Научная статья на тему 'KISLORODLI ORGANIK BIRIKMALAR BO'LIMINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

KISLORODLI ORGANIK BIRIKMALAR BO'LIMINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5076
611
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kimyo / kislorodli organik birikmalar / so’z xaritasi / kelajakdagi davriy jadval elementlar semantik tahlili / elementlarning turli oqim diagrammasi / atom energiyasi taqqoslash matritsasi / Chemistry / organic compounds of oxygen / word map / semantic analysis of future periodic table elements / different flow diagram of elements / atomic energy comparison matrix

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muyassar Sharipovna Norberdiyeva

Ushbu maqolada kimyo fanida kislorodli organik birikmalar bo'limini o’qitishda dars jarayonida turli xil innovatsion va pedagogik texnologiya, grafik tuzilmalar, metodlardan o’rinli, maqsadli, samarali foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish namoyon etilgan. Shuningdek,ushbu bo’lim metodikasini takomillashtirish masalasi tahlil etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING METHODS OF TEACHING BRANCH OF ORGANIC COMPOUNDS OF OXYGEN

This article demonstrates the effective use of various innovative and pedagogical technologies, graphic structures, methods in the teaching branch of oxygenated organic compounds in chemistry to increase the effectiveness of the educational process.Thus, the issue of improving the methodology of this section is also analyzed

Текст научной работы на тему «KISLORODLI ORGANIK BIRIKMALAR BO'LIMINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

KISLORODLI ORGANIK BIRIKMALAR BO'LIMINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Muyassar Sharipovna Norberdiyeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kimyo fanida kislorodli organik birikmalar bo'limini o'qitishda dars jarayonida turli xil innovatsion va pedagogik texnologiya, grafik tuzilmalar, metodlardan o'rinli, maqsadli, samarali foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish namoyon etilgan. Shuningdek,ushbu bo'lim metodikasini takomillashtirish masalasi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Kimyo, kislorodli organik birikmalar, so'z xaritasi, kelajakdagi davriy jadval elementlar semantik tahlili, elementlarning turli oqim diagrammasi, atom energiyasi taqqoslash matritsasi.

IMPROVING METHODS OF TEACHING BRANCH OF ORGANIC

COMPOUNDS OF OXYGEN

Muyassar Sharipovna Norberdiyeva

Teacher of the Department of Methods of Teaching Chemistry, TSPU named after Nizami

ABSTRACT

This article demonstrates the effective use of various innovative and pedagogical technologies, graphic structures, methods in the teaching branch of oxygenated organic compounds in chemistry to increase the effectiveness of the educational process.Thus, the issue of improving the methodology of this section is also analyzed.

Keywords: Chemistry, organic compounds of oxygen, word map, semantic analysis of future periodic table elements, different flow diagram of elements, atomic energy comparison matrix.

Kimyo, doimiy tajribalardan iborat fandir: uning xulosalariga ma'lumotlar orqali erishiladi va uning tamoyillari dalillar bilan tasdiqlanadi.

