KOMIL IKROMOV IJODIDA VATAN MAVZUSI VA MUAMMOLARINING BADIIY AKS ETISHI
Akbarov O.A.
Filologiya fanlari nomzodi, Fargona davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada taniqli o'zbek adibi Komil Ikrom ijodidagi vatamparvarlik mavzusi, uning muammolari yoritiladi. Yozuvchi asarlarining o'lmas g'oya va mavzularining hozirgi kunda ham dolzarbligi ko 'rsatib beriladi.
Kalit so'zlar: xronika, individ, o'zbek romanchili, konflikt, fuqarolar urushi, Vatan ozodligi.
ТЕМА РОДИНЫ И ЕЕ ПРОБЛЕМАТИКА В ТВОРЧЕСТВЕ
КОМИЛА ИКРОМА
Акбаров О.А.
кандидат филологических наук, Ферганский государственный университет
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается тема родины, и ее проблемы в творчестве известного узбекского писателя Комила Икрома. Также показано, актуальность тем и идей писателя.
Ключевые слова: хроника, индивид, узбекский ромнан, конфликт, гражданская война, свобода родины.
THE PROBLEMS OF THE THEME OF THE HOMELAND IN THE NOVELS BY KAMIL IKROM
Akbarov O.A.
Candidate of Philological Sciences, Fergana State University
ABSTRACT
This article covers the theme of patriotism in the well-known Uzbek writer Kamil Ikrom's work, its problems. It is shown that the immortal ideas and themes of the writer's works are relevant even now.
Keywords: chronicle, individual, Uzbek novelistics, conflict, civil war, freedom of the motherland.
KIRISH
Komil Ikromov hayoti bilan hamnafas, turmush bilan hamqadam Abdulla
Qahhor iborasi bilan aytganda, u "qulog'i odamlar ko'ksida" bo'lgan ijodkorlar
352
sirasiga kiradi. U hamisha hayotning qaynoq jabhalarida bo'lishga davrning dolzarb muammolariga aks-sado berishga, xalq orzu-umidlari va intilishlarini o'z vaqtida ilg'ab yashashga harakat qilardi.
Ma'lumki, ijodkor uslubi, dunyoqarashi, g'oyalari, badiiy mahorati, qolaversa, mavzulari ko'lami u yashagan davr va muhit bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham Komil Ikromov ijodidagi ana shu xususiyatarni tahlil etishda, janrlar xilma-xilligining boisini o'rganishda u nafas olgan, yashagan muhitdan ko'z yumib bo'lmaydi. Ammo har bir adabiy hodisani, asarni muhit mahsuli sifatida baholash ham biryoqlamalik bo'lur edi. Chunki haqiqiy iste'dod egasi bo'lgan so'z san'atkori u yoki bu darajada zamon va davrdan bir necha qadam oldin yurishga, asarlarining umrboqiy bo'lishiga, kelgusi avlod uning merosidan u yoki bu qirrasini kashf etishga umid qilib yashaydi. Bizning oldimizda esa asar yaratilgan davr va bugungi kun kitobxoni nuqtai nazarini musoyasa qilish hamda ular o'rtasidagi faktlar, tafovutlarni baholay bilish vazifasi ham turadi. Shunday ekan, Komil Ikromov singari adiblarning ijodiy mahsuliga faqat o'tgan zamon nuqtai nazaridan emas, balki bugungi taqazosidan kelib chiqib yondoshish ham talab etiladi.
