Abdullayev Z.S.
Latifova M. O.
Mamatkarimova Ch.B.
Moliya va moliyaviy texnologiyayo'nalishi talabalari Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti Guliston Davlat Universiteti
MAHALLIY BUDJETLAR XARAJATLARINI SAMARALI BOSHQARISH MASALALARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada mahalliy budjetlar xarajatlarini samarali boshqarish masalalari mamlakatlar iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etishi va ushbu iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy barqarorlika erishish uchun mahalliy boshqaruv organlarining samarali rejalashtirilishi va resurslardan foydalanishi ko 'rsatib o 'tildi.
Kalit so'zlar: kamunal infrotuzulma, monitoring tizimi, makroiqtisodiy barqarorlik, prognozlash, moliyaviy oqimlar, korrupsiya, byurokratiya, mahalliy budjet, budjet loyiha, elektron moliyaviy tizim.
Abdullayev Z.
Latifova M.
Mamatkarimova Ch.
Students of finance and financial technology Faculty of digital economy and innovation Gulistan State University
ISSUE OF EFFECTIVE MANAGEMENT OF LOCAL BUDGET
EXPENDITURES
Annotation. In the article, it was shown that the issues of effective management of local budgets are of great importance in the economy of countries, and effective planning and use of resources by local goverenment bodies to achieve this economic, financial and social stability.
Key words: public infrastructure, monitoring system, macroeconomic stability, forecasting, financial flows, corruption, bureaucracy, local budget, budget project, electronic financial system.
Kirish
Mahalliy budjetlar va ulaming samarali boshqaruvi davlatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligida muhim o'rin tutadi. Mahalliy byudjetlar davlat moliya tizimining ajralmas qismi bo'lib, ular hududiy ehtiyojlarni ta'minlash, infratuzulmani rivojlantirish va aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish uchun asosiy moliyaviy manbadir.
O'zbekiston Respublikasida so'nggi yillarda mahalliy byudjetlarni mustahkamlash va ularning boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshiriladi, Xususan, davlat moliyasini isloh qilish strategiyalari, ochiq byudjet mexanizmlari joriy etilishi va mahalliy boshqaruv organlarining mas'uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar bu yo'nalishda yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mahalliy byudjetlar va ularning samarali boshqaruviga qaratilgan bir qator qaror va farmonlar qabul qilingan. Ushbu hujjatlar mahalliy moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, moliyaviy ochiqlikni ta'minlash shaffoflik va hisobdorlikni oshirishga qaratilgan. Quyida shu yo'nalishda qabul qilingan asosiy normativ hujjatlar haqida qisqacha ma'lumot berib o'tamiz:
1."2021-2023 yillarda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"1 Prezident farmoni. Ushbu hujjatda davlat va mahalliy byudjetlarning samaradorligini oshirshga qaratilgan keng qamrovli islohatlar belgilangan. Xususan, moliyaviy boshqaruvning ochiq va samarali bo'lishi uchun yangi tizimlarni joriy etish, davlat byudjeti mablag'larining oqilona va samarali taqsimlashini ta'minlash masalalari ko'zda tutilgan.
2. "Davlat moliyasi sohasida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash to'g'risida" Prezident qarori. Mazkur qaror mahalliy byudjetlar faoliyatida shaffoflikni oshirish va davlat moliyaviy ma'lumotlarini jamoatchilikka ochiq qilishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan. Qarorda mahalliy byudjetlar bo'yicha hisobot berish va moliyaviy axborotni ochiqlash mexanizmlarini joriy qilish ko'zda tutilgan.
Bu qaror va farmonlar mahalli byudjetlarni samarali boshqarish, mahalliy darajada moliyaviy resurslarni oqilona sarflash va xalq ehtiyojlarini qondirish uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Prezidentimizning islohotlar siyosati mahalliy boshqaruv organlari va davlat moliyaviy tizimini kuchaytirishga yo'naltirilgan.
Tahlil va natijalar
Mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish borasida amalga oshirilayotgan choralar quyidagi yo'nalishlarda tahlil qilishni talab qiladi:
1.Byudjet daromadlari manbalari.
-Davlat daromodlari 2024-yil uchun 375 trillion so'mni tashkil etmoqda. Asosiy daromad manbalari sifatida QQS (74,04 trillion so'm), daromad solig'i (39,7 trillion so'm) va aksiz solig'i (17,5 trillion so'm) ajralib turadi.
-Mahalliy daromadlar 55,4 trillion so'mni tashkil etib, umumiy davlat byudjetida salmoqli o'rinni egallamoqda. Mahalliy soliqlar va yig'imlar ulushini oshirish bo'yicha sa'y-harakatlar daromadlar manbalarini diversifikatsiyalash imkonini bermoqda.
2.Byudjet xarajatlari va taqsimoti.
1 https://president.uz/uz
-Umumiy xarajatlar 427,6 trillion so'mni tshkil etadi, ularning katta qismi ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan. Bu hududlardagi infratuzulma va ta'lim-sog'liqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga yordam beradi.
-Mahalliy darajadagi xarajatlar 86,8 trillion so'mni tshkil etmoqda, bu esa infratuzulmani rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash va hududlararo tafovutlarni kamaytirishga qaratilgan.
3.Byudjet taqchilligi.
