Sulaymonov J.S.
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti farg'ona filiali sport o 'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrsi assistent o'qituvchisi
MAKTAB VA PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMIDA TA'LIM TIZIMIDAGI INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Annotatsiya. Maqola maktablar, professional ta'lim tizimi muassalarida tahsil oladigan o 'quvchi hamda o 'qituvchilari uchun ma 'lumotlar bazasi sifatida shakllanadi. Ta 'lim jarayonini tashkil etishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, oliy ta 'lim tizimida esa kredit-modul tizimini joriy qilish, zamonaviy axborot tizimlari yordamida masofaviy ta 'lim shaklining ilg'or usullarini qo 'llash ta 'lim sifatini ta 'minlash haqida fikr yuritilgan.
Kalitso'zlar: covid,professional, ta'lim, tizim, raqamli texnologiya, kredit, modul, zamonaviy, onlayn, oflayn, dasturiy vosita, maktab.
Sulaymanov J.S. assistant
Department of Theory and Methodology of Sports Games Uzbekistan State University of Physical Education and Sports
Fergana branch
INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION SYSTEM IN THE SCHOOL AND PROFESSIONAL
EDUCATION SYSTEM
Annotation. The article is formed as a database for students and teachers studying in schools, institutions of the professional education system. The use of innovative pedagogical technologies in the organization of the educational process, the introduction of the credit-module system in the higher education system, the use of advanced methods of distance education with the help of modern information systems, and the provision of quality of education were considered.
Key words: covid, professional, education, system, digital technology, credit, module, modern, online, offline, software, school.
KIRISH
Jahon tajribasida maktab hamda professional ta'lim muassasalarida voleybol sport turini yanada rivojlantirish va tayyorlash jarayoniga amaliy dasturiy vositalar, masofaviy ta'lim shakllari, ochiq ta'lim resurslari, elektron ta'lim mahsulotlaridan (Multimedia, vidioroliklar, animatsiyalar va boshqalar) foydalanish keng tatbiq etilgan. COVID-19 davrida, maktablarning yopilishi
paytida oflayn (an'anaviy) ta'lim muvafaqiyatga erishini to'xtatdi. Masofaviy ta'lim 1 milliarddan ortiq ta'lim oluvchilarni qamrab oldi, lekin u ham kamida yarim milliardga yoki butun dunyo bo'ylab ta'lim oluvchilaming 31 foiziga va eng kambag'allarning 72 foiziga erisha olmadi. Ta'lim olish huquqi tobora mazmunli ulanish huquqi bilan sinonim bo'lib bormoqda, ammo o'zaro teng emas. Dunyo miqyosida boshlang'ich maktablarning atigi 40 foizi, to'liq o'rta maktablarning 50 foizi va yuqori o'rta maktablarning 65 foizi internetga ulangan. Mamlakatlarning 85 foizi maktab yoki o'quvchilar bilan aloqani yaxshilash siyosatiga ega. Raqamli texnologiyalar o'quv va o'quv resurslariga kirishni keskin oshirdi. Masalan, Efiopiya Milliy akademik raqamli kutubxonasi va Hindiston Milliy raqamli kutubxonasi. Bangladeshdagi o'qituvchilar portalida 600 000 dan ortiq foydalanuvchi mavjud.59
Mamlakatimizda COVID-19 davrida mamlakatimizning barcha maktab, professional ta'lim hamda oliy ta'lim muassasalari masofaviy ta'lim shakliga o'tkazildi. Ayni vaqtda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o'qitishni tashkil etish, masofaviy ta'limning tashkiliy-huquqiy asoslarini shakllantirish, ta'lim olish huquqini ta'minlash ta'lim berishning yangi uslublaridan foydalanish nihoyatda dolzarb masalalardan biridir.
Ta'lim jarayonini tashkil etishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, oliy ta'lim tizimida esa kredit-modul tizimini joriy qilish, zamonaviy axborot tizimlari yordamida masofaviy ta'lim shaklining ilg'or usullarini qo'llash ta'lim sifatini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masofaviy ta'lim muhiti zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va veb-texnologiyalar imkoniyatlariga ko'ra rang-barangligi, kontentning barcha yoshdagi iste'molchilarga moslashtirilganligi bilan o'ziga jalb etadi. Masofaviy ta'limning samarali yo'lga qo'yilishi uchun soha marketingini, ta'lim xizmatlarini yo'lga qo'yish, ta'limiy xarakterdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, iste'mol bozorini yuzaga keltirish hamda rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.60
Ma'lumki mustaqillikka erishgan kundan boshlab jismoniy tarbiya va sport ham davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari doirasida taraqqiyoti etib kelmovda. Ushbu sohani rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Prezident Farmonlari, bir qator qonun, hukumat qarorlari va ularning amalda o'z ifodasini topib kelayotgani, ayniqsa bolalar sportini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilayotgani e'tiborga loyiqdir.
