Научная статья на тему '“KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI” TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI'

“KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI” TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativ fikrlash / kompyuter ilmlari / dasturlash texnologiyalari / innovatsion yondashuv / ijodiy fikrlash / pedagogik metodika / ta’lim texnologiyalari. / креативное мышление / информатика / технологии программирования / инновационный подход / креативное мышление / педагогическая методика / образовательные технологии.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.A. Shojonov

ushbu maqola "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" ta’lim yo‘nalishi talabalarida kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish va amalda qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada kreativ fikrlash tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ahamiyati va uni shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, dasturlash texnologiyalarini o‘rgatishda innovatsion yondashuvlar, kreativ muammolarni yechish usullari, talabalarni dasturlash sohasida ijodiy yondashuvga yo‘naltiruvchi o‘qitish metodlari keltirilgan. Tadqiqotda ta’lim jarayoniga kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tajribalari o‘rganilgan va samaradorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE METHODOLOGY OF CREATIVE THINKING DEVELOPMENT IN STUDENTS OF “COMPUTER SCIENCES AND PROGRAMMING TECHNOLOGIES”

данная статья посвящена разработке и практическому применению методики развития творческого мышления у студентов направления «Информатика и технологии программирования». В статье анализируется понятие творческого мышления, его роль и значение в образовательном процессе, педагогические и психологические основы его формирования. Также представлены инновационные подходы к обучению технологиям программирования, методы творческого решения задач, методы обучения, ориентирующие студентов на творческий подход в области программирования. В ходе исследования был изучен опыт внедрения современных технологий, направленных на развитие творческого мышления в учебный процесс, и разработаны практические рекомендации по повышению эффективности.

Текст научной работы на тему «“KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI” TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.A. Shojonov1^_

1 Urganch davlat universiteti, Urganch, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqola "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" ta'lim yo'nalishi talabalarida kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish va amalda qo'llash masalalariga bag'ishlangan. Maqolada kreativ fikrlash tushunchasi, uning ta'lim jarayonidagi o'rni, ahamiyati va uni shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, dasturlash texnologiyalarini o'rgatishda innovatsion yondashuvlar, kreativ muammolarni yechish usullari, talabalarni dasturlash sohasida ijodiy yondashuvga yo'naltiruvchi o'qitish metodlari keltirilgan. Tadqiqotda ta'lim jarayoniga kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tajribalari o'rganilgan va samaradorlikni oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" yo'nalishi talabalarida kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan samarali metodikani ishlab chiqish va uning ta'lim jarayonidagi samaradorligini o'rganishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: nazariy asoslash, dasturlash texnologiyalariga oid ijodiy vazifalarni shakllantirish, innovatsion texnologiyalarni qo'llash, va o'quv jarayonida talabalarni motivatsiya qilish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirish, ayniqsa, "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" yo'nalishida, zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida aniqlangan natijalar ko'rsatadiki, kreativlikni shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar nafaqat talabalar bilimlarini chuqurlashtiradi, balki ularda muammolarni hal qilishda yangi yondashuvlarni topishga bo'lgan qobiliyatni rivojlantiradi.

XULOSA: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, kreativ fikrlashni rivojlantirish nafaqat ta'lim jarayonining mazmunini boyitadi, balki talabalarni zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga zamin yaratadi. Shu bois, ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va o'qituvchilarning malakasini doimiy oshirish dolzarb vazifa sifatida e'tirof etiladi.

Kalit so'zlar: kreativ fikrlash, kompyuter ilmlari, dasturlash texnologiyalari, innovatsion yondashuv, ijodiy fikrlash, pedagogik metodika, ta'lim texnologiyalari.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Shojono M.A. "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" ta'lim yo'nalishi talabalarida kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasini. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B.14-21.

МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У СТУДЕНТОВ ФАКТОРА

"ИНФОРМАТИЧЕСКИЕ НАУКИ И ТЕХНОЛОГИИ ПРОГРАММИРОВАНИЯ"

