Научная статья на тему 'Kredit-modul tizimida pedagogik fasilitatsiya vositasida o‘quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish'

Kredit-modul tizimida pedagogik fasilitatsiya vositasida o‘quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
115
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kredit-modul / fasilitatsiya / мustaqil ish / samaradorlik / коnustruktiv / tendensiya / ijtimoiy / pedagogik / fenomen / takt / аspekt / baholash / rag‘batlantirish / o‘qitish / metod

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Furqatjon Shuhratjonovich Madaminov

Ushbu maqola orqali Kredit-modul tizimi va uning imkoniyatlari, pedagogik fasilitatsiya vositasida o‘quvchilarni mustaqil ishlarini individual va jamoada tashkil etish, rag‘batlantirish orqali talabada ta’lim olishga qiziqish uyg‘otish, baholashda ilg‘or horijiy tajribalardan foydalanishning na’munalari, mustaqil ish uchun “qarorlar shajarasi” metodidan foydalanish to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Kredit-modul tizimida pedagogik fasilitatsiya vositasida o‘quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish»

Kredit-modul tizimida pedagogik fasilitatsiya vositasida o'quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish

Furqatjon Shuhratjonovich Madaminov

NamDU

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali Kredit-modul tizimi va uning imkoniyatlari, pedagogik fasilitatsiya vositasida o'quvchilarni mustaqil ishlarini individual va jamoada tashkil etish, rag'batlantirish orqali talabada ta'lim olishga qiziqish uyg'otish, baholashda ilg'or horijiy tajribalardan foydalanishning na'munalari, mustaqil ish uchun "qarorlar shajarasi" metodidan foydalanish to'g'risida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: kredit-modul, fasilitatsiya, Mustaqil ish, samaradorlik, Konustruktiv, tendensiya, ijtimoiy, pedagogik, fenomen, takt, aspekt, baholash, rag'batlantirish, o'qitish, metod

Organization of students' independent work in the credit-module system by means of pedagogical facilitation

Furqatjon Shuhratjonovich Madaminov

NamSU

Abstract: Through this article, the credit-module system and its possibilities, the organization of independent work of students individually and in teams by means of pedagogical facilitation, the stimulation of students' interest in learning, examples of the use of advanced foreign experiences in evaluation, information is provided on the use of the "decision tree" method for independen.

Keywords: credit module, facilitation, independent work, efficiency, constructive, trend, social, pedagogical, phenomenon, tact, aspect, assessment, motivation, teaching, method

Jahon ta'lim tizimida ta'lim oluvchilarning intellectual faolligini shakillantirish, ularning tayyorgarligini baholash masalalari bilan YUNESKO, YUNISEF, Oliy ta'lim sifatini ta'minlash Evropa tarmog'I kabi tashkilotlar shug'ullanmoqda. Bu mutahasislarning umumiy tendensiyalarda rivojlanishi, zamonaviylik va yosh avlodda shahsiy hislatlarning shakillanishida kata ahamiyat kasb etib, zamonaviy bilim olish bilan bog'liq holda talabalarning mustaqil faoliyat olib boorish qobiliyatlarini oshirishga hizmat qilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2020

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1246

yil 24 yanvarda Oliy Majlisga qilgan murojatnomasida "taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur vas hart. Shu sababli barchamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak, buning uchun haqiqiy qadriyatlar asosida o'rganish, ma'naviy-axloqiy boyitish va tarbiyalash jarayonlariga faol hissa qo'shadigan muhit yaratish lozim" deya ta'kidlagan edilar. Bugugi kunda Oliy ta'lim tizimida kredit- modul tizimi asosida faoliyatimizni olib borishimiz orqali biz pedagogik muammoning taklif etilayotgan echimining mohiyatiga kirib borishga, aniq muammolarni konstruktiv va samarali hal qilishga imkon beradigan usul va uslublarning mavjudligi, mustaqil ishni rejalashtirish, kerakli manbalarni topish, ma'lumotlarni tuzatish va tashkil eqilish, amaliy pedagogik tajribadan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik. Hozirgi kunda ta'limi qulay bo'lgan jahondagi eng rivojlangan davlatlarni tajribasidan ko'rinib turibdiki, pedagog talabalarga ta'lim-tarbiya berish bilan birgalikda fasilitator o'qituvchi bo'lishi kerakligi, ta'lim-tarbiya jarayonida axborotni uzatish sifatida emas, balki mazmunli o'quv jarayonlarini osonlashtirish sifatida tashkil etish zarurligi va bu o'z samarasini berayotgani isbotini ko'rsatmoqda.

