Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOPSHDAGI BOLALARNI SAVODGA O‘RGATISHNING ME’YORIY ASOSLARI'

MAKTABGACHA YOPSHDAGI BOLALARNI SAVODGA O‘RGATISHNING ME’YORIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
22
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya / aqliy tarbiya / ma’naviyat / tug‘ma layoqat / ruhiy tarbiya / rivojlanish / qiziqish / ehtiyoj / minimal talablar / “Men” konsepsiyasi / omil / nutq / o‘qish / savod / tayyorgarlik. / education / mental education / spirituality / innate ability / spiritual education / development / interest / need / minimum requirements / "I" concept / factor / speech / reading / literacy / preparation

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sheraliyeva M.A.

Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan shakllantirish, ularning tug‘ma layoqati, ruhiy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga (maktabga) tayyorlash, maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi ushbu “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”12 orqali nazorat qilinishi, Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablari belgilab berilgan bo‘lib, shu asosda bolalarning savodxonligini oshirish yo’llari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NORMATIVE BASICS OF TEACHING CHILDREN IN PRESCHOOL YOPSH TO LITERACY

In this article, the main tasks of education for preschool children today are physical, mental and spiritual formation of children, regular training based on national and universal values, taking into account their innate abilities, mental development, interests, needs and opportunities. The fulfillment of the goals and tasks set for the process of preparation for education (school), development of preschool children and preparation for school is controlled by this "State requirements for the development of preschool children", in the State requirements the main directions of the content of education given to preschool children and the minimum requirements for their readiness for school have been determined, and on this basis, ways of improving children's literacy have been revealed.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOPSHDAGI BOLALARNI SAVODGA O‘RGATISHNING ME’YORIY ASOSLARI»

Sheraliyeva M.A.

Termiz davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi

MAKTABGACHA YOPSHDAGI BOLALARNI SAVODGA O'RGATISHNING ME'YORIY ASOSLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan shakllantirish, ularning tug'ma layoqati, ruhiy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta 'lim olishga (maktabga) tayyorlash, maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo 'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi ushbu "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari"12 orqali nazorat qilinishi, Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo 'yiladigan minimal talablari belgilab berilgan bo 'lib, shu asosda bolalarning savodxonligini oshirish yo 'llari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim-tarbiya, aqliy tarbiya, ma'naviyat, tug'ma layoqat, ruhiy tarbiya, rivojlanish, qiziqish, ehtiyoj, minimal talablar, "Men " konsepsiyasi, omil, nutq, o 'qish, savod, tayyorgarlik.

Sheralieva M.A. senior teacher Department of preschool education Termez State University

NORMATIVE BASICS OF TEACHING CHILDREN IN PRESCHOOL YOPSH TO LITERACY

Abstract. In this article, the main tasks of education for preschool children today are physical, mental and spiritual formation of children, regular training based on national and universal values, taking into account their innate abilities, mental development, interests, needs and opportunities. The fulfillment of the goals and tasks set for the process ofpreparation for education (school), development of preschool children and preparation for school is controlled by this "State requirements for the development of preschool children ", in the State requirements the main directions of the content of education given to preschool children and the

12 https://lex.uz/docs/-5179335

minimum requirements for their readiness for school have been determined, and on this basis, ways of improving children's literacy have been revealed.

Key words: education, mental education, spirituality, innate ability, spiritual education, development, interest, need, minimum requirements, "I" concept, factor, speech, reading, literacy, preparation

Davlat talablari ko'rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, ota-onalar, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog'lomligi, qobiliyati, ruhiy rivojlanishi va imkoniyatlari, ya'ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqiladi. Bola kishilik jamiyatining sog'lom va faol a'zosi bo'lib yetishishi uchun odamlar orasida yashashi, insoniyat hayoti va mehnati jarayonida ko'p asrlardan buyon to'plab kelinayotgan bilimlarni egallab borishi, kattalar tarbiyasida bo'lmog'i lozim. Bolaning xotirasi va kuzatuvchanligi, diqqati va tafakkuri, histuyg'ulari va irodasini mashq qildirish kabi faoliyatlar, odatda murabbiy va tarbiyachilar tamonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining ayrim xususiyatlarini rivojlantirishda bu faoliyatning mazmuni va uning qay darajada uyushtirilganligi katta ahamiyatga ega. Bolani biror narsaga o'rgatishgina emas, unda o'z kuchiga ishonchni orttirish, o'z g'oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda "Men" konsepsiyasini13 shakllantirish ham muhimdir.

O'zbekiston Respublikasining 16.12.2019 yildagi O'RQ-595-son "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" Qonuni 1 -bobining Maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari nomli 6- moddasida "Har bir bola maktabgacha ta'lim va tarbiya olish huquqiga ega. Davlat har bir bolaning umumiy o'rta ta'lim tashkilotiga o'qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida umumiy o'rta ta'limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o'tishga bo'lgan huquqini kafolatlaydi. Bolaning maktabgacha ta'lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta'lim va tarbiya xizmatlarini ko'rsatish, shuningdek ta'lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta'minlanadi"14.

