Научная статья на тему 'MAGNETIT KIRITILGAN PVS-NING BA’ZI ORGANIK MODDALAR ERITMALARIDAN BO‘KISH KINETIKASINI O‘RGANISH'

MAGNETIT KIRITILGAN PVS-NING BA’ZI ORGANIK MODDALAR ERITMALARIDAN BO‘KISH KINETIKASINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Odiljonova E.O, Usmonova N.H, Yo‘ldoshev U. G‘, Karimov X.R, Jurayeva R.A

Yuqori molekulyar birikmalarni – hozirgi vaqtda hayotning istalgan sohasida uchratishimiz mumkin. Yuqori molikulyar birikmalarni sanoatda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, kundalik hayotda qo‘llaniladigan materiallarni olish uchun ishlatishimiz mumkin. Yuqori molikulyar birikmalarni qo'llash sohalaridan yana biri bu kompozitlarni sintez qilishdir. Kompozitlar ikki yoki undan ortiq moddalardan tashkil topgan geterofazali materiallardir. Bunday birikmalarda asosan polimer moddalar matritsa vazifasini bajaradi. Kompozit sintezning turli usullari va xususiyatlarni o‘rganish, shu soha bo‘yicha berilayotgan ko`pgina savollarni ochib berishga xizmat qiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAGNETIT KIRITILGAN PVS-NING BA’ZI ORGANIK MODDALAR ERITMALARIDAN BO‘KISH KINETIKASINI O‘RGANISH»

MAGNETIT KIRITILGAN PVS-NING BA'ZI ORGANIK MODDALAR ERITMALARIDAN BO'KISH KINETIKASINI

O'RGANISH

1Odiljonova E.O, 2Usmonova N.H, 3Yo'ldoshev U.G', 4Karimov X.R, 5Jurayeva R.A,

6Trobov X.T

1,2,3talaba, Denov tadbirkorlik vapedagogika institute, 4o'qituvchi, Denov tadbirkorlik va pedagogika institute, 5talaba, Samarqand davlat universiteti, 6professor, Samarqand davlat

universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11115348

Yuqori molekulyar birikmalarni - hozirgi vaqtda hayotning istalgan sohasida uchratishimiz mumkin. Yuqori molikulyar birikmalarni sanoatda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, kundalik hayotda qo'llaniladigan materiallarni olish uchun ishlatishimiz mumkin. Yuqori molikulyar birikmalarni qo'llash sohalaridan yana biri bu - kompozitlarni sintez qilishdir. Kompozitlar ikki yoki undan ortiq moddalardan tashkil topgan geterofazali materiallardir. Bunday birikmalarda asosan polimer moddalar matritsa vazifasini bajaradi. Kompozit sintezning turli usullari va xususiyatlarni o'rganish, shu soha bo'yicha berilayotgan ko'pgina savollarni ochib berishga xizmat qiladi

Polimerlardan hosil bo'lgan kompozitlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ham polimerlar singari tashqi faza tarkibi o'zgarishi bilan o'z hajmlarini o'zgartiradilar. Hajm o'zgarishining tezligi kompozit tabiatiga va tashqi faza xossasiga bog'liq. Kompozitlarning bo'kish darajasi namunaning massasini yoki hajmini o'lchash usullari orqali aniqlanadi. Bo'kish bu tashqi eritmadan suyuqlikni yutish natijasida polimer massasi va hajmining o'zgarish jarayonidir. Bu kinetik jarayon bo'lib, suyuq fazadan massa tashish va polimer matrisasining mexanik deformasiyalanishi bilan birgalikda sodir bo'ladi. Polimerga suvning yoki eritmaning yutilishi suyuqliqqa botirilganda sodir bo'ladi.

Ushbu ishda PVS-magnetit kompozitining ba'zi organik moddalar eritmalaridan bo'kish kinetikasi keltirib o'tilgan. Dastlab, PVS, NaOH va epixlorgidrin yordamida sferik shakldagi tikilgan PVS-20 granulalari hosil qilindi va undan Fe3+ /Fe2+ tuzlari eritmalari ishtirokida PVS-magnetit kompoziti hosil qilindi.

