ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
LINGVO-METODIK YONDASHUVNING KOGNITIV VA BILAN BOGLIQLIGI
© F.T. Choriyeva18_
1Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Qarshi, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada muallif xorijiy tilni o qitishda lingvo-metodik yondashuvning gumanistik yo'nalishini tahlil qilib, uni shaxsga yo'naltirilgan, kognitiv va his tuyg'ular bilan bog'lash afzalliklari va uni rivojlantirish yo llari xususida atroflicha asoslab bergan.
MAQSAD: lingvo-metodik yondashuvning gumanistik yo nalishini tahlil qilib, uni shaxsga yo naltirilgan, kognitiv va his tuyg'ularning tashqi ko rinish yondashuvlar bilan bog'lash maqsadga muvofiqdir. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv shaxsni maqsad, sub'ekt, natija va uning samaradorligining asosiy mezoni sifatida ko'rib chiqadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: talaba shaxsning faoliyat bilan shug ullanish qobiliyatining o'lchovi bo'lib xizmat qiluvchi lingvo-metodik tajribalar majmuasi sifatida ifodalanishi mumkin. Lingvo-metodik tajribasi ma'lum bir ierarxiyani tashkil qiladi. Eng muhimi, ular ko'p funksiyali, o'zaro o'xshash fanlar birlashtirilishi va ko'p o'lchovligi bilan ajralib turadi. Asosiy lingvo-metodik tajribasi talaba-shaxsi xususiyatlariga asoslanadi va uning psixologik funksiyalariga tayanib, keng amaliy kontekstga va yuqori darajadagi universallikka ega bo'lgan muayyan xatti harakatlar usullarida namoyon bo'ladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: taxlillar natijasida oliy ta'limida til o rganishning metodologik yondashuvlar tizimida lingvo-metodik yondashuvining o'rnini aniqladik. Metodologik tahlilning to'rt darajasiga asoslanib, falsafiy va umumilmiy darajadagi yondashuvi tizimli, fanlararo va faoliyatga asoslangan deb tavsiflanishi mumkin.
XULOSA: chet tillarni o'qitish metodikasi nazariyasi va amaliyotida qo'llaniladigan lingvo-metodik yondashuv, o'z tushunchalaridan tashqari, ilgaridan o'rnatilgan ilmiy yondashuvlarning konseptual va metodologik apparatlariga (tizimli, fanlararo, faoliyatga asoslangan, "bilim, ko'nikma va malaka"ga asoslangan) tayanishni nazarda tutadi.
Kalit so'zlar: lingvo-metodik tajribasi, kognitiv, qobiliyat va didaktik tamoyillar, ta'lim jaranlari va ko'nikmalarini shakllantirish oliy ta'lim, ruhiyat.
Iqtibos uchun: Choriyeva F.T. Lingvo-metodik yondashuvning kognitiv va emosional faoliyat bilan bog'liqligi. // Inter education & global study. 2024. №9. B.406-413.
СВЯЗАНННОСТЬ ЛИНГВО-МЕТОДИЧЕСКОГО ПОДХОДА С ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ И ЭМОЦИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
MOSIONAL FAOLIYAT
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© Ф.Т. Чориева1И
Университет Экономики и педагогики, Карши, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье автор проанализировал гуманистическое направление лингвометодического подхода к обучению иностранному языку, подробно объяснил преимущества связи его с личностью, познавательными и эмоциями, а также пути его развития.
