INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MAHMUD QOSHG'ARIYNING "DEVONU LUG'ATIT TURK" ASARIDA LINGVOMADANIY SO'ZLARNING QO'LLANILISHI Qurbonali Termiziy
Termiz davlat universiteti, Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7263856
Annotatsiya. Ushbu maqolada Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asaridagi zamonaviy tilshunoslikning yangi tarmoqlaridan biri bo'lgan lingvomadaniy so'zlarning qo'llanilishi va uning o'zbek tilidagi xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Til o'rganishda nutqning lingvistik xususiyatlari katta rol o'ynashini hamma biladi va shu bilan birga ayni paytda qiziqarli mavzu. Biz ushbu mavzuni ochib berishga harakat qilamiz. Ushbu maqola bu ilmiy ishni nutq aktlari doirasida lingvomadaniy so'zlarning qo'llanilishini o'rganish nuqtai nazaridan to'ldirishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: lingvomadaniy birikma, nutqiy akt, tagma'no, lingvistika, lisoniy hodisa, nutqiy muloqot, ibora, frazeologiya, frazeologik birlik, frazeologizm.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЯЗЫКОВЫХ СЛОВ В ПРОИЗВЕЩЕНИИ МАХМУДА КАШГАРИ "DEVONU LUG'ATIT TURK"
Аннотация. В данной статье рассматривается использование лингвокультурологических слов, одного из новых направлений современного языкознания, в произведении Махмуда Кашгари «Девону Лугатит Тюрк» и его особенности в узбекском языке. Всем известно, что языковые особенности речи играют большую роль в изучении языка, и в то же время это интересная тема. Мы постараемся раскрыть эту тему. Данная статья призвана дополнить данную научную работу с точки зрения изучения употребления лингвокультурологических слов в рамках речевых актов.
Ключевые слова: языково-культурное сочетание, речевой акт, значение, языкознание, языковое событие, речевое общение, словосочетание, фразеология, фразеологическая единица, фразеологизм.
THE USE OF LINGUISTIC WORDS IN MAHMUD KASHGARI'S "DEVONU
LUG'ATIT TURK"
Abstract. This article discusses the use of linguistic and cultural words, one of the new branches of modern linguistics, in Mahmud Kashgari's work "Devonu Lugatit Turk" and its features in the Uzbek language. Everyone knows that the linguistic features of speech play a big role in language learning, and at the same time, it is an interesting topic. We will try to reveal this topic. This article aims to supplement this scientific work from the point of view of studying the use of linguistic and cultural words within speech acts.
Key words: linguistic and cultural combination, speech act, meaning, linguistics, linguistic event, speech communication, phrase, phraseology, phraseological unit, phraseologism.
KIRISH
"Badiiy matnning lingvistik va lingvomadaniy tahlili ko'p qirraligi, ko'p darajaliligi bilan bugungi davr mutaxassislarining diqqat markazida bo'lib turibdi.
Shuning uchun ham badiiy asarlar va ularning badiiy matnlari lingvistik hamda lingvomadaniy tahlillarning haqiqiy ob'ektiga aylanib bormoqda. Badiiy matnning lingvomadaniy tahlilini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tegishli jihatlarni o'zlashtirish, bilish va anglash kerak. Bunda atamalar va tushunchalar bilan ishlashga to'g'ri keladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Madaniyat tushunchasi, lingvomadaniyat, madaniy seme, madaniy konnotatsiya, madaniy kelib chiqish, madaniy jihatdan belgilangan birlik, shuningdek, etnomadaniyat belgisi, dunyoning milliy manzarasi, etnografiya, folklor, she'riy milliy madaniyatning ramzi, madaniy - estetik belgisi va boshqa qirralariga e'tibor qaratish lozim bo'ladi".
XX asrning so'nggi choragidan boshlab til birliklarini antropotsentrik tadqiq tamoyillari asosida o'rganish dunyo tilshunosligining yetakchi vazifalariga aylandi. Shu qatorda o'zbek tilidagi matnlarni lingvomadaniy so'zlar yuzasidan tadqiq etish tilshunosligimizning dolzarb muommolaridan hisoblanmoqda. Dastlab, lingvomadaniy so'zlarni o'rganishni Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asaridagi turli so'zlarning qo'llanilishiga to'xtalib o'tmoqchimiz.
METOD VA METODOLOGIYA
Maqolamizning asosini Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" ("Turkiy so'zlar devoni") asarida keltirilgan somatik komponentli maqollarning lingvomadaniy xususiyatini aniqlashga bag'ishladik. Bu asar Sharqiy Turkistondan Kasbiy dengizi bo'ylarigacha bo'lgan ulkan hududda yashagan turkiy xalqlarning tili va madaniyatini o'zida mujassamlashtirganligi bilan nihoyatda bebahodir.
Mahmud Qoshg'ariy to'plagan maqollar juda qadimdan turkiy tillarda mavjud bo'lgan va ular turli urug' va qabila vakillarida yozib olingan. Eng qadimgi turkiy xalqlarning til xususiyatlarini o'rganishda bu materiallar kata ahamiyat kasb etadi. Maqollar hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishida, til va meyorlarning o'sishida alohida rol o'ynaydi. Maqolamiz uchun somatizmlar (tana a'zolari) qatnashgan maqollarni "Devonu lug'atit turk" tarkibidan ajratib oldik.