Olingan kompozitning reksiya tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:

Fe2+ + 2Fe3+ + 8NH3H2O = Fe3O4 + 8NH4+ + 4H2O

So'ngra, optik mikrometriya usuli yordamida PVS-magnetit kompoziti tomonidan CH3COOH va CH3COONa larning har xil konsentratsiyali eritmalaridan bo'kish jarayoni kinetikasi o'rganildi. Bu jaryonlarda CH3COOH ning 0.50, 1.00, 1.50, 2.00, 3.00 mol/l va CHaCOONa ning 0.20, 0.50, 1.00, 1.5, 2 mol/l konsentratsiyali eritmalaridan foydalanildi. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda suvda bo'kkan sferik shakldagi PVS-magnetit kompoziti granulalari ishlatilib, ularning diametri 0.6 va 1.15 mm.lar oralig'ini tashkil etdi. Har bir konsentratsiyalarda tajribalar 3 martadan takrorlandi. Olingan qiymatlar nazariy hisoblash qiymatlari bilan solishtirib korildi. Tajribalar natijalarini qayta ishlash uchun olingan qiymatlar «Grain_Size_Treatment_10_1» va «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturlariga kiritildi. Bu dasturlar tajribaviy grafiklar chizish, tenglamalar sistemasida polimer bo'kish kinetikasini tushuntiradigan koeffitsientlarni tanlash, eritma konsentratsiyasini aniqlash imkonini berdi.

Hisoblash natijalaridan olingan bo'kish darajasi egri chiziqlari yordamida uch olchamli (3D) sirt yuza massivi grafik shaklda hosil qilingdi. Bu grafik 1 va 2-rasmlarda keltirib o'tilgan.

1-rasm. CH3COOH eritmalaridan PVS-magnetit kompozitining bo'kish jarayoning 3D-yuza ko'rinishi.

2-rasm. CH3COONa eritmalaridan PVS-magnetit kompozitining bo'kish jarayoning 3D-yuza ko'rinishi.

Olingan natijalarning o'rtacha qiymatlaridan foydalanib, kinetik koeffitsientlar (ki, k2 va k3) hisoblandi. Bunda natijalaridan foydalanib PVS-magnetit kompoziti tuzilishi fiziko-matematikaviy modelning kinetik koeffisientlarining turli parametrlarga bog'liqligi o'rganildi.

Olingan natijalar ki koeffisient barcha o'rganilgan moddalar eritmalarining konsentrasiyalari yoki eritmadagi suv aktivligining kub ildiziga chiziqli bog'liqligini ko'rsatdi. Bunday bog'liqlik

ki = K; ■ C1/3

yoki

k1 = Kaw ■ (1 -aw)1/3 tenglamalar orqali ifodalanadi.

Olingan natijalar k3 kinetik koeffisient eritmalarining konsentrasiyalari yoki eritmadagi suv aktivligining kvadrat ildiziga chiziqli bog'liqligini ko'rsatdi. Bunday bog'liqlik

k3nisb = K; ■ C1/2

yoki

k3nisb = K;w ■ (1-aw)1/2 bu yerda

k3nisb = k3d

bo'ladi. Hisoblash natijalari hosil qilingan grafiklar 3 va 4-rasmlarda keltirilgan.

ki-llKe/s

0,45 0,4 0,35 0,3 0,25 0,2

0 0,2 0,4 0,6 0,8 1 C,M 1,2

3-rasm. PVS-magnetit kompozitining 0.5 M Ii CH3COOH va CH3COONa eritmalaridan bo'kish jarayonida ki kinetik koeffisientning muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga bog'liqligi.

OS M 1 14 U L3 w ...lp

l'a

4-rasm. PVS-magnetit kompozitining turli konsentrasiyali CH3COONa eritmalaridan bo'kish jarayonida k3 kinetik koeffisientning kompozit granulasi diametriga bog'liqligi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.