Научная статья на тему 'LIDERLIK XUSUSIYATLARINI SHAKLLANISHI PSIXOLOGIK PEDAGOGIK TADQIQOTLARIDA SHAXS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH G‘OYALARI'

LIDERLIK XUSUSIYATLARINI SHAKLLANISHI PSIXOLOGIK PEDAGOGIK TADQIQOTLARIDA SHAXS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH G‘OYALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lider / ontogenez / shaxs / perseptiv / operatsion / shaxslararo / pedagogi / psixologik / leader / ontogenesis / personality / perceptive / operational / interpersonal / pedagogical / psychological

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ziyodullayeva S.Sh.

Maqolada kichik maktab o`quvchilarining liderlik sifatlarini shakllanishida psixologik pedagogik tadqiqotlar davomida shaxs faoliyatini rivojlantirish gòyalari, undan tashqari o`quvchilarning shaxs sifatida shakllanishida psixologik atamalar,liderlik xususiyatlarining tarkib topishi, lugàviy ma`nosi, ontogenez haqida,liderning shaxslararo yo`nalganligi, ularning yutuq va kamchiliklari guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanadigan ustunlik va bo‘ysunish munosabatlari, ta’siri, lider harakatining faoliyatga yo`nalganligi, lider faoliyatining tashkilotchilik qobiliyatlari hamda lider tushunchasi ustuda ish olib brogan olimlar haqida yetarlicha ma`lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IDEAS OF PERSONAL ACTIVITY DEVELOPMENT IN PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL RESEARCH OF THE FORMATION OF LEADERSHIP CHARACTERISTICS

In the article, the ideas of personal activity development during psychological pedagogical researches in the formation of leadership qualities of junior high school students, as well as psychological terms in the formation of students as individuals, the composition of leadership characteristics, their dictionary meaning, about ontogenesis, interpersonal orientation of the leader, their achievements and disadvantages are the relationships of superiority and subordination formed in the system of interpersonal relations in the group, influence, orientation of the leader's actions to the activity, organizational skills of the leader's activities and enough information is given about the scientists who worked on the concept of leader.

Текст научной работы на тему «LIDERLIK XUSUSIYATLARINI SHAKLLANISHI PSIXOLOGIK PEDAGOGIK TADQIQOTLARIDA SHAXS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH G‘OYALARI»

Ziyodullayeva S.Sh.

Iqtisodiyot vapedagogika universiteti o^qituvchisi

LIDERLIK XUSUSIYATLARINI SHAKLLANISHI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TADQIQOTLARIDA SHAXS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH G'OYALARI

Maqolada kichik maktab o^quvchilarining liderlik sifatlarini shakllanishida psixologik pedagogik tadqiqotlar davomida shaxs faoliyatini rivojlantirish goyalari, undan tashqari o^quvchilarning shaxs sifatida shakllanishida psixologik atamalar,liderlik xususiyatlarining tarkib topishi, lugaviy ma^nosi, ontogenez haqida,liderning shaxslararo yo^nalganligi, ularning yutuq va kamchiliklari guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanadigan ustunlik va bo'ysunish munosabatlari, ta'siri, liderharakatining faoliyatgayo^nalganligi, lider faoliyatining tashkilotchilik qobiliyatlari hamda lider tushunchasi ustuda ish olib brogan olimlar haqidayetarlicha malumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: lider, ontogenez, shaxs, perseptiv, operatsion, shaxslararo, pedagogi, psixologik,

Ziedullayeva S.Sh Iktisodiyot va Pedagogical University of o'kituvchisi

IDEAS OF PERSONAL ACTIVITY DEVELOPMENT IN PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL RESEARCH OF THE FORMATION OF LEADERSHIP CHARACTERISTICS

In the article, the ideas ofpersonal activity development during psychological pedagogical researches in the formation of leadership qualities of junior high school students, as well as psychological terms in the formation of students as individuals, the composition of leadership characteristics, their dictionary meaning, about ontogenesis, interpersonal orientation of the leader, their achievements and disadvantages are the relationships of superiority and subordination formed in the system of interpersonal relations in the group, influence, orientation of the leader's actions to the activity, organizational skills of the leader's activities and enough information is given about the scientists who worked on the concept of leader.

