Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIDA MINERAL- XOMASHYO RESURSLARINING TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI
Qosimova Nodira Saidovna
Termiz muhandislik-texnologiya instituti assistenti Tel:998(99)023-16-19 E-mail: qosimovagtiet.uz@gmail .com
Sharifova Nargiza Djurayevna
Termiz muhandislik-texnologiya instituti assistenti Tel: 998(93)6349383 E-mail: nargizasharipova439@gmail.com
Musurmonova Adolat Ilhom qizi
Termiz muhandislik-texnologiya instituti talabasi Musurmonovaadolat59gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekistonda mineral- xomashyo resurslari va zaxiradagi potensial resurslarning hududiy joylashuvi, ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta 'siri va ahamiyati haqida so'z boradi. O'zbekiston Respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlarining mamlakat iqtisodiyotining uzoq muddatli istiqbolini belgilashi uchun ahamiyatli ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirishni va qayta tiklashni ta'minlash, yillik dasturning asosiy vazifalari hamda ularni shakllantirish tartiblari ko 'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan mineral xomashyo resurslari, foydali qazilma konlari, tashqi bozorni o 'zlashtirish, ijobiy savdo balansini tashkil etish, hududlararo aloqalarni mukammallashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish.
АННОТАЦИЯ
В данной статье говорится о территориальном расположении полезных ископаемых и потенциальных запасов Узбекистана, их влиянии и значении на экономику страны. Показано, что эксплуатируемые в Республике Узбекистан месторождения полезных ископаемых имеют важное значение для определения долгосрочной перспективы экономики страны. В обеспечении развития и восстановления минерально-сырьевой базы республики показаны основные задачи годовой программы и порядок их формирования.
Ключевые слова: Минеральные ресурсы промышленного значения, месторождения полезных ископаемых, освоение внешнего рынка, установление
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
положительного торгового баланса, улучшение межрегиональных отношений, выпуск конкурентоспособной продукции.
This article talks about the territorial location of minerals and potential reserves of Uzbekistan, their impact and significance on the country's economy. It is shown that the mineral deposits exploited in the Republic of Uzbekistan are important for determining the long-term prospects for the country's economy. In ensuring the development and restoration of the mineral resource base of the republic, the main tasks of the annual program and the procedure for their formation are shown.
Key words: Mineral resources of industrial importance, mineral deposits, foreign market development, establishment of a positive trade balance, improvement of interregional relations, production of competitive products.
Mineral- xomashyo resurslari har bir mamlakatning eng muhim boylik manbaidir. Undan olinayotgan mahsulotlar insonning turli ehtiyojini qondiradi. Mineral-xomashyodan turli metallar, yoqilg'i, qurilish materiallari, ximikatlar, qishloq xo'jaligi uchun o'g'itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yer ostidagi mineral hosilalar qidirilmagan va baholanmagan bo'lsa, u holda ular mineral xomashyo sifatida ko'rib chiqilishi mumkin, holbuki ularni aniqlashga va qidirishga mehnat sarflanadi. Ammo yer ostidagi bunday mineral xomashyo zaxiralari potensial resurslar hisoblanadi, xolos. Ular yer qa'ridan qazib olingandan keyingina haqiqiy mineral xomashyo hisoblanadi. Mineral xomashyo tushunchasi foydali qazilma tushunchasi1 bilan uzviy bog'liqdir. Yer qa'ridan qazib olingan, xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega bo'lgan foydali qazilmalar mineral xomashyo deyiladi. Mamlakatda muayyan muddatda qidirilgan, aniqlangan, baholangan hamda prognoz qilingan foydali qazilmalar esa mineral resurslar deb ataladi.2 Foydali qazilmalar guruhiga ma'danli va ma'dansiz metallar, neft, gaz, ko'mir, torf va yer osti suvlari kiradi. Ular insoniyat uchun yoqilg'i va energiya manbalari hisoblanadi. Ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda. Texnika bilan qurollanganlik darajasi qancha yuqori bo'lsa, foydali qazilmalar assortimenti shunchal ik ko'p bo'ladi va mineral xomashyoning ko'plab yangi turlari sanoat ishlab chiqarishiga jalb etiladi. Masalan, sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan toshko'mirdan faqat XVII asr oxiridan, neftdan XIX asr o'rtalaridan, alyuminiy, magniy, xrom va nodir
1 Foydali qazilma - ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning hozirgi darajasida sanoatda foydalanish uchun yaroqli bo'lgan yer qobig'idagi tabiiy mineral moddalardir.
