Научная статья на тему 'KO’CHIMGA ASOSLANGAN BARQAROR BIRIKMALAR'

KO’CHIMGA ASOSLANGAN BARQAROR BIRIKMALAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Barqaror birikma / frazeologiya / metafora / metonimiya / sinekdoxa / kontekst / frazeologik birliklar / desfemizm / evfemizm / parafraza. / stable combination / phraseology / metaphor / metonymy / synecdoche / context / phraseological units / dysphemism / euphemism / paraphrase.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xalima To’raxonovna Toshmurodova

Mazkur maqolada "Ko’chimga asoslangan barqaror birikmalar" tushunchasi tilshunoslik doirasida o‘rganilgan bo‘lib, unda bunday birikmalarning xususiyatlari, strukturasi va funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Ko‘chim asosli barqaror birikmalar ko‘pincha frazeologik iboralar sifatida ko‘rilib, ular tilning boyligi va milliy o‘ziga xosligini aks ettiradi. Maqola ushbu birikmalarni ifodalaydigan lingvistik vositalarni, ularning semantik jihatdan barqarorligi, leksik tarkibi va grammatik tuzilishini chuqur o‘rganadi. Shuningdek, ko‘chim asosli birikmalar kontekstda qanday ishlatilishi, ularning metaforik va semantik o‘zgarishlari ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu ish tilshunoslikda milliy frazeologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini yanada boyitishga hissa qo‘shadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUSTAINABLE COMBINATIONS BASED ON MOVEMENT

In this article, the concept of "stable compounds based on migration" is studied within the framework of linguistics, in which the characteristics, structure, and functional significance of such compounds are analyzed. Stable combinations with a mobile base are often seen as phraseological expressions, which reflect the richness of the language and national identity. The article deeply examines the linguistic means of expressing these compounds, their semantic stability, lexical composition and grammatical structure. Also, how the transfer-based compounds are used in the context, their metaphorical and semantic changes are also considered. This work contributes to further enrichment of theoretical and practical aspects of national phraseology in linguistics.

Текст научной работы на тему «KO’CHIMGA ASOSLANGAN BARQAROR BIRIKMALAR»

KO'CHIMGA ASOSLANGAN BARQAROR BIRIKMALAR

Xalima To'raxonovna Toshmurodova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani

o'qituvchisi

Mazkur maqolada "Ko'chimga asoslangan barqaror birikmalar" tushunchasi tilshunoslik doirasida o'rganilgan bo'lib, unda bunday birikmalarning xususiyatlari, strukturasi va funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Ko'chim asosli barqaror birikmalar ko'pincha frazeologik iboralar sifatida ko'rilib, ular tilning boyligi va milliy o'ziga xosligini aks ettiradi. Maqola ushbu birikmalarni ifodalaydigan lingvistik vositalarni, ularning semantik jihatdan barqarorligi, leksik tarkibi va grammatik tuzilishini chuqur o'rganadi. Shuningdek, ko'chim asosli birikmalar kontekstda qanday ishlatilishi, ularning metaforik va semantik o'zgarishlari ham ko'rib chiqiladi. Ushbu ish tilshunoslikda milliy frazeologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini yanada boyitishga hissa qo'shadi.

Kalit so'zlar : Barqaror birikma, frazeologiya, metafora, metonimiya, sinekdoxa, kontekst, frazeologik birliklar, desfemizm, evfemizm, parafraza.

Chirchik State Pedagogical University academic lyceum teacher of native language

In this article, the concept of "stable compounds based on migration" is studied within the framework of linguistics, in which the characteristics, structure, and functional significance of such compounds are analyzed. Stable combinations with a mobile base are often seen as phraseological expressions, which reflect the richness of the language and national identity. The article deeply examines the linguistic means of expressing these compounds, their semantic stability, lexical composition and grammatical structure. Also, how the transfer-based compounds are used in the context, their metaphorical and semantic changes are also considered. This work contributes to further enrichment of theoretical and practical aspects of national phraseology in linguistics.

ABSTRACT

SUSTAINABLE COMBINATIONS BASED ON MOVEMENT

Khalima Torakhonovna Tashmurodova

and literature

ABSTRACT

December, 2024

Key words: stable combination, phraseology, metaphor, metonymy, synecdoche, context, phraseological units, dysphemism, euphemism, paraphrase.

Barqaror birikmalarga ibora (frazeologizm)lar,tasviriy ifoda (parafraza)lar, maqol, topishmoq, aforizmlar, evfemizmlar kiradi. Bugungi kunda barqaror birikmalardan ibora, tasviriy ifoda, evfemizmlarga til birligi sifatida, maqol va topishmoqlarga esa nutq birligi sifatida qaralmoqda. Mutaxassislar aniq ilmiy mezonlarga suyanib, frazeologik birlik deb so'zlarning barcha tur turg'un birikmalarini emas, balki shulardan bir qismini oladilar. Ya'ni so'zlarning barqaror birikmasi obrazli ma'no, ko'chma ma'no anglatishi shartligini ta'kidlaydilar.