Key words: leader, ontogenesis, personality, perceptive, operational, interpersonal, pedagogical, psychological

O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-sonli "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi, 2019 - yil 29 - apreldagi PF-5712-sonli "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonlari, 2017-yil 20-

apreldagi PQ-2909-son "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi, 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son "Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli "Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.

I. V. Peskova tashkilotchilik qobiliyatlarining asosiy komponentlari sifatida "voqelikda yo'nalishni oqilona topish" qobiliyatini, yetakchi komponentlar sifatida esa "topqirlik va zukkolikda, jasorat va qat'iyatda namoyon bo'ladigan ijodiy tafakkur bilan birgalikda aqlning moslashuvchanligi" ajratib ko'rsatadi [97].

Tadqiqotchi tomonidan tashkilotchining faoliyati uchun yanada o'ziga xos xususiyat - "Harakatsizlik" alohida ajratib ko'rsatilgan bo'lib, u tomonidan "o'rtoqlarga ta'sir qilish qobiliyati", "bir vaqtning o'zida ularning ruhiyatining turli tomonlariga - aqliga, tuyg'ulariga, irodasiga ta'sir qilish qobiliyati" deb ta'riflagan va "bu tashkilotchining aqliy sifatlari, uning tabiati jihatlari, temperamenti bilan belgilanadi" [46].

Sh. Yuldashev fikriga ko'ra, tashkilotchilik qobiliyatlarning markaziy "o'zagi" bo'lib boshqara olish, ya'ni boshqa faoliyat turlaridan farqli ravishda, tashkilotchilik ishi uchun zarur bo'lgan murakkab xususiyat hisoblanadi.

Bir qator olimlar liderlikni hodisa sifatida o'rganishning umumiy sxemasini bir necha analitik bloklar ko'rinishida taklif etib, ular mohiyatiga ko'ra liderlikning barcha muammolarini o'z ichiga olishi mumkin. Ushbu sxema uchta asosiy bandni o'z ichiga oladi:

tuzilish xususiyatlari (shaxs fazilatlari);

amalga oshirish mexanizmlari;

borishi dinamikasi [36].

Tadqiqotimiz nuqtayi nazaridan birinchi band ko'proq qiziqish uyg'otadi. Afsuski, mamlakatimizda lider shaxsiy fazilatlarini ko'rib chiqish muammosiga yetarlicha e'tibor berilmagan.

Mazkur muammo psixologiya fanida: E. G'oziyev, I. P. Volkov, V. A. Golneva, V. Karimova, Sh. Yuldoshev, Ye. M. Dubovskaya, A. S. Krikunov, R. L. Krichevskiy ishlarida kengroq aks ettirilgan.

Afsuski, shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz olimlari tomonidan liderlik hodisasining o'zi va liderlik fazilatlari, ayniqsa, muammoning pedagogik jihati, xususan, lider - bola shaxsining ijobiy fazilatlarini tarbiyalash masalalari yetarlicha o'rganilmagan.

Ontogenezda lider shaxsining rivojlanish jarayonini nazariy va tajriba yo'li bilan tadqiq qilish uchun ushbu jarayonga kiritilgan operatsion tushunchalarning

aniq differensiatsiyasi muhim ahamiyatga ega.

Odatda guruh faoliyatini tashkil eta oladigan, amalda boshqalarni boshlab borgan holda guruhdagi munosabatlarni tartibga sola oladigan guruh a'zosini lider deb hisoblash qabul qilinadi. Lider boshqa guruh a'zolarining aksariyati kabi fazilatlarga ega, ammo uning harakatlari boshqalarning harakatlaridan sifat jihatidan farq qiladi hamda uning faoliyati darajasi qolganlarga qaraganda yuqori bo'ladi.

O'z tadqiqotimizda biz I. V. Peskova, M. G. Yaroshevskiy va boshqa tadqiqotchilarning fikriga qo'shilgan holda, tengdoshlar guruhida birgalikdagi faoliyatni tashkil etishga va munosabatlarni tartibga solishga qodir bo 'lgan faol bolani lider deb hisoblaymiz.