ЦЕЛЬ: анализируя гуманистическую направленность лингвометодического подхода, целесообразно связать его с личностно-ориентированным, познавательным и чувственным подходами к внешнему проявлению чувств. Личностно-ориентированный подход рассматривает человека как цель, субъект, результат и основной критерий его эффективности.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: учащийся может быть представлен как комплекс Языково-методических экспериментов, служащих мерой способности индивида участвовать в деятельности. Лингвометодический опыт образует определенную иерархию. Что еще более важно, они многофункциональны, отличаются тем, что объединяют воедино схожие дисциплины и обладают многомерностью. Базовый лингвометодический опыт базируется на особенностях личности студента и опирается на его психологические функции, проявляющиеся в конкретных способах поведения, имеющих широкий практический контекст и высокую степень универсальности.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате анализа мы определили место лингвометодического подхода в системе методологических подходов к изучению языка в высшем образовании. Основываясь на четырех уровнях методологического анализа, его подход на философском и общем уровнях можно охарактеризовать как системный, междисциплинарный и деятельностный.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: лингвометодический подход, применяемый в теории и практике методики обучения иностранным языкам, помимо собственных понятий, опирается на концептуально-методологический аппарат (системный, междисциплинарный, деятельностный) ранее установленных научных подходов
Ключевые слова: лингвометодический опыт, познавательные, способность и дидактические принципы, формирование учебных умений и навыков, высшее образование, психология.
Для цитирования: Чориева Ф.Т. Связаннность лингво-методического подхода с познавательной и эмоциональной деятельностью. // Inter education & global study. 2024. №9. С. 406-413.
THE CONNECTION OF THE LINGUISTIC-METHODOLOGICAL APPROACH WITH COGNITIVE AND EMOTIONAL ACTIVITY
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© Fotima T. Choriyeva1®
1University of Economics and pedagogy, Karshi, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: in this article, the author analyzed the humanistic direction of the linguo-methodical approach to teaching a foreign language, explained in detail the advantages of connecting it to the individual, cognitive and emotions, and the ways of its development.
AIM: analyzing the humanistic orientation of the linguistic and methodological approach, it is advisable to associate it with personality-oriented, cognitive and sensual approaches to the external manifestation of feelings. The personality-oriented approach considers a person as a goal, subject, result and the main criterion of his effectiveness.
MATERIALS AND METHODS: a student can be presented as a set of Linguistic and methodological experiments that serve as a measure of an individual's ability to participate in activities. Linguistic and methodological experience forms a certain hierarchy. More importantly, they are multifunctional, differ in that they combine similar disciplines and have multidimensionality. The basic linguistic and methodological experience is based on the characteristics of the student's personality and is based on his psychological functions, manifested in specific ways of behavior that have a wide practical context and a high degree of universality.
DISCUSSION AND RESULTS: as a result of the analysis, we have determined the place of the linguistic and methodological approach in the system of methodological approaches to language learning in higher education. Based on four levels of methodological analysis, his approach at the philosophical and general levels can be characterized as systemic, interdisciplinary and activity-based.
CONCLUSION: the linguistic methodological approach used in the theory and practice of foreign language teaching methods, in addition to its own concepts, is based on the conceptual and methodological apparatus (systemic, interdisciplinary, activity-based) of previously established scientific approaches
Key words: linguo-methodical experience, cognitive, ability and didactic principles, formation of educational skills and skills, higher education, psychology.
lingvo-metodik yondashuv deyilganda - ta'lim-tarbiya maqsadlari bilan bevosita bog liq vaziyatlar tushuniladi. Shuning uchun lingvo-metodik tajribalar - ta'lim berish va ta'lim olish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan qobiliyat, bilim, munosabat hamda xatti-harakatlarni qamrab oladi.
For citation: Fotima T. Choriyeva. (2024) 'The connection of the linguistic-methodological approach with cognitive and emotional activity', Inter education & global study, (9), pp. 406-413. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Yondashuv mazmuni quyidagi: ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatining asosini: shaxsni hurmat qilish, unga bo lgan ishonch, talaba va pedagogga yaxlit qarash, uning o'ziga xos psixologik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda ularning shaxsiyatini rivojlantirishga e'tiborni qaratish, sharoit yaratish, mustaqil ravishda ta'lim olish, o zligini namoyon etishi uchun - shaxsni faollashtirish, ta'lim jarayoni ishtirokchilari uchun muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish tashkil etadi; ta'lim jarayonini boshqarishga umiy holda muvofiqlashtiruvchi va motivasion xarakter berish; ta'lim tizimini boshqarish, talabalar va pedagoglarning ta'lim va uni boshqarishdagi roli hamda o rni haqidagi qarashlarini o zgartirish kabi tamoyillarni o"z ichiga oladi.
