Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY PEDAGOGIK KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY PEDAGOGIK KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4868
316
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
taʼlim sifati / kasbiy malakasi / maktabgacha taʼlim tarbiyachisi / metodik yordam modeli / tarbiyachilarning malakasini oshirish. / quality of education / professional skills / preschool educator / model of methodological assistance / professional development of educators.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O‘rinova Feruzaxon Uljayevna

Maqolada tarbiyachilarning kasbiy vakolatlarini takomillashtirish muammolari ko‘rib chiqilgan, metodik yordam modelini amalga oshirish orqali yosh tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha ishlash tajribasi keltirilgan. Kasbiy kompetensiyani shakllantirish bosqichlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF IMPROVING THE PROFESSIONAL PEDAGOGICAL COMPETENCE OF THE EDUCATOR OF PRESCHOOL EDUCATION

The article discusses the problems of improving the professional competence of educators, the experience of working on the formation of professional competence of young educators through the implementation of the model of methodological assistance. The stages of formation of professional competence are described.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY PEDAGOGIK KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI»

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY PEDAGOGIK KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI

O'rinova Feruzaxon Uljayevna

Dotsent, pedagogika fanlari nomzodi "Sport psixologiyasi, ijtimoiy tabiiy fanlar" kafedrasi, Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institute Farg'ona filiali

https://doi.org/10.5281/zenodo.6578588 Annotatsiya. Maqolada tarbiyachilarning kasbiy vakolatlarini takomillashtirish muammolari ko'rib chiqilgan, metodik yordam modelini amalga oshirish orqali yosh tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish bo'yicha ishlash tajribasi keltirilgan. Kasbiy kompetensiyani shakllantirish bosqichlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim sifati, kasbiy malakasi, maktabgacha ta'lim tarbiyachisi, metodik yordam modeli, tarbiyachilarning malakasini oshirish.

ОСОБЕННОСТИ ПОВЫШЕНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ВОСПИТАТЕЛЯ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. В статье рассматриваются проблемы повышения профессиональной компетентности педагогов, опыт работы по формированию профессиональной компетентности молодых педагогов посредством реализации модели методической помощи. Описаны этапы формирования профессиональной компетентности.

Ключевые слова: качество образования, профессиональные качества, воспитатель дошкольного образования, модель методической помощи, повышение квалификации воспитателей.

FEATURES OF IMPROVING THE PROFESSIONAL PEDAGOGICAL COMPETENCE OF THE EDUCATOR OF PRESCHOOL EDUCATION

Abstract. The article discusses the problems of improving the professional competence of educators, the experience of working on the formation of professional competence of young educators through the implementation of the model of methodological assistance. The stages of formation of professional competence are described.

Keywords: quality of education, professional skills, preschool educator, model of methodological assistance, professional development of educators.

KIRISH

Hozirda ta'lim jarayoni oldiga qo'yilgan asosiy buyurtma jamiyatga raqobatbardosh mutaxassisni yetishtirib berishdan iborat. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, ko'pchilik ish beruvchilar mustaqil o'qib o'rganish, zarur hollarda tezkor va samarali qaror qabul qilish, o'z faoliyatini doimiy tahlil qilish (refleksiya) ko'nikmalariga ega bo'lgan xodim bilan shartnoma tuzishni ma'qul ko'radilar. Shuning uchun ham tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi, o'zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Buning uchun o'sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizni

tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog'lom ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo'yildi. Buning uchun har bir tarbiyachi o'zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlari oldiga qo'ygan talablarni amalga oshirishning garovidir.

Bunga quyidagilar kiradi:

- Bolaning sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash.

- Aqliy qobiliyatini o'stirish.

- Milliy qadriyatimiz va ma'naviyatimizning g'oyaviy-aqliy tamoyillariga mos keluvchi e'tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.

- Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish. Yosh avlodda o'rtoqlik, do'stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish.

Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo'lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo'l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o'zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni ko'zata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sab-blarini to'g'ri tahlil qilib, unga ta'sir etuvchi vositalarni qo'llay oladigan bo'lishi kerak.

Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo'lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.

• Nutqning aniqligi.

• Nutqning irodaviyligi.

• Nutqning sofligi (uning turli sheva so'zlaridan xoli bo'lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so'zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o'zga millatlarga xos so'zlarning o'rinsiz qo'llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so'kishda qo'llaniladigan so'zlar) hamda konselyarizm (o'rinli bo'lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so'zlash) so'zlaridan xoli bo'lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo'lishi kerak.

ADABIYOTLAR SHARHI

"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir.

• Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

• Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

• Psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog'lom psixologik.

• Muhitni yarata olish, talabalar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish; metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash; informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish; kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish; innovatsion kompetentlik-pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;

• Kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish.

• Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

• Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

• Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo'lishda o'z ustida ishlash, o'zo'zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O'z-o'zini rivojlantirish vazifalari o'zini o'zi tahlil qilish va o'zini o'zi baholash orqali aniqlanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyachisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish - bu kasbiy, shuningdek, umumiy insoniy munosabatlarning kombinatsiyasidir, buning natijasida nafaqat o'quv jarayonini samarali boshqarish, balki vazifalarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli hal qilish mumkin bo'ladi. Bu, shubhasiz, kasbiy pedagogik kompetensiyani takomillashtirish va pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishga ta'sir qiladi. Ta'limni rivojlantirishning ushbu bosqichida kompetensiyaga asoslangan yondashuv maktabgacha tarbiyachilar faoliyatida yetakchi yo'nalish hisoblanadi. Ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilar kasbiy kompetensiyasi - bu maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarning malaka vazifalarini aniq bajarish uchun zarur bo'lgan tajriba, bilim ko'nikmalari, texnika va usullarni o'zlashtirish.

NATIJALAR

Maktabgacha tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi bu kompetensiyalar majmuasidir: uslubiy, psixologik va pedagogik, kommunikativ, tadqiqot, taqdimot, AKT kompetensiya, hissiy kompetensiya.

Kasbiy vakolatlarni takomillashtirish va rivojlantirish yo'lida yosh maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi quyidagi bosqichlardan o'tishi kerak:

S Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachining kasbiy vakolatlarini rivojlantirish

S Uslubiy birlashmalarda, ijodiy guruhlarda ishlash

S Tadqiqot faoliyati

S Innovatsion faoliyat, yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish S Pedagogik tanlovlarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etish S Ilg'or ish tajribani ommalashtirish XULOSA VA MUNOZARA

Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kasbiy tayyorgarlikning yuqoridagi ikkala yo'nalishi ham o'ziga xos muammolarga ega. Bir tomondan, talabalar va bitiruvchilarning pedagogik o'zaro ta'sir choralari va tartiblarini tashkil qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalari yetishmasligi. Xususan, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi bolani yangi narsalar, hodisalar dunyosiga jalb etish, uni qiziqarli ishlarga jalb qilish, faoliyat mavzusiga aylantirish juda qiyin. Bu ko'p jihatdan an'anaviy ravishda kelajakdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy tayyorgarligi, avvalambor, o'quv faoliyatini rejalashtirish, dasturlarni amalga oshirish, texnologiyalarni o'zlashtirish, bolalar faoliyatini mo'ljallangan jarayon bo'yicha tashkil etishga qaratilganligi bilan bog'liq.

Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. - T.:2018.

2. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi.- T.:2018.

3. Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.

4. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 326-329.

5. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal. (Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.