Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA GIPERAKTIV BOLALAR UCHUN O’YIN TEXNOLOGIYALARINI TASHKIL ETISH USULLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA GIPERAKTIV BOLALAR UCHUN O’YIN TEXNOLOGIYALARINI TASHKIL ETISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1502
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Giperdinamik (bebosh bola) sindrom / giperaktiv bolalar uchum o’yinlar / diqqatlilik / guruh bilan ishlash / oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining giperaktiv sindromining oldini olish bo’yicha hamkorligi. / Hyperdynamic Syndrome / Hyperactive Children's Games / Attention / Group Work / Family and Preschool Education for Hyperactive Syndrome Prevention.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Baxromjon Joraboyev

Maqolada maktabgacha yoshda bo’lgan giperaktiv bolalar uchun mo’ljallangan turli xil o’yin texnologiyalari haqida bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarning turli xil o’yinlar orqali ularni intelektual qobilyatlarini rivojlantirish, tafakkur va aql zakovatini oshirish, diqqatni jamlay olishni bilish, guruh bo’lib ishlash, harakatlarni boshqarishni o’rgatishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF ORGANIZATION OF GAME TECHNOLOGIES FOR HYPERACTIVE CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

The article is about different game technologies for hyperactive children of preschool age, the development of preschool children through various games to develop their intellectual abilities, increase thinking and intelligence, the ability to concentrate, group work. Lib work is to teach movement control.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA GIPERAKTIV BOLALAR UCHUN O’YIN TEXNOLOGIYALARINI TASHKIL ETISH USULLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA GIPERAKTIV BOLALAR UCHUN O'YIN TEXNOLOGIYALARINI TASHKIL ETISH USULLARI

Baxromjon Jo'raboyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada maktabgacha yoshda bo'lgan giperaktiv bolalar uchun mo'ljallangan turli xil o'yin texnologiyalari haqida bo'lib, maktabgacha yoshdagi bolalarning turli xil o'yinlar orqali ularni intelektual qobilyatlarini rivojlantirish, tafakkur va aql zakovatini oshirish, diqqatni jamlay olishni bilish, guruh bo'lib ishlash, harakatlarni boshqarishni o'rgatishdan iboratdir.

Kalit so'zlar: Giperdinamik (bebosh bola) sindrom, giperaktiv bolalar uchum o'yinlar, diqqatlilik, guruh bilan ishlash, oila va maktabgacha ta'lim tashkilotining giperaktiv sindromining oldini olish bo'yicha hamkorligi.

METHODS OF ORGANIZATION OF GAME TECHNOLOGIES FOR HYPERACTIVE CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

Bakhromjon Juraboev

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The article is about different game technologies for hyperactive children of preschool age, the development of preschool children through various games to develop their intellectual abilities, increase thinking and intelligence, the ability to concentrate, group work. Lib work is to teach movement control.

Keywords: Hyperdynamic Syndrome, Hyperactive Children's Games, Attention, Group Work, Family and Preschool Education for Hyperactive Syndrome Prevention.

O'zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida»qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrida qabul qilingan, senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrida maqullangan qonuning 3-moddasida aytib o'tilganidek.Maktabgacha ta'lim va tarbiya - bolalarga talim va tarbiya berishga, ularni intelektual, ma'naviy, axloqiy, etik, estetik va jismoniy jixatdan rivojlanishiga shuningdek, bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turidir. Maktabgacha ta'lim turi asosiy tayanch, ya'ni talim turining asosiy negizi hisoblanadi. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi har bir maktabgacha yoshda bo'lgan bolalarni ta'lim olishini davlat

