Научная статья на тему 'LIBOS MILLAT KO’ZGUSI'

LIBOS MILLAT KO’ZGUSI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
21
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / anʼana / xalq ogʼzaki ijodi / estetik / etnik / libos / kiyim / milliy / liboslar / urf-odatlar / kamzul / bosh kiyimi / doʼppilar / ustki kiyimlar. / culture / tradition / folklore / aesthetic / ethnic / dress / clothes / national / dresses / customs / waistcoat / headdress / hats / Outerwear

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nishonova, Sayyora Djuravayevna

Ushbu maqolada o’zbek milliy liboslari moddiy va maʼnaviy madaniyatning ajralmas qismi ekanligi yoritib berilgan. O’zbek xalq sanʼati uzoq tarix davomida shakllanar ekan, mavjud ijod namunalarining eng qimmatli va hayot bilan bog’langanligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLOTHING IS A MIRROR OF A NATION

In this article, Uzbek national costumes are an integral part of material and spiritual culture. As Uzbek folk art has been formed for a long time, the most valuable examples of existing creations and the necessity of connection with life have been described.

Текст научной работы на тему «LIBOS MILLAT KO’ZGUSI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

LIBOS MILLAT KO'ZGUSI

Nishonova Sayyora Djuravayevna

Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "Libos dizayni" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek milliy liboslari moddiy va ma'naviy madaniyatning ajralmas qismi ekanligi yoritib berilgan. O 'zbek xalq san 'ati uzoq tarix davomida shakllanar ekan, mavjud ijod namunalarining eng qimmatli va hayot bilan bog'langanligi bayon etilgan.

Kalitso'zlar: madaniyat, an'ana, xalq og'zaki ijodi, estetik, etnik, libos, kiyim, milliy, liboslar, urf-odatlar, kamzul, bosh kiyimi, do 'ppilar, ustki kiyimlar.

АННОТАЦИЯ

В данной статье узбекские национальные костюмы являются неотъемлемой частью материальной и духовной культуры. Поскольку узбекское народное искусство формировалось давно, описаны наиболее ценные образцы существующих творений и необходимость связи с жизнью.

Ключевые слова: культура, традиция, фольклор, эстетическое, этническое, платье, одежда, обычаи, жилет, головной убор, тюбетейка, верхняя одежда

ABSTRACT

In this article, Uzbek national costumes are an integral part of material and spiritual culture. As Uzbek folk art has been formed for a long time, the most valuable examples of existing creations and the necessity of connection with life have been described.

Key words: culture, tradition, folklore, aesthetic, ethnic, dress, clothes, national, dresses, customs, waistcoat, headdress, hats, Outerwear

KIRISH

O'zbek xalqi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan boy madaniyatga ega. Madaniyat o'zida moddiy va ma'naviy boyliklarni mujassam etadi. Moddiy madaniyat inson hayot faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, uning qobiliyatlari va ijodkorligining natijasi sifatida inson tomonidan yaratilgan moddiy ne'matlarni o'zida namoyon etadi. Ma'naviy madaniyat esa bilim, estetik qadriyatlar, xulq-atvor normalari, dunyoqarash, axloq, diniy e'tiqodimiz, an'analarimizni qamrab oladi. Moddiy va ma'naviy madaniyatning bir ko'rinishi sifatida milliy liboslar shu qadar ko'p qirrali va noyob hodisa bo'lib, u xalqning etnik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

tarixi va madaniyatini, o'ziga xos estetik qarashlari, didi va an'analarini o'zida aks ettiradi. Til madaniyati, xalq og'zaki ijodi, an'ana va urf-odatlar bilan birga milliy liboslar ma'lum bir millatning muayyan hayot tarzi haqida e'tiborli ma'lumotlar beradi.

An'anaviy milliy liboslar o'ziga xos belgi, timsol sifatida ma'lum bir ma'noga ega bo'lishi mumkin. Bular amaliy, utilitar, estetik, yosh, ijtimoiy-jins (turmushga chiqqan ayol libosi) va u bilan chambarchas bog'liq bo'lgan axloqiy funktsiya, shuningdek bayramona libos, marosimlar uchun, kasbiga bog'liq bo'lgan, diniy liboslarni ajratib ko'rsatadi. Liboslarda inson yashagan joy va zamon, uning hayoti, turmushidagi quvonchli yoxud qayg'uli kunlari aks etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Milliy liboslar muayyan madaniyatning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi ijtimoiy belgi sifatida madaniyatlarning o'zaro ta'siri va moslashuvchanligini ta'minlaydi, va shu bilan birga, turli davrlarda turli etnik guruhlarning madaniyatlar muloqotini amalga oshiruvida vositachi bo'lib, ushbu madaniyat uchun muhim bo'lgan muayyan axborot assimilyatsiyasini tashkil qiladi. F.Ataxanova, U.Xojdaeva, U.Raxmatullaeva, M.Abdukarimovalar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqola va o'quv qo'llanmalari kostyum va aksessuarlar loyihalash jarayonlarining bugungi kundagi ilg'or ta'lim dasturlari asosida shakllantirilgan.

