EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
ONOMASTIC UNITS USED IN "KULTEGIN" STONE MONUMENTS Qahramon Kuzimuratovich Roziyev
Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy teacher of the department of Uzbek language and literature [email protected] UDK 811.512.133 https://doi.org/10.5281/zenodo.10967883
ABSTRACT
Received: 06th April 2024 Accepted: 12th April 2024 Online: 13th April 2024
KEYWORDS "Kultegin" inscription stone, onomastics, anthroponyms, zoonyms, names of human body parts, weapons.
In this article, the linguostatistical analysis of the inscription stone "Kultegin" is carried out. Onomastic units are analyzed and quantitative data of anthroponyms and zoonyms are given. Also, the names of the human body parts and weapons used in the stone inscription are explained.
ОНОМАСТИЧЕСКИЕ ЕДИНИЦЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В КАМЕННЫХ
ПАМЯТНИКАХ «КУЛЬТЕГИН» Кахрамон Кузимуратович Розиев
Институт предпринимательства и педагогики Денова преподаватель кафедры узбекского языка и литературы [email protected] УДК 811.512.133 https://doi.org/10.5281/zenodo.10967883
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 06th April 2024 Accepted: 12th April 2024 Online: 13th April 2024 KEYWORDS
Камень-надпись «Культегин», ономастика, антропонимы, зоонимы, названия частей
В данной статье проводится
лингвостатистический анализ надписи на камне «Культегин». Проанализированы ономастические единицы и приведены количественные данные антропонимов и зоонимов. Также поясняются названия частей человеческого тела и оружия, использованные в каменной надписи.
человеческого тела, оружия.
"KULTEGIN" BITIKTOSHI YODGORLIKLARIDA QOLLANILGAN ONOMASTIK
BIRLIKLAR
Qahramon Kuzimuratovich Ro'ziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi [email protected] UDK 811.512.133 https://doi.org/10.5281/zenodo.10967883
ABSTRACT
Received: 06th April 2024 Accepted: 12th April 2024 Online: 13th April 2024
KEYWORDS "Kultegin" bitiktoshi,
onomastika, antroponim,
zoonim, insоn ta'na а'zоlаri, qurol-asloha nomlari.
Leksikologiyada tilda mavjud bo'lgan barcha so'zlar, ya'ni o'sha tilning lug'at boyligi haqida so'z yuritiladi. Shuni ham qayd qilish kerakki, qadimgi turkiy til lug'at tarkibida mavjud bo'lgan so'zlarni biror urug' yoki qabilaga mansub deb bo'lmaydi. Chunki qadimgi turkiy til leksik qatlamida mavjud bo'lgan so'zlar o'sha davrda yashagan urug' va qabilalarning barchasiga tegishli bo'lgan deb qarash zarur.
Qadimgi turkiy til leksikasi mazkur tilning qaysi dialektlar asosida shakllanganini ko'rsatishi bilan diqqatga sazovor. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tarixi ham ilk bor leksikada aks etadi.
Qadimgi turkiy tilning leksik qatlami o'ziga xos. Bu tilning leksikasidagi o'ziga xoslik shundan iboratki, qadimgi turkiy qabilalarning tillaridagi leksik qatlam, tilning boshqa sathlariga qaraganda, qadimgi turkiy adabiy tilning shakllanishida katta vazifa bajargan1.
Leksika atamasi grekcha lexicos («so'zga oid») so'zi hosilasidir. Leksika deganda, tilning barcha so'zlari, lug'at tarkibi nazarda tutiladi. Leksika atamasi tilning alohida so'zlar qatlamiga ham (maishiy leksika, poetik leksika, ish yuritish kabi), bir ijodkor tomonidan qo'llangan barcha so'zlarga nisbatan ham yoki biror asar haqida ham qo'llanilishi mumkin. Til leksikasi tilshunoslikning leksikologiya, semasiologiya va onomasiologiya sohalari o'rganish manbai hisoblanadi. Leksika bevosita yoki bilvosita borliqni ifodalaydi, jamiyatdagi o'zgarishlarni, xalqning moddiy hayoti va ma'naviy olamini aks ettiradi, yangi predmet, hodisa, jarayon va tushunchalarni ifodalash uchun yangi so'zlar bilan muttasil to'lib boradi. O'zida eskirish va yangilanishni to'la aks ettiradi. Iste'mol darajasi susaygan birliklar esa leksikadan butunlay chiqib ketmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning har xil sohalari muntazam rivojlanib, yangi yo'nalishlar bilan boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji yangidan-yangi maxsus so'zlar, atama va terminologik qatlamlarni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bunda e'tiborlisi shundaki, umumiste'mol so'zlarning ayrimlari terminologik tabiat kasb etsa, ayrim atamalar o'z ifodalanmishining kundalik turmushda qo'llanish darajasiga bog'liq ravishda umumiste'mol xususiyat kasb etib boradi. Jamiyatda umumiy
tadqiqotning rivoji ham tilning o'rta sa'viyali sohiblarida til terminologik tizimining xalqchillashuviga olib keladi. Til leksikasida jamiyatning ijtimoiy qatlamlanishi o'z aksini topadi.