Shaxsga yo naltirilgan yondashuvda uning "oldindan belgilangan xususiyatlar, sifatlar, tayyorgarlik va hatto shaxs obrazini shakllantirishga emas, balki shaxsni shakllantirishga yo naltirilmaganligini muhim" [2; 7-b.]. SHaxsga yo naltirilgan yondashuv insonning psixologik imkoniyatini to"liq rivojlantirish, uning o'z-o'zini o zgartirish, o"z taqdirini o"zi belgilash, o"z-o"zini bajarish va o"z-o"zini tushunishi zarurligini anglash uchun sharoit yaratishga mo'ljallangan. Shaxsga yo naltirilgan yondashuvning asosi shaxs deb qaraladi. Shaxs psixologiya fanining asosiy toifalaridan biri hisoblanadi. "Psixologiyaning ko plab sohalaridagi falsafiy qarashlarga qarab, u turli yo'nalishlar bilan talqin qilinadi shaxsga yo" naltirilgan yondashuvning zaifligini shaxs nima degan asosiy savolning ishlab chiqilmaganligida, zamonaviy fanda shaxs haqida asosiy (fundamental) bilimlarning yetishmasligida ko riladi" [3].
"Shaxs" tushunchasining mavjud ta'riflarini tahlil qilish asosida ularni ikki guruhga birlashtirish mumkin: shaxs - ijtimoiy munosabatlarning umumiyligini ifodalaydi. Bunday holda, shaxsning rivojlanishi ishtirok etish va ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirish tajribasi umumlashtirilganda sodir bo" ladi; shaxs - normal shakllangan ruhiyatga, ijtimoiy-shaxsiy ahamiyatga hamda sifatlar majmuasiga ega bo'lgan, ijtimoiy rollar tizimini faol bajaradigan, ya'ni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilgan individdi r.
Ta'riflarning birinchi guruhi muammoni ko"rib chiqishning falsafiy va umumiy ilmiy darajasiga, ikkinchisi, psixologik-pedagogik darajaga mos keladi. Tadqiqotimiz doirasida shaxsga berilgan ikkinchi ta'rifga amal qilamiz. Hozirgi davrda shaxsning bir qator umumlashtirilgan modellari mavjud. Tadqiqotimiz vazifalari talaba-shaxsida shakllantirilishi lozim bo'lgan lingvo-metodik tajriba modeliga mos keladi.
Lingvo-metodik tajribalar ierarxiyasining yuqori qismini talabaning faraziy umumiy sifatlari tashkil etadi, bu, shubhasiz, bir nechta umumlashtirilgan komponentlar - asosiy holatlarning kombinasiyasi korinishida taqdim etilishi mumkin. Muayyan ijtimoiy va moddiy muhitda mavjud bo lib, atrofdagi insonlar va tabiat bilan o"zaro aloqada bo lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etib, inson o zini murakkab o"z-o"zini boshqarish tizimi sifatida namoyon qiladi.
Xorijlik R.S. Anderson, D.P. Ausubel, R.F. Baumeister, R.C. Gardner, X. Xanesyan, V.E. Lambert, A.X. Maslou, J.D. Novak, K. Rojers, F. Smit kabi tadqiqotchi-olimlar kognitiv va his tuyg ularning tashqi ko"rinishi yondashuvlarni lingvo-metodik tajribalarni shakllantirishga yo'naltirishgan ta'lim texnologiyalarining asosi sifatida korib chiqadilar.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Talabalarda xotira, tafakkur va diqqatni rivojlantirish ularning chet tilini oïganish qobiliyati bilan chambarchas bog liq. Ma'lumki, chet tilini o'rganish qobiliyati maktab o'quvchilarining chet tilini muvaffaqiyatli o zlashtirishini ta'minlovchi asosiy omillardan biridir. "Tilni o'rganish tushunchasining orqasida: oliy asab faoliyatining xususiyatlari majmui hamda psixologik jarayonlarni belgilovchi boshqa individual xususiyatlar (asab tizimining umumiy turi, temperament, xarakter); xotira, tafakkur, idrok, tasavvur kabi jarayonlarni borishidagi individual tafovut; muloqot bilan bog liq shaxs xussiyatlari ortasidagi farqlar yotadi" [Leontev, 1985].