MUHOKAMA

Kiyim va libos tushunchalari mazmun-mohiyati jihatdan bir-biri bilan mushtarak ko'rinsa-da, ushbu tushunchalar o'rtasida birmuncha farqlar ham mavjud.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Kiyim deganda, avvalo, inson tanasining turli qismlarini berkitish uchun zarur bo'lgan, uni tashqi muhitning turli ta'sirlaridan himoyalaydigan buyumlar tushuniladi. Kiyimning qator turlari mavjud. Bular: ichki kiyim, ustki kiyim, turli uzunlikdagi paypoqlar, poyabzal, bosh kiyimlari. Mana shu predmetlar turli vazifalarni bajaruvchi aksessurarlar, bezaklar, soch turmagi, pardoz bilan birga libosni tashkil etadi. Libos yaxlit kompozitsiyadir. Aynan libos insonning ijtimoiy kelib chiqishi, uning o'ziga xos xususiyatlari, yoshi, jinsi, xarakteri va estetik didini namoyon etadi.

Xalqimizning yorqin va o'ziga xos urf-odatlari asrlar davomida shakllanib kelgan, shu bilan birga an'anaviy liboslarimiz ham uzoq davrlardan rivojlanish bosqichini o'tagan. Liboslarning tarkibi o'zgargan, unga kiritilgan buyumlardan tortib, ularning shakli, kesimi, matolari va ranglari, kiyinish uslubi o'zgarib borgan. Aytish joizki, qadimdan liboslar uchun matolarni asosan ayollar ishlab chiqarganlar. Avvalo jundan, keyinchalik esa boylik ramzi hisoblangan ipak, paxta, zig'ir tolalaridan matolar to'qilgan.

O'zbek milliy liboslarining birinchi o'ziga xos xususiyati, hokimiyat va badavlatlik belgisi bo'lmish oltin kashtachiligidir. Arxeologlar Toshkent viloyatidagi qazishmalar paytida oltin kashta izlarini topganlar: kiyimning bunday bezagi ipak paydo bo'lishidan oldin ham ma'lum bo'lgan degan faraz mavjud. Asl matolar gulli, ayrim hollarda geometrik bezaklar bilan bezatilgan. Bunday liboslar ijtimoiy mavqe'ning yorqin belgisi bo'lgan. Masalan, hukmdor va saroylardagi mulozimlar oltin naqshinkor liboslar kiyishi urf bo'lgan, ushbu qimmatbaho qiyimlarni hukmdorlar o'z mulozimlariga sovg'a qilganlar. Lekin qadimdan oddiy kishilarning kiyimi ham oddiy bo'lgan. "An'anaviy o'zbek libosi asosan, ustki ko'ylak, ishton va chopondan, boshga do'ppi, oyoqqa mahsi-kalish yoki etikdan iborat bo'lgan. Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari bichimining deyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak beradi. Bunday liboslar oddiy usulda, ba'zan qaychisiz va ulgusiz, yaxlit matodan yirtib tikilgan. Bir parcha gazlamani ikkiga buklab, elka tomonga ko'ndalangiga ikki eng bilan bir parcha to'rt burchak xishtak (qo'ltig'iga solingan) tikib kiyilavergan"

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

O'zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo'lib, xalqning boy madaniy an'analari va turmush tarzining bir qismidir. Shaharlarda milliy libosdagi odamlami topish kamdan-kam uchraydi, bugungi kunda u an'anaviy bayram tadbirlarida

kiyiladi, ammo qishloqda u hali ham kundalik va dam olish kunlari liboslarining bir qismi bo'lib xizmat qiladi.

Erkaklarning ko'ylak-ishtoni, odatda, bir rangda, asosan, oq rangda, ayollarniki rang-barang matolardan tikilgan. Ayollarning milliy liboslari ichki, ustki va kishilik kiyimdan iborat bo'lgan. Ustki kiyimlar - kamzul, engil xalat (mursak, kaltacha), engsiz nimchalardir. Ayollarning o'ziga xos chopon shaklida bichib tikilgan ust kiyimi - mursak ilgari juda keng tarqalgan. Ular Buxoro, Xorazm va Qashqadaryoda engi tirsakkacha kalta va kengligi bilan, Samarqand va Toshkentda uzun, engsiz, bilakkacha engi bo'lgani bilan farqlangan. Mursak astarli qavima qilib tikilgan, qishki mursakka esa paxta solingan.