Maykl Faraday, ingliz kimyogari

KIRISH

Tа'lim sоhаsidа оlib bоrilаyotgаn kеng ko'lаmli islоhоtlаr, tа'lim mBzmunini tаkоmillаshtirishgа оid qаbul qilingBn qаrоrlаr tа'limni hаyot bilаn bоg'lаshni, o'qitish sаmаrаdоrligini оshirishni, tеz tаrаqqiy etib bоrаyotgаn jаmiyat uchun hBr tоmоnlаmа rivоjlаngаn bаrkаmоl аvlоdni tаrbiyalаb yеtishtirishni tаlаb etmoqda. Shu o'rindа,fan sohalaridan kimyo fani tа'lim jаrаyonigа yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning kirib kеlishi vа qo'llаnishi dаvr tаlаbi bilаn bеvоsitа bоg'liqdir. Kimyo fanini umumiy o'rta ta'limda va oliy ta'limda o'qitishda o'quvchilаrdа shахsiy dunyoqаrаsh vа e'tiqоd shаkllаnаdi. Kimyo fanini o'qitishdа bеlgilаngаn bilim, ko'nikmа vа mаlаkаlаrni egаllаsh, fаоliyat davomida uchraydigan turli yo'nаlishdаgi qiyinchiliklаrni yеngishda, ya'ni yakkа tаrtibdа, hamkorlikda, juftlikdа vа guruhlаrdа ishtash kаbi texnologiya va mеtоdlаrdan foydalanish jаrаyonidа o'quvchi shахs sifаtidа shаkllаnib bоrishida bir tayanch. Kimyoviy bilimlarni egallashda o'qituvchi intеrfаоl mеtоdlаrdаn mаvzugа muvоfiqini tаnlаy bilishi muhim hisоblаnаdi. O'qituvchi intеrfаоl mеtоdlаrdаn аvvаlо оddiydаn murаkkаbgа o'tish nаzаriyasigа аmаl qi^n hоldа fоydаlаnishi zarur.

Ushbu nаzаriyagа аsоsаn dаrs jаrаyonidа qo'llаnilayotgаn оddiy mеtоdlаrgа quyidаgilаrni kiritishimiz mumkin. Hamkorlikda ishlash texnologiyasining metodlaridan: komandada ishlash va kichik guruhlаrdа ishlаsh metodi, shunigdek, juftliklаrdа ishlаsh, jаmоа bi^ ishlаsh, «Aqliy hujum», «Köster» usul^n, Murаkkаb mеtоdlаr qаtоrigа BBB, mаtnni tаhlil qilish, zigzаg, Ven diаgrаmmаsi, Rezume kаbilаrni kiritish mumkin. Bugungi kun o'qituvchisi XXI аsr qiyofаsini o'zidа to'lа shаkllаntirgаn, o'z sоhаsi emаs, bаlki fаnlаrаrо bоg'lаnishni tа'minlаsh uchun butun bir sоhаning bilimdon egаsi, nutqi rаvоn, izchil, so'zi bi^ аmаli bir, jаmiyatdа bаrkаmol, e'tiqodi butun, mа'nаviy mаfkurаsi keng, fikri vа zikri sog'lom, bаrkаmol fаrzаndlаrni tаrbiyalovchi mukаmmаl inson bo'lmog'i zarur.Ilg'or pedаgogik texnologiya, ya'ni interfaol usullar аsosidа tаshkil etilgаn dаrslаr o'quvchilаr bilimlаrini yaxlit o'zlаshtirilishigа ko'mak beradi, o'quvchi tаfаkkurini rivojlantiradi, mustаqil, ijodiy fikrlаshgа o'rgаtаdi. Shuning uchun interfaol ta'lim va usullarini tahlil qilish, dars jarayoniga tadbiq etish amaliy ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Organik birikmalar odamlarga qadimdan ma'lum bo'lib, ular o'simliklardan toza holda etil spirtini, sirka kislotani, ba'zi bir bo'yoqlarni ajratib olishni bilganlar. Keyinchalik odamlar sovun pishirish, matolarni bo'yash jarayonini va boshqalarni o'rganganlar. Lekin ajratib olingan organik moddalar aralashma holida bo'lgan. Organik moddalar faqat XVIII asming oxiridagina sof holda, masalan, mochevina, vino, olma va limon kislotalari olingan.