Ushbu maqolada "Kultegin" bitiktoshining lingvostatistik tahlili amalga oshirilgan. Onomastik birliklar tahlil qilinib, antroponim, zoonimlarning miqdoriy ma'lumotlari berilgan. Shuningdek, bitiktoshda ishlatilgan inson tana a'zolari va qurol-aslaha nomlari izohlangan.
1 N.Rahmonov, Q.Sodiqov. "O'zbek tili tarixi" T .: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti".: -2009. 78-bet,
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Qadimgi yozma manbalar tilini ko'zdan kechirishda, uning leksik tarkibi o'sha davrda yashagan turkiy qabilalarning hayoti, turmush tarzi, urfodatlari to'g'risida tasavvur uyg'onadi. Birgina misolni olaylik:
lashkarboshilar qabriga, murdaning yoniga kichkina tosh haykalchalar qo'yilgan. Ular jangda o'ldirgan dushmanlari sonini anglatadi. Ana shu haykalchalar balbal deb aytilgan. Ilmiy manbalarda yozilishicha, odam qiyofasidagi «balbal» deb nomlanuvchi bu toshlar qadim turk xoqonliklari davridan meros. Bu kabi tarixiy tosh haykallar turkiyzabon xalqlar yashagan makonlarda - Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog'iston, Mo'g'ulistonning ko'plab joylarida uchraydi. Balbal ma'lum bir hududda mashhur bo'lgan odamning hurmatiga bunyod etilgan. Ular asosan elini, yerini dushmanlardan himoya qilgan botirlar hurmatiga o'rnatilgan. Balbal -qadimiy turkiy so'z bo'lib, «bal-bal», ya'ni «zarba bermoq», «qoqmoq», «urmoq» kabi ma'nolarni anglatadi. Turkiyshunos olimlar fikricha, balbal - «toshni tik qilib o'rnatgan belgilar» degan ma'noga ega. Balbalning etnomadaniy ma'nosi qadimgi turkiy davrda, ya'ni VI-IX asrlarda alohida mazmun kasb etgan. Upaytlarda qadimgi turkiy urf-odat va an'analarga ko'ra, balballarning aksariyati xoqon, tegin, torxon, chor, tudun, biy, bek kabi elboshchilar, botirlar, oqsuyak odamlarning hurmatiga maxsus yasalgan. Ular orqali motam tutilgan, marhumning ruhi hurmatiga «yo'qlash» kabi udumlar bajarilgan. Marhumning ruhini shod qilish marosimida qatnashganlar o'zlari yashayotgan makonidan balbal toshlarni olib kelgan va an'anaga muvofiq, marhumning dafn etilgan joyida oraliq masofasini birdek qilib, qatorlashtirib o'rnatgan. Ushbu esdalik majmuasini yaratishga ishtirok etganlar o'zlarining qavmi, urug'-toifasi tamg'alarini yoki qadimgi turkiy bitik yozuvi bilan ismlarini, lavozim, unvonlarini yozgan. Bu qadimgi turkiy qavmlarning o'ziga xos yo'qlash marosimidan darak beradi. Markaziy Osiyoda islom dinining keng tarqalishi bilan toshlardan esdalik yasash o'z ma'nosini yo'qota boshlagan2.
