Научная статья на тему 'MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIDA BYUDJET HISOBINING TUTGAN OʻRNI VA UNING OʻZIGA XOS JIHATLARI'

MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIDA BYUDJET HISOBINING TUTGAN OʻRNI VA UNING OʻZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
16
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
byudjet siyosati / byudjet hisobi / iqtisodiy siyosat / moliya tizimi / davlat byudjeti / moliyaviy resurslar / buxgalteriya hisobi / xarajatlar hisobi / moliyaviy rejalashtirish / moliyaviy barqarorlik / byudjet tashkilotlari. / budget policy / budget accounting / economic policy / financial system / state budget / financial resources / accounting / cost accounting / financial planning / financial stability / budgetary organizations.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jumakulov Shuxratjon Zamirovich

Ushbu maqola mamlakat iqtisodiy rivojlanishida byudjet hisobining tutgan oʻrni va uning oʻziga xos jihatlari muhokama etiladi. Asosiy urgʻu byudjet hisobining asosiy boʻgʻini hisoblangan xarajatlar hisobiga qaratiladi, bu orqali davlat byudjetini samarali foydalanishga erishish mumkinligi eʼtirof etiladi. Shuningdek maqolada byudjet hisobi tushunchasiga olimlarning bergan taʼrifiga keltiriladi, umumiy jihatlariga eʼtibor qaratiladi. Tadqiqot soʻngida muallif byudjet hisobi yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz xulosalarini taqdim etadi va shakllantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF BUDGET ACCOUNTING IN THE ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE COUNTRY AND ITS SPECIFIC ASPECTS

This article examines the role of budget accounting in the economic development of the country and its specific aspects. The main emphasis is on accounting for accrued expenses, the main link in budget accounting, through which the possibility of effective use of the state budget is recognized. The article also provides a definition of the concept of budget accounting, given by scientists, and pays attention to general aspects. At the end of the study, the author presents and formulates his conclusions on further improvement of budget accounting.

Текст научной работы на тему «MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIDA BYUDJET HISOBINING TUTGAN OʻRNI VA UNING OʻZIGA XOS JIHATLARI»

MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIDA BYUDJET HISOBINING TUTGAN O'RNI VA UNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Jumakulov Shuxratjon Zamirovich

O'zbekiston Milliy universiteti, mustaqil tadqiqotchi shuhratj on.j umakulov@gmail. com

Annotatsiya: Ushbu maqola mamlakat iqtisodiy rivojlanishida byudjet hisobining tutgan o'rni va uning o'ziga xos jihatlari muhokama etiladi. Asosiy urg'u byudjet hisobining asosiy bo'g'ini hisoblangan xarajatlar hisobiga qaratiladi, bu orqali davlat byudjetini samarali foydalanishga erishish mumkinligi e'tirof etiladi. Shuningdek maqolada byudjet hisobi tushunchasiga olimlarning bergan ta'rifiga keltiriladi, umumiy jihatlariga e'tibor qaratiladi. Tadqiqot so'ngida muallif byudjet hisobi yanada takomillashtirish bo'yicha o'z xulosalarini taqdim etadi va shakllantiradi.

Kalit so'zlar: byudjet siyosati, byudjet hisobi, iqtisodiy siyosat, moliya tizimi, davlat byudjeti, moliyaviy resurslar, buxgalteriya hisobi, xarajatlar hisobi, moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy barqarorlik, byudjet tashkilotlari.

РОЛЬ БЮДЖЕТНОГО УЧЕТА В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ СТРАНЫ И ЕГО СПЕЦИФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ

Жумакулов Шухратжон Замирович

Национальный университет Узбекистана, независимый исследователь

shuhratj on.j umakulov@gmail. com

Аннотация: В данной статье рассматривается роль бюджетного учета в экономическом развитии страны и его специфические аспекты. Основной упор делается на учет начисленных расходов, основным звеном бюджетного учета, через который признается возможность эффективного использования государственного бюджета. Также в статье приводится определение понятия бюджетного учета, данное учеными, уделяется внимание общим аспектам. По окончании исследования автор представляет и формулирует свои выводы о дальнейшем совершенствовании бюджетного учета.

Ключевые слова: бюджетная политика, бюджетный учет, экономическая политика, финансовая система, государственный бюджет,

финансовые ресурсы, бухгалтерский учет, учет затрат, финансовое планирование, финансовая устойчивость, бюджетные организации.