Kognitiv yondashuv sub'ektning xatti harakatlarida bilimlarning hal qiluvchi rolini isbotlaydi. U sub'ekt xotirasida bilimlarni tashkil etish, yodlash va fikrlash jarayonida og'zaki va majoziy komponentlarning nisbati masalasini hal qiladi. yodlash va ifoda shakli qanchalik yaxshi bo'lsa, samarali faoliyat manbai qanchalik chuqur bo'lsa va uni ta'lim oluvchining shaxsiyati bilan aloqasi shunchalik kuchli boladi.
Kognitiv yondashuvga asoslangan holda bilish jarayoni quyidagi: sezgi motivlarini aniqlash va idrok etish; bahs munoza faoliyati (tarjima, buning natijasida bilim sub'ektining ilgari idrok etilgan motivlari haqida og'zaki yoki etologik (tanaviy) mulohazalari paydo bo ladi); o zgartirilgan motivlarni ifodalashning kognitiv tuzilmalari; mavjud kognitiv tuzilmalar asosida javoblarni ishlab chiqish, shakllangan vakillik tuzilmalarining yangi hissiy sabablarni idrok etishga ta'siri sifatida qayta aloqa kabi bos qichlarda taqdim qilinadi.
Shuning bilan birga, bilish jarayoni shaxs faolligini ham nazarda tutadi. Natijada ta'lim jarayonida sub'ekt ob'ekt munosabatlari o'z oïnini sub'ekt sub'ekt o'zaro ta'siriga bo'shatib beradi. Talabalarga yo naltirilgan yondashuvda bo lgani kabi, kognitiv yondashuvda ham talaba ta'lim jarayonining markazida bo lib, axborotni faol ravishda qayta ishlovchi fikrlovchi shaxs sifatida qabul qilinadi. O'rganish yangi hodisalar yoki ob'ektlarni ilgaridan mavjud kognitiv tushunchalar yoki takliflar bilan boglashni ng aqliy jarayoni orqali amalga oshiriladi, bunda ma'no yashirin reaksiya emas, balki potensial ahamiyatga ega bo'lgan belgilar, tushunchalar paydo bo'lganda aniq ifodalangan va aniq farqlangan ongli tajribadir yoki takliflar ma'lum shaxsning kognitiv tuzi lishi bilan bogliq bo lib, unga beixtiyor va mustaqil ravishda kiritiladi. Aynan tahrir qilish imkoniyati quyidagi: yangi bilimlarni o zlashtirish, xotirada saqlanish, bilimlarni ierarxik tuzilma sifatida psixologik tashkil etish va nihoyat, unutish kabi bir qator hodisalarni tushuntiradi.
Mazmun-mohiyatni o'rganish - kognitiv tuzilishdagi tegishli, o'rnatilgan ob'ektlar bilan yangi materialni bog'lash va biriktirish jarayonidir. Kognitiv sohaga kirib, yangi material ilgari kiritilgan konseptual tizim bilan o'zaro ta'sir qiladi va tegishli toifa bilan bog'lanadi. Materialning kognitiv tuzilishdagi barqaror elementlar bilan bog lanishi mumkinligi uning mazmundorligidan dalolat beradi. Ma'lum bir bilim toifasi sifatida tasniflangan mazmunli ozlashtirilgan material, yodlangandan farqli o'laroq, uzoq muddatli xotirada saqlash uchun ancha katta imkoniyatlarga ega.