-2024-yil uchun davlat byudjeti taqchilligi 52,5 trillion so'mni tashkil etib, YalMga nisbatan 4% darajasida belgilangan. Bu ko'rsatkichni qoplash uchun ichki va tashqi qarz mablag'lari jalb qilnadi,xususan, davlat qimmatli qog'ozlarni chiqarish rejalashtirilgan.
4.Islohotlarning ahamiyati.
-Soliq va byudjet siyosatining shaffofligini oshirish uchun "Ochiq byudjet" loyihalari amalga oshirilmoqda. Bunda aholiga byudjet mablag'larining qanday sarflanayotgani haqida ma'lumot berish ko'zda tutilgan.
-Mahalliy soliq organlari va davlat boshqaruv tizimining mas'uliyatini oshrish orqali xarajatlarning samaradorligini ta'minlash maqsad qilingan.
Mahalliy byudjetlar daromadi 55,4 trillion so'mni tashkil etadi, xarajatlar esa 86,8 trillion so'mga yetadi. Kamomadni qoplash uchun davlat ichki va tashqi qarzlar, shuningdek, aktivlarni xususiylashtirish mablag'larini jalb qilmoqda.
2023-2024-yil Daromadlari va xarajatlari hisobi2.
1-jadval.
Ko'rsatkich 2023-yil (trln so'm) 2024-yil (trln so'm) O'sish (%)
Umumiy davlat daromadlari 335,0 375,0 11,94
Umumiy davlat xarajatlari 390,0 427,6 9,64
Qo'shilgan qiymat solig'i daromadi 65,0 74,04 13,91
Aksiz solig'i daromadi 15,0 17,5 16,67
Mahalliy byudjet daromadlari 50,0 55,4 10,80
Mahalliy byudjet xarajatlari 80,0 86,8 8,50
Byudjet taqchilligi 55,0 52,5 -4,55
Davlat maqsadli jamg'armalari xarajatlari 75,0 86,8 15,73
2 Stat.uz saytidagi malumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi.
1.Moliyaviy barqarorlikni ta'minlash: Mahalliy daromadlarning oshishi hududlarning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlashga xizmat qiladi. Soliq islohotlari davlat va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytiradi.
2.Hududiy taraqqiyot: Ijtimoiy sohalarga yo'naltirilgan xarajatlarning ortishi aholining hayot sifatini oshiradi. Hududlararo iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish bo'yicha ishlanayotgan dasturlar samarali natija bermoqda.
Mahalliy byudjetlar davlatning hududiy darajada ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash uchun aajratiladigan mablag'larni boshqarish vositasi hisoblanadi.Ular quyidagi maqsadlarda ishlatiladi.
-Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish (ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat);
-Kommunal infratuzulmani rivojlantirish;
-Hududiy loyihalar va dasturlarni amalga oshirish;
-Xalqaro va milliy miqiyosdagi hamkorlik loyihalarini qo'llab-quvvatlash;
2023-2024-yil Daromadlari va xarajatlari hisobi3
1-diagramma.
450 400 350 300 250 200 150 100 50 0
5
r-~
53 3 3
сл m
3
4
о £
^ LT, O 00 ^ ™ r-v™
ll I I
2023-yil (trln so'm)
2024-yil (trln so'm)
* xcr
4 * . i? . y
/
J?
i/
<¿0 & # ^ #
У ^ J" #
ssy
si4
<9 .6*
A*
c?
A* ^
# x
У"
<v
¡v-
' Г
Xulosa
Mahalliy byudjet xarajatlarini samarali boshqarish mamlakatning umumiy iqtisodiy rivojlanishi va hududiy barqarorligiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Samarali boshqaruv tizimi ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, hududiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish va aholining ehtyojlarini ta'milashni o'z ichiga oladi. Bu jarayon moliyaviy intizomni mustahkamlash, ochiqlikni oshirish, korrupsiyaning oldini olish va aholining ishonchini ta'minlash orqali amalga oshiriladi.
Mahalliy byudjet xarajatlarini boshqarishda strategik rejalashtirish, qat'iy nazorat va monitoring, jamoatchilik ishtrokini ta'minlash hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, xalqaro
3 Stat.uz saytidagi malumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi.
tajribani o'rganish va mahalliy sharoitga mos innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish samaradorlikni oshirishning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, mahalliy byudjet xarajatlarining samarali boshqaruvi iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy rivojlanish va davlatning umumiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shu bois, bu borada islohatlarni davom ettirish, shaffoflikni ta'minlash va resurslardan oqilona foydalanish mamlakat va hududiy darajada muvaffaqiyatli natijalarga erishishning muhim kalitidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 1. O'zbekiston Respublikasining budjet Kodeksi. 2013 yil. 26 dekabr.(o'zgartirish va qo'shimchalar bilan).
2. O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuni. 2016 yil. 13 aprel. (o'zgartirish va qo'shimchalar bilan).
3. Kasimova G.A., Xaydarov A. G'aznachilikning dasturiy komlekslari. Darslik. T:. 2021. «Nihol print OK. 376 b.
4. Xaydarova D.Sh., Achilboyeva S.O'. "Mahalliy budjet daromadlari hisobi tashkil etishning nazariy jihatlari". science problems.uz ilmiy amaliy jurnal
5. Xaydarova D.Sh., Achilboyeva S.O'. "Mahalliy byudjet daromadlari prognozi takomillashtirish va uni masalalari
6. hhtps://gov.uz/oz/madaniyat/sections/president-qarorlari-va-farmonlari