Liderlikning namoyon bo'lishi ko'p jihatdan guruhning rivojlanish darajasiga bog'liq bo'ladi. I. V. Peskova ta'kidlashicha, guruh tuzilmasi guruh a'zolarining mavqei va maqomining o'ziga xos iyerarxiyasidan iborat. Ushbu zinapoyaning eng yuqori pog'onasini o'zining yuqori maqomi va mavqei bilan guruhning barcha a'zolari orasida ajralib turadigan va shuning uchun guruhning barcha a'zolariga tegishli bo'lgan eng mas'uliyatli qarorlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan guruh lideri egallaydi

Ye. P. Ilin fikriga ko'ra, "lider" atamasi juda keng qo'llaniladi. Lider (leader) - inglizcha so'z bo'lib, "yetakchi, boshlovchi" deb tarjima qilinadi. Biroq, ijtimoiy psixologiyada u biroz boshqacha mazmun oldi. Shunday, lider deganda guruhdagi shaxslararo

(norasmiy yoki noformal) munosabatlarni tartibga soluvchi guruh a'zosi tushuniladi.

Lider - "bu birgalikdagi faoliyatni tashkil etishda va guruhdagi munosabatlarni tartibga solishda haqiqatan ham markaziy rol o'ynaydigan avtoritet shaxsdir Ba liderga xos bo'lgan ba'zi belgilar ajratib ko'rsatilishi lozim: lider (avtoritet) vaziyatiga ko'tarilgan guruhga mansubligi; o'z harakati bilan u guruh maqsadiga erishishga hissa qo'shadi. Mazkur belgi uch variantlidir:

o'z harakatlari bilan u boshqalarga qaraganda guruh maqsadiga erishishga ko'proq hissa qo'shadi (masalan, ko'proq gol urgan);

boshqa a'zolar tomonidan guruh maqsadiga erishishga hissa qo'shadi (darvozabon tomonidan muvaffaqiyatli qaytarilgan shayba butun jamoani ruhlantirishi mumkin);

guruh a'zosi o'zining rahbarligi bilan guruhning boshqa a'zolari tomonidan umumiy maqsadga erishishga hissa qo'shadi;

liderning tashabbuskorligi (qoidalar, umume'tirof etilgan me'yorlar, o'yin uchun amaliy ishlanmalarga rasmiy rioya qilish talab qilinganidan ko'ra, ixtiyoriy ravishda ancha kattaroq mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi);

guruh a'zolarining unga bo'ysunishi istagi yoki ehtiyoji"[81]. Muallifning fikricha, haqiqiy amaliyotda lider roliga ko'tarilishning uchta holati mavjud:

1. Shaxs lider bo'lishni xohlaydi, lekin guruh uning liderligini qabul

qilmaydi.

2. Guruh shaxsni lider sifatida ilgari suradi, lekin uning o'zi liderlikka intilmaydi.

3. Shaxs lider bo'lishga intiladi va guruh uni qo'llab-quvvatlaydi (bu mavjud liderlik qobiliyatlaridan: tashkilotchilik, taktika va boshq. darak beradigan eng maqbul holat).

Bundan tashqari, o'ziga xos shaxsiy jihat sifatida liderlik kichik guruhda boradigan jarayonlar umumiy tuzilishining eng muhim komponenti bo'lib hisoblanadi. U guruh faoliyatining integratsiyasi, uning samaradorligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan o'ziga xos "psixologik hodisadir" Liderlikni biz guruh a'zosining (liderning) butun guruhga yetakchi ta'siri; guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanadigan ustunlik va bo'ysunish munosabatlari, ta'sir sifatida tushunamiz [69].

Lider - jamoaning (guruhning) birligi ramzi va xatti-harakatlarining namunasidir. Shu nuqtayi nazardan, bolalar guruhlarida liderlikni o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo, afsuski, ijtimoiy psixologiyada, undan ham ko'proq pedagogikada lidelikka ilgari surish mexanizmlari va uning boshlang'ich sinf o'quvchilari guruhi a'zolariga ta'siri to'g'risidagi masalalar yetarlicha o'rganilmagan, garchi pedagog uchun liderga ta'sir qilish yo'llari to'g'risidagi bilimlar zarur bo'lsa ham.

