KORONAVIRUS DAVRILEKSIKASINING NEMIS TILIDAGI NAMUNALARI VA XALQARO PROTOLOGIZMLAR
Shaxlo Sabirova
Qoraqalpoq davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola nemis tilidagi Covid-19 leksikasi va pandemiya davrida til kontekstida shakllangan Covid-protologizmlari misollarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada Covid-19 bilan bog'liq atamalar leksikonidagi neologizm fenomeni va uning shakllanishi, etimologik va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: neologizmlar, leksik innovatsiyalar, so'z tuzilishi, leksika, semantika, anglitsizm.
ABSTRACT
This article is devoted to the study of examples of the Covid-19 lexicon in German and Covid-protologisms formed in the language context during the pandemic. The article analyzes the phenomenon of neologism in the lexicon of Covid-19-related terms and its formation, etymological and semantic peculiarities.
Keywords: neologisms, lexical innovations, word structure, lexicon, semantics, anglicism.
Covid-19 ning global pandemiyaga aylanishi dunyoning barcha mamlakatlaridagi iqtisodiy, siyosiy, fan, madaniyat va sog'liqni saqlash sohalariga ta'sir ko'rsatdi. Qisqa vaqt ichida koronavirus pandemiyasi tufayli tilga ko'plab yangi so'z va so'z birikmalari kirib keldi va mavjud so'zlarning ayrimlari yangi ma'no kasb etdi.
Tilshunosik nuqtai nazaridan bu davrga xos bo'lgan asosiy xususiyat shuki, alohida tillarda yangi so'zlar paydo bo'lishi bilan birga barcha tillar uchun tushunarli bo'lgan xalqaro protologizmlar vujudga keldi. Lockdown (локдаун), Infodemic (Инфодемия), Covidiot (Ковидиот) so'zlari bunga misoldir [1:25].
Pandemiya davrida paydo bo'lgan va turli tillarda o'z ifodasini topgan so'zlar talaygina. Masalan,
- soziale Distanzierung (ger.), social distancing (eng.), социальная дистанция (русс.), ijtimoiy masofa (o'zb.);
855
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdavMpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Я
- Selbstisolation (ger.), self-isolation (eng.), самоизоляция (русс.), o'z-o'zini yakkalash (o„zb.);
- kontaktlose Lieferung (ger.), contactless delivery (eng.), бесконтактная доставка (pycc.), kontaktsizyetkazib berish (o„zb.).
Manbalarga ko'ra, birgina nemis tilining o'zida mavzu doirasida 1500 dan ortiq yangi so'z va iboralar ro'yxatga olingan va lug'atlarga kiritilgan [4]. Yangi lug'atlar qaysi manbalar asosida yaratiladi va qanday usullardan foydalaniladi, yangi so'zlar qachon lug'atimizda mustahkam o'rin egallaydi, degan savollar tilshunos olimlarning yangi tadqiqot mavzusiga aylandi [2:2].
Nemis tili neologizmlari leksikografiyasi nisbatan yosh fan bo'lib, Germaniyada 20-asrning o'rtalarida shakllana boshlagan. Faqatgina 90-yillarga kelib neologizmlar lug'ati ustida jiddiy loyihalar boshlangan. Bugungi kunda tilshunoslikning neologizmlar masalasi bilan shug'ullanuvchi qator tadqiqot institutlari va loyihalar mavjud.
Ushbu maqolaga asos bo'lgan ilmiy ishdagi "korona-so'zlar" ikki manbadagi neologizmlar lug'atlaridan olingan. DWDS va IDS lug'atlarida keltirilgan yangi so'zlar ichidan internetda eng ko'p uchraydigan so'zlar tanlab olingan va ular turi, so'z yasalishi, kelib chiqishi, uslubi va boshqa belgilariga ko'ra tasniflangan.