Davlat talablari 0-7 yoshli bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini baholab boruvchi talablar bo'lib, ular bilim, malaka va ko'nikmalar rivojlanishining ko'rsatkichlarini belgilaydi:

1. Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;

2. Ijtimoiy - hissiy rivojlanish.

3. Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari.

4. Bilish jarayonining rivojlanishi.

5. Ijodiy rivojlanish.

Mazkur 5 ta yo'nalish 0 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning o'z-o'ziga xizmat ko'nikmalarining shakllanishi, nutq, o'qish va savodga tayyorlash darajasini, atrof-olam haqidagi tushunchalarni va qo'yilgan talablarni egallashi

13 https://lex.uz/docs/-5179335

14 https://lex.uz/ru/docs/-4646908

uchun asosiy omil hisoblanadi. U maktabgacha ta'lim tizimining mohiyatini belgilaydi va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalik qadriyatini saqlagan holda har bir bolaning individual (alohida) rivojlanishini ta'minlashga yo'naltiradi.

Davlat talablarining maqsadi: - mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va tehnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib maktabgacha ta'lim tizimi faoliyatini yo'lga qo'yish;

-sifatli ta'lim ko'rsatish xizmatlari, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;

- kadrlar tayyorlash sifati va ta'lim faoliyatining tartibini belgilash;

- bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish;

- bolaning intellektual shaxs sifatida va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;

- bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

- bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdir.

Nutq oilada, keyinchalik, maktab va jamiyatda rivojlanib boradi. Til va savodning rivojlanishi ona tilida ifodalash qobiliyatiga asoslanadi. "Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari" yo'nalishining asosi-so'zlashuv nutqini tinglash va tushunish, kitob o'qishga qiziqish uyg'otish, yozish malakalarini rivojlantirishdir. Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari sohasi quyidagi talablardan iborat bo'lgan quyidagi kichik sohalarni o'z ichiga oladi: nutq va til; o'qish malakalari; qo'l barmoqlari mayda motorikasi.

5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari sohasi rivojlanishiga quyidagicha davlat talablari qo'yiladi: bola nutqni tinglash va tushunish qobiliyatiga ega bo'lishi; bola so'zlashish va muloqot qilishga qodir bo'lishi; oddiy tahlil va sintez qilish ko'nikmalarini rivojlantirish; lug'atni faollashtirish; nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish; bog'lanishli nutqni shakllantirish; ijodiy hikoya qilishni shakllantirish lozim.

Bu kabi talablarni bajarishda quyidagi ko'rsatkich (indikator) larga e'tibor qaratiladi: Bola musobaqalar va munozalarda ishtirok etadi va u erda eshitgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajaradi. Ayrim maxsus so'zlarning ma'nosini tushunadi (shifokor bolalarni davolaydi, o'qituvchi bolalarni o'qitadi...). Boshqalardan yoki radio, televizor, teatrda eshitgan hikoyalarni osonlikcha bayon qiladi; Ona tilini juda yaxshi biladi, oddiy, umumiy foydalanishdagi gaplar yordamida fikrini ifodalaydi;

Indikatorlar (ko'rsatkichlar): Ko'p vaqt davomida kitob bilan o'tirib, uni tomosha qilishi mumkin, kitobni to'g'ri holatda ushlaydi; Ayrim ma'lumotlarni yig'ish uchun kitoblardan foydalanadi. Bir necha mashhur asarlar va adabiy qahramonlarni aytib berishi mumkin;

Tarbiyachilar pedagogik tajribaga ega bo'lsalar, o'z tarbiyalanuvchilarining psixologik rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilsalar, albatta, bolalarda ijobiy o'zgarish bo'lishiga erishadilar. U yoki bu bola shaxsining o'ziga xosligini, uning boshqa odamdan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasi

individuallikdir. Individuallik temperamentda va xarakter xususiyatlarida, odatda,qiziqishda, bilish jarayonlariga oid fazilatlarida (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) qobiliyatda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Ilk qadam" davlat o'quv davturi, Toshkent-2019.

2. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Bolalarni boshlang'ich talimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari" to^risida 132-sonli 9 mart 2020 yil.

3. Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini rivojlantirish. Bolalar bog'chalari uchun dastur. N.Bikbaeva, T.Umarova. Toshkent, O'zPFITI, 1995.

4. Abidova L. MTMda matematika mashg'ulotlarini tashkil etishda qiziqarli matematikaning o'rni// Zamonaviy ta'lim jurnali. №2. 2005.

5. Mirjalolova L. Bolalarning so'z boyligini ertaklar asosida oshirish. - Toshkent, 2008.

6. Asqarova Dilorom Qurbonovna "Bolalalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi" O'quv qo'llanma "Navro'z" nashriyoti Toshkent 2020 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.