© М.А. Шожанов1Н

1Ургенчский государственный университет, Ургенч, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: данная статья посвящена разработке и практическому применению методики развития творческого мышления у студентов направления «Информатика и технологии программирования». В статье анализируется понятие творческого мышления, его роль и значение в образовательном процессе, педагогические и психологические основы его формирования. Также представлены инновационные подходы к обучению технологиям программирования, методы творческого решения задач, методы обучения, ориентирующие студентов на творческий подход в области программирования. В ходе исследования был изучен опыт внедрения современных технологий, направленных на развитие творческого мышления в учебный процесс, и разработаны практические рекомендации по повышению эффективности.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является разработка эффективной методики, направленной на развитие творческого мышления у студентов направления «Информатика и технологии программирования» и изучение ее эффективности в образовательном процессе.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: методика развития творческого мышления включает следующие этапы: теоретическое обоснование, формирование творческих задач, связанных с технологиями программирования, применением инновационных технологий и мотивацией обучающихся в образовательном процессе.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: развитие творческого мышления у студентов, особенно по направлению «Информатика и технологии программирования», является одной из важных задач современного образования. Результаты, выявленные в ходе исследования, показывают, что методические подходы, направленные на формирование творческих способностей, не только углубляют знания учащихся, но и развивают их способность находить новые подходы к решению задач.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования показали, что развитие творческого мышления не только обогащает содержание образовательного процесса, но и создает основу для формирования студентов как конкурентоспособных специалистов на современном рынке труда. Поэтому широкое внедрение новых

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

педагогических технологий в учебный процесс и постоянное повышение квалификации учителей признаются актуальной задачей.

Ключевые слова: креативное мышление, информатика, технологии программирования, инновационный подход, креативное мышление, педагогическая методика, образовательные технологии.

Для цитирования: Шожанов М.А. Методика развития творческого мышления у студентов фактора "информатические науки и технологии программирования. // Inter education & global study. 2024. №9(1). С. 14-21.

THE METHODOLOGY OF CREATIVE THINKING DEVELOPMENT IN STUDENTS OF "COMPUTER SCIENCES AND PROGRAMMING TECHNOLOGIES"_

© Shojonov A. Muzaffar1®

1Urgench State University, Urgench, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article is devoted to the development and practical application of the methodology for the development of creative thinking in students of the "Computer Science and Programming Technologies" field of study. The article analyzes the concept of creative thinking, its role and importance in the educational process, and the pedagogical and psychological foundations of its formation. Also, innovative approaches to teaching programming technologies, methods of creative problem solving, teaching methods guiding students to a creative approach in the field of programming are presented. In the study, the experiences of introducing modern technologies aimed at the development of creative thinking into the educational process were studied, and practical recommendations for increasing efficiency were developed.

AIM: the purpose of this study is to develop an effective methodology aimed at developing creative thinking among students of "Computer Science and Programming Technologies" and to study its effectiveness in the educational process.

MATERIALS AND METHODS: the methodology of developing creative thinking includes the following steps: theoretical justification, formation of creative tasks related to programming technologies, application of innovative technologies, and motivation of students in the educational process.

DISCUSSION AND RESULTS: development of creative thinking in students, especially in the direction of "Computer science and programming technologies", is one of the important tasks of modern education. The results revealed during the research show that methodical approaches aimed at forming creativity not only deepen students' knowledge, but also develop their ability to find new approaches to solving problems.

CONCLUSION: the results of the study showed that the development of creative thinking not only enriches the content of the educational process, but also creates the basis for the formation of students as competitive specialists in the modern labor market.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 9(1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Therefore, the widespread introduction of new pedagogical technologies into the educational process and continuous improvement of teachers' qualifications are recognized as an urgent task.

Key words: creative thinking, computer science, programming technologies, innovative approach, creative thinking, pedagogical methodology, educational technologies

For citation: Shojonov A. Muzaffar. (2024) 'The methodology of creative thinking development in students of "computer sciences and programming technologies" , Inter education & global study, (9(1)), pp. 14-21. (In Uzbek).

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bugungi kun talabalarining nafaqat nazariy bilimlarini chuqurlashtirishni, balki ijodiy fikrlash va muammolarni kreativ yondashuv bilan hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham dolzarb masalaga aylantirmoqda. Xususan, "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" ta'lim yo'nalishida o'qiyotgan talabalar uchun kreativ fikrlash qobiliyati murakkab algoritmlar yaratish, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va texnikaviy muammolarni samarali yechishda muhim rol o'ynaydi.

Kreativ fikrlash - bu yangicha yondashuvlarni izlash, mavjud nazariy va amaliy bilimlar asosida innovatsion g'oyalarni ilgari surish qobiliyatidir. Dasturlash sohasida ushbu qobiliyatni rivojlantirish o'qitish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni, amaliy topshiriqlarni ijodiy hal qilishga yo'naltirilgan o'quv materiallarini joriy etishni talab qiladi. Maqolada kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan pedagogik va psixologik yondashuvlar, o'quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilishning samaradorligi, shuningdek, dasturlash texnologiyalari bo'yicha o'quv jarayonining o'ziga xos xususiyatlari o'rganiladi. Shu asosda ushbu yo'nalish talabalari uchun mo'ljallangan maxsus metodik yondashuvlar ishlab chiqiladi va amaliy tavsiyalar taklif etiladi.