Ushbu yondashuv xorij ta'lim tizimlariga xos bo'lsa-da, garchi uni mamlakatimizda ham muvaffaqiyatli qo llash mumkin. Bu o'quv jarayonini qiziqarli, ma'lumotli, kommunikativ tarzda yo'naltiradi. Ta'lim jarayonining asosiy tavsifi ta'lim oluvchi bo lib, u
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
fikrlaydigan mavjudot sifatida qaraladi. Biroq, u nafaqat fikrlaydigan, balki hissiy mavjudotdir, shuning uchun his tuyg ularning tashqi ko"rinishi kognitiv yondashuv tomonidan taqdim etilgan o qitish shaklini to"ldiradi. Uning maqsadi, o"rganish uchun ijobiy motivlarni yaratishdir. Motivasiya shaxsni muayyan harakatga undaydigan ichki impuls, his yoki kuchli istak sifatida qaraladi. Barcha insonlarda u yoki bu tarzda tug"ma bolgan ehtiyojlar yoki istaklar mavjud va ularning intensivligi atrof-muhit bilan belgilanadi. Motivasiya tushunchasi insonning quyidagi: talab; tadqiqot ishida noma'lumni o"rganish; muhitga ta'sir va o"zgartirish; faoliyat, qobiliyatlarning rivojlanishi va namoyon bolishi; faoliyat, qobiliyatlarning rivojlanishi va namoyon bo lishi; bilim, uni qayta ishlash va o"rganish natijalarini o zlashtirish, ta'sir qilish, faollik va rag"batlantirish, qarama-qarshiliklarni hal qilish, muammolar va o"z-o"zidan izchil bilim tizimlarining yechimlarini topish; "mening" o"z harakatlarim mazmuni ahamiyatini oshirish va boshqalar tomonidan tan olinishi hamda ma'qullanishi kabi intilishi yoki o"z ehtiyojlariga asoslanadi.
Talabalarning chet tiliga qobiliyatlarini rivojlantirishning tubdan yangi yo"li - ularga o"quv faoliyatining oqilona, samarali usullariga o rgatish hamda ularning ruhiy funksiyalarini (xotira, tafakkur, diqqat, tinglab idrok etish va shu kabilarni) mashq qildirishdir. Agar barcha o"quvchilarda chet tiliga qobiliyatlarni yetarlicha rivojlanish darajasini ta'minlash vazifasini o"z oldimizga qo"ysak, u holda o qitishni shaxsga yonaltirilganlik tamoyiliga amal qilish, o"quv vazifalarini tuzishda va rejalashtirishda ruhiy rivojlanishning individual xususiyatlarini hisobga olish zarur bo"ladi. Mazkur muhim pedagogik-psixologik tamoyilni inkor etish shunga olib keladiki, qobiliyatliroq va moyilroq o"rganuvchilar ozining rivojlanishida sekinlashib qolishadi, ulard a bilish faolligi, ish sur'ati, yangi ma'lumotlarni o zlashtirishga tayyorligi darajasi pasayadi, "kuchsiz" tayyorlangan oquvchilar "o"rtacha", ayniqsa "kuchli" oquvchilarning darajasiga yeta olmaydi.
Yuqoridagi fikrlar oquvchilarning o"rganishga umumiy ijobiy munosabatida namoyon bo"ladigan ruhiy jarayonlari, ularning bilish jarayonlari va qiziqishlarini rivojlantirish muhimligini yana bir bor ko"rsatadi.
Xususan, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti mutaxassislik talabalari orasida til o"rganish jarayonida kognitiv va hissiy faoliyatni boshqarish darajasi yetarlicha past qayd etildi. Birinchi bosqich talabalari uchun chet tili o qituvchisi lingvo-metodik tajribalarida talabalar kognitiv va xissiy faoliyatiga chuqurroq e'tibor bergan holda yondashishlari zarurdir.