Tarixiy-etimologik jihatdan qaraganda, qadimgi turkiy til leksikasini asosan umumturkiy so'zlar tashkil qiladi. Ularning ko'pi hozir ham turkiy tillarda, jumladan, o'zbek tilida qo'llanadi. Buni misollardan ham ko'rish mumkin. «Kultegin» bitiktoshining uchta satri (1-3) ni tahlil qilganda, unda jami 58 ta so'z qo'llangan bo'lib, shundan 42 tasi hozirgi o'zbek tilida aynan yoki ayrim o'zgarishlar bilan qo'llanadi, 17 ta so'z esa hozirgi tilimizda qo'llanmaydi.
Tdngri-tdg, tdngrida bolmbish turuk Bilga qag'an bu ódka olurtum. Sabbimbin tukati dshidgil: ulayu iniyigunum, og'lanbim, biriki og'ushum bodunum, birya shadapbt baglar, yirya tarqat buyruq baglar, otuz... ya'ni
tangridan bo'lmish turk bilga xoqon bu dunyoga keldim. SoZimni tugal yeshitgil keynimdagi ini, jiyanim, o'g'illarim, ittifoq, urug'im, xalqim, o'ngdagi shadapit beklar, chapdagi tarxonlar, buyruq beklar, o'tuz... [Kultegin, 1].
Toquz og'uz baglari bodunbi bu sabbimbin adguti ashid qatbig'dbi tbingla. Ilgaru kun tog'sbiqqa, birgaru kun ortusbmgaru, qurbig'aru kun batsiqinga,yirg'aru tun ortusbmgaru, anta ichraki bodun qop manga kóru, ancha bodun... ya'ni
2 Кызласов Л.Р. О значении термина «балбал» древнетюркских надписей// Тюркологический сборник. М., 1966. -С. 43.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
to'qqiz o'g'uz beklari, xalqi bu so'zlarimni yaxshilab eshit, diqqat qilib tingla! Oldinga-kunchiqarga, o'ngga-janubga, orqaga-kunbotarga, chapgashimolgacha bo'lgan yer ichidagi xalqlar hammasi menga qaraydi. Shu xalqni... [Kultegin, 2].
Qop atdim. Ol amtbi anybig'yoq Turuk qag'an O'tukan yish olursar, alta bung yoq, ilgaru Shantung yazbiqa tagi suladim, taluyqa kichig tagmadim, birgaru Toquz arsanka tagi suladim, Tuputka kichik tagmadim, qurbig'aru Yinchu o'guz.. ya'ni
mamnun qildim. U yendi yovuz yemas Turk xoqoni O'tukan yishda tursa, yelda tashvish yo'q. Shimolga Shantung cho'ligacha lashkar tortdim, dengizga bir ozyetmadim. Janubga to'quz arsangacha lashkar tortdim, Tuputga bir oz yetmadim. G'arbga Inju o'g'uz Sirdaryoni...[ Kultegin, 3].
Hozirgi tilimizda iste'molda Hozirgi tilimizda iste'molda
mavjud so'zlar saqlanib qolmagan so'zlar
Tangri O'd Dunyo
Turk sab so'z
qag'an yigun jiyan
Tukat biriki ittifoq
ashid yirya chap
Og'lan Bodun urug'-xalq
bek Qatig'di diqqat qil
ini Tog'siq kunchiqar
tarqat Birgaru janub
buyruq Ortusingaru kunbotar
Toquz Qo'p atdim yig'dim
Og'uz Alta elda
adgu bung tashvish
tingla yaziq cho'l
kun suladim lashkar tortmoq
tun arsang o'lchov birligi
ichra
ilgaru
kichik
inchu-inju
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Tuput-tibet
y°q
batisinqa
O'tukan yish
ko'rur
"Kultegin" bitiktoshi leksikani o'rganish tamoyillaridan kelib chiqib mazkur tadqiqot ishida qadimgi turkiy yodgorliklarda mavjud bo'lgan sof turkiy so'zlarning saqlanib qolish darajasi hamda yo'qolib ketish sabablari keng tahlilga tortiladi. Tilning leksik xususiyatlarini tilshunoslik bo'limlaridan onomastika bo'limi ko'proq o'zida saqlaydi. XX asrning 60-70 yillarida o'zbek tilshunosligida bir qator ilmiy yo'nalishlar paydo bo'ldi. Masalan: eksperimental fonetika, fonologiya, morfonologiya, frazeologiya, stilistika (uslubshunoslik), nutq madaniyati, ijtimoiy tilshunoslik (sotsiolingvistika), areal lingvistika, lingvostatistika kabilar. O'zbek onomastikasi ham o'sha davrlarda vujudga kelgan tilshunoslikning yangi sohalaridan biri. O'zbek onomastikasi (nomshunosligi) o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. O'zbek nomshunosligi bo'yicha olib borilgan keng ko'lamli tadqiqotlar o'zbek onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug'atlar, ko'p sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitdi3.