Kislorodli organik birikmalar bo'limini o'rganar ekanmiz, hozirda kimyo fanida kislorodli organik birikmalarni turli o'qitish metodlari orqali yondashib, takomillashtirish mumkin. Tarkibida kislorod atomi bo'lgan alifatik birikmalarga spirtlar, aldegid va ketonlar, karbon kislotalar, oddiy va murakkab efirlar kiradilar. Uglevodorodlardagi bitta yoki bir nechta vodorod o'rniga «OH» - gidroksil guruhining almashinishidan hosil bo'lgan organik birikmalarga spirtlar deyiladi. Gidroksil guruhining soniga qarab spirtlar bir atomli, ikki atomli, uch atomli va hokazo ko'p atomli bo'lishlari mumkin. Shunday ekan, spirtlar mavzusida sinflararo yondashuv va sinfning vakillari o'rtasida bo'glanish va kimyoviy xususiyatlar asosida o'qitish vositalarini qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ingliz kimyogari Gimaraesning (2009) fikriga ko'ra, dars jarayonida ta'limdagi tajribalar natijasini kontekstualizatsiya qilish metodi ya'ni namoyon etish, aks etirish tadqiqot savollarini bartaraf etishni takomillashtirishga imkon beradigan haqiqiy muammolarni yechish uchun samarali strategiya bo'lishi mumkin. Ushbu metodikaning o'ziga xos qiziquvchan tomoni, odatda maktablarda uchraydigan translyatsiyani qabul qilish mazmuniga ustuvor ahamiyat beradigan ta'lim amaliyotini ajratib turadigan muhim nuqta bo'lishi mumkin (Grigorevna, 2015).

Bundan tashqari, grafik tuzilmalardan ta'lim metodida o'qitish uslubi sifatida foydalanilish, tushunchalarning tashkil etilishi yoki tuzilishini hamda tushunchalar o'rtasidagi munosabatlarni ko'rsatadigan tomoshabop tasvir bo'lib xizmat qiladi. Grafik tuzilmalardan samarali foydalanish, o'quvchilarning kimyo fanidagi mavzuga oid g'oyalarni bog'lashda yordam beradigan ajoyib uslub va ularni o'quv materialining mantiqiy tuzilishini yetkazish o'quv materiallaridan biri hisoblanadi. Grafik tuzilmalar o'quvchilarga bilimlarini tartibga solishda yordam beradi va ularni mavzu va uning kontseptsiyalarini muhokama qilishda faol ishtirok etishga undaydi. Shu sababli, grafik tuzilmalardan foydalanish talabalar uchun mavzularning muammoli bo'lishi sababli tushunilishi qiyin bo'lgan matnlarni tushuntirishga yordam beradi

(Gil-Garsiya va Xoakin, 2003). Grafik tuzilmalardan dars mashg'ulotlarining kirish,asosiy va yakuniy qismida foydalanish mumkin.

Dars mashg'ulotlarida kognitiv yondashuv orqali o'qitish ma'lumotlarning qanday qayta ishlanishi va xotirada qanday tuzilishini tushunishga intilishga ko'makalshadi. (Vaynshteyn va Mayer, 1986, Dye, 2000). Wills and Ellis (2008) shuni ko'rsatadiki, bir nechta kognitiv nazariyalar, ayniqsa, o'quvchilarga ma'lumotni qayta ishlash va saqlashga yordam berishda grafik tuzimalardan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ular sxema yoki tuzilma nazariyasi, ikkilangan kodlash nazariyasi va kognitiv yuk nazariyasi o'quv jarayonini qo'llab-quvvatlovchi grafik tuzilmalar mavzu va ma'lumotlarni tushuntirish uchun asos yaratishini ta'kidlaydilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'lim jarayonida kimyo fani dars jarayonini tashkil etishda qo'yiladigan muhim talablardan yana biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish asosida ma'lum faoliyat ko'nikma va malakalarni shakllantirish,faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baholash o'qituvcjidan yuksak pedagogik maxoratni, ta'lim jarayonida nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarning o'quv vav ijodiy faolliklarini oshiruvchi,ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchipedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir katta tajraibalar to'planib, ushbu tajribalar asosini metodlar,grafik tuzilmalar tashkil qiladi.

Grafik tuzilmalardan dars mashg'ulotida foydalanishda, avvalambor mavzuni tanlash va tahlil etish asosiy qo'shimcha vositadir. Keyinchalik esa, kimyo fanidan mavzuga oid mavhum kimyo tushunchalari yoki talabalar tushunishi qiyin bo'lgan tushunchalar tanlanadi.