2 Л.П.Кобахидзе «Экономика геологоразведочной отрасли. Москва. Недра. 1990.
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
elementlar ma'danlaridan va kaliyli tuzlardan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan, uranli ma'danlardan esa XX asr o'rtalaridan boshlab foydali qazilma sifatida foydalanib kelinmoqda. Odatda, foydali qazilmalar zaxiralari va prognoz qilingan resurslar miqdoriy jihatdan baholanadi. Dunyo va ayrim mamlakatlar mineral-xomashyo balansida, har bir foydali qazilma turi, zaxiralarining 70-80% dan ortig'i yirik va juda katta konlar hisobiga to'g'ri keladi, qolganlari o'rtacha kattalikdagi va ko'plab mayda konlarga jamlangan. Umuman qidirib topilgan foydali qazilmalarning talaygina qismi ma'dan miqdoriga nisbatan oz bo'lgan, yoki katta chuqurlikda va murakkab tog'- geologik sharoitlarda joylashgan konlarda jamlangan. Mineral resurslarni sanoat yo'sinida o'zlashtirish ularni baholashga, ilmiy- tadqiqot, izlash va geologik qidiruv ishlari va hajmiga, sanoatning o'ziga xos xususiyatlariga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xo'jalik mineral- xomashyo sektorining mamlakat iqtisodiyotidagi roli bilan belgilanadi, hamda qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlashni o'z ichiga oladi. Mineral resurslarning qaytadan tiklanmasligi, ulardan oqilona foydalanish zarurati, qazib chiqarish, qayta ishlash va tashishda isrof bo'lishini qisqartirish, shuningdek ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatish va mineral resurslardan foydalanishda ekologik iqtisodiy yondoshuvga rioya qilish lozimligi bilan izohlanadi. Mineral-xomashyo resurslariga bo'lgan ehtiyoj iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarishga nisbatan jadal ortib bormoqda. Bu asosan ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish, uning energetik va texnikaviy qurollanganlik darajasini oshirish uchun ko'p miqdorda tabiiy resurslar zarurligi bilan izohlanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mineral-xomashyo resurslari rolining ortib borishi ularga nisbatan ehtiyojning o'sishi bilangina emas, balki ularning o'ziga xos xususiyatlari va mehnat unumdorligiga ta'siri bilan shartlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni rivojlantirish sur'atlari va darajasi ko'p jihatdan foydali qazilmalardan foydalanish samadorligi ko'lamlari va darajasiga bog'liqdir3. Ma'lumki, mineral-xomashyo resurslari ham ichki, ham tashqi bozorning iste'mol obekti hisoblanadi. Shu tufayli, tog'- kon sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar milliy iqtisodiyotning quyidagi muammolarini yechishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim:
• xalq xo'jaligi talabini an'anaviy turdagi mineral-xomashyolar bilan to'liq ta'minlash;
• tashqaridan kirib kelayotgan mineral-xomashyolar o'rnini to'ldirish;
• milliy xo'jalikning yangi sohalarini xomashyo bilan ta'minlash;
3 A.E.Ishmuhamedov, M.R.Rahimova "Mintaqaviy iqtisodiyot". Toshkent.iqtisodiyot.2010
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
• ekologik vaziyatni (kimyoviy o'g'itlarni tabiiy o'g'itlarga almashtirish) va sanitar-gigiyenik vaziyatni (yod, brom, shifobaxsh minerallar) yaxshilanishini tashkil etish;
• tashqi bozorni o'zlashtirish va ijobiy savdo balansini tashkil etish.