Biz uning asarlarini tahliliga kirishar ekanmiz, bugungi kun uchun ham dolzarbligini yo'qotmagan xususiyatlarini to'g'ri tahlil eta bilishimiz lozim. Aytmoqchimizki, yozuvchiga avvalo o'z davri voqea -hodisalarini badiiy aks ettirishgina emas, balki so'z san'atkori sifatida, uning yaratgan asarlariga esa real turmushning badiiy in'ikosigani emas, balki san'at mahsuli sifatida taralmog'i kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Komil Ikromovning mahoratini, dunyoqarashini to'g'ri baholash, avvalo, badiiyat mezonlaridan, qolaversa, yozuvchi asarlarining o'lmas g'oya va mavzularidan kelib chiqmog'i lozim. Biz shu ma'noda adibning bugungi kunda aniq jo'g'rofiy qiyofasi, jahona hamjamiyatida munosib o'rin bo'lgan Vatanimiz -O'zbekiston haqidagi qisalarining badiiy - falsafiy, g'oyaviy-tarixiy tadqiqini o'z oldimizga maqsad qilib oldik. Jonajon O'zbekiston, uning tarixi, madaniyati, kishilar turmushi, milliy-ma'naviy jihatlar va boshqa muhim xususiyatlarini keng qamrovda o'rganishimiz uchun uning quyidagi qisalarini tadqiqot ob'ekti qilib olamiz:
1.Karvon o'tar, iz qolar. -Toshkent. O'zadabiynashr 1964 yil. (Qissa O. Sharopov tomonidan o'zbekchaga o'girilgan).
2. Paxlavan iz Xorezma yoki Mahmud - kanataxodes. -Tashkent: Izd-voxudojestvennoy literaturi, 1965.
3. O'qchilar ko'chasi. Toshkent: Yosh gvardiya, 1971. Ruschadan Surob Yo'ldoshev tarjimasi.
4. Sakkiz kunlik sarguzasht. Toshkent: Yosh gvardiya 1980.Ruschadan Erkin Mirobidov tarjimasi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sanab o'tilgan qissalar bir -biri bilan u yoki bu darajada mantiqan bog'liq. Ulardagi goegrafik makon, voqea -hodisalarning uzviy bog'liqligi va bu qissalarning aynan Komil Ikromov mansub bo'lgan ona diyor - O'zbekiston haqida, unda bo'lib o'tgan tarixiy voqea-hodisalar haqidaligi ham bu asarlarni umumiy ko'lamda o'rganishni taqazo etadi. Fikrimizning dalili uchun ayrim faktlarga diqqatni qaratmoqchimiz. "Mahmud dorboz" qissasining bosh qahramoni Mahmud Pahlavon mo'g'ullar istilosi natijasida uzoq Hindistonga borib qolgan vatandoshlari -xorazmlik hunarmandlarni axtarib olis safarga otlanadi va ko'p mashaqqatlarni boshidan kechirgach, ularni ona vatanlariga qaytarishga yordam beradi. Qizig'i shundaki, Mahmud ularni axtarib borishda bosh belgi sifatida ular yasagan asbob-anjomlardagi yozuvlarga tayanadi. Qisqasi mohir qo'llar o'z hunarlari bilan ularni izlovchilarga yo'l ko'rsatadilar. Adibning "O'qchilar ko'chasi" qissasida ham shunga o'xshash vziyatga duch kelamiz. Qissaning bosh qahramoni, usta Tillaning nabirasi Tolib o'z otasi usta Sattorni axtarar ekan, ushbu mohir temirchi uchta ham o'zining qaerdaligini o'z mahsuloti orqali bildiradi. Mardikorlikka olinishi, shundan keyin Oktabr voqealari, fuqarolar urushlari natijasida O'zbekistonga qaytib kela olmagan usta Sattor Tula shahrida qolib ketadi. Usta Sattor Tulada ham sevimla kasbini davom ettiradi va mahoratini takomillashtiradi. Nihoyat, u yasagan ajoyib sharqona qilich va undagi yozuv - belgi orqali ota-bola bir - birlaridan habar topidilar va yuz ko'rishadilar. Qilich haqidagi detalga biz adibning "Karvon o'tar iz qolar" qissasida ham duch kelamiz. Unda aytilishicha, aynan usta Sattor yasagan mashhur qilich Mirkomil Mirsharopovning fuqarolar urushi yillaridagi jangovor quroliga aylanadi. "Sakkiz kunlik sarguzasht" ("Kruglaya pechat") qissasi esa voqealar harakteri va mantiqiga ko'ra "O'qchilar ko'chasi "ning davomi sifatida yaratilgan.
