amalga oshirish bilan bog'liq aniq mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga oluvchi yondashuvlar o'z ichiga oladi. Agrar siyosat qishloq hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloqlar aholisi bandligi va turmush darajasini o'sishini ta'minlashga qaratilgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatlaridan biridir. Agrar siyosatni amalga oshirishning eng muhim yo'nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz:
❖ qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga byudjet mablag'larini ajratish;
❖ qishloq xo'jadigi korxonalari uchun alohida imtiyozli soliq rejimini qo'llash;
❖ davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo'jaligining oziq-ovqat va xom-ashyo mahsulotlarini sotib olish, saqlash, qayta ishlash va yetkazib berishni amalga oshirish;
❖ qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorini bojxona-tarif va turli notarif yo'llar bilan tartibga solish;
❖ qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorini antimonopol siyosat bilan tartibga solish.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6024-son Farmoni. 2020 yil 10 iyul.
2. SZ Safoevna, MN Juraevna. Analysis of economic efficiency of the use of irrigated land in agriculture and factors on them. Journal of Contemporary Issues in Business and Government. 2021. Том 27, Номер 2, Страницы 4055-4061.
3. ZS Shoxo'jayeva. Problems and solutions in the water sector of the region. -НАУКА И ТЕХНИКА. МИРОВЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ, 2020. Стр.21-24.
4. ЗС Шохужаева, НЖ Маманазарова. Эффективность инновационных процессов в сельскохозяйственном развитии. "Минтакд иктисодиётини
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
инвестициялашнинг молиявий-хукукий ва инновацион жихдтлари." Халкаро конференция.2020 й.
5. ZS Shoxo'jayeva. Efficient use of water resources in the agricultural sector. Monograph. T.: - 2012
6. Z.S.Shoxujaeva, A.B.Kurbonov. Sustainable Development Of The Agrarian Sector Depends On The Efficient Use Of Water Resources. International Journal of Engineering and Advanced Technology (IJEAT) ISSN: 2249 - 8958, Volume-8 Issue-6, August 2019.
7. ZS Shoxo'jayeva, M Norqobilov Problems of rational use of water resources in agriculture of the Republic of Uzbekistan. - НАУКА И ТЕХНИКА. МИРОВЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ, 2020.
8. ЗС Шохужаева Зарубежный опыт в сельском хозяйстве по использованию водных ресурсов. - Economics, 2020.
9. Sagdullaevna TF, Shoxo'jaeva Zebo Safoevna. Food provision of the population of the Republic of Uzbekistan in pandemy conditions: problems and solutions. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal -2021/2.
10. Utkirovna MN, Shoxo'jaeva Zebo Safoevna Organizational and economic basis for the development of cotton and textile clusters. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal - 2021/2.