Fasilitatsiya - bu shunday boshqaruv tizimini yaratish va pedagogik jarayonni tashkil etishni o'zichiga olgan maxsus boshqaruv uslubi bo'lib, unda boshqaruv direktiv xususiyatga ega, o'zini o'zi boshqarish tizimining o'zini o'zi tashkil etish doirasidan tashqariga chiqmaydi. Sodda qilib aytganda, fasilitatsiya ham jarayon, ham harakat usuli, shuningdek, yuqori sifatli va samarali guruhlarning o'zaro ta'sirini amalga oshirish, guruh hamkorligi va qo'shma faoliyatni tashkil etish vositasidir. Talabalarga ijobiy ta 'sir ko'rsatishni ta'minlaydigan, jamoada qulay muhit yaratish maqsadida, talabalarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish, mustaqil ishlash faoliyatiga bo'lgan ehtiyojini rag'batlantirish va qo'llab - quvvatlash yo'lidagi rivojlantiruvchi ta'lim usuli sifatida tushunish kerak.

Pedagogik fasilitatsiya esa ta'lim oluvchilarning faoliyatini qo'llab-quvvatlash asosida ta'limning (o'qitish, tarbiya) samaradorligini kuchaytirishga hizmat qiladi. Bunda pedagog tamonidan alohida muloqat usulining kasbiy-pedagogik jarayonda qo'llanilishi natijasida sifat jihatidan rivojlanishga erishiladi. Ma'lumki pedagogic fasilitatsiyaning asosini talabalarning guruhlarda hamkorlikda ishlash faoliyati tashkil etadi. OTM talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etish bilan bog'liqligi shundaki individual, gruhda va jamoaviy ish shakillaidan foydalanishga keng e'tibor qaratiladi. Talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etish uchun quyidagilar talab qilinadi: Ularning oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarni bilishi; ularni amalga oshirish tartibini bilishi; o'quv vositalaridan foydalanish qobiliyati; vaziyatlarni yaratishda tayanch iboralardan foydalanish va ularni yaratish qobiliyati; tegishli didaktik shartlarni hisobga olish.

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1247 lmj^^^h

Xorijiy pedagogik adabiyotlarda mustaqil ish terminiga to'xtalib o'tilgan, ularda mustaqil ishning qator aspektlari ko'rsatib o'tilgan. Germaniyada "bilvosita o'qitish" iborasi qo'llaniladi. Bu bevosita pedagoglar pedagoglar rahbarligi ostida o'qitish jarayoniga aytiladi. Avstriya, Shvetsariya pedagogik adabiyotlarida "sekin ishlash" atamasi qo'llaniladi, bu mustaqil ishlash vaqtida hukm suradigan jimlik va yolg'iz ishlash degan mazmunni ifodalaydi. Fransuz va ingliz tilidagi adabiyotlarda "individual ishlash" atamasi qo'llaniladi. AQSH da esa "mustaqil ta'lim" atamasi joriy qilingan bo'lib, unda talabalarga mahsus dasturlar beriladi, ammo materiallarni tanlash va uni qanday bajarish imkoniyatlari talabalarning o'zlariga havola qilinadi.