Ushbu tadqiqotning maqsadi "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" yo'nalishi talabalarida kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan samarali metodikani ishlab chiqish va uning ta'lim jarayonidagi samaradorligini o'rganishdan iborat. Tadqiqotda talabalarni ijodiy yondashuvga yo'naltiruvchi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali ularning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga ko'maklashish ko'zda tutilgan.

Maqsad quyidagi vazifalarni hal etishni o'z ichiga oladi:

1. Kreativ fikrlashni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini o'rganish.

2. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo'nalishi talabalariga mos keluvchi ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish.

3. Innovatsion ta'lim texnologiyalarini talabalarning kreativ fikrlashini shakllantirish jarayoniga tatbiq etish.

4. Metodik yondashuvlarning samaradorligini baholash va ularni takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Mazkur maqsad va vazifalar ijrosi orqali zamonaviy ta'lim jarayonida kreativlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi yondashuvlar ishlab chiqiladi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: nazariy asoslash, dasturlash texnologiyalariga oid ijodiy vazifalarni shakllantirish, innovatsion texnologiyalarni qo'llash, va o'quv jarayonida talabalarni motivatsiya qilish.

1. Nazariy asoslash:

Talabalarga kreativ fikrlashning mohiyatini, uning ahamiyatini va amaliy qo'llanilish sohalarini tushuntirish maqsadida maxsus ma'ruzalar tashkil etiladi. Dasturlash texnologiyalariga oid muammolarni ijodiy yechish jarayonida talabalar uchun kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan kontseptual asoslarni yoritish ta'lim jarayonining dastlabki bosqichida amalga oshiriladi.

2. Ijodiy vazifalarni shakllantirish:

Talabalarga berilgan topshiriqlarni o'zgacha yondashuvda hal qilishni talab qiladigan ijodiy vazifalar tayyorlanadi. Bunda dasturlash algoritmlarini takomillashtirish, kutilmagan yechimlarni izlash, va kod samaradorligini oshirish kabi topshiriqlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, talabalar real hayot muammolariga mos keluvchi kichik loyihalarni ishlab chiqishi mumkin.

3. Innovatsion texnologiyalarni qo'llash:

Dars jarayonida interaktiv vositalar, masalan, vizual dasturlash muhitlari (Scratch, Blockly), algoritmik fikrlashni rivojlantiruvchi o'yinlar, shuningdek, virtual laboratoriyalardan foydalaniladi. Bunda talabalarni muammolarni boshqacha usullar bilan yechishga rag'batlantiradigan texnologiyalar asosiy rol o'ynaydi.

4. Talabalarning motivatsiyasini oshirish:

Talabalarni kreativ fikrlashga undash uchun ular erishgan natijalarni baholash va rag'batlantirish tizimi joriy qilinadi. Bu jarayonda musobaqalar, ijodiy loyiha himoyalari va guruhiy muhokamalar tashkil etiladi. Shuningdek, talabalar birgalikda ishlash orqali kreativ g'oyalarni rivojlantiradi va hamkorlikda yangi yechimlarni yaratadi.

5. Refleksiya va baholash:

Talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonining samaradorligini o'lchash uchun maxsus indikatorlar ishlab chiqiladi. Jumladan, talabalarning yechimlaridagi yangilik darajasi, muammolarni ko'rish qobiliyati va o'z g'oyalarini mantiqiy asoslash imkoniyati baholanadi.

Mazkur metodika "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" ta'lim yo'nalishi talabalarining nafaqat kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, balki ularni amaliy dasturlash faoliyatida samarali yechimlar topishga tayyorlashga xizmat qiladi.

Kreativ fikrlashni rivojlantirish masalalari zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida keng ko'lamda tadqiq qilinmoqda. Xususan, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan kreativlikning mohiyati, uni shakllantirish yo'llari va ta'lim jarayonidagi o'rni yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Xorijiy adabiyotlar orasida J. Guilfordning[2; 36] ijodiy fikrlashning psixologik asoslarini yoritishga bag'ishlangan ishlari muhim ahamiyatga ega. Guilford kreativlikni muammolarni yechishning yangi va samarali yo'llarini topishga qaratilgan faoliyat sifatida

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tavsiflaydi. Uning nazariyasi dasturlash texnologiyalariga oid topshiriqlarni ijodiy yondashuv bilan bajarish imkoniyatlarini o'rganishda asosiy manba hisoblanadi.