Hozirgi paytda dunyo miqiyosida yiliga 150 mlrd tonna mineral xom-ashyo qazib olinmoqda. Tabiiy nurash oqibatida dengiz va okeanlarga daryolar orqali yiliga 15 mlrd tonna tog' jinslari oqib qo'shilmoqda va 3-4 mlrd tonna tog' jinslari atmosfera havosiga ko'tarilmoqda. Inson o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yiliga 1500-2000 mlrd tonna tog' jinslarini bir joydan ikkinchi joyga ko'chiradi. BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) ning ma'lumotlariga qaraganda, yiliga dunyoda 2,6 mlrd tonna neft, 3,6 mlrd tonna xrom ma'dani, 3-4 mlrd tonna qo'rg'oshin ma'dani, 6 mlrd tonna temir ma'dani, 7,3 mlrd tonna mis ma'dani, 32 mlrd tonna ko'mi r, 1,2 mln tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin va platina ma'danlari, 120 mln. tonna fosfatlar va 159 mln tonna tuz qazib olinmoqda. So'nggi 25 yil mobaynida dunyoda ko'mirga bo'lgan talab 2 marotaba, kaliy, marganets va fosfor tuzlariga 2-3 marotaba, temirga 3 marotaba, neft va gazga 6 marotaba oshgan bo'lsa, shu davr mobaynida aholining o'sishi 40% ni tashkil etdi. Agar qazilma boyliklardan hozirgi tezlik bilan foydalanilsa, oltin zaxiralari 35 yilda, rux-36 yilda, kaliy-40 yilda, uran-47 yilda, mis-66 yilda, surma va simob zaxiralari 70 yilda neft, gaz va ko'mir zaxiralari esa 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shuning uchun ko'pgina rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, Angliya, Olmoniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar)da xom-ashyo va yer osti boyliklarining yetishmasligi tufayli ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlab, boshqa mamlakatlarning boyliklaridan foydalanmoqdalar. Jahon bozorining o'zgargan sharoitlari O'zbekiston Respublikasi mineral xomashyo negizini ham qayta taqsimlash muammosini ilgari surmoqda. Buning uchun barcha toifadagi sanoat zaxiralari va prognoz qilingan resurslarni qisqa muddat ichida geologik-iqtisodiy baholanishi amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirda O'zbekistonda 2025 tadan ortiq konlar mavjud. Jumladan, qurilish materiallari bo'yicha 867 ta, yer osti suvlarining 649 ta, uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat) ning 244 ta, qimmatbaho metallar (oltin, kumush)ning 97 ta, rangli va nodir metallarning 12 ta, radioaktiv metallarning 38 ta, kon xomashyolarining 37 ta, kon-kimyoning 32 ta, qimmatbaho toshlarning 30 ta, ko'mir va neft slanetsining 7 ta, qora metallarning 5 ta resursi qayd etilgan va qidirib chamalangan. Ba'zi foydali qazilmalar (oltin, uran, mis, fosforitlar, molibden va boshqalar) zaxiralari bo'yicha O'zbekiston dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kiradi. Respublikamizning umumiy mineral-xomashyo salohiyati taxminan 3,5 trillion dollarni tashkil
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
qiladi. Ishlatish uchun tayyorlab qo'yilgan foydali qazilmalar zaxiralari 1025 mlrd. AQSH dollariga baholanmoqda. Shuni qayd qilish kerakki, respublikada nisbatan qisqa muddat ichida 200 mlrd. dollar miqdorida xomashyo qazib olindi. Nufuzli xalqaro konsalting kompaniyalaridan biri — BCG (Boston Consulting Group)4 hisob- kitoblariga ko'ra, keyingi o'n yil ichida mamlakatning investitsiyaviy salohiyati
65 milliard AQSh dollarini tashkil etishi kutilmoqda. Shundan 45 milliard dollardan ortig'i xomashyo sanoati hissasiga to'g'ri keladi. Tayyorlab qo'yilgan zaxiralar negizida respublikada 535 ta kon, shaxta, karyer, neft-gaz konlari, 420 ta suv olish joylari, balneologik shifoxonalar, shifobaxsh suvlarni quyish shoxobchalari ishlab turibdi. O'zlashtirishga tayyorlab qo'yilgan mineral -xomashyo zaxiralari nafaqat ishlab turgan kon qazib chiqarish majmualarining uzoq muddatli istiqbolini ta'minlaydi, balki ularning quvvatini oshirish, eng muhim foydali qazilmalar (oltin, uran, mis, qo'rg'oshin, rux, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, flyuorit, kvarts-dala-shpat, agrokimyoviy ma'danlar va boshqalar) qazib olishni qaytadan tashkil etish imkonini ham beradi. