Научная статья на тему 'KORXONALARNI BOSHQARISHDA BYUDJETLASHTIRISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI'

KORXONALARNI BOSHQARISHDA BYUDJETLASHTIRISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
119
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy iqtisodiyot / korxonaning ishlab chiqarish faoliyati / boshqaruv qarorlarini qabul qilish / moliyaviy rejalashtirish / strategik reja / moliyaviy-iqtisodiy strategiya / byudjetlashtirish tizimi / boshqaruv texnologiyasi / boshqaruv hisobi / byudjet / rejalashtirish / moliyaviy intizom / moliyaviy nazorat. / modern economics / industrial activity of the enterprise / management decision-making / financial planning / strategic plan / financial and economic strategy / budgeting system / management technology / management accounting / budget / planning / financial discipline / financial control.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kunduzova Kumrixon Ibragimovna

Bugungi kunda korxonalarda byudjetlashtirish toʻgʻrisida gapirganda uning ichidagi rejalashtirish va maqsadli izchil boshqarish tushuniladi, shundan kelib chiqqan holda korxona kelajak strategiyasi vujudga keladi. Shu asnoda biz ushbu masalaning naqadar dolzarbligini anglagan holda ushbu tadqiqotga qoʻl urdik, asosiy maqsad sifatida korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirishning mohiyati va ahamiyati ochib berishni belgilab oldik. Maqolada zamonaviy korxonalarda byudjetlashtirish boshqaruvning ajralmas qismi ekanligi, oqilona, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun oldindan moliyaviy rejalashtirishning muhimligi asoslanadi. Shuningdek tadqiqot soʻngida muallif tomonidan korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirish masalasini takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE AND IMPORTANCE OF BUDGETING IN ENTERPRISE MANAGEMENT

Today, when talking about budgeting in enterprises, they understand consistent planning and purposeful management within it, on the basis of which the future strategy of the enterprise is formed. In this regard, we turned to this study with an understanding of how relevant this issue is, defining as the main goal the disclosure of the essence and importance of budgeting in enterprise management. The article is based on the fact that budgeting in modern enterprises is an integral part of management, the importance of preliminary financial planning for making rational, effective management decisions. Also, at the end of the study, the author gives suggestions and recommendations for improving the issue of budgeting in enterprise management.

Текст научной работы на тему «KORXONALARNI BOSHQARISHDA BYUDJETLASHTIRISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI»

KORXONALARNI BOSHQARISHDA BYUDJETLASHTIRISHNING

MOHIYATI VA AHAMIYATI

Kunduzova Kumrixon Ibragimovna

Farg'ona politexnika instituti, "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi dotsenti i.f.n.

k. [email protected]

Annotatsiya: Bugungi kunda korxonalarda byudjetiashtirish to'g'risida gapirganda uning ichidagi rejalashtirish va maqsadli izchil boshqarish tushuniladi, shundan kelib chiqqan holda korxona kelajak strategiyasi vujudga keladi. Shu asnoda biz ushbu masalaning naqadar dolzarbligini anglagan holda ushbu tadqiqotga qo'l urdik, asosiy maqsad sifatida korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirishning mohiyati va ahamiyati ochib berishni belgilab oldik. Maqolada zamonaviy korxonalarda byudjetlashtirish boshqaruvning ajralmas qismi ekanligi, oqilona, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun oldindan moliyaviy rejalashtirishning muhimligi asoslanadi. Shuningdek tadqiqot so'ngida muallif tomonidan korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirish masalasini takomillashtirish bo'yicha takliflar va tavsiyalar beradi.

Kalit so'zlar: zamonaviy iqtisodiyot, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, moliyaviy rejalashtirish, strategik reja, moliyaviy-iqtisodiy strategiya, byudjetlashtirish tizimi, boshqaruv texnologiyasi, boshqaruv hisobi, byudjet, rejalashtirish, moliyaviy intizom, moliyaviy nazorat.