Hozirda kimyo fanidan dars jarayonida metod sifatida qo'llanilib kelinayotgan grafik tuzilmalar quyidagilardir:

• So'z xaritasi

• Atom energiyasi taqqoslash matritsasi

• Molekulalararo kuchlar o'rgimchak xaritasi

• Baliq suyagi galvanik elementi

• Ijobiy va salbiy foizlar diagrammasi

• Natija-samara diagrammasi

• Tushunchalar xaritasi

Ushbu grafik tuzilmalar shakllaridan foydalanish usullari namunasi quyidagicha misollar bilan berilgan: a)So'z xaritasi grafik tuzilmadan dars jarayonida foydalanish orqali o'quvchilar tanqidiy fikrlash qobiliyatlari va oldingi bilimlarini takrorlab, ushbu so'z xaritasi grafik tuzuvchisidagi yangi so'zlar orasidagi aloqalarni o'rnatadilar.

So'z xaritalari, ayniqsa mavhum tushunchalar va akademik so'zlar uchun foydalidir.

Probirka(Sinov naychasi)ga oid so'z xaritasining namunasi keltirilgan. Bunda kimyoviy jarayondagi barcha elementlar to'g'risida ma'lumotlar beriladi.

b) Kelajakdagi davriy jadval elementlar semantik tahlili.

Ushbu grafik tuzilmada yangi kimyoviy elementlar to'g'risida ma'lumotlar berilib,o'quvchilar bilimi elementning qaysi o'rinda joylashganligi jadvalga yozishi orqali tekshiriladi. Jadvalni to'ldirish o'quvchilar bilim salohiyati va fanni o'zlashtirishiga qarab,jadval yacheykalari taqsimlab beriladi. O'quvchilarning elementlarni qay darajada bilishlari ushbu grafik tuzilma orqali baholanadi.

c) Elementlarning turli oqim diagrammasi

Bobilliklar iniloddan awalgi 2700 yilda sharob ma'biidasiea sig'inishgan Yunonistond maslihurlikka eri: birinchi alkog< ichimliklardan b mead, a sal va su tayyorlangaj fermentlangan ici edi.

Olimlar Xitoyda loydau ya salgan idishlardagi qoldiqlarda oda miar acliitilgan giniich, tariq, uzum va asaldan

Miloddan awalgi 4000yildan 6000 yilgacha spirl I ichimliklarni erta iste'mol qilishning qat'iy dalillari qadimgi kimyoviy qoldiqlarni talilil qilislidan kelib chiqadi. Hozirgacha ilk bor spirt eng qadimgi Xitoyda yaratilgan degan taxminlar mavjud, Sanalar arxeologik yozuvlarda keyinchalik spirtLi ichimliklar tayyorlash uchun ishlatilgan o'simlik yoki hosilning qachon paydo bo'lishiga asoSiangan faktlar bor.

aLkogolli icliimlik tayyorla shganlarini aniqlashgan.

Ushbu grafik tuzilmadan mavzuni yoritishda yoki tajribada g'oyalar, fikrlarning rivojlanishini ko'rsatish uchun oqim diagrammasidan foydalaniladi. Har qanday muammoni hal qilish uchun oqim sxemalari, mantiqiy qadamlar vizual tarzda ramz yoki belgi sifatida ifodalanadi.

Metodlardan esa, "Ijodiy ish" metodini o'rganib tahlil etar ekanmiz,suhbu metod o'quvchilarni ijodiy faollikka undaydi. Nazariy bilimlar asosida mavzu mohiyatini ijodkorona yoritish,yoki mavzuga oid laboratoriya mashg'ulotlari mavzusini yangicha talqin etish ko'nikmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.Uni qo'llashda o'quvchilar erkinligi ta'minlanadi, mustaqil fikrlashlari uchun imkoniyat yaratiladi. Mavjud bilimlariga tayanib o'rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib beradi. Ushbu metoddan kimyo faniga oid barcha mavzularda foydalanish mumkin.