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlrd. dollar miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular o'rniga 6-7 mlrd. dollarlik yangi zaxiralar qo'shilmoqda. Mamlakatimizda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining oltin ma'danli xomashyo bazasi G'arbiy O'zbekistondagi 20 ga yaqin konlardan iborat. Ushbu konlarning umumiy ma'dan zaxirasi 2,12 milliard tonnani tashkil etadi. Ularning ishlab chiqarishda maqsadga muvofiqligi, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan amalda foydalanilayotgan zaxiralari 1,99 milliard tonnani tashkil etadi. Qolgan qismi hozirgi vaqtda istiqbolli zaxiralar toifasiga kiritilgan. Ushbu zaxiralarni sanoat o'zlashtirilishiga jalb qilish puxta texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishni talab qiladi. Mamlakat mineral-xomashyo bazasini mustahkamlashda ulardan samarali va oqilona foydalanish lozim. Qayta ishlash sanoatida esa mahsulotni qayta ishlash darajasining takomillashuvi - qazib olish sanoatining barqaror rivojlanishini ta'minlashga asos bo'ladi.
Istiqbolda mintaqada mineral-xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyani maqbul boshqarish, respublika iqtisodiyotidagi muammolarni aniq belgilab, ularni hal qilishning samarali yo'llarini izlab topishni taqozo qiladi. Bu esa katta mablag' talab etuvchi geologiya-qidiruv ishlari, tog'- kon sanoatini rivojlantirish kabi iqtisodiyotdagi muhim vazifalarning qay darajada hal etilishiga bog'liq. Mamlakatimiz sanoati tarkibida qazib olish sanoati hissasining o'sishi oltin, gaz,
4 BCG (Boston Consulting Group)- 1963 yilda tashkil etilgan,shtab kvartirasi Massachusets shtatining Boston shahrida joylashgan Amerika global boshqaruv konsalting kompaniyasi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
neft qazib chiqarish sanoatlarida ishlab chiqarish jarayonining kengayishida o'z ifodasini topmoqda. Shu bilan birga qayta ishlash sanoatida mahsulotni qayta ishlash darajasining takomillashuvi - qazib olish sanoatining barqaror rivojlanishini ta'minlashga asos bo'ladi. Shu maqsadda Respublikada "2022-2026 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo'yilgan bo'lib, umumiy qiymati 182 million dollarlik 14 loyiha shakllantirilgan. Bu dasturga muvofiq 8 ta yangi kon va 18 ta istiqbolli maydon hisobiga uran zaxirasini oshirish, zamonaviy burg'ulash uskunalarini olib kelish, raqamli geologiya modelini yaratish ko'zda tutiladi. Unga ko'ra, O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi huzurida "Yangi kon" loyiha ofisi tashkil etish uchun uning ustav kapitaliga 15 million dollar ajratilgan. Bu loyiha ofisi litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boshqa nodir metallarni ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda.
Istiqbolli konlarni tayyorlash va ularga investorlarni jalb qilishga oid takliflar ham ko'rib chiqilgan bo'lib, bu borada respublikada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Sharg'unko'mir" AJ ni yiliga 900 ming tonna ko'mir qazib olish quvvatiga yetkazish maqsadida Modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.5 Loyihaning umumiy qiymati - 105,5 mln. dollar (korxonaning o'z mablag'i -15,7 mln. dollar, Xitoy Eksimbanki zayomi - 89,8 mln. dollar), quvvati -yiliga 900 ming tonna toshko'mir qazib olish. Xitoy Eksim Banki kredit mablag'lari hisobiga amalga oshirilayotgan ushbu investitsion loyiha doirasida 2016 yil 1 noyabrda "Shargunko'mir" AJ hamda Xitoyning "China Railway Tunnel Group Co.,Ltd." (CRTG konsorsium yetakchisi) va "China Coal Technology &Enjineering Group Corp." (CCTEG) kompaniyalari konsorsiumi o'rtasida 94,5 mln. AQSh dollariga teng shartnoma imzolangan6 bo'lib, hozirda bu loyiha o'z natijasini bermoqda.