СУЩНОСТЬ И ЗНАЧЕНИЕ БЮДЖЕТИРОВАНИЯ В УПРАВЛЕНИИ

ПРЕДПРИЯТИЕМ

Кундузова Кумрихон Ибрагимовна

Ферганский политехнический институт, к.э.н., доцент кафедры "Бухгалтерский учет и аудит "

[email protected]

Аннотация: Сегодня, говоря о бюджетировании на предприятиях, понимают последовательное планирование и целенаправленное управление внутри него, на основе которого формируется будущая стратегия предприятия. В этой связи мы обратились к данному исследованию с пониманием того, насколько актуален этот вопрос, определив в качестве основной цели раскрытие сущности и значения бюджетирования в управлении предприятиями.

Статья основана на том факте, что бюджетирование на современных предприятиях является неотъемлемой частью управления, важности предварительного финансового планирования для принятия рациональных, эффективных управленческих решений. Также по окончании исследования автором даются предложения и рекомендации по совершенствованию вопроса бюджетирования в управлении предприятиями.

Ключевые слова: современная экономика, производственная деятельность предприятия, принятие управленческих решений, финансовое планирование, стратегический план, финансово-экономическая стратегия, система бюджетирования, технология управления, управленческий учет, бюджет, планирование, финансовая дисциплина, финансовый контроль.

THE ESSENCE AND IMPORTANCE OF BUDGETING IN ENTERPRISE

MANAGEMENT

Kunduzova Kumrixon Ibragimovna

Fergana polytechnic institute, Candidate of Economics, Associate Professor of the

Department of Accounting and Audit

k. [email protected]

Abstract: Today, when talking about budgeting in enterprises, they understand consistent planning and purposeful management within it, on the basis of which the future strategy of the enterprise is formed. In this regard, we turned to this study with an understanding of how relevant this issue is, defining as the main goal the disclosure of the essence and importance of budgeting in enterprise management. The article is based on the fact that budgeting in modern enterprises is an integral part of management, the importance of preliminary financial planning for making rational, effective management decisions. Also, at the end of the study, the author gives suggestions and recommendations for improving the issue of budgeting in enterprise management.

Keywords: modern economics, industrial activity of the enterprise, management decision-making, financial planning, strategic plan, financial and economic strategy, budgeting system, management technology, management accounting, budget, planning, financial discipline, financial control.

KIRISH

Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarish tobora uning alohida bo'limlari va xizmatlarini axborot bilan ta'minlash darajasiga bog'liq bo'lib bormoqda.

Shunga muvofiq ta'kidlash joizki, murakkab ishlab chiqarish tuzilmalariga ega bo'lgan korxonalarda xarajatlar va moliyaviy natijalarni optimallashtirish, oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tezkor, aniq, ishonchli iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlarga muhtojdir. Faqat moliyaviy rejalashtirish tufayli kompaniya rahbariyati strategik rejani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni, qiyinchiliklarga o'z vaqtida aniqlay oladi, bunga nafaqat operatsion rejani bajarilishi sababli erishiladi, balki ishlab chiqarish salmog'ining ko'paytirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga hissa qo'shadi.

So'nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki oqilona boshqaruv qaror qabul qilishda korxonalarning asosiy faoliyati joriy va istiqbolli moliyaviy-iqtisodiy strategiyani ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb enadi, uni amalga oshirishning samarali vositasi bu byudjetlashtirish tizimidir u shuningdek muhim rejalashtirish vositasi hisoblanadi. Bu zamonaviy moliyaviy menejmentni takomillashtirishning yondashuvlaridan biri bo'lib, u korxonalarning ko'plab muammolarini, ya'ni salbiy moliyaviy holatlarni vujudga kelishiga yo'l qo'ymaslikka yordam beradi. Shuning uchun korxonalarning samarali boshqarishda byudjetlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi hamda uni qo'llash juda zarur.

Boshqaruv texnologiyasi sifatida byudjetlashtirishning roli korxona rahbariga doimiy ravishda ish faoliyati to'g'risida umumiy ma'lumotga ega bo'lish, moliyaviy natijalarni monitoring qilish, bashorat qilish, mavjud risklarni, xatarlarni nazorat qilish, har xil turdagi xarajatlarni minimallashtirish, optimallashtirish, mablag'larning sarflanishi va belgilangan rejalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish darajasini oshirish imkonini beradi.