Tarixiy atamalarni, nomlarni o'rganish va qayta tiklash har birimizda vatanga, tariximizga bo'lgan e'tiqodni, muhabbatni qayta tiklaydi. O'rxun-Enasoy obidalaridagi nomlarni o'rganish ham aynan mana shu maqsadlarni ko'zlaydi4. Onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli otlarni, ularning paydo bo'lish va o'zgarish tarixini o'rganuvchi bo'limi, shuningdek, tildagi barcha atoqli otlar yig'indisini o'zida ifodalaydi. Onomastika fani tildagi mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va o'rganishni maqsad qilib qo'yadi.
Atroponimlar
Ma'lumki, antroponim (yunoncha: antropos-onoma-atoqli ot)- kishi atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus, patronim va boshqalar.)5. Ma'lum bir tilda mavjud bo'lgan barcha kishi atoqli otlari majmui, fondi antroponimiya deb yuritiladi. "Kultegin" bitiktoshida jami 29 ta antroponim keltirilgan.
Kul tigin Kultegin
Yollug tigin Yo'llug' tigin
Bumin qagan Bumin xoqon
istami qagan Istami xoqon
Bil(g)a qagan Bilga xoqon
Altaris qagan Eltarish xoqon
3 Бегматов Э, Улуков Н. Узбек ономастикаси. Библиографик курсаткич (ХПХ аср охиридан-2008 йилгача эълон килинган ишлар олинган). Наманган-2008. -Б. 168;
4 Бегматов Э, Улуков Н. Узбек ономастикаси терминларининг изошли лугати. Наманган-2006. Б.60
5 Бегматов Э, Улуков Н. Узбек ономастикаси терминларининг изошли лугати. Наманган-2006.Б.13
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
ilbilgä qatun Elbilga xotun
Türgäs qagan Turgas xoqon
Umay ögüm Umay ona
Caca Süq Chacha Sang
Tadqas(?) Cor Tadqas cho'r
Isbara Yamtar Ishbara Yamtar
Yägänsil bäg Yagansil bek
Ulug Irkin Ulug' Erkin
Bayirqun Bayirqun
Az Ältäbär Az Eltabar
Toga tigin To'nga tigin
Udar sägün Udar sangun
lsyi Liki(?) Isyi Liki
Näq sägün Nang sangun
Bölün Bo'lun
Ogul tarqan O'g'ul tarqon
Maqarac tamgaci Maqarach tamg'achi
Oguz Bilgä tamgaci O'g'uz Bilga tamg'achi
Tardus Inancmur (Inanc-cor) Tardush Inanch-cho'r
Cag sägün Chang sangun
Tuygun Ältäbär Tuyg'un Eltabar
Inancu apa Inanchu bobo
Yargan tarqan Yarg'an tarqan
Zoomimlar
O'rxun-Enasoy obidalarida hayvon nomlarining ishlatilishi katta ahamiyat kasb etgan. "Kultegin" bitiktoshida zoonimlar hajman ko'pchilikni tashkil etmasa-da, ular orqali anglashilayotgan ma'nolar o'sha davr xalqi hayoti, ijtimoiy ahvolini yoritishda muhim ma'lumotlar hisoblanadi. Ba'zi o'rinlarda bitiktoshlarda jonivorlar nomlari bugungi ma'nosiga aynan o'xshamaydi. "Kultegin" bitiktoshida Böri - 1 o'rinda, qon - qo'y 2 o'rinda, at -ot 13 o'rinda, bicin - maymun 1 o'rinda ishlatilgan. "Kultegin" bitiktoshi jangnoma ruhida yozilgani uchun bunda ot zoonimi ko'p marotaba takrorlangan. Shuningdek, Turkiy xalqlar og'zaki ijodida ot totemiga alohida ahamiyat berilgan. Arxeologik qazilmalar davrida yarmi ot va yarmi odam shaklidagi san'at asarlarining topilishi ham otga e'tiqodning qadimiy ramzidir. Turkiy xalqlar qadimdan otlarga mehr qo'ygan. Otlarni aqlli jonivor sifatida e'zozlashgan. Ot-«yirik ish-ulov hayvoni» Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma'noni anglatgan bu so'z a:t tarzida talaffuz qilingan. Mahmud Qashg'ariy bu so'zni «qattiq talaffuz qilinadigan alif bilan» deb alohida ta'kidlaydi6. Anglashilayotganidek, yodgorliklarda qo'llanilgan hayvon nomlari, qadimgi turkiy qabila va urug'larning totemistik tasavvurlarini ifodalab kelgan.