Respublikada yagona bo'lgan metall parchalari hisobiga ishlovchi O'zbekiston metallurgiya kombinatini xomashyo bilan ta'minlash maqsadida Davlat geologiya qo'mitasi temirga oid geologiya-qidiruv ishlarini olib bormoqda. Hozirgi vaqtda 450 mln. tonna ma'dan (o'rtacha temir miqdori - 15%) zaxirasiga ega bo'lgan Tebinbuloq (Qoraqalpog'iston Respublikasi), 70 mln. tonna ma'dan (miqdori - 33%) zaxirasiga ega bo'lgan Temirkon (Jizzax viloyati) va 16 mln. tonna, (miqdori -34 %) ma'dan zaxirasiga ega bo'lgan Syurenota (Toshkent viloyati) singari uchta kon faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari umumiy zaxirasida 1,5 million tonna
5 Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.01.2017 yildagi PQ-2727 sonli qarori bilan tasdiqlangan.
6 Qosimova Nodira Saidovna, Muhammadiev ElbekMirza o'g'li, Ochildiev Bunyod Ashrabjonovich -"O'zbekistondagi konchilik korxonalariga kiritilayotgan investitsiya loyhalari tadbiqi"
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
rux, 700 ming tonna qo'rg'oshin, 180 ming tonna mis va 2,3 ming tonna kumush mavjud bo'lgan "Olmaliq KMK" AJ Xondiza (Surxondaryo viloyati) polimetallar koni ham faoliyat yuritmoqda.. Kon shaxtasida ruda qazib olish yillik loyiha quvvati 650 ming tonnani tashkil etadi. Boshqarma tarkibida faoliyat yuritayotgan boyitish fabrikasining ishlab chiqarish quvvati soatiga 82,07 tonna, 1 kunlik quvvati esa 1850 tonnani tashkil etadi. Bugungi kunda Xondiza kon boshqarmasi tarkibiga Xondiza shaxtasi, boyitish fabrikasi, ta'mirlash-qurilish uchastkasi, moddiy-texnika bazasi kiradi. Bu yerda polimetall rudalar qazib chiqariladi va boyitiladi. Natijada ulardan mis, rux va qo'rg'oshin konsentratlari olinadi. Rux va mis konsentratlarini keying qayta ishlash uchun Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga xom ashyo sifatida yetkazib beriladi. Qo'rg'oshin esa Qozog'istonga eksport qilinadi. 2018-yilda 47 ming tonnadan ko'proq, 2019- yilda 53 miing tonna, 2020-yilda esa 24 ming 600 tonna qo 'rg'oshin konsentrati eksport qilingan. 2023 yilgi rejaga muvofiq Olmaliq KMK negizida rangli va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni kengaytirishning asosiy muhandislik-loyihalash (Basic Enginering) ishlari yakunlanadi. Iyun oyigacha kombinat "HATCH" koncalting kompaniyasi bilan mis eritish quvvatlarini kengaytirishning dastlabki texnik- iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqarishni yakunlaydi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Qo'ng'irot shahrida osh tuzi va ohaktoshdan iborat xomashyo negizida yiliga 210 ming tonna kaustik va kaltsiyli soda ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan soda zavodi ishga tushirildi. Zavodning to'la quvvatda ishlay boshlashi bilan respublikamiz o'zini-o'zi soda bilan to'la ta'minlaydi.
Navoiy viloyatidagi Qizilqum fosforit zavodining quvvati yiliga 1190 ming tonna bo'lgan konsentratni tashkil etadi. Korxonaning ishga tushirilishi bilan, respublikada fosforitga bo'lgan talab to'laligicha qondiriladi. Bugungi kunda mamlakatimizga fosforit qo'shni Qozog'iston Respublikasidan keltirilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida quvvati yiliga 300 ming tonna bo'lgan kaliy xlor ishlab chiqaradigan kaliy zavodini qurish loyihalashtirmoqda. Korxona ishga tushishi bilan, respublikaning kaliy xlorga bo'lgan talabi qondiriladi. (Hozirgi kunda kaliy xlor Rossiya va Belorussiyadan keltirilmoqda).