Hozirgi kundagi zamonaviy talablar byudjetlashtirish masalasini boshqaruv hisobini resurslarni qo'llab-quvvatlash elementi sifatida ko'rib chiqilishni taqozo etadi, u moliyaviy javobgarlik markazlari uchun byudjetlarni ishlab chiqishni talab etadi, belgilangan vazifalar va prognozlarni bajarish, nazorat qilish, tahlil qilish va tuzatish bosqichlarini o'z ichiga oladi. Byudjetlashtirish - "bu byudjetlarni rejalashtirish va rivojlantirishning o'ziga xos tartibi, shuningdek byudjet jarayonini rejalashtirish bosqichidagi faoliyat. Ushbu protsedura vaqt o'tishi bilan xo'jalik yurituvchi subyektning resurslarini optimal taqsimlash uchun mo'ljallangan, shuning uchun uning korxona uchun roli juda muhimdir" [4].

Korxonalarda byudjetlashtirishning maqsadi bu "ish faoliyatining rivojlanishini tizimli prognozlash asosida moliyaviy-xo'jalik faoliyati samaradorligini va korxonaning likvidligini rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vositalarini yaratishdir" [3] .

Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaviy rejalashtirishni tashkil etish masalasi, korxona boshqaruvning barcha darajalarida amalga oshirilishi zarur, bunda korxona tomonidan ishlab topilgan daromadlar va sarflangan xarajatlarni nazorat qilish faqat

byudjet tizimi yaratish orqali samarali amalga oshiriladi. Qisqacha qilib aytganda, byudjetlashtirish - bu daromadlar va xarajatlarni rejalashtirish, ya'ni: qachon, qancha va qanday mablag'lar zarurati vujudga kelishini bilishdir. Shu asnoda korxonada byudjet masalalarini ko'rib chiqish hozirgi kunda dolzarb masalalardandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bugungi kunga qadar korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirishning mohiyati va ahamiyati haqida ko'plab izlanishlar olib borilgan va borilmoqda jumladan xorijiy olimlardan G. Anderson, A. Upchurch, R. Brayli, C. Xarrison, [5] Ye. Jons, K. Druri, D. Irvin, T. Karlin, N. Mayers, R. Mann, S. Mills, B. Ignalilar, J. Ris, J.G. Siegel, J. Foster, D. Freyzer, D. Xon, C. T. Xorngren, J. Umid, J. K. Shim, G. Emerson, R. Yentoni va boshqalar, rus olimlaridan M. M. Alekseyeva, I. T. Balabanova, I. A. Blank, L. P. Bajutkina, A. C. Bobyleva, V. V. Bursev, M. I. Buxalkov, V. V. Gamayunov, V. N. Samochkin, T. V. Sizova, Ye. S. Stoyanova, O. A. Xvostenko, V. E. Xruskiy, A. D. Sheremet va boshqalar mavzuning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etganlar.

Biroq, ilmiy jamoatchilikda "byudjetlashtirish" tushunchasining mohiyati to'g'risida hali ham aniq to'xtamga kelishuvga kelingani yo'q. Fikrimizcha, bu "byudjet" va "byudjetlashtirish" konsepsiyasining juda keng ko'lami bilan izohlanadi, shundan kelib chiqqan xolda biz xam misol tariqasida "Byudjetlashtirish" atamasi nima va uning korxonalarni boshqarishdagi roli qanday? Savoliga javob topish maqsadida ushbu atama to'g'risida olimlarning fikrlarini o'rgandik.

G'arb adabiyotlarida "byudjetlashtirish" atamasi "rejalashtirish" atamasi bilan umumlashtiruvchi tushuncha sifatida talqin etiladi, biroq bunda ko'pincha uzoq muddatli prognozlar, strategiyalar tushuniladi [1]. Bu ko'proq biznesni rejalashtirish tushunchasiga ishora etadi va ko'pincha yangi loyihalarni ishlab chiqishni anglatadi.

Ko'plab tadqiqotlar yana shuni ko'rsatmoqdaki byudjetlashtirish masalasi haqida to'xtalganda uni muddati muhim ahamiyat kasb etadi, ya'ni u qisqa muddatli va uzoq muddatli rejalashtirishning ajralmas qismi hisoblanadi. Byudjet-bu strategik tahlildan so'ng tuzilgan rejalarning miqdoriy ifodasidir [2]. Buning natijasida, byudjetlashtirish rejalashtirishning batafsil darajasi sifatida e'tirof etiladi va ko'riladi, byudjet uning vositasi sifatida ishlatiladi.