Kichik o'quvchilar guruhlarida liderlik muammosini tadqiq qilish XX asrning boshlarida, amerikalik psixologlar ularning liderligining namoyon bo'lishini o'rganish bo'yicha birinchi tajribalarni o'tkazishda boshlangan. Masalan, SantaBarbara (AQSh) maktabgacha ta'lim muassasalarida o'yin birlashmalarini qayd etishda Burke shunday xulosaga keldi: 4-6 yoshli bolalar "haddan tashqari individualistlardir", garchi bu bolalarning 26% ikki yoki uch kishidan bo'lib o'ynasalar ham, 20% esa hatto "rahbar" ajralib turadigan katta guruhlarga birlashganlar

Kichik maktab o'quvchilarining guruhdagi liderlik, ijtimoiy faolligi muammolariga oid xorijiy tadqiqotlar juda kam. Ushbu tadqiqotlarning mavjud ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, guruh ichidagi muloqot va bolalarning birgalikdagi faoliyati kam o'rganilgan, qadriyatga yo'naltirilganlikka yetarlicha e'tibor berilmagan. Mualliflar guruh (yoki boshqalar) ustidan ustunlik qilishga yordam beradigan shaxsiy xususiyatlar tug'ma ekanligi to'g'risidagi g'oyani aytib o'tishgan. Mazkur g'oya J.Tompsonda eng yaqqol ifodalangan bo'lib, uning fikricha, aksariyat bolalarda ustunlik qilish yoki boshqa bolaning xatti-harakatlarini belgilash istagi mavjud. Mazkur g'oya muallifda hayvonot olamida mavjud bo'lgan tartibdan kelib chiqqan: "asalarilarda malika..., bo'rilarda to'da yetakchisi, odamlarda esa shohlar, prezidentlar, bosh vazirlar bo'ladi. Bolalarning ijtimoiy guruhlarida ham individual avtoritetning mazkur iyerarxiyasi aks etadi" [123].

O'sib borayotgan avlodning tashkilotchilik faoliyati muammosi psixologiya -pedagogika fani tomonidan XX asrning 20-30-yillardayoq faol hal qilib borilgan. Mazkur muammo bolalarning o'z - o'zini boshqarishini qurish yo'llarini ishlab chiqish nuqtayi nazaridan ko'rib chiqilgan.

Xulosa Boshlang'ich sinf o'quvchilarida liderlik sifatining belgisi uning faolligi hisoblanadi. Bu esa shaxs va uning faoliyatining tizimli sifati hisoblanadi. Shaxsga individual o'ziga xos xususiyatlar hayoti davomida paydo bo'ladigan hodisa sifatida qarash olimlarning tadqiqotlari orqali asoslangan. Liderlik muammosini talqin qilishda turli xil yondashuvlar mavjud: antropologik, sotsiologik, personalistik, faoliyatli.

Tadqiqot doirasida bolada liderlik sifatini tarkib toptirishning asosiylaridan biri sifatida, uning rivojlanishi uchun zaruriy shart bo'lgan shaxsiy xususiyatlar "ichki pozitsiya" (bolaning dunyoga alohida qarashi sifatida) hisoblanishi aniqlandi.

Adabiyotlar:

1. Мирбокиев А. М. Лидерлик. Кулланма. Тошкент. 2019.-80 б

2. Немов Р. С. Психология. Учебник. - М., 1994.-159 с

3. Nurullayeva Sh. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish metodikasi. Ped.fan.nom. ... diss. Toshkent, 2007. - 180 b.

4. Nurullayeva Sh. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari pedagogik tayyorgarligini modellashtirish nazariyasi va metodikasi. Ped.fan.dok. ... diss. Qarshi, 2021. - 264 b.

5. Nishonova Z.T., Kamolova N.G'., Abdullayeva D.U., Xolnazarova M.X.. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya. Toshkent: Print 25. bosmaxonasi. 2019.-216 b.

6. Nishanova Z.T., va boshq.Psixologik xizmat. Toshkent: 2014.-124 b.

7. Пескова И .В. Организационно-педагогические условия формирования позитивных лидерских качеств у детей. Дисс.канд.наук. Нижний Новгород -2003. 161 б.

8. Прикладная социальная психология. - М., 1999 .61 с.

9. Прикладная психодиагностика. - М., 1999. 53 с

10. Психическое развитие младших школьников /В.В.Давыдов.- М.: Педагогика, 1990. - 160 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.