Qadimgi turkiy bitiklarda inson ta'na a'zolarini bildiruvchi so'zlar
6 «^BOHH nyraTHT TypK» I 70-6eT
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
O'rxun-Enasoy obidalari lug'aviy qatlamida tana a'zolarini bildiruvchi bir nechta so'zlar uchraydi. Tana a'zolarini ifodalovchi so'zlarning leksik-semantik mazmundagi ma'nolari yillar o'tsa hamki hech qanday o'zgarishlarga uchramaganligi ko'rinadi. Masalan, adaq-oyoq, ko'z-ko'z, bas-bosh, tize-tizza, arqa-orqa, ich-ichak, qan-qon, qash-qosh, bog'az-bo'g'iz, ter-ter, til-til singari so'zlarda ham ko'rinib turganidek, ayrim fonetik o'zgarishlargina mavjud xolos. Ma'noviy jihatdan deyarli farqlar mavjud emas.
"Kultegin" bitiktoshida uchraydigan tana a'zolari.
Adaq. Turk bodun adaq kamastdi. Turk xalqi oyoqlarining charchoqlariga berilib ketishdi. [Kultegin, 4]. Oyoq-gavdaning tayanib turishi va harakatlanishi uchun xizmat qiladigan a'zo: Havo ayniydigan bo'lsa, darrov oyog'im og'riy boshlaydi. Bu ot qadimgi turkiy tildagi «qadamla» - ma'nosini anglatgan a:d- fe'lining ay- shaklidan -(a)q qo'shimchasi bilan yasalgan. O'zbek tilida a unlilari a unlilariga almashgan. Ay-+aq=ayaq>ayaq. [0'TEL-250b];
Ko'z. ... ko'rar ko'zum ko'rmaz-tag, bilir biligim bilmaz tag bolti, o'zum saqintim. ko'rar ko'zim ko'rmaytganday, bilar aqlim bilmayotganday bo'ldi [Kultegin, 50]. Ko'z-ko'rish a'zosi. Ayagan ko'zga cho'p tushar (Maqol). Qadimgi turkiy tilda shunday ma'noni anglatgan bu ot asli ko:z tarzida talaffuz qilingan, keyinroq o unlisining cho'ziqlik belgisi, o'zbek tilida esa yumshoqlik belgisi ham yo'qolgan. Ko:z> koz>koz. [O'TEL 221-bet]; Qarg'a, qarg'aning ko'zini cho'qimaydi. (Maqol.) Qadimgi turkiy til va hozirgi o'zbek adabiy tilida ko'z so'zi aynan ko'rish ma'nosida berilgan. Shu sababli ular orasida ma'noviy bog'liqlik uzoqlashmagan. Bas... tizligig so'kurtimiz, bashlig'ig'yukunturtimiz. ...tizzasi borni cho'kkalatdik, boshi borni ta'zim ettirdik [Kultegin, 18].
Bosh-tananing bo'yindan yuqori (old) qismida joylashgan a'zo: Ukam suvga boshi bilan sho'ng'idi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma'noni va boshqa bir necha ma'nolarni anglatgan bu ot asli bash tarzida talaffuz qilingan, keyinroq a: unlisining cho'ziqlik belgisi yo'qolgan; O'zbek tilida a unlisi a: unlisiga almashgan: ba:sh> bash> bash; O'zbek oyim boshi bilan rizolik bildirib, «barakalla!» deb qo'ydi. (Abdulla Qodiriy «O'tkan kunlar»). Mazkur misollardan ham ko'rinib turibdi, bash va bosh so'zlarida fonetik o'zgarish sodir bo'lgan. Bunday hodisa hozirgi adabiy tilda ko'plab so'zlarda uchraydi.