Rus adabiyotlarida ham "byudjetlashtirish" va "byudjet" atamalarining mazmuni noaniq tarzda ochib berilgan, misol tariqasida "V.V. Kovalyov rejalashtirish va byudjetlashtirish o'rtasida qat'iy farq yo'qligini e'tirof etadi va u byudjetning kelgusi xarajatlar va daromadlar aniqlanadigan smeta ekanligini hamda rejalashtirishni byudjetlashtirish tartibi sifatida belgilaydi" [6].

"Byudjetlashtirish" atamasi qisqa muddatli rejalashtirish bilan sinonim sifatida belgilanadi. "Byudjetlashtirish — bu biznes jarayonlarini boshqarish uchun iqtisodiy

ko'rsatkichlarni bashorat qilish va olish imkonini beradigan javobgarlik markazlari va biznes segmentlari tomonidan resurslarni va tijorat tashkilotining faoliyatini qisqa muddatli rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish tizimi" [7] yoki "byudjetlashtirish - bu rejalashtirishning ajralmas qismi bo'lib, sizga biznes jarayonlarini boshqarish imkonini beradi.

Yana bir rus olimi V. N. Samochkin o'z konsepsiyasida byudjet - bu maqsadning o'ziga xos ko'rsatkichlari, maqsadlarga erishishning alternativalari, alternativalarning maqsadlarga ta'sirining oqibatlari, rejalashtirilgan natijalardan chetga chiqish haqida gapiradi va byudjetni amalga oshirishning strategik tomoni ta'kidlaydi [8].

Yurtimiz olimlari tomonida ham "byudjetlashtirish" masalasi haqida gapirganda uni rejalashtirishning nazorati sifatida ko'rishadi misol uchun taniqli olimlar A.X. Pardayev va Z.A. Pardayeva muallifligidagi "Boshqaruv hisobi" darsligida shunday yozadi: "Xo'jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishni amalga oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki, uning yordamida rejalashtirilgan hisobot davrida xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari va xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalarni shakllantirish, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromad va xarajatlarni aniqlash, amalga oshiriladigan hisob-kitoblar to'g'riligini kuzatib borish mumkin [9].

Shunday qilib bizningcha qisqacha qilib aytganda byudjetlashtirish — bu korxonaning aniq maqsadlariga erishishga xizmat qiladigan mablag'larni boshqarish strategiyasi, u kelajakda korxonaning moliyaviy jihatdan qanday rivojlanishini ko'rsatadi.

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirish masalasi bo'yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy izlanishlari hamda ularning nazariy va amaliy qarashlari tahlil qilingan. Bunda ilmiy tahlil, mulohaza yuritish, mantiqiy fikrlash, jadval va boshqa bir qator usullardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki byudjetlashtirish korxona kelajagini prognozlash, rejalashtirish va ishchi xodimlarning doxil-dorligini oshirish uchun ajoyib vosita bo'lishi mumkin. Shu bilan birgalikda aslida, bu korxonada ishlaydigan odamlarning ishtiyoqi va sadoqatini oshirishga yordam beradi.

Yuqoridagi ta'rifga asoslanib, byudjetlashtirish, bir tomondan, ish faoliyatini moliyaviy rejalashtirish va smetalarni tuzish jarayoni, ikkinchi tomondan, oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish, ya'ni korxona moliyaviy barqarorligini ishlab chiqish va yaxshilash uchun mo'ljallangan boshqaruv texnologiyasidir.

Shunga asoslangan holda fikrimizcha yuqorida keltirilgan qisqacha ta'rifdan tashqari byudjetlashtirish tushunchasiga quyidagi yo'nalishlar prizmasida qarash darkor (1-rasm). Bu amaliyotdagi holat bilan, izohlanadi, zero, byudjetlashtirishning asosiy obyekti biznesdir, korxona yoki kompaniya emas, balki biznes iqtisodiy faoliyat turi yoki sohasi sifatida bunda namoyon bo'ladi.

1-rasm. "Byudjetlashtirish" atamasi bo'yicha asosiy ta'riflari 1

Yana shuni yodda tutish kerakki moliyaviy rejalashtirish deganda obyektni geografik, texnik yoki bozor segmentlari bo'yicha ajratilgan bir yoki bir nechta turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishga bo'lish mumkinligini hisobga olish kerak.