DWDS (Digitales Wörterbuch der deutschen Sprache - Nemis tilining raqamli lug'ati) ning maxsus raqamlashtirilgan korpusida Covid-19 pandemiyasi bo'yicha mavzuga oid lug'at mavjud. DWDS ning mazkur bo'limining vazifalaridan biri Covid-19 bilan bog'liq leksik yangiliklarni hujjatlashtirish va ularni lug'at yozuvlariga kiritishdir. 2020-yil mart oyidan boshlab ushbu bo'lim COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq atamalarni yig'ishni va ularni leksikografik jihatdan tavsiflashni boshladi [6]. Natijada mavzuga oid keng qamrovli lug'at vujudga kelgan bo'lib, u tahririyat tomonidan doimiy ravishda kengaytirilib va yangilanib boriladi.
IDS (Institut für Deutsche Sprache - Nemis tili instituti) - til masalalarini tadqiq qilivchi yana bir tashkilot bo'lib, Mannheim shahrida joylashgan. Mazkur tashkilotning maqsadi - nemis tilining zamonaviy holatini o'rganish va til rivojlanishiga oid ma'lumotlarni hujjatlashtirishdan iborat. IDS neologizmlar lug'ati, boshqa mavzular qatorida, koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq yangi so'zlarni hujjatlashtiradi [7]. Bular orasida nemis tilidagi so'zlardan (masalan, Distanzbier) tashqari ingliz tilidan olingan ko'pgina so'zlar (masalan, Containment) ham mavjud. Pandemiyadan oldin muomalada bo'lgan, endi yangi ma'noga ega bo'lgan soz' va iboralar ham ushbu luga'tdan o'rin olgan (masalan, Exit, Social Distancing).
Quyida DWDS va IDS ma'lumotlariga asoslanib, biz koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq yangi so'zlarni leksikografik jihatdan tavsiflaymiz. Tanlovning asosiy
856
mezoni so'zlarning Internet manvbalarida qanchalik tez-tez uchrashidir. Tahlilda so'zlarning quyidagi atributlari hisobga olindi:
- Neologizm turi: yangi leksema yoki yangi ma'no?
- Ma'nosi: izohli ta'rif
- So'z turi: So'z qaysi so'z turkumiga tegishli?
- Neologizm turi: Tariflangan so'z neologizmning qaysi turiga mansub?
- Yasalish turi;
- Kelib chiqishi: Bu so'z qayerdan olingan?
- Uslubi: so'zlashuv uslubi yoki standart til?
- Matnli dalillar / misollar
Leksema (So'z) Balkonien
Ma'nosi Sayohat cheklangan sharoitida o'z uyi yoki balkonini ta'tilni o'tkazadigan joy sifatida atash
Soz' turkumi Yangi so'z
Neologizm turi Ot (sredniy rod)
Yasalish turi Yasama so'z (Balkon + ein; - ien so'z yasovchi qo'shimchasi mamlakat nomlariga taqlid sifatida)
Uslubi So'zlashuv uslubi
Matnli misol [...] in Zeiten von Null-Zins, Umwelt-Krise, Terrorangst und Virus-Furcht lockt Balkonien als entspannte und günstige Alternative zur Fernreise. [Hamburger Abendblatt, 07.03.2020]
Leksema (So'z) pandemüde
Ma'nosi COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq hamma narsadan charchaganlik
So'z turkumi Sifat
Yasalish turi Qo'shma so'z („Pandemie" va „hundemüde" (itday charchagan) so'zlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan
Neologizm turi Yangi so'z
Uslubi Soz'lashuv
Matnli misol Und ganz klar, viele Deutsche sind mittlerweile richtig pandemüde. (www.mz-web.de; datiert vom 06.01.2021)
Yuqorida biz tahlil qiligan yangi so'zlarning bir necha namunasini keltirdik xolos. Tahlil natijalari koronavirus pandemiyasiga oid leksik birliklarning tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan xilma-xil ekanligini ko'rsatadi. O'rganilgan ma'lumotlar koronavirus neologizmlarining aksariyati ot so'z turkumiga mansub ekanini ko'rsatdi.