Tiz. Tizligig so'kurtimiz, bashlig'ig' yukunturtimiz. ...tizzasi borni cho'kkalatdik, boshi borni ta'zim ettirdik [Kultegin, 18]. Tizza-Oyoqning boldir bilan son bog'lanadigan joyi. Tiz bukib, ta'zim etib, izzat qilolmay dog'man (Muqimiy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma'noni anglatgan bu ot «ketma-ket bog'la» ma'nosini anglatgan tiz-fe'lidan ma'no taraqqiyoti yo'li bilan o'sib chiqqan. Eski o'zbek tilida -a qo'shimchasi bilan yasalgan. Keyinchalik z undoshi qatlangan: tiz+a=tiza>tizza. Hozirgi o'zbek adabiy tilida tizza shakli qo'llaniladi.
Qan. ... qanin' subchayugurti, songukung tag'chayatdi, baglik uri, og'lung kul bolti, silik qiz og'lung kung bolti... Qoning suvday oqdi, suyaging tog'day [uyulib]yotdi, bek bo'ladigan o'g'il bolang qul bo'ldi, yetuk qiz bolang cho'ri bo'ldi [Kultegin, 24]. Tirik vujud a'zo va hujayralarini oziqlantiruvchi, modda almashuvini ta'minlovchi qizil rangli suyuqlik. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma'noni anglatgan bu ot asli qan tarzida talaffuz qilingan; O'zbek tilida a unlisi a unlisiga almashgan: qan>qan; [O'TEL 561b],
Qash. Aki shad ulayu ini yigunim og'lanim baglarim bodunum ko'zi qashi yablaq boltachi tap, saqintiq. Ikki shad keying ini jiyanim, bolam, beglarim, xalqimning ko'zi qoshiyomon bo'ladi deb, o'yladim [Kultegin, 51]. Qosh-ko'z qovog'i tepasidagi tuklar majmuasi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma'noni anglatgan bu ot asli qash tarzida talaffuz qilingan. Keyinchalik o'zbek tilida a unlisi a unlisiga almashgan: qash>qash.
Qurol-aslaha nomlarini bildiradigan so'zlar
VI-X asrlardagi qurol-aslaha atamalari o'sha davr urug' va qabilalarning turmushi, siyosiy-harbiy ahvolini ma'lum darajada aks ettiradi. "Kultegin" bitiktoshida qurol-aslaha nomlarini bildiradigan quyidagi atamalar uchraydi. Harbiy xizmatga aloqador shaxslar, qo'shinning tarkibini ifodalovchi atamalar, su (armiya) (Kt), atlb (otliq), qo'shin (Kt); (piyoda askar), yada (Kt), tutmaq (dushmanlarning kuchini bilishga ajratilganlar) (Kt), yarchi (qo'shinga yo'l ko'rsatib boruvchi) (Kt), yazak suv yoki ilku su (ilg'or otryadda boruvchilar). Armiyaning o'ng qanotida urush qilganlar o'q (Kt), chap qanoti urush qilganlarga nisbatan sol (Kt) va o'rtada urush qilganlarga nisbatan ked kabi atamalar ishlatilgan. Armiyaning orqa tomonida qurollanib turgan harbiylar yatug' (Kt) va oqchbi (o'ng) deyilgan. Qo'shinlarning yordamchi qismlari yaqut deb atalgan. Biror joyda yashayotgan qabila va urug'ni talash uchun yuborilgan guruh aqbinchbi deb atalgan. Xon va beklarning shaxsiy qo'riqchilari va ularning turadigan joylar yatg'aq, turgak (Saroy qo'riqchisi) deyilgan. Urushda qahramonlikko'rsatganlar - alp (Kt), qaram bo'lish-kermic (Kt), hiylakorlik-tdblig (Kt) kabi so'zlar bilan yuritilgan.