Bitta kompaniyada bir vaqtning o'zida bir-biri bilan texnologik, tashkiliy va moliyaviy jihatdan o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta biznes turlari faoliyat olib borishi mumkin. Biroq, berilgan barcha ta'riflar byudjetlashtirishning moliyaviy rejalarni tuzish, sozlash, monitoring qilish va bajarilishini baholash texnologiyasi ekanligiga asoslanadi.

Hozirda zamonaviy biznes vakillari korxonalarni byudjetlashtirish jarayonda ma'lum maqsadlarni ko'zlashadi, quyidagilar ularning asosiylari hisoblanadi:

- boshqaruv qarorlarini rejalashtirish va qabul qilish;

- biznesni moliyaviy barqarorligini, hayotiyligini baholash;

- moliyaviy intizomni mustahkamlash.

1 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi.

Shu bilan birga, har bir korxonaning moliyaviy rejalashtirish obyekti turlicha ko'rinishda bo'lishi mumkinligiga qarab byudjetlashtirish o'ziga xos maqsadiga ega bo'lishi mumkin. Shuningdek korxonaning alohida tarkibiy bo'linmalar manfaatlari umumiy korxona manfaatlaridan ustun bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi, shu ma'noda kapitali egalari manfaatlariga bo'ysundiriladi. Xususan, byudjetlashtirishning maqsadi korxona yoki kompaniya rahbarlari tomonidan belgilanadi yoki nazorat sifatida miqdoriy ko'rsatkichlar tizimida namoyon bo'ladi. Shu sababli, byudjetlashtirishning maqsadlari va tizimlari hatto o'xshash korxona yoki kompaniyalarda ham farq qiladi. Biz quyidagi rasmda har bir korxona yoki kompaniya boshqaruv texnologiyasi sifatida o'z maqsadlariga erishishi uchun foydalanishi mumkin bo'lgan sxemani taklif etamiz (2-rasm).

Korxonada budjet sxemasi

Budjetlashtirishning turlari va formatlari

Korxonaning biznes maqsadlari va strategiyalari

Budjetlashtirish tizimlari

Nazorat ko'rsatkichlari va

miqdorlari

2-rasm. Korxona yoki kompaniyalarda byudjetlashtirish sxemasi 2

Byudjetlashtirish mohiyatan korxonaning moliyaviy rejasini anglatadi. Amal qilish muddatining boshida u nazorat vositasi sifatida ishlaydi, uning yordamida bajarilgan operatsiyalarning samaradorligi aniqlanadi.

Korxona yoki kompaniyalarda byudjetlashtirish moliyaviy rejani batafsil bayon yetuvchi davlatdan moliyalashtiruvchi muassasalarda bo'lgani kabi smeta vazifasini bajarganligi sababli, rejalashtirishning asosiy hisob-kitoblari moliyaviy rejani o'zi tayyorlash paytida amalga oshiriladi va byudjetlashtirish moliyaviy rejaning individual ko'rsatkichlarini aniqlashtirish usulidir.

Byudjetlashtirish boshqaruv tizimining barcha qismlari, boshqaruv xodimlari va mutaxassislari ishining izchilligini nazarda tutadi. Muvofiqlashtirish boshqaruv subyekti va boshqaruv obyekti o'rtasidagi munosabatlarning birligini ta'minlaydi.

2 Rasm muallif tomonidan tayyorlandi.

Korxonaning har bir bo'g'ini uning ishi uchun javobgardir, lekin uning o'zi boshqa bo'g'ining ishiga bog'liq. Shuning uchun muvofiqlashtirishning maqsadi umumiy maqsadga — korxona yoki kompaniyalar byudjetini tayyorlash va bajarishga erishish uchun barcha boshqaruv bo'linmalarining harakatlarining izchilligini ta'minlashdan iborat.

Korxona yoki kompaniyalar birinchi navbatda xodimlar va ishchilardan tashkil topishini yodda tutishimiz kerak. Shuning uchun har bir korxona muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir xodimni o'z ishining natijalariga qiziqtirish ta'minlashi kerak. Shundan kelib chiqqan holda rag'batlantirish orqali moddiy va ma'naviy qadriyatlarni taqsimlash sarflangan ishlarning miqdori va sifatiga qarab boshqariladi.

