Scientific Journal Impact Factor
O
KORONAVIRUS PANDEMIYASI TERMINLARINING ETIMOLOGIK
TAHLILI
Annotatsiya Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayotidagi har qanday o 'zgarishlarni o 'zida aynan aks etib boradi. Ilm-fan va texnika taraqqiyoti muntazam ravishda tilda yangidan-yangi tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklarning paydo bo 'lishiga xizmat qiladi. Bunday birliklar tilda termin nomi bilan yuritiladi va barcha tillarda sohalararo terminologik qatlamlarning juda katta zaxirasi mavjud bo 'ladi. Terminologik qatlamlarda muntazam ravishda o 'zgarishlar sodir bo 'lib turadi: yangi terminlar yaratiladi, eskilari iste 'moldan chiqariladi. Bu jarayon asosan ekstralingvistik omil asosida vujudga keladi. B.N.Golovin va R.N.Kobrina bu hodisaga "terminologikportlash " baho berishgan edi [1].
Kalit so 'zlar: koronavirus, pandemiya, termin, leksima, tillar
ETYMOLOGICAL ANALYSIS OF THE TERMS OF CORONAVIRUS
PANDEMIC
Abstract. Language as a social phenomenon accurately reflects any changes in the life of society. Advances in science and technology are constantly contributing to the emergence of lexical units that express new concepts in language. Such units are referred to in the language by the name of the term, and in all languages there is a very large stock of interdisciplinary terminological layers. There are regular changes in the terminological layers: new terms are created, old ones are discarded. This process is mainly based on the extralinguistic factor. B.N. Golovin and R.N. Kobrina described the phenomenon as a "terminological explosion" [1].
Keywords: coronavirus, pandemic, term, lexica, languages
Hozirgi davrda o'zbek tilining leksik sathi ham bundan mustasno emas. Tilimizga keyingi yillarda son-sanoqsiz terminlar kirib keldi. Shulardan biri karonavirus pademiyasi bilan bog'liq terminologik qatlam tashkil etadi. Mazkur qatlamga oid Sovid-19, karonavirus, zumbombing, kovidiat kabi terminlar tilimizda yangi paydo bo'lgan bo'lsa, test, vaksina, ikkinchi to'lqin, supertarqatuvchi, tibbiy niqob, kuchaytirilgan karantin singari leksik birliklarda semantik o'zgarish hosil
Doniyorova Gulrux Shoniyozovna Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o 'qituvchisi
gulrukh. 1989.12.05@gmail. com
KIRISH
bo'ldi.
Scientific Journal Impact Factor
O
Bunday holatlarni tadqiq etish kasllikning tub mohiyatini tushunishda, tilimizda bo'layotgan o'zgarishlarning qonuniyatlarini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan atigi bir yil oldin "ijtimoiy masofa saqlash" yoki "pandemiya" kabi so'zlar dunyo xalqlari tomonidan kam ishlatiladigan so'zlar qatorida ediki, hatto lug'atshunoslar ushbu atamalarga tor doirada izoh yozish bilan cheklanishgan, faqat tibbiyotga oid lug'atlarda uchragan.
Pandemiya bilan bog'liq "terminologik portlash" nafaqat tibbiyot sohasi, balki barcha sohalarda koronavirus bilan bog'liq terminlarning keng iste'molda bo'lishiga olib keldi.
Ushbu kasallik bilan bog'liq leksemalardan ularning tub ma'nosini bilmagan holda foydalanish nafaqat tibbiy bilimlar borasida, balki ijtimoiy sohada ham qator kamchiliklarning yuzaga kelishiga sababchi bo'moqda. Bu kabi global o'zgarishlar o'zbek atamashunoslari zimmasiga alohida ma'suliyat yukladi. Hozirgi pandemik vaziyatda koronavirusga oid so'z va so'z birikmalarni bexato qo'llash shifokorlar tavsiyalarini barchaga birdek tushunarli tarzda yetkazib berish va bu orqali o'z sog'ligimizni himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
A.V.Superanskaya "termin" so'zining barcha mavjud ma'nolaridan faqat bittasini ajratib ko'rsatdi: "Termin - bu professional faoliyatda qabul qilingan va alohida sharoitlarda ishlatiladigan maxsus so'z (yoki so'z birikmasi). Termin - bu professional bilimlarning muayyan sohasi tushunchalar tizimiga kiruvchi tushunchaning so'z bilan ifodalanishi. Termin- bu maxsus maqsadlar uchun mo'ljallangan tilning asosiy tushunchaviy elementi. O'z terminologik maydoni ichida termin bir ma'noda qo'llaniladi. O'zining to'g'ri tushunilishi uchun termin maxsus definisiya (aniq ilmiy ta'rif)ni talab qiladi" [2].
Shu maqsadda mazkur terminning etimologik xususiyatlariga to'xtalib o'tish foydadan holi emas.