So'nggi yillar ichida yurtimiz hududlarda, hatto uzoq qishloq va tumanlarda ham ko'pdan ko'p zamonaviy voleybol uchun maydonlar shakllantirilib bormoqdaki, bu ushbu sport turini yanada ommalashihsiga katta hissa qo'shmoqda. Buning oddiy va yaqqol misoli sifatida barcha ta'lim
59 Yuneskoning 2023 yilgi global ta'lim monitoringi hisoboti
60Masofaviy ta'limni tashkil etish tartibi. Metodik qo'llanma. Mamataliyev.T, Murodullayev Sh. - Toshkent: "Sano - Standart", 2023. - 32 b
muassasalarida ushbu sport turidan shug'ullanuvchilar soni anchayinoshdi.Ko'plab musobaqa dasturlaridan joy oldi, masalan 5 tashabbus olimpiadasida sportning eng sevimlilaridan biri bo'lmoqda.
O'zbekiston maktab va professional ta'lim muassasalarida ta'lim muassasalarida voleybol bo'yicha sport sektsiyalarini tashkil etish va rivojlantirishning umumiy maqsadi shundan iboratki, barcha sport turlari qatori ushbu sport turida ham birinchi navbatda inson salomatligi uchun katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi, mushak kuchini va harakatchanligini rivojlantiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, o'pka tiriklik sig'imini oshiradi, yurakni qisqarish chastotasini pasaytiradi, qon bosimini normal holatga keltiradi. Voleybol bilan shug'ullanadigan kishilarda, ayniqsa ko'rish qobiliyatini, reaksiya tezligini va atrofni o'rab turgan sharoitda orientir ola bilishni yaxshi rivojlantiradi. Ochiq havoda voleybol bilan yil davomida muntazam shug'ullansa salomatligini mustahkamlaydi.Voleybol ish kuni davomida to'planib qolgan psixik zo'riqishni va charchashni oldini oladi hamda pasaytiradi, asab jarayonlarini o'tishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, shu bilan birga mustahkam va tiniqib uxlashga yordam beradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, zamon kundan kun sayin shiddat bilan rivojlanishda davom etar ekan, insonlarning ham dunyoqarashi ham shunga yarasha oshib real o'sishda davom etmoqda. Hamma pandemiya davrida hohlasa hohlamasa ham yangi raqamli texnologiya asriga qadam qo'ydilar. Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan mashg'ulotlarini tashkil qilishning halqaro andozalarini yetakchi olimlarining ish tajribalari bilan davr talablari asosidagi faoliyatlari izchillik bilan o'rganilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. L.R Ayrapetyans, A.A. Pulatov. Voleybol nazariyasi va uslubiyati... Darslik. Toshkent —«Fan va texnologiya» - 2012. 208 sahifa.
2. L.R Ayrapetyans, A.A. Pulatov. Voleybol nazariyasi va uslubiyati.. Darslik. Toshkent —« PRINTXPRESS » - 2011. 279 sahifa.
3. A.A. Pulatov, A.A. Ummatov. Sport va harakatli o'yinlar (Voleybol). Darslik. Toshkent "O'ZKITOBSAVDONASHRIYOTI" 2020. 227 sahifa.
4. A.A. Pulatov. Voleybol nazariyasi va uslubiyati... Darslik. Toshkent "O'ZKITOBSAVDONASHRIYOTI" 2020. 449 sahifa.
5. Xasanov A.T., Qurbonov G'.R., Xakimov S.X. Sport va harakatli o'yinlarni o'qitish metodikasi (voleybol). O'quv qo'l. Farg'ona. 2022 y. -202 s.
6. Железняк Ю.Д., Ивойлов А.В. Волейбол. М. "ФиС" 1991. - 238 с.
7. Goncharova O.V.Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini riojlantirish. T. O'zDJTI nash. 2005y. -171 s.
8. Сулейманов, Д. С., & Гайратжан, У. Р. С. (2023). ГИГИЕНИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПИТАНИЯ ВОЛЕЙБОЛИСТОВ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(23), 42-48.
9. Xasanov, A. T., & Solijonovich, S. J. (2023). KASB-HUNAR MAKTABIDA VOLEYBOL SEKTSIYASI ISHINI TASHKILLASH SAMARADORLIGI. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(29), 215-217.
10. Solijonovich, S. J. (2023). ZAMONAVIY VOLEYBOLDA HUJUM QILISH TEXNIKASI. Научный Фокус, 1(7), 570-574.
11. Solijonovich, S. J. (2023). ZAMONAVIY VOLEYBOLDA TOPNI O'YINGA KIRITISH TEXNIKASI. IMRAS, 6(6), 366-373.
12. Solijonovich, S. J., & Xasanov, A. T. (2023). KASB-HUNAR MAKTABIDA VOLEYBOL SEKTSIYASI ISHINI TASHKILLASH SAMARADORLIGI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(15), 117-122.
13. Solijonovich, S. J. (2023). ZAMONAVIY VOLEYBOLDA TO 'PNI UZATISH TEXNIKASI. PEDAGOG, 6(11), 14-18.
14. Sulaymonov Jaxongir Solijonovich. PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARIDA VOLEYBOL BO'YICHA SPORT SEKTSIYALARINI TASHKIL ETISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH. (YOSH VOLEYBOLCHILARDA JISMONIY VA MAXSUS ISH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION METODLARI ASOSIDA). Научный Импульс, № 17(100), 66-69.