857
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchi^davlat^edagogjka^niviiiitiii^^^^^^^Haäina^
Ko'pchilik neologizmlar qo'shma so'zlar (Maskenmuffel, Nullpatient) yoki chet tilidan, asosan ingliz tilidan, kirib kelgan so'zlardir. Ko'rib chiqilgan korpusda fe'llar (coronieren, hamstern) va sifatlar (koronafrei, pandemüde) kam uchraydi.
Shuningdek, gelockdownt, shutdownt, tracen, tracken misollari morfologik o'zlashtirish, ya'ni o'zlashtirma so'zlarga (lockdown, shutdown, trace, track) nemis tilidagi fe'l yasovchi qo'shimchalarni qo'shish orqali so'zlarni nemis tilining morfologik tizimiga moslashish kuzatiladi [5]. Bularning barchasi til tizimining o'zgarish va yangilanish imkoniyatlari ko'p ekanini yana bir bor isbotlaydi.
Nemis tilida koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq leksik o'zgarishlarning muhim jihatlaridan yana biri anglitsizmlarning ko'plab kirib kelishidir. Ma'lumki, anglitsizmlar nemis tilida bir necha asrlardan beri mavjud. Oxirgi paytlarda nemis tiliga ingliz tilining ta'siri ayniqsa kuchaydi, chunki covid-19 bilan muomalaga kirib kelgan yangi so'zlarning aksariyati inglizcha so'zlardir. Exit-Strategie, Lockdown, Corona-Updates, Home Schooling, Home Office kabi so'zlar nemis tilida ham muomalada mustahkamlanib ulgurdi. Anglitsizmlarning dolzardlashuvi natijasida ingliz tilining nemis tiliga ta'siri va tahdidi haqidagi muhokamalar yana bir bor yangilandi. Zamonaviy tilshunoslikda hatto nemis va ingliz tillarining aralashmasidan hosil bo'lgan til - "Engleutch" yoki "Germish", "Denglish" kabi ifodalarni ham uchratish mumkin [3:45].
Ingliz tilining nemis tiliga ta'sirida zamonaviy tendensiyalar haqida gap ketganda, bir tarafdan, inglizcha so'zlarning kirib kelishi hollari, ikkinchi tarafdan, ingliz tilining grammatik tuzilish va shakllarining nemis tiliga o'zlashtirilishi kuzatilmoqda. Anglitsizmlar - to'laligicha yoki o'zgarishsiz o'zlashtirish (Lockdown) yoki ingliz va nemischa so'zlarning qo'shilishidan hosil bo'lgan qo'shma so'zlar ("Mischkomposita") - Communitymaske, Reiseboom, Werbeslogan, Bahn-Card bo'lishi mumkin. Til sistemalarinining bir-biriga ta'siri, boshqa tildan kirib kelgan so'z yangi muhitga qanday moslashishi bu tillarning o'ziga xosliklariga va so'z yasalishi nuqtai nazaridan ichki imkoniyatlariga bog'liqdir.
REFERENCES
1. Алевизаки О.Р., Касперова Л.Т., Славкин В.В. Неологизмы в качественной прессе 2020 г. // Швые слова и словари новых слов. 2020. Институт лингвистических исследований РАН. c.c. 22-28
2. Klosa-Kückelhaus, A., Neue Wörter in der Coronakrise - von Social Distancing und Gabenzaun // Erschienen in: Sprachreport Jg. 36, 2020, ss. 1-5.
3. Melnikova E.N. Moderne Tendenz in der Entwicklung des deutschen Wortschatzes // Creative Innovations & Innovative Creations, 1, 2009, pp. 45-47
April_23-24,_2024_
858
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
4. Möhrs, C., Sprache, Emojis und Corona - Im Wandel der Zeit. //Aktuelle Stellungnahmen zur Sprache in der Coronakrise. Mannheim, Leibniz-Institut für Deutsche Sprache (IDS), 2021
5. Zifonun G., Anglizismen in der Coronakrise. // Aktuelle Stellungnahmen zur Sprache in der Coronakrise. Mannheim: Leibniz-Institut für Deutsche Sprache (IDS), 2020
6. https://www.dwds.de/themenglossar/Corona
7. https://www.ids-mannheim.de/neologismen-in-der-coronapandemie/
859