Komil Ikromovning yirik janrdagi birinchi asari bo'lgan "Karvon o'tar - iz qolar" qissasi asrimizning yigirmanchi yillarida O'zbekistonda bo'lib o'tgan, xususan, Xorazm vohasi tarixida o'ziga xos iz qoldirgan voqealar tasviriga bag'ishlangan. Asarning bosh qahramoni- inqilob yo'lida kurash olib borgan, yaqin o'tmishgacha "Bosmachilik harakati" deya qoralanib kelingan guruhlarga qarshi faoliyat olib borgan, ammo, o'z umri, ongli faoliyatini shu ishga bag'ishlaganiga qaramasdan, 1937 yilning dahshatli qatag'onlaridan omon qolmagan sarkarda Mirkomil Mirsharopovdir. Ammo asardagi voqealarni birgina bosh qahramon hayoti va
faoliyati atrofida umumlashtirish ham unchalik to'g'ri emas. Ushbu asarda, epik
354
Scientific Journal Impact Factor
planda olganda, Turkiston xalqlarining murakkab qismati ham yotadi. Qissa o'n ikki bobdan iborat bo'lib, har bir bob o'z sarlavhasiga ega.
O'rni kelganda shuni ham aytish kerakki, har bir bobni alohida nomlab, ularga voqealar rivoji va mantiqidan kelib chiqib epigraflar qo'yish Komil Ikromovning uslubiga xos jihatlardandir. Buni shunday izohlash mumkinki, adib har bir bobning harakteridan kelib chiqib, unga sarlavha qo'yar ekan, kitobxon diqqatini bir nuqtaga yo'naltirishga harakat qiladi, epigraflar orqali esa o'quvchini bo'lg'uvchi voqea-hodisalarga ruhan va ma'nan tayyorlaydi.
"Karvon o'tar -iz qolar" qissasi Komil Ikromovning badiiy jixatdan eng mukammal asarlaridan biridir. Uning bosh qahramoni - o'zbek xalqining sevimli va mashhur farzandlaridan biri bo'lgan Mirkomil Mirsharopov esa dinamik obrazdir. Asarda tasvirlanishicha, u o'sha davrda o'z xalqi ozodligi janglarda mislsiz qahramonlik va fidoiylik ko'rsatgan. Shuni ham unutmaslikka kerakki, biz bugungi kunda o'tmishdagi ko'plab ijtimoiy-siyosiy hodisalarga, jumladan "bosmachilik harakati" degan tushunchaga ham yangicha nuqtai nazardan yondashmoqdamiz. Shuning uchun ham biz asarning siyosiy - ijtimoiy tomonlariga emas, ko'proq uning badiiy qimmati, falsafiy-g'oyaviy jihatlari, obrazlari tavsifigagina to'htalishga harakat qilamiz. Asar so'z boshisida "Tarix hozirgi zamon voqeligiga hizmat qilish kerak" degan falsafiy fikr bayon etilgan. Aynan ana shu so'zlar ushbu tarixiy asarning asosiy xususiyatlarini belgilashimizda ma'lum ma'noda dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. Mazkur asar o'z muallifiga alohida shuhrat keltirganligini yuqorida aytib o'tdik. Qissaning uslubiy o'ziga xos xususiyatlari, mavzu dolzarbligi, qalamga olingan voqea hodisalar asar yaratilgan muayyan davr kishilari qalbi va ongiga yaqinligi, xalqchilik ruhining kuchliligi ana shu shuhratning asosiy manbalari bo'lganligi shubhasiz.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Oktabr to'ntarishidan to asar yaratilgan davrga qadar o'tgan 60 yildan ziyodroq fursat ichida xalqimiz ongiga "bosmachilik" deb nomlanuvchi, aslida Vatan ozodligi va hurligi uchun kurash harakati tasavvurimizga qora bo'yoqlar bilan chizilgan, dahshatli vabo yanglig' singdirilgan edi. Komil Ikromov ham davr farzandi sifatida kommunistik partiya va uning mafkurasining ta'sirida bo'lgan. Shuning uchun adib yaratgan asar qahramoni Mirkomil Mirsharopov ham muallifning g'oyaviy- nuqtai nazaridan kelib chiqib, butun ongli hayotini o'z hali chuqur anglab yetmagan "kommunizm" deb ataluvchi mavhum kelajakka baxshida etgan inson edi. Shaxsiy hayotini ham orzu - umidlari, eng ezgu tuyg'ularini ham inqilob ishiga bag'ishlagan Mirsharopovning ayanchli qismati, yana o'zi barpo etish uchun hissa qo'shgan tuzim uning o'ziga mash'um 1937 yilda
qatag'on qilishi ham na kitobxonda, na muallifning o'zida biror mulohaza yoki ikkilanishni tug'dirishga qodir emasdi.