Barqaror birikmalarni so'z birikmalaridan (erkin birikmalardan) farqlash lozim. Barqaror birikmalar ko'chma ma'noli birikma bo'lib, ular ko'proq ekstralingvistik omilning ta'sirida voqelashadi. So'z birikmalari esa asosan lingvistik omil bo'lib, ularning mazmun-maqsadi aniqlikka qaratiladi.Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, ba'zi so'z birikmalari ko'chma va ekstralingvistik maqsadlar asosida turg'un birikmaga aylanishi ham mumkin: boshiga ko'tarmoq,tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq, bel bog'lamoq, bosh ko'tarmoq, qo'l ko'tarmoq,ko'z yummoq, qo'l qo'ymoq kabilar. Bu birikmalarning ham erkin, ham turg'un birikma sifatida shakllanishida matnning roli katta. Og'zi qulog'ida, to'nini teskari kiymoq, jon bermoq, oq ko'ngil, ko'ngli tog'dek o'smoq, tumshug'ini ezmoq kabi iboralarning shakllanishida esa faqat lingvistik omillar (kuzatish, harakat va holat, sezgi) asos qilib olingan.

Shu kungacha nutqimizda ishlatilib kelinayotgan barqaror birikmalar so'zni tasviriy va ta'sirchan ifodalash, jonlantirish maqsadida ishlatilsada, biroq ular alohida -alohida lingvistik hodisalardir. Barqaror birikmalar bir nechta so'zdan iiborat bo'lishi, semantik jihatdan bo'linmasligi ,alohida gap bo'lagi bo'lib kela olishi bilan bir-biriga o'xshab ketadi.

Ushbu maqolada ularning o'ziga xos farqli jihatlari borasida so'z yuritmoqdachimiz.

Nutqimizda barqaror birikmalar orasida iboralardan juda keng foydalanamiz. Iboralarda so'zlar ma'noviy butunlik uchun birlashgan - yaxlitlangan bo'ladi va bitta lug'aviy ma'no anglatadi. Iboralar bitta lug'aviy birlik sifatida qaraladi, lug'atlarda so'zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so'zlar kabi ma'no ifodalaydi. Masalan, ko'ziniyog' bosgan iborasi - «mag'rurlangan», yog' tushsayalaguday iborasi- «toza», to'nini teskari kiyib olmoq iborasi - «qaysarlik qilmoq» ma'nosini beradi. Iboralar fikmi obrazli tarzda ifodalashga xizmat qiladi.

Tasviriy ifodalar ham shakllanishi jihatdan iboralarga o'xshab ketadi,lekin tasviriy ifodada ,albatta bir so'z o'z ma'nosida

qo'llanishi bilan iboralardan farqlanadi.Masalan,oq oltin tasviriy

December, 2024

ifodasida oq so'zi o'z ma'nosida,dala malikasi(makkajo'xori)da dala so'zi o'z ma'nosida ishlatilgan.Tasviriy ifodalar predmet,narsa va hodisalarga nisbatan qo'llanib,faqat ot so'z turkumi doirasida voqelashadi.Iboralar esa holatga,harakatga nisbatan qo'llanadi,ya'ni ular fe'l,ravish so'z turkumlari bilan bog'liq bo'lgan ko'chimlardir.:toza- yog' tushsa yalagudek,quvonmoq-do'ppisini osmonga otmoq,xafa bo'lmoq-qovog'ida qor yog'moq, kabi.

Tasviriy ifodalar so'z ma'nolarining ko'chma usullaridan metafora,metonimiya,sinekdoxa usullari bilan hosil bo'ladi. Iboralarni hosil qilishda esa ma'no ko'chishining faqat metafora usulidan foydalaniladi. Bunda metaforaga xos bo'lgan shakl, rang, xususiyat belgilari kuzatilmaydi. Faqat holat va harakat belgilari uning ko'rinishi mumkin.Tasviriy ifodalar birgina so'zdan ham hosil bo'lishi mumkin: quruvchi - binokor, ayol - ojiza, xudo - egam, pillaqor - zarshunos kabi. Iboralar esa bunday xususiyatga ega emas.

Jihatlar Tasviriy ifoda Ibora

Maqsadi Go'zallik va obrazlilik yaratish Nutqni boyitish,Yanada aniqroq,ta' sirchanroq qilish

Qo'llanish joyi Adabiyot va badiiy nutq Kundalik hayot va badiiy nutq

To'g'ridan-to'g'ri ma'no Bevosita emas, obrazli Ko'chma ma'noda ishlatiladi

Tasviriy ifodalarga o'xshab ketadigan yana bir birlik evfemizlardir .Evfemizm va tasviriy ifoda bir-biridan ancha farq qiladi, chunki ularning asosiy vazifasi va qo'llanilish maqsadlari boshqacha. Quyida ularning asosiy farqlari keltirilgan: Tasviriy ifoda - bu biror narsani obrazli, badiiy yoki ko'proq tasavvur uyg'otuvchi so'zlar orqali ifodalash usuli. Bu usul ko'pincha adabiyot va san'atda ishlatiladi.Tasviriy ifodani qo'llashdan asosiy maqsad - tasavvurni boyitish, hissiyot va hayrat uyg'otish bo'lib, ko'pincha metafora, o'xshatish, jonlantirish kabi badiiy vositalardan foydalanadi.Kuchli obrazlilikni yaratadi va hissiy ta'sirni kuchaytiradi.