Koronavirus atamasi "onasi" bo'lmish xitoy tilida quyidagicha aks etadi:
(Guanzhuàng bingdû) so'zma so'z tarjimasi toj shaklidagi virus-koronavirus. E'tiborli jihati shundaki, yangi virus nomi hozirda 1 milliard 440 million aholiga va 1 milliard 30 milliondan ko'proq so'zlashuvchilarga ega Xitoy davlatining milliy tilida M ^ ^ M (Guanzhuàng bingdû) tarzida emas, balki inglizcha Coronavirus (koronavairus) nomi bilan dunyoga tanildi.
Yoki COVID-19 so'zini olaylik. Bu jumla, aslida, virus bilan keng ko'lamda, shiddat bilan tarqala boshlagach, olimlar tomonidan berilgan ilmiy ta'rif sanaladi.
METODLAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
COVID-19 (COrona Virus Disease-19). Bu termin xitoy tilida ^Sflffi^ (XTnguan feiyan) ko'rinishida qo'llanmoqda.
Fikrimizni davom ettiradigan bo'lsak, dunyo aholisining 4,5 foizi muloqot qiluvchi hind tiliga ham ba'zi fonetik xususiyatlarini inobatga olmaganda atama
aynan o'zlashtirilgan. Hindiy alifbosi Devnagrida koronavirus so'zi ^M^mi^^
(koronaavairas) tarzida yoziladi va talaffuz qilinadi. Demak, bir necha ming yillik tarixga ega hindlar ham yangi atamani o'z alifbosiga moslashtirib qo'ya qolishdi.
Xuddi shunday ^Ii^s -19 (covid-19) so'zi ham hindiydagi biror lingvistik
xususiyatni namoyon etmaydi.
Tadqiqot markazimizdagi termin yana bir ulkan diasporaga ega arab tilida ham o'ziga xos lingvistik xususiyatlarni namoyon etadi. Koronavirusni arablar Ijjjj^ (fayrus korona) ko'rinishida qabul qildilar. Ammo virus keltirib chiqaradigan yangi kasallik nomi KOVID-19 ni aynan o'zlashtirish bilan o'z lug'atlarini boyitdilar. O'zining 45 yillik tarixiga ega Arab News gazetasining 18 oktabr sonida e'lon qilingan xabarida quyidagi ma'lumotga guvoh bo'lasiz.
^bl^VI SAJ^I -i COVID-19 AiLJl AJJJ^I ajj348 yeadad al'iisabat aljadidat b COVID-19 fi almamlakat alearabiat alsaeudiat yankhafid mie tasjil 348
"KOVID-19 kasalligi qayd etilgan bemorlar soni 348 taga yetdi" Tarjimaning arab tilidagi ifodasidan ko'rinib turibdiki, kasallik nomi arab alifbosida yemas inglizcha qisqartma ko'rinishida aks ettirilgan.
Koronavirus so'zining etimologiyasiga nazar soladigan bo'lsak, u asli qadimgi lotin tilidagi corona - "toj" va virus - "zaxar" so'zidan kelib chiqqan [3] va tibbiy termin sifatida sohaga doir manbalarda uchrab kelgan. Masalan, Chen, Daniel Shin Yunning 1996- yilda e'lon qilingan "Koronavirus infeksiyasining dastlabki hodisalari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini keltirish mumkin. [4]. Bu virusologiya sohasidagi hozirgacha qilingan yuzlab ilmiy ishlardan biri desak bo'ladi. Ammo bugun butunjahon pandemiyasiga sabab bo'lgan insonlar o'rtasidagi koronavirus infeksiyasi kasalligi qisqa vaqt ichida tibbiyot kitoblaridan ommaviy jamoatchilik tiliga o'tdi.
Ushbu kasallikka oid so'zlarning aksariyati global tusda ya'ni xalqaro til ingliz tilida jaranglayapti. Sababi ushbu terminlarning xalq tiliga o'zlashuv jarayoni tez va ahamiyatli tarzda sodir bo'ldi va bu hattoki Merriam-Webster yoki Oxford ingliz izohli lug'atlariga ham butunlay yangi yoki ilgari mavjud bo'lgan so'z yoki so'z birikmalarining kengroq ma'no kasb etgan ko'rinishlari kiritilishiga olib keldi. [5].
Scientific Journal Impact Factor
o
Quyida koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq ba'zi yangi so'zlarning lug'aviy ma'nolari tahlili keltirildi.
CORONAVIRUS (koronavirus) atamasi britancha ingliz tilida /ks'rsünsvAirss/, AQSh ingliz tilisida /ks'roünsvairss/ deb talaffuz qilinadi va ot so'z turkumiga tegishli hisoblanadi. Tibbiyotning virusologiya sohasiga taalluqli termindir. Odamlar, boshqa sutemizuvchilar va qushlarning patogenlari bo'lgan, odatda oshqozon-ichak, nafas olish yo'llari yoki asab kasalliklarini keltirib chiqaradigan, o'ralgan, bir qatorli RNK viruslari guruhining har qanday a'zosi.