Uning shon-shuhrati, xalq uchun fidoiyligi oldida 37 yil qatag'onlari oddiy anglashilmovchilik singari taassurot qodirar edi.
Muayyan davrda xalqimiz ongiga singdirib yuborilgan va hayot mazmuniga aylangan sinfiylik va sinfiy kurash g'oyalari yozuvchi dunyoqarashiga ham, uning asariga ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Bu gaplarning mohiyatini inqilobiy g'oyalarning bayroqdorlaridan bo'lgan Frunzening Mirsharopovga aytgan quyidagi gaplaridan ham anglab olish mumkin. : "bilasizmi, -deydi Turkiston frontining bosh qo'mondoni, - biz Xorazimga sizdan ko'ra tajribaliroq harbiy mutaxassisni jo'natishimiz mumkin edi, ammo biz fuqarolar urushi olib boryapmiz. Modomiki shunday ekan, bunday urushdagi har bir g'alaba siyosin g'alaba bo'lmog'i kerak" [1].
Frunze tilidan aytilgan ana shu jumlaning o'ziyoq sovet hakimiyatining o'rta osiyoda olib borgan harbiy, iqtisodiy, siyosiy faoliyati haqida yorqin tasavvur beradi.
Biror xalqqa o'sha xalq vakillarini qarshi qo'yish, xalqning o'z iborasi bilan aytganga, "sopini o'zidan chiqarish" sovet hokimiyatining siyosiy nayranglaridan biri bo'lganligiga va bu hol juda uzoq davom etganligini bugungi kunda chuqur tushunib turibmiz.
Komil Ikromovning O'zbekiston va uning hayotidan olib yozilgan qissalari xususida to'xtalishdan avval, yozuvchining uslubiga xos xususiyatlar haqida ham qisqacha so'z yuritish lozim. "Karvon o'tar - iz qolar", "Mahmud dorboz", "O'qchilar ko'chasi", "Sakkiz kunlik sarguzasht" singari qissalarini asosan, Vatan tushunchasi mantiqan bog'lab tursa-da, ularda olg'a surilgan g'oyalar hamohangligiga bir qarashdayoq ko'zga tashlansa-da, ular uslub va tasviriy vositalar jihatidan bir-birini aslo takrorlamaydi.
Yuqorida aytganimizdek, uning badiiy asarlarini tarixiy, zamonaviy, publisistik singari asosiy ruh va yo'nalishlarda tekshirish va tahlil etish mumkin. Yozuvchi eng avvalo individdir. U biror mavzuda mahorat bilan qalam tebratishi, boshqa mavzuda esa qaysi jihatlardandir "oqsashi" mumkin. O'zbek romanchiligining asoschisi bo'lgan Abdulla Qodiriyning o'g'li Habibullo Qodiriyning qalamiga mansub "Otam haqida" deb nomlanuvchi kitobda aytilishicha1, adibning "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" singari romanlarining ashaddiy muhlislari "Obid Ketmon"
1 komhh hkpomob. KapBOH yrap, H3 ^onap. -TomKeHT: Y3aga6HHHamp, 1964. - E. 19. (O. fflaponoB
Tap^HMacn).