Masalan: Ilm zahmatkashlari - olimlar ; Ilm o'chog'i - maktab Evfemizm - bu qo'pol, noqulay yoki bexush ovoz beradigan so'z va iboralar o'rniga yumshoqroq, odobliroq yoki madaniyroq iboralarni qo'llash.Asosiy maqsad - odob saqlash, biror mavzuni muloyimroq yoki ijtimoiy jihatdan maqbulroq tarzda ifodalash bo'lib,bevosita emas, bilvosita ifoda usulidir .Evfemizmlar ko'pincha "nozik mavzular" (masalan, o'lim, qashshoqlik, ayb)

December, 2024

342

haqida gapirganda qo'llaniladi. Masalan: "Olis safarga

Jihatlar Tasviriy ifoda Evfemizm

Maqsadi Go'zallik va obrazlilik yaratish Muloyimlik va odob saqlash

Qo'llanish joyi Adabiyot va badiiy nutq Kundalik hayot va diplomatik nutq

To'g'ridan-to'g'ri ma'no Bevosita emas, obrazli Yumshatilgan, noqulaylikni kamaytiruvchi

o'nadi" (o'ldi o'rniga).

Evfemizmlarda qopolroq,uyatliroq sozni mayinriq,chiroyliroq atama bilan almashtiriladi.Iboralarda esa bunday xususiyat yoq.Evfemizmlarda ular anglatadigan birliklar ham bor.Ular ifodalaydigan zid tushuncha anglatadigan birliklar ham bor.Ular desfimizmlar deb ataladi.Masalan,o'lmoq so'zining desfimizmi yer tishlamoq,yer yutmoq,juvonmarg bo'lmoq,ko'zi tuproqqa to'lmoq ,yer bilan yakson bo'lmoq va boshqalar..Ko'rinadiki,iboralarda bunday xususiyat bo'lmaydi.

Evfemizm va desfemizm tushunchalari tilshunoslikda qarama-qarshi ma'nolarni ifodalaydi: Evfemizm so'z yoki iboralarning muloyim, yumshoq shaklda ifodalanib,ko'pincha noqulay, odobsiz yoki og'ir eshitiladigan so'zlarning o'rniga ishlatiladi.Ularni qo'llashdan maqsad tilni muloyimroq va ijtimoiy jihatdan maqbul qilish. Misollar:"Olamdan o'tdi" (o'ldi ),"Yoshi ulug'" (qarilikni nazarda tutish),"Ishdan bo'shadi" (ishdan haydaldi o'rniga).

Desfemizmlar - so'z yoki iboralarning qo'pol, qattiq shaklda ifodalanishi bo'lib,so'zlovchining o'z fikrni keskin yoki negativroq ifodalash bo'ladi.Misollar: "O'ldi" (olamdan o'tdi o'rniga)."Xaroba joy" (kichik yoki oddiy uy o'rniga)."Ishdan haydaldi" (ishdan bo'shadi o'rniga).

Evfemizm - yumshatadi va odobli ifoda beradi, desfemizm - qo'polroq va keskinroq ta'sir qoldiradi. Tilshunoslikda bu usullar gapirish uslubini moslashtirish uchun ishlatiladi.

Xullas,tilimizdagi barqaror birikmalar ko'chim asosida paydo bo'lib,ular tilning frazeologiya bo'limida o'rganiladi.Ularni tadqiq etish,bir-biridan farqlash o'zbek tilini o'qitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES 1.Sh.Rahmatullayev O'zbek tilining frazeologik lug'ati T,1992

2.N.Erkaboyeva O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami T,2023

3.D.Andaniyozova Hozirgi o'zbek adabiy tili T ,2016

December, 2024

343

4. Mengdobilova, M. Q. (2024). METHODS OF TEACHING SCIENCE "EDUCATION" IN THE CONDITIONS OF MULTIFACETED DEVELOPMENT OF THE COUNTRY. European Science Methodical Journal, 2(6), 103-107.

5. Mengdobilova, M. Q. (2024). TARIX FANINI O „QITIShNING MUAMMOLARI. PEDAGOG, 7(3), 615-618.

6. Mengdobilova, M. Q. (2022). TEACHING THE SCIENCE OF «EDUCATION» IN THE CONDITIONS OF GLOBALIZATION AS A NEED AND A NECESSITY. Theoretical & Applied Science, (7), 131-134.

Q • C

9 ©

©

O

December, 20241 Multidisciplinary Scientific Journal

©

344

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.