THE ROLE OF BUDGET ACCOUNTING IN THE ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE COUNTRY AND ITS SPECIFIC ASPECTS

Jumakulov Shuxratjon Zamirovich

National University of Uzbekistan, independent researcher shuhratj on.j umakulov@gmail. com

Abstract: This article examines the role of budget accounting in the economic development of the country and its specific aspects. The main emphasis is on accounting for accrued expenses, the main link in budget accounting, through which the possibility of effective use of the state budget is recognized. The article also provides a definition of the concept of budget accounting, given by scientists, and pays attention to general aspects. At the end of the study, the author presents and formulates his conclusions on further improvement of budget accounting.

Keywords: budget policy, budget accounting, economic policy, financial system, state budget, financial resources, accounting, cost accounting, financial planning, financial stability, budgetary organizations.

KIRISH

Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi va undagi beqarorlikning oshishi har bir mamlakatlar iqtisodiyotiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Jumladan O'zbekiston Respublikasida ham bu o'z navbatida, byudjet siyosati, jumladan, byudjet hisobini ham amalga oshirishning optimallashtirish vazifasini dolzarbligini belgilab beradi.

Har qanday zamonaviy jamiyatning iqtisodiy tuzilishini shakllantirish va rivojlantirishda yetakchi, hal qiluvchi rolni davlat hokimiyati egallaydi, u tomonidan tanlangan iqtisodiy siyosat doirasida amalga oshiriladigan islohotlar hamda tartibga solish mexanizmi bunda asosiy rolni o'ynaydi. Davlatga iqtisodiy va ijtimoiy tartibga solishni amalga oshirishga imkon beradigan eng muhim mexanizmlardan biri bu moliyaviy mexanizm hisoblanadi, u moliya tizimi asoslanadi, uning asosiy bo'g'ini esa davlat byudjeti hisoblanadi. Bundan shuni anglash mumkinki tanlangan mavzu bugungi kunda naqadar dolzarb, zero har bir mamlakat dunyo jamiyatida, iqtisodiy maydonida o'z o'rnini egallashga harakat qilayotgan davrda bu juda muhimdir. Davlatning iqtisodiy mustahkamligi uning ichki moliyaviy barqarorligi bilan bevosita bog'liqdir, shu o'rinda mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va byudjet hisobi bilan bog'liqligini, mushtarakligini ko'rish mumkin.

Byudjet hisobi moliya tizimi orqali davlatning markazlashtirilgan fondlarni yaratadi va mamlakat byudjetining shakllanishiga ta'sir qiladi, davlat muassasalari, organlarining funksiyalarni bajarish qobiliyatini ta'minlaydi. Byudjet hisobi samarali tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha kiritilayotgan o'zgarishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va jamiyat uchun eng muhim sohalarni jamlash orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirishdan iborat bo'lishi lozim. Ushbu o'zgarishlar va islohotlarning mohiyati byudjet hisobi isloh qilishdan iborat bo'lib, unda byudjet mablag'larini rejalashtirish va taqsimlash ularning xarajatlarining kutilayotgan natijasi bilan asoslanishi kerak.

Yuqoridagilarga asoslangan holda hozirgi vaqtda milliy iqtisodiyotning samarali ishlashining eng muhim sharti noishlab chiqarish tarmoqlarini saqlash uchun ajratilgan davlat byudjeti mablag'laridan oqilona va tejamli foydalanish hisoblanadi, buning birdan bir yo'li esa bu byudjet hisobi samarali va oqilona tashkil etishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ta'kidlash joizki biz ushbu mavzu doirasida fikr yuritar ekamiz, soha olimlarining ilmiy izlanishlari, asarlari, ilmiy tadqiqotlari, ishlanmalariga murojaat qilamiz. Birinchi navbatda "Byudjet hisobi" termini va uning tushunchasiga berilgan ta'rifiga e'tibor qaratdik: O'zbekiston respublikasi moliya vazirining "O'zbekiston respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) "Hisob siyosati"ni tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'ida "Byudjet hisobi" tushunchasi shunday ta'riflanadi "Byudjet hisobi — byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o'zgartiruvchi operatsiyalarning holati to'g'risidagi axborotni to'plash, ro'yxatdan o'tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi" [1].

Shu o'rinda xalqaro tajribalarga murojaat etsak jumladan Rossiya Federatsiyasining Byudjet kodeksida berilgan ta'rifga "Byudjet hisobi - bu byudjet jarayoni ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan aktivlar, majburiyatlar va moliyaviy natijalar holati to'g'risida pul ko'rinishida ma'lumotlarni to'plash, ro'yxatdan o'tkazish va umumlashtirishning uzluksiz, tartibli tizimi" [3].