Scientific Journal Impact Factor
qissasi avvalgi asarlariga qaraganda "sustroq" yozilganligini hatto yozuvchining o'ziga aytishdan ham tortinmaganlar. [2]
Yozuvchining uslubiy xususiyatlari turli janr va mavzularda uning mahorati turli darajada namoyon bo'lishini qadimgi adabiyot va san'at tadqiqonchilari ham o'ziga xos yo'sinda tahlil etishga, javob topishga harakat qilganlar.
Masalan, O'rta asrlar sharq faylasufi va donishmandi Farobiy o'zining "Fozil odamlar shahri" kitobida so'z san'ati haqida fikr yuritar ekan, "...shoirlar (umuman, ijodkorlar) she'r navining ko'p turida, yo bo'lmasa faqat bir turida ijod qilishga layoqatli bo'ladilar...Bu xil odamlar chinakamiga shoirlik san'atini egallagan bo'ladilar, hatto she'r ijodiga xos bo'lgan xususiyatlardan birortasi ham -u qaysi she'r turiga aloqador bo'lmasin, baribir, bu qonun qoidalar undan qochib qutilolmaydi. .. Bu xil ijodkorlar chindan ham qobiliyatlilar deyishga sazovor bo'ladilar", deb yozgan edi.[3]
Yuqoridagi fikrlarni Komil Ikromov ijodiga nisbatan ham qo'llash mumkin. Adib qaysi mavzuga va janrga qo'l urmasin, tarixiy romanmi, urush yoki Vatan haqidagi qissami, publisistik asarmi, roman - xronikami, baribir, o'z oldiga qo'ygan maqsadga to'la erishishga harakat qiladi.
Vatan haqidagi qissalarida adibning qaysi uslubiy qirralari ko'zga yaqinroq tashlanadi? Mazkur mavzudagi asarlari nimasi bilan alohida ahamiyat kasb etidi? Biz ana shu savollarga oydinlik kiritish uchun uning yuqorida sanab o'tilgan qissalarini atroflicha tahlil va talqin etmog'imiz lozim bo'ladi.
"Karvon o'tar, iz qolar" qissasi o'zining xalqchil ruhi bilan e'tiborga sazovordir. Asar nomining o'ziyoq xalqonalik, xalqchilik asar ruhiga singdirilganidan darak beradi. Qissadagi voqealar qalamga olingan yillar singari shiddatli va suronli. Asar konfliktining o'tkirligi, syujetning o'ziga xosligi singari fazilatlar ham, avvalo, davr ruhi va tabiatidan yorqin darak beradi.
Qissa kompozisiyasi ham o'ziga xos tartibda ko'rilgan. Har bir bob alohida nomlanib, ularda qalamga olingan voqealarni yetakchi qahramonlar hayoti va taqdiri, asosiy g'oya va mavzu birlashtirib turadi. Asarning ham kattalarga, ham bolalarga moslab yozilgani ham uning ommabopligini, keng kitobxonlar tomonidan sevib o'qilishini ta'minlaydi.
2KpgHpHH X^aÔHÔymo. OTaM xa^nga. -TomKeHT: Fa^yp FynoM HOMHgara AgaÔHëT Ba caroaT HampnëTH,
3 OapoÔHH. Oo3Hn ogaMnap ma^pn. -TomKeHT: A. KognpHH HOMHgara xanrç Mepocn HampëTH, 1993. -
XULOSA
1978.
E.122
Scientific Journal Impact Factor
REFERENCES
1. Комил Икромов. Карвон утар, из колар. -Тошкент: Узадабийнашр, 1964. - Б. 19. (О. Шаропов таржимаси).
2. Кодирий Хдбибулло. Отам хакида. -Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1978.
3. Фаробий. Фозил одамлар шахри. -Тошкент: А. Кодирий номидаги хал; мероси нашрёти, 1993. - Б. 122
4. Каримов Э. Туркистон адабиёти мулокот. -1994.-№9-10.-Б.37.
5. Хранченко М.Б. Творческая индивидуальность писалетя и развитие литературы. -М.: Советский писатель, 1970. -С.13.