SHunday qilib, his tuyg ularning tashqi ko"rinishi omillarini e'tiborga olish tadqiqotchlariga ta'lim jarayonining manzarasini yanada yaxlitroq korib chiqishga yordam beradi. Ular oqitishda muhim rol o"ynaydi, talabalarni ishlashga undaydigan materiallar va vazifalarni tanlashda, tashvish tug"dirmaydigan xatolar bilan kurashish yo llarini topishda o zini namoyon qiladi; auditoriyada talabalarning o"z-o"zini qadrlashi, o"ziga bo"lgan ishonchi va o zini yuqori baholashini rivojlantirishga g"amxo"rlik qilishda; pedagogning qulay shart-sharoitlarni yaratish va shu tariqa tanlangan ixtisoslik yoki yo"nalishni ozlashtirish jarayonini osonlashtirish, ularning mustaqilliini oshirish, tushuncha ko"rsatish, o qitish metodikasi nazariyasiga murojaat qilish lozim.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Samarali yondashuv, albatta, o qitishning barcha muammolarini hal qilmaydi. Biroq, bu asosan ta'lim jarayonini muvaffaqiyatli boshqarishga yordam beradi. Samarali yondashuvni qo llash o'quv sikli shaklida taqdim etilishi mumkin. To'g'ri tashkil etilgan o'quv jarayoni ma'lum bir ijobiy o'quv siklining rivojlanishiga hissa qo'shadi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, shaxsga yo naltirilgan, kognitiv va samarali yondashuvlar asosan bir-birini to'ldiradi va hozirgi vaqtda ta'limni rivojlantirish tamoyillarini belgilaydigan kompetenlilik yondashuvi tomonidan takorolanadi: talaba-shaxsining rivojlanishi loyihalashtirish va ta'limning hissiy omiliga aylanadi. Ta'limning shaxsni shakllantirishga yo' naltirilganligi ta'limning tubdan yangi tashkil etilishini, ya'ni mazmunini va ta'lim texnologiyalarini belgilaydi; ta'limning maqsadi - talabalarning o'z taqdirini o'zi belgilash, mustaqil ravishda ta'lim olish, o'z-o'zini boshqarish va ozligini namoyon etishga qodir shaxs sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega sifatlarini shakllantirish; ta'lim jarayonining mazmuni va tashkil etilishini farqlash tinglovchilarning o'ziga xos psixologik xususiyatlarini, ularni ro'yobga chiqarish o'z-o'zini tushunish ehtiyojlarini e'tiborga olish asosida amalga oshiriladi; yaxlit ta'limga yo naltirilgan barcha ta'lim darajalarining (boshlang'ich, umumiy o'rta, maxsus va oliy) uzluksizligi ta'minlanadi. Ushbu tamoyilni amalga oshirishning asosiy yo'nalishi talabaning rivojlanayotgan shaxsiyati bo'lib, u ta'lim mazmuni va texnologiyasining fanlararo o'zaro integrasiyalashuvi omiliga aylanadi; ta'lim va madaniyat darajalarining yetarliligi tarkib va o'quv texnologiyalarining o'zgaruvchan, shaxsga yo'naltirilganligi bilan ta'minlanadi. Shunday qilib, taxlillar natijasida oliy ta'limida til oïganishning metodologik yondashuvlar tizimida lingvo-metodik yondashuvining oïnini aniqladik. Metodologik tahlilning to rt darajasiga asoslanib, falsafiy va umumilmiy darajadagi yondashuvi tizimli, fanlararo va faoliyatga asoslangan deb tavsiflanishi mumkin.
Muayyan fan (chet tillarini o qitish metodikasi) darajasida bo'lgan lingvo-metodik tajribasiga asoslangan yondashuv, asosan, shaxsga yo naltirilgan, kognitiv va tarixiy yondashuvlarni o'z ichiga oladi, fanlararo o'zaro bog liq yondashuvlarni birinchi o'ringa qo'ygan oliy o'quv yurtlari ta'lim jarayoni natijasiga qo'yilgan integrasiyalashtirilgan talablar ta'lim tizimida maqsad qo'yish turini o'zgartiradi. Lingvo-metodik yondashuv o'ziga xos bo'lgan talablarga ega, chunki zamonaviy til ta'limi jiddiy takomil lashtirishni talab qiladi. Lingvo-metodik yondashuvning zamonaviy koïinishlarining tabiiy genetik prototipi tizimli, fanlararo, faoliyatga asoslangan, shaxsga yo naltirilgan, kognitiv va samarali tashqi ko'rinishi hisoblanadi. Lingvo-metodik yondashuv ularning dialektik davomi va muqobilligi hisoblanadi, ob'ektlar va jarayonlarning ma'lum doirasiga nisbatan o'rnatiladigan o'zaro bog liq shaxsiy xususiyatlar to'plamini o'z ichiga oladi hamda shaxsning tegishli bilimga ega bo lishi, shu jumladan, unga va faoliyat predmetiga shaxsiy munosabati bilan bog liq yuqorida ta'kidlab o'tilgan asosiy tushunchalarga ajratiladi.