O'zbekistonda Avstriya bilan hamkorlikda kvarts qumi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Kvartspesok" qo'shma korxonasi faoliyat yuritadi. (Kvarts qumi Respublikamizga Tojikiston Respublikasidan olib kelinadi). Shu o'rinda shuni ta'kidlash lozimki, Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi Uchqizil, Jarqo'rg'on, Sariosiyo, Qiziriq va Sherobod tumanidagi kvarts qumlarining tarkibi kimyoviy tahlil qilindi xomashyolarning ichida Jarqo'rg'on va Sherobod
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
tumanidagi kvarts qumlari tarkibida SiO 2 ning miqdori boshqa konlar kvarts qumlaridagiga nisbatan ko'pligi aniqlangan. Natijalardan shuni xulosa qilish mumkinki, Surxondaryo viloyati bir qator kvarts qumi konlaridan, jumladan Jarqo'rg'on va Sherobod tumanlaridagi kvarts qumlarini boyitish orqali silikat materiallarini ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo komponenti sifatida ishlatish mumkin.7 Buning natijasida kvarts qumini chetdan tashib kelish xarajatlari kamayishiga olib kelinadi.
Bundan tashqari, Jahon bozorida uran narxi barqaror o'sib borayotgani, yangi loyihalarda bu xomashyoni qayta ishlash va qo'shilgan qiymat yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Shunga ko'ra uran zaxirasini xalqaro standartlarga muvofiq baholash, so'ngi texnologiyalar asosida rudadan uranni ajratib olish darajasini oshirishga e'tibor qaratilmoqda. Yana bir loyiha O'zbekistonda mis sanoati klasteri tashkil etilgan bo'lib, dasturga muvofiq, mis ishlab chiqarishni yagona "zanjir" asosida 2 baravarga ko'paytirib, 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida xususan, oltin, kumush, mis va sakkiz turdagi metall bo'lmagan foydali qazilmalar zaxirasi, mineral qazib olish hajmi kamida 1,5 baravar oshirilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, oxirgi yillarda yerosti suvining sathi O'zbekistondagi 13 ta tumanda 5 metrgacha, 9 ta tumanda 20 metrgacha pasaygan. Ushbu vaziyatning oldini olish maqsadida yerosti suvi zaxiralarini ko'paytirish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish bo'yicha investitsiya loyihalari doirasida dastur amalga oshirilmoqda.
Geologiya sohasini modernizatsiya qilishga ajratilayotgan mablag'lar yildan yilga ko'paymoqda. Burg'ulash, tog'-kon, laboratoriya, geofizika, energetika uskunalari, maxsus jihozlar, yordamchi va boshqa turdagi uskunalarni modernizatsiya qilish uchun 512 milliard so'mga yaqin mablag' yo'naltirilgan. Mablag'larning maqsadli sarflanishi natijasida so'nggi uch yil ichida sohadagi texnik jihozlarning uchdan bir qismi modernizatsiya qilindi. Zamonaviy uskunalardan foydalanish texnik imkoniyatlar tufayli ilgari kirish imkoni mavjud bo'lmagan ob'ektlarga kirish, ta'mirlash vaqtini qisqartirish orqali quduqlarni burg'ulash tezligi va sifatini oshirishga erishilmoqda. Bundan tashqari, barcha bosqichdagi ish vaqtini qisqartirish, atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish va murakkab konstruksiyali quduqlarni burg'ulashga imkon bermoqda. Masalan, zamonaviy uskunalar yordamida burg'ulash chuqurligini 800 metrdan 1200 metrgacha, ish samaradorligini 1,7 baravar oshirish
7 Qodirova Z.R., Adinaev X.A., Qodirov R.A. "Surxondaryo viloyati kvars qumlari kimyoviy va element tarkiblarining tahlili"
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
mumkin. Shunga ko'ra, davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lar evaziga yuzdan ortiq uskunalar modernizatsiya qilinmoqda. Modernizatsiya dasturining amalga oshirilishi tufayli kelgusida qidiruv ishlari hajmini 35 foiz oshirish, 16 ta uglevodorod konini aniqlash va 23 ta yangi konda zaxiralar hajmini tasdiqlash kutilmoqda.