Byudjetlashtirishning yana bir muhim qismi bu nazorat vositasi sifatida namoyon bo'lishidir, ya'ni buning uchun haqiqiy ko'rsatkichlarning byudjetga kiritilgan rejalashtirilgan ko'rsatkichlar bilan solishtiriladi og'ish hajmi aniqlanadi va tegishli baholash amalga oshiriladi.

Belgilangan miqdori ko'rsatkichlardan og'ishlarni aniqlash uchun ma'lum muddat, davrni oldindan belgilash eng oqilona yechimlardandir amaliyotdagi tajribalar bu muddatni bir oy bo'lishi samaraliligini ko'rsatmoqda. Nazorat-bu byudjetlashtirishning teskari tomoni hisoblanadi [10, 16]. U zarur moliyaviy-iqtisodiy ma'lumotlarni to'playdi va byudjet ijrosi natijalarini tahlil qiladi. Byudjetni baholash va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonida korxona ishini yaxshilash imkoniyati, uning moliyaviy holatini yaxshilash yo'llari va umuman byudjetni takomillashtirish yo'nalishlari aniqlanadi [11-15].

Byudjetlashtirish korxona byudjetlarining iyerarxik tizimini yaratishni o'z ichiga oladi. Byudjet tizimi mablag'larning kelib tushishi va sarflanishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatishga, samarali moliyaviy strategiyani ishlab chiqish uchun real sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Ya'ni qisqacha qilib aytganda byudjetlashtirishning asosiy hujjat byudjetdir.

Byudjetlar (moliyaviy rejalar) umuman kompaniya uchun va alohida tarkibiy bo'linmalar uchun moliyaviy natijalarni bashorat qilish, moliyaviy samaradorlik va rentabellik maqsadlarini belgilash, eng muhim xarajatlarni cheklash, ushbu kompaniya shug'ullanadigan korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini yoki investitsiya loyihalarini asoslash uchun ishlab chiqiladi u tomonidan amalga oshiriladi.

Byudjetlar korxona yoki kompaniyalar rahbarlariga turli xil biznes bo'linmalarining moliyaviy samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, yanada rivojlantirish uchun iqtisodiy faoliyatning eng maqbul yo'nalishlarini, ish faoliyatini tarkibiy qayta qurish yo'nalishlarini (biznesning ayrim turlarini tugatish va boshqa turlarini rivojlantirish) va boshqalarni aniqlash imkoniyatini berishi kerak.

Byudjetlar turli korxonalarni ichki (foydani qayta investitsiya qilish orqali) va tashqi (kreditlar, investitsiyalar) manbalardan moliyalashtirish miqdori to'g'risida qaror qabul qilish uchun asosdir.

Byudjetlar kompaniyaning moliyaviy holatini doimiy monitoringini ta'minlash, uning rahbarlariga tarkibiy bo'linmalar rahbarlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning to'g'riligini baholash uchun barcha zarur ma'lumotlarni taqdim etish, ularning faoliyatini tezkor va strategik tuzatish choralarini ishlab chiqish uchun mo'ljallangan. Tadqiqotlarimizga ko'ra, biz har bir korxona yoki kompaniyaning moliyaviy rejalashtirish obyekti va moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan maqsadlar tizimiga qarab byudjetlashtirishning o'z maqsadiga ega bo'lishi mumkinligini aniqladik.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Byudjetlashtirish korxona yoki kompaniyalar boshqaruviga yetarli darajada nazorat qilish va monitoring qilish bilan bog'liq ijroni nazorati bo'yicha muammolar hal etishga imkon beradi. Biroq eng avvalo asosiy muammo bu tahlilning etishmasligi va tartibsizligi bo'lishi mumkin, bu natijalarni noto'g'ri baholashga va shu bilan keyingi davr uchun noto'g'ri byudjet ko'rsatkichlariga olib keladi.

Fikrimizcha biz korxonalarni boshqarishda byudjetlashtirishning mohiyati va ahamiyati to'g'risida to'xtalganimizda uni takomillashtirish masalasini bo'yicha takliflar va tavsiyalarni shakllantirishimiz zarur:

Birinchidan, har bir korxona individual tarzda byudjetlashtirish tamoyillari, texnologiyalari va bosqichlarini belgilaydigan me'yoriy-huquqiy baza sifatida o'z byudjet standartlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur.