Bir guruh rus olimlari muallifligidagi "Byudjet hisobi va hisoboti" darsligida quyidagicha ta'rif beriladi: "Byudjet hisobi-bu davlatning ta'sis subyektlari va munitsipalitetlarning (davlat hokimiyati organlari, davlat byudjetidan tashqari jamg'armalarini boshqarish organlari, hududiy davlat byudjetidan tashqari jamg'armalarini boshqarish organlari, mahalliy hokimiyat organlari va ular tomonidan tashkil etilgan byudjet muassasalari) moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan aktivlari, majburiyatlari holati to'g'risida ma'lumot, pul ifodasini to'plash, ro'yxatdan o'tkazish,

umumlashtirishning tartibli tizimi, ushbu aktivlar, majburiyatlarning o'zgarishiga olib keladigan operatsiyalar majmui [4].

Yurtimizning taniqli olimi M. Ostonaqulov muallifligidagi "Byudjet hisobi" darsligida esa quyidagicha ta'rif berilgan: "Byudjet hisobi davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Byudjet hisobi davlat byudjeti ijrosi bilan bog'liq bo'lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida byudjetning holatini tavsiflashni ta'minlaydi. Byudjet hisobi orqali xalq xo'jaligi hamma tarmoqlarining davlat byudjeti bilan o'zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisob-varaqlarda byudjetning pul mablag'lari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi mablag'lar, byudjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda byudjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi" [5].

Yana bir guruh mamlakatimiz olimlari I.N. Qo'ziyev, Sh.V. G'aniyev va A.S. Ramazonov muallifligidagi "Byudjet hisobi va nazorati" darsligida quyidagicha ta'rif keltirilgan "Byudjet hisobi va nazorati - byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o'zgartiruvchi operatsiyalarning holati to'g'risidagi axborotni to'plash, ro'yxatdan o'tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir" [6].

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada ilmiy abstraksiyalash, mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil, ma'lumotlarni guruhlash, taqqoslash usullaridan foydalanilgan, shu bilan birgalikda tadqiqotning nazariy va uslubiy bazasini mustahkamlash maqsadida sohaga oid, ilmiy asarlar, o'quv qo'llanmalari, uslubiy ko'rsatmalar, ilmiy konferensiyalar materiallari ma'lumotlari tizimli yondashuv usuli yordamida o'rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakat iqtisodiy rivojlanishida byudjet hisobining tutgan o'rni va uning o'ziga xos jihatlari to'g'risida mulohaza qilganda, biz byudjet hisobi turli darajadagi byudjetlarning moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash jarayonida muhim roli haqida bilishimiz zarur. Bugungi kunda respublikamizda davlat boshqaruvi sohasida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda jumladan, byudjet hisobi sohasi va faoliyatida ham. Biroq, xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan taqqoslaganda ichki byudjet hisobini shakllantirish va rivojlantirishni tahlil qilmasdan turib, amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy va salbiy tomonlarini baholash mumkin emasligi ko'rinadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, har qanday davlatning byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo'lib, u orqali moliyaviy resurslar to'planadi, taqsimlanadi va davlat siyosatini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Dunyo bo'ylab byudjetni hisobga olish qoidalarining asosiy vazifasi moliyaviy hisobot mazmuniga qo'yiladigan talablarni

oshkor qilishdir. Bunday qoidalarning maqsadi turli xil byudjet tashkilotlarining turli hisobot davrlaridagi faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarning taqqoslanishiga erishish uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun asos yaratishdan iborat.

Buxgalteriya hisobi kabi byudjet hisobining ham eng asosiy bo'g'inlari bu xarajatlarini va daromadlarni hisobga olish hisoblanadi. Biroq eng farqli jihat shundagi byudjet hisobida daromadlarni hisobi tushunchasi faqat davlat byudjetiga asoslanadi va unga bog'liq, shundan kelib chiqqan holda byudjet hisobida asosiy e'tibor xarajatlarini hisobga qaratiladi.

Byudjet xarajatlarini hisobga olish moliyaviy rejalashtirishning muhim jihatlaridan biri bo'lib, davlat sektorining moliyaviy barqarorligi va samaradorligini ta'minlashda, byudjet xarajatlarining shaffofligi va javobgarligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Xarajatlarni to'g'ri va o'z vaqtida hisobga olish davlatga xarajatlarni nazorat qilish va optimallashtirishga imkon beradi, shu bilan birga byudjet mablag'laridan asossiz foydalanishga va korrupsiya sxemalarini amalga oshirishga yo'l qo'ymaydi.