Mahoratli o'qituvchi, ayniqsa talabalar faoliyatini baholashda hushyor, ehtiyotkor bo'lishi lozim. Zero noto'g'ri qo'yilgan baho talaba shahsiga salbiy ta'sir ko'rsatib qolmay, balki uning o'qishga bo'lgan qiziqishini so'ndiradi. Shu sababli nafaqat talabalar balki ta'lim oluvchilarni faoliyatini baholashda V.A.Suhomlinskiyning, pedagogik tajribasiga tayanib ish ko'rish maqsadga muvofiq:

1. O'quvchiga amaliy yindashish (o'quvchi bo'lgandan keyin o'qib kelish kerakda emas), balki unga shahs sifatida munosabatda bo'lish. (O'quvchilarim, eng avvalo, shahs.Men unga qo'yadigan baho uning bilimlari o'lchovi emas, balki mening unga nisbatan insoniy munosabatimdir) tarzida yondashish.

2. Har bir baho talabani kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash zarur; u talabaning mexnatini rag'batlantirishi, biroq, uning dangasaligi va qobiliyatsizligi uchun jazo vositasi bo'lmasligi zarur.

Ta'lim oluvchilarni to'g'ri baholay olishi uchun o'qituvchining o'zi ham pedagogic taktga (dahldorlikka) ega bo'lishi lozim.

"Qarorlar shajarasi" (qaror qabul qilish) texnalogiyasi:

Metod muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o'zlashtirish, ma'lum masalalarni har tamonlama, puhta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbuli, to'g'risini topishga yo'naltirilgan texnik yondashuv.

Mazkur texnologiya quyidagi shart asosida qo'llaniladi:

Mashg'uulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga doir bir muammo belgilanadi.

1. Gruhlarga ajratiladi, muammoni hal etilishi, qaror qabul qilish uchun muayyan vaqt ajratiladi.

2. Bildirilayotgan fikrlarning maqullik va nomaqullik tamonlari batafsil muhokama etiladi. Muammoni ijobiy hal etishga hizmat qiluvchi usul hususida guruh a'zolari bir to'htamga kelib oladilr.Vaqt nihoyasiga etgach gurux a'zolari qaror to'g'risida axborot beradilar.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1248

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki pedagog talabani qalban sevishi va o'z farzandidek munosabatda bo'lishi, talabani mustaqil ishini to'g'ri baholay olishi, uni muntazam ruhlantirib borish, rag'batlantirish orqali eng yahshi samaradorlikka olib chiqishga erishadi. Biz bu bilan talabani o'ziga bo'lgan ishonchini uyg'otishga erishamiz Gyote ta'kidlaganidek "Mo'jiza - bu o'ziga ishonch. Agar buni eplay olsang, qolgan hammasini eplay olasan".

Foydalangan adabiyotlar

1. Mavlanova.R, Rahmonqulova N, Matnazarova K - Umumiy pedagogika. Toshkent. 2016 yil.

2. Usmonboeva M, Aripova SH, Mo'minova D- ta'lim jarayonida interfaol metodlarda foydalanish. Toshkent 2019 yil.

3. Ro'ziboyeva. M. -Pedagogik fasilitatsiya vositasida talabalarni mustaqil ta'limni tasgkil etish texnalogiyalarini takomillashtirish. 2020 yil. https;//cuberleninka.ru.artikel.

4. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

5. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

6. M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

7. кизи Ахмедова, Д. С., & кизи Камолова, А. О. (2022). УСМИРЛАРДА МЕЪЁРДАН ХУЛ^ИЙ ОГИШ ХОЛАТЛАРИНИ КОРРЕКЦИЯЛАШ ЖАРАЁНЛАРИДА ХУ^У^ИЙ САВОДХОНЛИКНИНГ АХАМИЯТИ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 413-416

8. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). USING CASE STADE TECHNOLOGY IN LEGAL EDUCATION FOR TEENAGERS. Экономика и социум, (8), 42-45.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1249

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.