Ikkinchidan, byudjetlashtirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, vakolatlari belgilaydigan nizom, hujjatlar ishlan chiqilishi kerak.

Uchinchidan, amaliyotdagi o'zgarishlarga o'z vaqtida javob berish va byudjet ko'rsatkichlariga o'z vaqtida tuzatishlarni ta'minlash uchun byudjet tizimi moslashuvchan bo'lishi kerak.

To'rtinchidan, byudjetlashtirish jarayoni, uning maqsadlari, vazifalari va yo'nalishi korxona rahbari uchun ham, xodimlar uchun ham muhim hamda ahamiyatli bo'lishi kerak.

Shunday qilib, korxonalarni boshqarishda jarayoni oddiy va tez amalga oshiriladigan tizim emas, birinchi qarashda ko'ringani kabi. Bu jarayon ko'p vaqt va mablag' talab etadi va ma'lum amaliy ko'nikmalarni talab qiladi. Hali hech kim ideal byudjetlashtirish tizimini ishlab chiqa olmadi, unda har doim muammolar va kamchiliklar bo'ladi, shu asnoda siz ularni minimal salbiy og'ish bilan hal qilishga harakat qilishingiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Бухгалтерский учет: управленческий аспект / Ч.Т. Хорнгрен, Дж. Фостер ; Гл. ред. сер. Я.В. Соколов ; [Пер. с англ. О.Д. Кавериной, И.В. Романовского]. — Москва : Финансы и статистика, 2004 (Великолук. гор. тип.). — 415 с.

2. Ismanov I.N., Davlyatova G.M., Buzrukxonov S.M. Biznesni rejalashtirish, Darslik. 2020, 412 b.

3. Каёва, И. М., & Пестунов, М. А. (2022). Понятие и сущность системы бюджетирования на предприятиях. Экономика и социум, (9 (100)), 387-391.

4. Mamajonova, G. (2022). The Mechanism of Integration of Cluster Members into the Innovative Environment for the Implementation of Innovative Projects. Miasto Przyszlosci, 28, 455-458.

5. Иофина, Ю. А. (2018). Система бюджетирования: роль в управлении предприятием, проблемы внедрения на российские предприятия. In Экономика, управление, финансы (pp. 41-44).

6. Ковалёв, В. В. (2017). Финансовый менеджмент. Теория и практика-3-е изд., перераб. и доп. М.: Проспект.

7. Афонина, А. К. (2018). Анализ эффективности использования технологии бюджетирования в деятельности российских и зарубежных компаний: выпускная бакалаврская работа по направлению подготовки: 38.03. 01-Экономика.

8. Самочкин, В. Н., Барахов, В. И., & Кузнецов, В. П. (2014). Гибкое развитие предприятия и корпорации. М.: Дело и сервис.

9. Boshqaruv hisobi: Darslik / A.X. Pardayev, Z.A. Pardayeva; - T.: "Iqtisod-Moliya", 2019. - 556 b.

10. Qudbiyev, N. T. (2023). Korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab chiqish xususiyatlari: korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab chiqish xususiyatlari.

11. Ibragimovna, K. K. (2024). The Role of Current Asset Management in the Success of an Enterprise. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(1), 38-43.

12. Rakhmatillayevna, K. G. (2024). ENHANCING GLOBAL INVESTMENT ALLURE IN CONSTRUCTION: STRATEGIES FOR SUCCESS. Conferencea, 5356.

13. Ashiralieva, S., & Ziyodinova, N. (2024). CASH FLOW ANALYSIS IN ASSESING BUSINESS OPERATIONS. QO'QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 11, 5-7.

14. Kizi, Z. N. Z. (2024). LEVERAGING ARTIFICIAL INTELLIGENCE FOR SOLVING BUSINESS CHALLENGES. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика), (6), 376-384.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

15. Zamirovich, J. S. (2024). BYUDJET HISOBI TUSHUNCHASI VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 4(0б), 180-18б.

16. Кундузова, К. И. (2023). Преимущества И Проблемы Перехода К Цифровой Экономике. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 4(1), 111-11б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.