Bu borada lingvokulturologik obyekt bo'la oladigan maqollarni quyidagicha tahlil qilamiz:
"Quruq qashuq ag'izga jaramas, quruq so'z quloqqa jaqishmas" (Quruq qoshiq og'izga yoqmas, quruq so'z quloqqa yoqmas). Quruq qoshiqni og'izga solgan bilan qorin to'ymaydi. Shunga o'xshab quruq so'zdan ham naf yo'q. Qoshiqni boshqa maqsadda emas aynan taomlanish uchun og'izga solinishi kerakligini madaniyat jihatdan ham bog'liqligini ko'ryapmiz. Hozirda "Quruq qoshiq og'iz yirtar" maqoli mavjud va u aynan o'sha ma'noni bermasa ham o'zgargan holda yetib kelgan [2]. "Quruq" leksemasi bu yerda tarbiya, yo odob, yoki biror kimga foyda, naf keltirmaydigan so'z ma'nosida qo'llanilyapti.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
"O'kuz azaqi bo'lg'incha, buzag'u bashi bo'lsa yik" (Ho'kizning oyog'i bo'lguncha, buzoqning boshi bo'l). Kishining erki, mustaqilligi hamma narsadan muhim ekanligi "buzoqning boshiga", bo'ysunish, tobelik "ho'kizning oyog'iga" o'xshatilyapti. "Bosh" leksemasi bu o'rinda yuqori, "oyoq" leksemasi esa quyi ya'ni antonimlik - zidlik, qarama-qarshilik aks ettirilgan. "Bosh" va "oyoq" leksemasi ozodlik va qaramlikni ifodalash uchun ham qo'llanilyapti [6].
Besh erangak tuz ermas - besh qo'l barobar emas. Shunga o'xshash odamlar ham bir -biridan farq qiladi. Bu yerdagi qo'l leksemasi, besh barmoq, besh panja ma'nosini ifodalash uchun qo'llanilgan. Jamiyatdagi tenglik yo tengsizlik haqida so'z boryapti.
Yag'ini ataqlasa bashqa chiqar - dushmanni kichik hisoblasa boshga chiqadi, ya'ni bu bilan boshni halok qiladi, degan mazmun anglatadi. Ehtiyot bo'l va dushmanni kichik hisoblama, demoqchi bo'ladilar. Xalqimizda dushmanni kichik hisoblama u o'zining yomonligi bilan kichik bo'lsa ham ziyon keltira oladi degan hikmat bor.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Tilin tugmishni tishin yazmas - til bilan bog'langan tish bilan yechilmas. Bu maqol vadaga vafo qilishga undab aytiladi. Vadaga vafo erkaklarning nomusi kabi yuqori pog'onada turadi. Aynan turkiy xalqlarda muhim qadriyat sifatida tilga olinadi [5].
Bushlaglansa buxsuqlanur - kishi manmanlikka borsa, o'rgatuvchini tahqir qilsa, qo'li gardanida bo'ynida bo'ladi, tashvishi ortadi. Bu maqol faqat o'zi bilganicha ish istovchilarga nisbatan qo'llanadi. Manman kishi bo'ynigacha tashvishga botishiga ishora qilinyapti [4].
Erdam bashi til - odobning boshi til. Shirin tilli bo'lgan kishi yuqori martaba topadi. Madaniyatimizda bolalarga salom berishni, shirinso'z va muloyim bo'lishni o'rgatamiz [7]. Yana yoshlikdan bolalarimizga kattalarga salom berishni, kichiklarni izzat qilishlikni o'rgatamiz. Bu maqol ham madaniyatimizning tildagi ifodasidir.
Lingvomadaniy so'zlar o'zida yangi davr tilshunosligini mujassamlashtirgan sohadir. Bu yo'nalish nutqqa insoniy faoliyat - fikr almashish va o'zgalarga ta'sir ko'rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib, uning ixchamligi, samaradorligi va ta'sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o'ringa qo'yadi. Xususan, bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning implikaturalari bo'lgan ko'chma va tag ma'nolarni, ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so'zlovchining maqsadi bo'lgan ma'lumot-axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi.
XULOSA
Bu o'rinda Mahmud Qoshg'ariy butun turkiy qabilalar tilidan yozib olgan lingvomadaniy so'zlar qatnashgan maqollarni tahlil qildik. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, maqolada maqollardagi lingvomadaniy so'zlar inson hayoti va uning boshiga tushadigan yaxshi va yomonliklarni tilning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'xshatishlar misolida yoritilganligi aniqlandi. Turkiy xalqlarning tili va madaniyatini nechog'lik boyligini maqollarda ming yillik hayoti, urf-odatini aks ettirganligi bilan ma'lum bo'ldi.
REFERENCES
1. N Jorayev. 2022 — THE SIGNIFICANCE OF THE NATIONAL LANGUAGE CORPUS IN THE LINGUISTIC ANALYSIS OF ARTISTIC TEXTS. PDF. Nabi Jorayev. Published 06-22-2022.
2. Aznaurova E.S. Pragmatika xudojestvennogo slova. - Toshkent: Fan, 1988. - S.28.
3. Bakirov B.U. Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asaridagi maqollar xususida // DLT va TXMHJSTO' Samarqand, 2002.
4. Hakimov M. O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. - Toshkent: "Akademnashr", 2013. - 6-155-bet.
5. Kenjebalina G.N. Lingvopragmatika. - Pavlodar, 2012.
6. Mahmud Koshg'ariy "Devonu lug'atit turk". Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M. Mutallibov. Tom I II III. - Toshkent, 1960-1963.
7. Safarov Sh. Pragmalingvistika. Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. -68-76 bet.