New York Times gazetasining yozishicha, [6] koronavirusning texnik nomi SARS-CoV-2. U keltirib chiqaradigan nafas olish bilan bog'liq kasallik "koronavirus kasalligi 2019" yoki Covid-19 deb nomlangan. Koronaviruslarga quyosh tojiga o'xshab, yuzalaridan chiqib turadigan tojsimon pog'onalari borligi uchun ushbu nom berilgan. Ma'lumot o'rnida aytish joizki, Shavkat Butaev va Abbos Irisqulovlar Inglizcha-o'zbekcha lug'atida ham ingliz tilidagi "corona" so'zining ikkinchi ta'rifi sifatida quyosh toji atamasini keltiradi. [7]. Demak, ushbu so'z asli o'xshatish asosida hosil qilingan.
Hozirgi o'zbek adabiy tilidan ma'ruzalar matnida keltirilishicha, o'zbek tilida so'z ma'nolarining predmet, narsa hodisalarning tashqi shakliy o'xshashligi va ichki belgisiga asoslanib ko'chishiga metafora deyiladi. Bu usul bilan nom ko'chishi predmetlar, hodisalar orasidagi nisbiy o'xshashlikka ko'ra bo'ladi va ularning shakli rangi, harakati ikkinchi shunday predmat belgisi bo'lgan nomni oladi. Metafora yo'li bilan ma'no ko'chishiga predmetlar uchun umumiy belgi tushunchada saqlanadi. Ingliz tilida o'xshatish yo'li bilan shakllantirilgan so'z o'zbek tili leksikasiga ko'pchilik tibbiy terminlar singari to'g'ridan to'g'ri o'zlashgan atama sifatida kirib
COVID-19 (KOVID-19) atamasi britancha ingliz tilisida (k9ovidnAin'ti:n) (kDvidnAin'ti:n) AQSh ingliz tilisida (koovid.nain'tin) tarzda talaffuz qilinadi va ot so'z turkumiga kiradi, Tibbiyot va virusologiya sohasiga tegishli termin hisoblanadi. Virus asosan isitma va yo'tal bilan ajralib turadigan, pnevmoniya, nafas olish, buyrak yetishmovchiligi, qon ivishining buzilishi hamda o'limga olib borishga qodir koronavirus tomonidan kelib chiqadigan insonlardagi o'tkir respirator kasallik hisoblanadi.
SELF-QUARANTINE (O'zini muhofazalash)
Bu atama Britancha ingliz tilida .sslfkwomti:n/ AQSh ingliz tilisida esa /, self' kworsn tin/ tarzda talaffuz qilinadi va ot so'z turkumiga oid.
NATIJALAR
keldi.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Kishi biror yuqumli kasallikni yuqtirib olishdan yoki infeksiya tashuvchi bo'lishdan saqlanish uchun kasallikni to'xtatishda jamoaviy tashabbusga qo'shilib majburiy holda o'zini yakkalash (izolyatsiya qilish) lozim.
Etimologiyasi: "self -/old qo'shimcha (o'zi, o'zini)" + "quarantine (karantin)" so'zlarining birikishidan hosil bo'lgan.
SOCIAL DISTANCING (Sotsial ya'ni oraliq masofa saqlash) atamasining etimologiyasi.
Atama Britancha ingliz tilida /.ssojl ' dist(s)nsiq/ AQSh ingliz tilisida esa /,sooJ(9)l 'dist(s)nsiq/ tarzda talaffuz qilinadi.
XULOSA
D.S. Lotte tomonidan terimnlarga berilgan tizimlilik, uning kontekstga bog'liq emasligi, qisqalik, mutlaq va nisbiy bir ma'nolik, oddiylik va tushunarlilik, terminning joriy etilganlik darajasi kabi sifatlar yuqoridagi leksik birliklarda ham ko'zga tashlanadi [8].
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, ularning lisoniy xususiyatlarini o'rganish aholining tibbiy bilimlarini oshirish, milliy tillarda kechayotgan jarayonlardan muntazam xabardor bo'lish, muloqotda leksik birliklardan to'g'ri va samarali foydalanish imkonini beradi. Zero, tilning bosh vazifasi ham shu.
REFERENCES
1. Butaev Shavkat, Irisqulov Abbos. "Inglizcha-o'zbekcha-o'zbekcha-Inglizcha lug'at" O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi <Fan> nashriyoti, Toshkent 2009 y.
2. Hashimova S, Xitoy tili grammatikasi. Ekstremum-pres, Toshkent 2017 y.
3. Mavlyanova U.X, Xitoy tili. Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti , 2017 y
4. Salomatlik Ensiklopediyasi. O'zbek sovet Ensiklopediyasi Bosh Redaksiyasi, 1985 g.
5. Головин Б.Н. Кобрин Р.Ю. Лингвистические основы учения о терминах. — М., 1987. — 9 с.
6. Дымшиц, З. М. Грамматика языка хинди, Наука. 1986 г
7. Суперанская, А.В. Общая терминология. - М.: УРСС, 2003. -С.56. - 246 с.