Qadimgi turkiy tilda yana «yabg'u» so'zi laqab sifatida qo'llanilgan. Bu so'z Turk xoqonligida bosh hukmdor-xoqondan keyin turuvchi, aniqrog'i uning o'rinbosariga nisbatan qo'llanilgan. O'sha davrlarda turk xoqonligining eng oliy hukmdoriga nisbatan xoqon atamasi ishlatilgan: On oq qag'ani yag'i: mbiz arti -O'n o'q xoqoni dushmanimiz edi. Shuningdek, turk xoqonligida yana eltabar,tudun, ayg'uchi, yarchi singari unvonlar ishlatilgan. Eltabar unvoni «davlatni tutib turuvchi» degan ma'noni anglatgan. Xitoy yilnomalarida ta'kidlanishicha, bu unvon katta-kichik vohalarni boshqaruvchilarga berilgan. Tudun unvoni esa xoqonlikning boshqaruv tizimiga xos unvonlardan biri sifatida «bo'ysundirilgan o'lkalardan soliq yig'ishni tashkil qiluvchi mahalliy hukmdor ustidan nazorat etuvchi», ya'ni noib ma'nosida bo'lgan. Ayg'uchi esa vazir, maslahatchi, sarkarda ma'nolarida bo'lib7, ko'pincha maslahatchi ma'nosida ishlatilgan: qag'ani alp armish, ayg'uchisi bilga armish-xoqoni qahramon ekan, maslahatchisi alloma ekan.
"Kultegin" bitiktoshi leksik qatlami xususidagi fikrlar, izlanishlarni umumlashtirib, quyidagilarni xulosa qilamiz:
1. O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi xususida olib borilgan tadqiqotlarga tayanib, obidalarni o'rganish XVIII asrdan boshlangan degan xulosaga kelishimiz mumkin. Yer yuzining turli mintaqalarida yodgorliklarni o'rganish hamon davom qilmoqda. Yevropa va Osiyo tilshunoslari toshbitiklarning turli tomonlarini o'rganishgan. Yodgorliklarni lug'aviy jihatdan guruhlarga ajratib o'rganish o'sha davr madaniy, etnik va ijtimoiy munosabatlarini to'liq ochib beradi.
2. "Kultegin" bitiktoshida bag'ishlov egasi bo'lgan shaxsning qilgan ishlari, jumladan, turkiy xalqlarni birlashtirish, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi kurashdagi xizmatlarga alohida e'tibor beriladi. Bunda harbiy terminologiya asosiy rolni o'ynaydi.
7 K^.CogHROB, KOMOHOB, "Y36eK TMHHHHr e3Ma yc^y6^apH TapuxngaH". T.:My^appnp Hampuera -2010. -B.53.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
3. "Kultegin" bitiktoshida nomlarni alohida mavzulashtirish mumkin. Bitikdagi onomastik birliklarni o'rganish orqali bitiktoshlar yozilgan davrning o'ziga xos madaniy hayoti, ijtimoiy munosabatlarini tasavvur qilamiz.
References:
1. Аллaмбергенoвa M.P. Кддимги ёзмa ёдгoрликлaр луFaвий тaркибининг тaрихий-циёсий тaдк;ик;и (^рхун-Этатей oбидaлaри мисoлидa). Филoл. фaн. б. фaлс. дoк. (Phd) дисс. - Ж.: 2022.
2. КoшFaрий М. Девoну луFoтит-турк. 1-жилд. Тaржимoн Ba нaшргa тaйёрлoвчи С. Mутaллибoв. -^шкент: УзФАН, 1963.
3. ^.^дик^в, K.Oмoнoв, "Узбек тилининг ёзмa услублaри тaрихидaн". Т.Мух^ррир нaшриёти -2010.
4. Бегмaтoв Э, Улук^в Н. Узбек oнoмaстикaси терминлaрининг ^ox^ луFaти. Нaмaнгaн-2006.
5. Кызлaсoв Л.Р. О знaчении терминa «бaлбaл» древнетюркских нaдписей// Тюркoлoгический сбoрник. М.,1966.
6. N.Rahmonov, Q.Sodiqov. "O'zbek tili tarixi" T .: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti".: -2009.
7. Узбек тилининг луFaти. I-V жилдлaр. - Т.: Узбек миллий энциклoпедияси, 2006-2008