tomonidan kafolatlaydi. Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga juda katta ahamiyat qaratilmoqda. Yuqorida aytib o'tilganidek maktabgacha ta'lim, ta'lim turining asosiy negizi bo'lsa, aynan maktabgacha yoshdagi bolalar kelajagimiz poydevori hisoblanadi. Shuning uchun ham yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish xalq ta'limi sistemasining boshlang'ich bo'g'ini 173 bo'lgan maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari o'rganilgan ko'plab ishlar mavjud bo'lib, bulardan biri «giperaktiv» ya'ni bir soniya ham o'tira olmaydigan haddan tashqari harakat mator faolligining kontsentratsiyasidagi nuqsonlari deb nomlangan muammo o'ta dolzarbdir. «Giperdinamik sindrom»- bu emotsional regulyatsiya tizimidagi buzilishlarning namoyon bo'lishi. Bu turli xil sabablar (homiladorlik va tug'ruqning asoratlari, erta bolalikdagi somatik kasalliklar, (jismoniy va ruhiy) natijasida yuzaga keladigan mikroorganik miyaning psixik shikastlanishi bilan bog'liq. Bu sindromning yana bir nomlanishi «Bebosh bola» sindromi deb nomlanadi. Bugungi kunda esa ushbu sindromga genetik moyillik mavjudligi haqida ham ma'lumotlar bor. Chunki ushbu kasallik aniqlangan bolalarning ota-onasining 30 foizi bolalik davrida bebosh bo'lgan bo'lishadi. Ayniqsa, ota-onadagi psixopatologik xarakter, spirtli ichimliklarga moyillik va giyohvandlik bolaga o'tishi mumkin. Giperaktiv sindromining asosiy belgilari bola irodasi, his-tuyg'ulari va xulq-atvorining buzilishlaridan iborat. Bularga: - Impulsivlik (tezkor); - Bir joyda tinch o'tira olmaslik; -Boshlangan o'yinni oxiriga yetkazmaslik; - Birovning (ayniqsa, ota-onaning) gapiga quloq solmaslik; - O'z bilganidan qolmaslik, qaysarlik; - Diqqatning pasayishi, uquvsizlik; - Atrovdagilar ishiga va boshqa bolalar o'yiniga aralashish, ularga 174 xalaqit berish; - Tez-tez janjal chiqarish, ukalariga azob berish Iskovuchlar O'yinning maqsadi: ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish; O'yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga xonadagi narsalarning fato suratini yoki buyumning parchasini korsatadi. Bolalar esa ushbu elementni imkon qadar tezroq xonadan topib, uni ko'rsatishlari kerak. O'yinni murakkablashtirish uchun siz obyektni taniydigan va topadiganlardan uning nomini ovoz chiqarib aytmaslikni va ko'rsatmaslikni (yoki hakam qo'lini ko'targan boladan so'raydi) so'rashingiz mumkin. Baliqchi va baliq haqidaO'yinning maqsadi: diqqatni jalb qilish, aqliy va jismoniy bilish qobilyatlarini tiklash, bolaga qiziquvchanlikni uyg'otish. O'yinning borishi: Bolalar juftlarga bo'linishadi. Juftlardan biri qo'llarini yoyadi va ularni kestirib, balandlikda ushlab turadi. Bu tuzoq, baliq uchun «to'r». Ikkinchisining vazifasi qo'lini ushlamasdan tuzoqning har ikki tomonining o'rtasida turish. Tuzoq har qanday soniyada yopilishi mumkin va baliq «to'rda» bo'ladi. Agar baliqchi baliq tutgan bo'lsa, unda ular o'rinlarini almashadi. Giperaktiv sindromi aniqlangan bolalarning kata yoshdagilar bilan munosabati ham yaxshi kechmaydi. Chunki ularning e'tiborini har doim ham maqtov va rag'batlantirish orqali qozonib bo'lavermaydi. Shu bilan birga ularni do'q-po'pisa bilan tarbiyalash va yo'lga solish o'ta no'to'g'ri yo'ldir. Bunday usul ularda xulq-atvor buzilishlarini faqat kuchaytirib

yuboradi, bola battar o'jar bo'lib qoladi yoki aksincha qo'rqoq bo'lib o'sadi. Chunki no'to'g'ri tarbiya ham, bosh miya kasalliklari ham bolaning xulq-atvorini o'zgartirib yuboradi. Bolaning miyasi nafaqat anatomik jihatdan kattalashib 175 va shakllanib boradi, balki tashqarida bo'layotgan barcha salbiy va ijobiy ma'lumotlarni ham bola xotirasida saqlab boradi. Ko'p o'tmay ota -ona ham, jamiyat ham ularning natijasini bbolaning xulq-atvorida ko'radi. Shuning uchun ham bolalar tarbiyasida o'ta ehtiyotkor bo'lish kerak, chunki bolaning yashash tarzi taqlidlarga asoslangandir. Bunday sindrom bilan kurashish va oldini olish nafaqat bola otaonasidan balki u qatnaydigan ta'lim muassasasi xodimlaridan ham e'tiborlilikni talab etadi. Chunki bola ko'proq vaqtini ta'lim muassasasida o'kazadi. Shuning uchun ham muassasa xodimlarining (tarbiyachi, psixolog va shifokor) ota-ona bilan o'zaro hamkorligi o'ta muhim sanaladi. Bunday bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan tarbiyachi, psixolog va shifokor tomonidan doimo kuzatuv ostida bo'lishadi. Bu sindromni oldini olish va unga qarshi kurashish uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi, psixologlar tomonidan turli xil o'yinlar,treninglar mashg'ulotlar davomida olib boriladi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni. 2017-yil 30 sentyabr.

2. Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv. Science and Education, 7(7), 215-220.

3. Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons. Academic research in educational sciences, 2(2).

4. Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o' zbek tilida ifodalanishi. Science and Education, 1(Special Issue 4).

5. Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих собственных потребностей. Academic research in educational sciences, (3).

6. Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning of foreign languages. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).

7. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal, (6).

8. Samarova, S. R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(10), 37-43.

9. Samarova, S. R., & Mirzayeva, M. M. (2020). The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology. An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1937-1943.

10. Рахманова, М. К. (2019). Ёшларнинг маънавий тарбиясида кддимги Урта Осиё маънавий-маданий меросининг ахдмияти. "Глобаллашув шароитида

ватанпарварлик тарбиясининг маънавий-маърифий технологиялари " республика илмий-амалий конференцияси, 206-209.

11. Рахманова, М. К. (2019). Изучение стратегии обучения. Приориоритетные векторы развития промышленности и сельскогохозяйства материалы II международной научно-практической конференции, 7, 95-101.

12. Рахманова, М. К. (2019). Талабаларда ижтимоий фаолликни ривожлантиришнинг назарий методологик асослари. Халк таълими, (1), 24-29.

13. Рахманова, М. К. (2019). Таълим технологиялари оркали касб танлашда онгли муносабатни шакллантириш. Халцаро илмий-амалий конференцияси, 323-326.

14. Рахманова, М. (2020). Таълим жараёнида укув мунозараларини ташкил этишда укитувчининг педагогик махррати, ижодкорлиги ва фаоллиги. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal, 4(4), 68-73.

15. Sh.M.Mirziyoyev. "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori. 2017-yil 30 sentyabr.

16. P.Yusupova. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. 1993-yil. 20-23-betlar.

17. F. Qodirova, Sh. Toshpo'latova, M.A'zamova. Maktabgacha pedagogika. O'quv qo'llanma. 2013-yil. 8-11 betlar.

18. Baxromjon Joraboyev, & Xilola Mamadiyorova (2021). Sharq tillarida tarjimaning nazariy va amaliy masalalar. Scientific progress, 2 (2), 546-553.

19. Baxromjon Joraboyev (2021). Xorijiy tillarni yangi o'rganishga kirishgan yoshlarning yo'l qo'yadigan ba'zi xatolari, muammoli vaziyatlari va ularning tahlili. Scientific progress, 2 (2), 563-567.

20. Шайхисламов, Н. (2021). СИНТАКСИС ВА МОРФОЛОГИЯНИ БОГЛАБ УРГАТИШ. Амалий тилшуносликнинг фанлараро масалалари: масофавий таълимдаги муаммолар ва уларнинг ечимлари, (2), 368-371.

21. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARIDA" SO'Z TARKIBI" MAVZUSINING O'RGANILISHI YUZASIDAN MULOHAZALAR. Academic Research in Educational Sciences, 2, 119-124.

22. Shayxislamov, N. (2021). ARAB VA INGLIZ TILLARIDA FE'L SO'Z TURKUMI VA UNING XUSUSIYATLARI. The 21st Century Skills for Professional Activity,(5), 144-145.

23. Шайхисламов, Н. (2021). ЛИСОНИЙ БЕЛГИГА ДОИР ЛИНГВИСТИК ^АРАШЛАР. Nutq madaniyati va o 'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari, 232238.

24. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA O'QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISH MASALALARI. The 21st Century Skills for Professional Activity,(6), 160-162.

25. Shayxislamov, N. (2021). O'QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YOZMA ISHLARNING O'RNI. Scientific progress, 2(1), 1659-1664.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

26. Shayxislamov, N. (2021). Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi va vujudga kelishi. The 21st Century Skills for Professional Activity,(2), 274-276.

27. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).

28. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTIKA, UNING ZAMONAVIY TURLARI HAMDA ULARNING O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).

29. Shaykhislamov, N. (2020). Cognitive Linguistics, the Symbolic and Interactive Functions of Language. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 390-393.

30. Shaykhislamov, N. (2020). Linguistic and Cultural Aspects of Bread Baking Terms in English and Uzbek Languages. Фан ва таълим интеграцияси: имконият ва тенденциялар, 62-64.

31. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нуткий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохи. Science and Education, 1(5).

32. Shayxislamov, N. (2020). Problems of sociolinguistics: status of the language. O

'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim, 3, 279-281.

33. Shaykhislamov, N. (2020). Lingvokulturologiyaning tarixiy va nazariy asoslari. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim,(2), 186-188.

34. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 1641-1646.

35. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ХУЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (6), 60-63.

36. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нуткий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.