O'zbek erkaklar kiyimlari Erkaklar milliy libosining asosini chopon tashkil etadi, u belga ro'mol - kiyikcha bilan bog'lanadi. An'anaviy bosh kiyim - do'ppi. Badaniga ko'ylak, ishton - pastki qismiga torayib turadigan keng shim kiyiladi. Oyoqlari yupqa teridan tikilgan etiklarda. To'liq libosdagi kamarlar ko'pincha juda oqlangan - baxmal yoki kashta tikilgan, kumush naqshli blyashka va tokalar bilan. Kundalik ko'ylak uzun ro'moldek kamar bilan bog'langan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

O'zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo'lib, xalqning boy madaniy an'analari va turmush tarzining bir qismidir. Shaharlarda milliy libosdagi odamlarni topish kamdan-kam uchraydi, bugungi kunda u an'anaviy bayram tadbirlarida kiyiladi, ammo qishloqda u hali ham kundalik va dam olish kunlari liboslarining bir qismi bo'lib xizmat qiladi

Erkaklar milliy libosining asosini chopon tashkil etadi, u belga ro'mol -qiyikcha bilan bog'lanadi. An'anaviy bosh kiyim - do'ppi. Badaniga ko'ylak, ishton -pastki qismiga torayib turadigan keng shim kiyiladi. Oyoqlari yupqa teridan tikilgan etiklarda. To'liq libosdagi kamarlar ko'pincha juda oqlangan - baxmal yoki kashta tikilgan, kumush naqshli blyashka va tokalar bilan. Kundalik ko'ylak uzun ro'moldek kamar bilan bog'langan. Oyoq kiyimi mahsi (ichig'i — orqasi yo'q, tagligi yumshoq, to'pig'i yo'q chiroyli etik) va dag'al charmdan yoki rezinadan tikilgan etiklardan iborat bo'lgan. Bu bugungi kungacha obro'ga ega bo'lgan juda qulay va issiq poyabzal edi.

Ayollar va erkaklar milliy bosh kiyimi. Do'ppilar

An'anaviy o'zbek kiyimidagi asosiy detallardan biri bu bosh kiyimdir. Markaziy Osiyoning ko'pgina mamlakatlarida, jumladan,

O'zbekistonda milliy bosh kiyimi do'ppi hisoblanadi. Do'ppi nomi turkiy «tube» dan kelib chiqqan bo'lib, «yuqori, tepa» deb tarjima qilinadi. Uni erkaklar, ayollar va bolalar kiyishadi. Faqat yoshi katta ayollar do'ppi kiymaydi. Endi yirik shaharlarda do'ppi kiygan odamni ko'rish kamdan-kam uchraydi va ko'pincha bu oilaviy va diniy bayramlar uchun kiyimning muhim detalidir. An'anaviy do'ppi tetraedral konussimon shaklga ega bo'lib, u qora rangda, 4 ta «qalampir» va 16 ta miniatyura kamar shaklida oq naqshli kashta tikilgan. Kundalik do'ppi «kalampir» eng oddiy va eng keng tarqalganlaridan biridir, ammo uning ahamiyatini e'tiborsiz qoldirmaslik kerak. O'zbekistonning har bir viloyatida o'ziga xos do'ppi bo'yi va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

naqshlari bor. Eng boy xilma-xilligi bilan O'zbekistonda do'ppi tikish bo'yicha oltita asosiy maktab mavjud: Farg'ona, Toshkent, Qashqadaryo-Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm-Qoraqalpoq. Maxsus, tantanali tadbirlar uchun nafis do'ppilar mavjud - ular yorqin va rang-barang kashta va naqshlarga, tilla kashtalarga boy.

Ko'p asrlar davomida yaratilgan xalq liboslari moddiy va ma'naviy madaniyatning ajralmas qismidir. Xalq ijodiyoti namunalarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, liboslarda maqsadga muvofiq tarzda funktsional va estetik fazilatlar birlashtirilgan. Xalq san'ati uzoq tarix davomida shakllanar ekan, mavjud ijod namunalarining eng qimmatli va hayot bilan oqlangan zaruriylari saqlangan. Tasodifiylari inkor etilgan, natijada o'zida barcha zaruriy xususiyatlarni mujassam etgan milliy liboslargina olib qolingan. Zamonaviy kiyinishda sharm-hayo me'yorlariga amal qilib, o'zbekona kiyinish madaniyatini targ'ib qilish, shu orqali urf-odat va qadriyatlarimizni saqlash, albatta milliy madaniyatimizni, milliy o'zligimizni asrashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Liboslar tarixi. D.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Ataxanova// http://milliycha.uz/kr/liboslar-tarixi/.

2. /.S.Ergashev O.B. Mamadaliyeva M.A.Nazarova. Kostyum tarixi. O'quv qo'llanma. Namangan Muhandislik-texnologiya instituti, 2020.

3. Kiyim va libos, ular o'rtasida qanday farq bor? N.ALIMUHAMEDOVA/TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti katta o'qituvchisi

4. Богатырев П.Г. Вопросы теории народного искусства. М.: Искусство, 1971. 544 с.

5. "Libos dizayni sohasi ta'limida kostyum va aksessuarlar loyihalashning ustuvor aspektlari" Abdullaeva F., Nishanova S. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN: 2181-1784 4(02), Feb., 2024

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.