Chet tillarni o qitish metodikasi nazariyasi va amaliyotida qo llaniladigan lingvo-metodik yondashuv, o'z tushunchalaridan tashqari, ilgaridan o rnatilgan ilmiy yondashuvlarning konseptual va metodologik apparatlariga (tizimli, fanlararo, faoliyatga asoslangan, "bilim, ko'nikma va malaka"ga asoslangan) tayanishni nazarda tutadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Muayyan fan (chet tillarini o'qitish metodikasi) darajasida bo'lgan lingvo-metodik tajribasiga asoslangan yondashuv, asosan, shaxsga yo naltirilgan, kognitiv va tarixiy yondashuvlarni o"z ichiga oladi, fanlararo o"zaro bog liq yondashuvlarni birinchi o'ringa qo'ygan oliy o'quv yurtlari ta'lim jarayoni natijasiga qo'yilgan integrasiyalashtirilgan talablar ta'lim tizimida maqsad qo'yish turini o zgartiradi. Lingvo-metodik yondashuv o"ziga xos bo'lgan talablarga ega, chunki zamonaviy til ta'limi jiddiy takomil lashtirishni talab qiladi. Lingvo-metodik yondashuvning zamonaviy ko'rinishlarining tabiiy genetik prototipi tizimli, fanlararo, faoliyatga asoslangan, shaxsga yo naltirilgan, kognitiv va samarali tashqi ko'rinishi hisoblanadi. Lingvo-metodik yondashuv ularning dialektik davomi va muqobilligi hisoblanadi, ob'ektlar va jarayonlarning ma'lum doirasiga nisbatan o'rnatiladigan o'zaro bog'liq shaxsiy xususiyatlar to"plamini o"z ichiga oladi hamda shaxsning tegishli bilimga ega bo lishi, shu jumladan, unga va faoliyat predmetiga shaxsiy munosabati bilan bog liq yuqorida ta'kidlab o'tilgan asosiy tushunchalarga ajratiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Rubinshteyn, S.L. Bytie i soznanie. CHelovek i mir. — SPb.: Piter, 2003. - 512s.
2. Zeer E.F. Modernizasiya professionalnogo obrazovaniya: kompetentnostniy podxod: ucheb, posobie / E.F. Zeer, A.M. Pavlova, E.E.Syrmanyuk. - M.: MPSI, 2005. - 216 s.
3. Ibragimov, G.I. Razvitie uroka v usloviyax modulnogo obucheniya // Innovasii v obrazovanii. — 2008. — № 5. — S. 21-30.
4. Polyakov O.G. Ob inostrannom yazyke kak uchebnom predmete i dissipline v shkole i vuze, yazykovyx spesialnostyax i naukax o yazyke i yego prepodavanii // Tam je. - 2009. —№ 1. - S. 18-21.
5. Ausubel D.P. Educational psychology: a cognitive view / D.P. Ausubel. - Holt, Rinehart and Winston, 1968. Original from the University of Michigan Digitized Jul 14, 2008. - 685 p.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Choriyeva Fotima Tolib qizi, Xorijiy tillar fakulteti katta o'qituvchisi, [Чориева Фатима Талибовна, старший преподаватель факультета иностранных языков], [Fatima T. Chorieva, Senior Lecturer at the Faculty of Foreign Languages]; manzil: O'zbekiston, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Ravoq MFY I.Karimov ko'chasi 13-uy [адрес: Узбекистан, Кашкадарьинская область, г. Карши, Равок, ул. И. Каримова, 13], [address: Uzbekistan, Kashkadarya region, Karshi, Ravok, I. Karimov str., 13] E-mail: [email protected]