Byudjet tashkilotining xarajatlari uning faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo'lib, uning vazifalarini bajarish bilan chambarchas bog'liqdir. Ular davlatning funksiyalari va xizmatlarining bajarilishini ta'minlash, shuningdek, uning ish samaradorligini ta'minlash uchun sarflanishi kerak bo'lgan barcha xarajatlarni aks ettiradi. Byudjet muassasalarining xarajatlari hisobi bu uning o'z faoliyati davomida xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag'lar miqdorini ifodalaydi. "Xarajatlar smetasi — byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag'lari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar xarajatlar moddalari bo'yicha aks ettiriladigan hujjat" [1].

Shuningdek asosiy byudjet hisobi o'ziga xos jihatlaridan biri bu byudjet tashkilotlarida xarajatlari hisobga olish hisoblanadi, uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat (1-rasm).

Xodimlarga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar uchun xarajatlar hamda ular bo'yicha soliqlar byudjet hisobining eng muhim nuqtalari hisoblanadi, chunki ular tashkilotning samarali ishlashini ta'minlaydigan malakali xodimlarni saqlash bilan bevosita bog'liqdir. Ish haqi va turli xil qo'shimcha to'lovlarni o'z ichiga olgan holda, ushbu xarajatlar nafaqat joriy byudjet davrida hisobga olinadi, balki ish haqining o'sishi va inflyatsiyani hisobga olgan holda uzoq muddatga rejalashtiriladi. Ish haqi, bo'yicha soliqlarni ham eng muhim hisob turi hisoblanadi, zero unda ham xodim ham davlat manfaatlari bir biriga bog'lanadi, lekin uning maqsadlari turlicha bo'ladi.

1-rasm. Byudjet tashkilotlarida xarajatlari hisobga olishning asosiy tarkibiy

qismlari1

Mulk va jihozlarga texnik xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish ham tashkilotning uzluksiz ishlashini ta'minlash nuqtai nazaridan muhim rol o'ynaydi. Ushbu xarajatlar doirasida binolarni ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish, ijaraga berish, kompyuter texnikasi va dasturiy ta'minotni yangilash, orgtexnika hamda boshqa zarur materiallarni sotib olish amalga oshiriladi.

Aktivlarni sotib olish va saqlash tashkilot salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan. Xarajatlarning ushbu toifasiga texnologik uskunalar, ko'chmas mulk va transport vositalarini, shuningdek, unumdorlik va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan boshqa aktivlarni sotib olish va modernizatsiya qilish kiradi.

Tadqiqotlar va ishlanmalar, dasturlar va loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha xarajatlar byudjet tashkilotining ijtimoiy tarkibiy qismini tashkil etadigan xarajatlarning muhim turlari hisoblanadi. Ular fuqarolar farovonligini oshirish va umuman jamiyat rivojiga qaratilgan turli dastur va loyihalarning amalga oshirilishini ta'minlash imkonini beradi.

Davlat sektoridagi xarajatlarni hisobga olish davlat mablag'lari oqimini nazorat qilish imkonini beradi va ulardan maqsadli va qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishini ta'minlashga imkon beradi. Shuningdek, u dastur va loyihalarning samaradorligini baholash, kelajak uchun prognoz qilish va byudjet xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi.

Davlat mablag'larini sarflashda shaffoflik va mas'uliyat mamlakatda yashovchi aholining ishonchini oshiradigan muhim tamoyillardir. Fuqarolar soliq to'lovlari

1 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi.

byudjetga qanday maqsadlarda ajratilganligi va sarflanganligini kuzatishi, shuningdek byudjet loyihalarini amalga oshirish samaradorligini baholashi kerak. Bu davlat mablag'larini yanada ochiq va demokratik boshqarishga yordam beradi.

Xarajatlarni hisobga olish davlatga davlat dasturlarini amalga oshirish samaradorligini baholash, muammoli yo'nalishlarni aniqlash va ularni takomillashtirish choralarini ko'rish imkoniyatini beradi. Bunday tahlil xarajatlarni optimallashtirish va resurslarni eng ustuvor hamda muhim sohalarga yo'naltirish imkonini beradi. Xarajatlar va ularning samaradorligi to'g'risida aniq ma'lumot bo'lmasa, davlat ongli qarorlar qabul qila olmaydi va o'z moliyasini malakali boshqara olmaydi. Xarajatlarni hisobga olish nafaqat joriy xarajatlarni nazorat qilish imkonini beradi, balki uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini yaratish, byudjet jarayonlarini optimallashtirish va iqtisodiyotning barqarorligi va barqarorligini ta'minlash imkonini beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, fikrimizcha mamlakat iqtisodiy rivojlanishida byudjet hisobining tutgan o'rni beqiyosdir, biz ushbu tadqiqot doirasida birgina uning tarkibi qismi byudjet hisobida xarajatlar hisobining o'ziga xos jihatlari to'xtaldik va bu jihat bo'yicha tadqiqotimiz natijalariga asoslangan holda quyidagi asosiy tamoyillari samarali byudjet hisobi xususan undagi xarajatlar hisobini shakllantirishga xizmat qiladi:

1. Shaffoflik va ochiqlik - xarajatlar bo'yicha ma'lumotlar aholi va jamoatchilikka ochiq bo'lishi zarur.

2. Byudjet intizomi - xarajatlarni hisobga olish byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish va mablag'lardan noto'g'ri foydalanishning oldini olishga yordam berishi kerak.

3. Samaradorlik va natijadorlik - xarajatlarni hisobga olish aniq natijalarga erishish va byudjet mablag'laridan samarali foydalanishga qaratilgan bo'lishi lozim.

4. Nazorat va taftish - xarajatlarni hisobga olish davlat mablag'laridan foydalanishni nazorat va taftish qilish mexanizmlarini o'z ichiga olishi kerak.

Byudjet hisobi davlat sektorida xarajatlarni hisobga olishda, moliyaviy rejalashtirish va nazorat qilishning muhim vositasidir. Bu davlat mablag'larini sarflashda shaffoflik va mas'uliyat, byudjet resurslaridan samarali foydalanish hamda aniq natijalarga erishish imkonini beradi. Byudjet hisobini to'g'ri va o'z vaqtida amalga oshirish davlat dasturlari va loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zaruriy shartidir. Byudjet hisobida xarajatlarni to'g'ri hisobga olmasdan, davlat o'z mablag'larini samarali boshqara olmaydi va davlat dasturlari va loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshira olmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasining "Byudjet kodeksi". https://lex.uz/uz/docs/-2304138

2. O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining "O'zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli BHS) "Hisob siyosati"ni tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'i, 27.12.2016 yilda ro'yxatdan o'tgan, ro'yxat raqami 2853. https://lex.uz/docs/-3083849

3. Бюджетный учет: учебник / О.Е. Качкова, Т.И. Кришталева. — Москва: КНОРУС, 2024. — 352 с.

4. Бюджетный учет и отчетность: Учебное пособие / М.А. Вахрушина, А.С. Бизина, Н.Н. Сибилева, А.А. Соколов; Под ред. М.А. Вахрушиной. — Москва : Вузовский учебник: НИЦ Инфра-М, 2013. — 282 с.

5. M. Ostonaqulov. Byudjet hisobi. — Т.: "Talqin", 2008. — 424 bet.

6. I.N. Qo'ziyev, Sh.V. G'aniyev, A.S. Ramazonov. Byudjet hisobi va nazorati: Darslik /; — T.: "Nihol print" OK, 2022. 632 b.

7. Бонина, А. А. (2024). Организация учёта расходов в учреждениях бюджетного финансирования. Вестник науки, 1(2 (71)), 16-21.

8. Кундузова, К. (2023). ОСОБЕННОСТИ ФИНАНСОВЫХ ОНЛАЙН-СЕРВИСОВ. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/7). https://doi.org/10.47390/SP1342V3I7/SY2023N09

9. Кундузова, К. (2024). ПОНЯТИЕ ОБОРОТНЫХ АКТИВОВ И ИХ МЕСТО В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ХОЗЯЙСТВУЮЩИХ СУБЪЕКТОВ НА СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(3). https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I3Y2024N22.

10. Kumrikhon, K., & Azizhon, K. (2021). Issues of Improving the Audit of Insurance Organizations. Central Asian Journal Of Innovations On Tourism Management And Finance, 2(11), 25-30.

11. Ибрагимова, А. Х., & Абдуллаев, М. А. (2024). БЮДЖЕТНЫЙ УЧЕТ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. Journal of Monetary Economics and Management, (2), 3032.

12. Кудбиев, Н. Т. (2022). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ ПРЕДПРИЯТИИ С КОММЕРЧЕСКИМИ БАНКАМИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(10), 87-93.

13. Жадяева, А. Н. (2018). ЗАРУБЕЖНАЯ ПРАКТИКА ВЕДЕНИЯ БЮДЖЕТНОГО УЧЁТА. Вектор экономики, (3), 3-3.

14. Jumakulov, Z. I. (2022). Development of the Cluster System in Agriculture in Uzbekistan. International journal of business diplomacy and economy, 1(5), 226229.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.