Mahalliy tadqiqotchilar orasida O'zbekistonning pedagogika sohasi olimlari, xususan, A. Vahobov va B. Yo'ldoshevlarning[5; 84] innovatsion yondashuvlar va o'quv jarayonida kreativlikni shakllantirish bo'yicha ishlari alohida e'tiborga loyiqdir. Ushbu tadqiqotlar kreativlikning ta'lim texnologiyalari bilan uyg'unlashuvi va uni milliy o'quv jarayonlariga moslashtirish usullari bilan bog'liq muhim metodik tavsiyalarni o'z ichiga oladi.

Shuningdek, dasturlash texnologiyalarida kreativ fikrlashni rivojlantirish masalalari bo'yicha P. Brown[1; 79] va T. Kelley[3; 196] kabi mualliflarning ishlari ham diqqatga sazovor. Ushbu tadqiqotlar kreativ yondashuv orqali dasturlashda samaradorlikni oshirishning muhim omillarini yoritib beradi. Bunda, algoritmlarni yaratishda ijodiy fikrlash, vizual dasturlash muhitlaridan foydalanish va amaliy loyihalar orqali talabalar qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko'rsatadiki, kreativ fikrlashni rivojlantirish nafaqat o'quv materiallarini taqdim etishda, balki o'quvchilarning motivatsiyasini oshirishda va ularni amaliy muammolarni mustaqil hal qilishga yo'naltirishda ham katta ahamiyatga ega. Mazkur ilmiy manbalar ushbu maqolada "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" yo'nalishi talabalarida kreativlikni shakllantirishga doir metodik yondashuvlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirish, ayniqsa, "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" yo'nalishida, zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida aniqlangan natijalar ko'rsatadiki, kreativlikni shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar nafaqat talabalar bilimlarini chuqurlashtiradi, balki ularda muammolarni hal qilishda yangi yondashuvlarni topishga bo'lgan qobiliyatni rivojlantiradi.

Tadqiqot jarayonida dasturlashda ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun innovatsion ta'lim texnologiyalarining qo'llanilishi samaradorligi kuzatildi. Xususan, interaktiv dasturlash muhitlari, masalan, Scratch yoki Python dasturlash loyihalari orqali talabalar qiziqishi va ishtiroki sezilarli darajada oshganligi kuzatildi. Bu vositalar talabalarni jarayon davomida mustaqil qaror qabul qilish va o'z fikrlarini ijodiy tarzda ifodalashga undadi.

Biroq, muhokama davomida ba'zi muammolar ham aniqlandi. Jumladan:

1. Motivatsiya yetishmovchiligi: Talabalarni ijodiy vazifalarga jalb etishda motivatsiyani oshirish usullarini takomillashtirish talab etiladi.

2. Dars jarayonining cheklangan vaqti: Kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan topshiriqlar uchun dars vaqtini to'g'ri taqsimlash ehtiyoji mavjud.

3. O'qituvchilarning malakasi: Innovatsion metodlarni qo'llashda ayrim o'qituvchilarning tajribasi yetarli darajada emasligi qayd etildi.

Shu bilan birga, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini baholashga oid mezonlarning ishlab chiqilganligi va joriy etilishi ijobiy natijalarni keltirib chiqardi. Baholash natijalariga ko'ra, talabalarning kreativ fikrlash darajasi, vazifalarga yondashishdagi farqlari va o'z fikrlarini mantiqiy asoslash qobiliyati yuqori baholandi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Muhokama natijalari shuni ko'rsatadiki, dasturlash texnologiyalariga oid ijodiy yondashuvlar orqali talabalarning o'quv jarayonidagi faolligini oshirish va bilimlarni o'zlashtirish darajasini yaxshilash mumkin. Shu bilan birga, kreativlikni rivojlantirish jarayonida pedagoglarning doimiy malaka oshirishi va innovatsion vositalardan keng foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur yondashuvlar orqali talabalarning zamonaviy dasturlash bozorida raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishiga zamin yaratiladi.

Tadqiqot davomida "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" yo'nalishi talabalarida kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan metodika ishlab chiqildi va uning samaradorligi tahlil qilindi. Quyidagi natijalar erishildi: kreativ fikrlashni rivojlantirish dasturlash texnologiyalarini o'rgatish jarayonida talabalar bilim darajasi va ijodiy yondashuv qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.

Innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo'llash orqali talabalar mustaqil fikrlash, murakkab muammolarni o'ziga xos yondashuv bilan hal qilish va yangi algoritmlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ldi. Talabalar motivatsiyasini oshirish uchun ijodiy loyiha va amaliy topshiriqlarni joriy qilish samaradorligi tasdiqlandi. Ushbu yondashuv ularning ta'lim jarayonida faol ishtirokini ta'minladi. O'qituvchilarning kreativlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan metodik yondashuvlarni o'zlashtirishi talabalarning ijodiy salohiyatini shakllantirishda muhim omil bo'ldi. Dasturlash sohasiga xos ijodiy vazifalarni yechish jarayonida talabalar bilimlarini amaliyotga samarali tadbiq etish qobiliyati oshdi. Ushbu natijalar asosida ta'lim jarayoniga kreativ fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan metodlarni keng joriy qilish tavsiya etiladi. Bu nafaqat talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga, balki ularni zamonaviy mehnat bozorida muvaffaqiyatli kadr sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

"Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari' yo'nalishi talabalarida kreativ fikrlashni rivojlantirish, ta'lim jarayonini zamonaviy talablarga moslashtirishning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqot davomida talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan metodik yondashuvlar ishlab chiqildi va ularning samaradorligi amaliy tajribalar orqali tasdiqlandi. Shakllantirilgan metodika talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga samarali qo'llashini, ijodiy yondashuv asosida yangi algoritmlar ishlab chiqish qobiliyatini va muammolarni mustaqil hal qilish ko'nikmasini rivojlantiradi. Bunda innovatsion pedagogik texnologiyalar va interaktiv ta'lim vositalaridan foydalanish jarayonning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, kreativ fikrlashni rivojlantirish nafaqat ta'lim jarayonining mazmunini boyitadi, balki talabalarni zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga zamin yaratadi. Shu bois, ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va o'qituvchilarning malakasini doimiy oshirish dolzarb vazifa sifatida e'tirof etiladi.

Ushbu yondashuvlarni amalga oshirish orqali ta'lim tizimi sifatini oshirish va kelajakda innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega yetuk dasturchilarni tayyorlash mumkin.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Brown, T. (2009). Change by Design: How Design Thinking Creates New Alternatives for Business and Society. Harper Business.

2. Guilford, J. P. (1967). The Nature of Human Intelligence. McGraw-Hill, New York.

3. Kelley, T., & Kelley, D. (2013). Creative Confidence: Unleashing the Creative Potential Within Us All. Crown Business.

4. Torrance, E. P. (1974). Creativity: What Research Says to the Teacher. National Education Association.

5. Vahobov, A., & Yo'ldoshev, B. (2018). Innovatsion pedagogika va ta'lim texnologiyalari. Toshkent: Fan.

6. Худойназаров, Э. М., Эсонов, Н. А., & Кучкаров, М. У. Преимущества альтернативных методов обучения.

7. Madraximovich, K. E. (2020). Improving the methodological training of primary school teachers on the basis of innovative approaches. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(7).

8. Xudoynazarov, E. M. (2019). Didaktic possibilities of oral exercises in forning initial classes pupils' mathematical thinking activity. Eastern European Scientific Journal, Ausgabe. Germany, (1-2019), 249.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Khudoynazarov, E. (2023). Boshlang 'ich ta'limda mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning ahamiyati. Молодые ученые, 1(13), 32-37.

10. Эгамберган, Х. М. (2023). Укувчиларда танкидий фикрлашни ривожлантиришнинг педагогик ва методик асослари. Zamonaviy fan, ta'lim va ishlab chiqarish muammolarining innovatsion yechimlari, 4, 56-59.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HShojonov Muzaffar Axmadovich, Urganch davlat universiteti Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi texnik qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i, [Шожанов Музаффар Ахмадович, Начальник отдела технической поддержки Центра цифровых образовательных технологий Ургенчского государственного университета], [Muzaffar A. Shojonov, Head of the technical support department of the Digital Education Technologies Center of Urgench State University]; manzil: O'zbekiston, Urganch sh., Hamid Olimjon ko'chasi, 14-uy [адреа Узбекистан, Ургенч, ул. хамид Олимжон, 14], [address: Uzbekistan, 14, Khamid Alimkan st., Urgench city].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.