Shu bilan birga, Global Mapper8 , Erdas Imagine9 va ENVI10 kabi fazoviy ma'lumotlarni qayta ishlash imkonini beradigan zamonaviy geografik axborot texnologiyalaridan foydalanmay kelajakda geologiya-qidiruv ishlarini tasavvur qilishning iloji yo'q. O'zbekistonda eng yangi geoinformatsion texnologiyalardan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratilayotgani chuqur qatlamlar to'g'risida aniq-ravshan ma'lumot olish va ulkan hududlarni tadqiq qilishda vaqt va resurslarni tejashga xizmat qiladi. Mamlakat sanoat korxonalarida texnik-texnologik holatni yaxshilash, xomashyo va kapital mablag'larni tejash, energiya va suv sig'imini kamaytirish, ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish o'ta muhimdir. Shu nuqtayi nazardan olib qaraydigan bo'lsak, Respublikada yirik zaxiralarga ega bo'lgan yerosti boyliklarini qazib olish sanoati qayta ishlovchi sanoatiga yetarlicha xomashyo resurslari yetkazib berish maqsadiga bo'ysunadi. Shuning uchun bu tarmoqning rivojlanishi pirovard maqsad emas, balki qayta ishlash sanoati rivoji uchun va respublikaga yetarlicha valuta tushumlarining kelishi uchun vositadir. Shu bilan birga qayta ishlash sanoatida mahsulotni qayta ishlovchi darajasining takomillashuvi - qazib olish sanoati rivojining barqaror rivojlanishini ta'minlashga asos bo'ladi. Mamlakat sanoat korxonalarida texnik-texnologik holatni yaxshilash, xomashyo va kapital mablag'larni tejash, energiya va suv sig'imini kamaytirish, ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish o'ta muhimdir. Bu esa nisbatan arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish, hududlararo aloqalarni mukammallashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar miqdorini oshirish muammolarini hal etish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Sh.M. Mirziyoyev. Asarlar. 1-jild. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz".
2. Sh.M. Mirziyoyev. "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz".
3. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild.T-2000.
4. Л.П.Кобaхидзe "Экономика гeологорaзвeдочной отрасли". Москва. Нeдрa.
8Geografik ma'lumot tizimi uchun dasturiy ta'minot
9 Geografik va giperspektral tasvirlarni, shuningdek, vektor ma'lumotlarni qayta ishlash uchun dasturiy ta'minot
10 Geografik axborot tizimlari mutaxassislari, masofadan zondlash bo'yicha olimlar va tasvir analitiklari tomonidan foydalaniladigan tasvirni tahlil qilish dasturi
1990.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
5. Sh. Shodmonov "Iqtisodiyot nazariyasi" T-2005.
6. A.E. Ishmuhamedov, M.R. Rahimova "Mintaqaviy iqtisodiyot" Toshkent. Iqtisodiyot. 2010
7. N.S.Qosimova "O'zbekistondagi konchilik korxonalariga kiritilayotgan investitsiya loyihalari tadbiqi". 2022-yil 16-17-dekabrda o'tkazilgan xalqaro ilmiy-texnik anjuman materiallari to'plami.-Termiz: 2022.
8. Г.Г. Фетисов, В.П.Орешин. "Региональная экономика и управление". Учебник. -М.: «Инфра», 2006.
9. А.Г. Гренберг. " Основы региональной экономики". Учебник. 4-е изд. - M.: Издательский дом ГУВШЕ, 2004.
10. R.X. Alimov va boshqalar Mahalliy iqtisodiyot va mеnеjmеnt: O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004.
11. L.M.Toshpo'latova. "Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati" T- 2004.
12. Кодирова З.Р., Адинаев Х.А., Кодиров Р.А. " Сурхондарё вилояти кварц кумлари кимёвий ва элемент таркибларининг тахлили"