"Gugurt donalari" metodi,ushbu metod yangi o'quv materialining mavzusidan kelib chiqqan holda turli muammoli masala yoki vaziyatlarni yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ularni izohlash,tahlil qilish, ta'riflashda yordam beradi.Ushbu metodni qo'llash quyidagicha:

• O'qituvchi o'quvchi(talaba)larga gugurt donalari yoki oddiy cho'plardan istagancha tanlab olishni taklif etadi.

• O'quvchi o'z xohishiga ko'ra tanlab oladi.

• Har bir o'quvchi(talaba) tanlangan gugurt donalari yoki oddiy cho'plar soniga ko'ra mavzuga oid tayanch tushunchalarni ya'ni "Kislorodli organik birikmalar" mavzusiga oid tushunchalarni ajratib ko'rsatib, ularning har biriga izoh beradi.

"Zinama zina" metodi o'quvchi(talaba)larda o'rganilayotgan mavzuni kichik mavzularga ajratilgan holda rasm,tasvir,jadval yoki slaydlar asosida ko'nikmalarini shakllantirishdir.Shuningdek, ushbu metod o'rganuvchilarda mavzuni o'rganishga ijodiy yondashish, shaxsiy fikr, o'zlashtirilgan tushunchalar tasviriy ko'rinishlarda

ifodalash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

O'rganilayotgan mavzu muayyan qismlarga ajratilib, alohida qog'ozlarda ifodalanadi._

O'quvchi talabalar Idchik gurahlarga biriktiriladi.

Har bir gumhga muayyan qismdagi matii taqdim etiladi.

Guruhlar o'zlariga berilgan qism matni bilan tanishib,uning mohiyatini belgilangan vaqt ichida markerlar yordamida rasm,tas vir,jadval yoki slaydlar shaklida ifoda etadi._

Belgilangan vaqt tugagach,guruhning bir nafar a'zosi o'zi bajargan ish bilan jamoani tanishtiradi._

Barcha gunihlarning islilan o'rganilgacjamoa tomonidan o'zlashtirilgan mavziuiing umumiy obrazi kichik mavzular mohiyatini yorituvchi rasm,tasvirjadval yoki slaydlar asosida mantiqiy ketma-ketlikda yozuv taxtasida zinama-zina ko'rinishda joylashtiriladi._

O'qituvchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ishlarga izob berib,zarur o'rinlarda n arga o'zgartirishlar kiritadi._

Gnnihlarning ishlari ularning mazmnni,sifati va dizayniga ko'ra baholanadi. Baholash rangli kartochkalar vositasida amalga oshiriladi._

Mashg'ulotlarda metodni qo'llashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, kimyo fanida kislorodli organik birikmalar bo'limini o'qitishda dars jarayonida turli xil innovatsion va pedagogik texnologiya, grafik tuzilmalar, metodlardan o'rinli, maqsadli, samarali foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini va o'quvchi (talaba) larning fanga bo'lgan qiziqishini va muloqotga kirishuvchanligi, jamoaviy faoliyat yuritishi, mantiqiy fikrlashi, mavjud g'oyalarni sintezlashi, tahlil qilishi, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalashi uchun keng imkoniyatlari yaratilishi aniqlandi.

REFERENCES

1. Chemical properties of Oxygen, Lenntech. Accessed January 25, 2008. "Oxygen is reactive and will form oxides with all other elements except helium, neon, argon and krypton."

2. Dye, G. (2000) "Graphic Organizers to the Rescue." Teaching Exceptional Children, pg. 1-6.

3. Wills, s. & Ellis, E. (2008). Theoretical and Empirical Basis for Graphic Organizer Instruction. Retrieved June 30, 2017.

4. Strangman, N., Vue, G., Hall, T., & Meyer, A. (2004). Graphic organizers and implications for universal design for learning. Wakefield, MA: National Center on Accessing the General Curriculum. (Links updated 2014).

5. Д.Рузиева, М.Усмонбоева, З.Хрликрва "Интерфаол методлар: мохияти ва к;улланилиши"-Тошкент,2004

6. Панфилова А. П. Инновационные педагогические технологии : Активное обучение / Учебное пособие.-Москва:Издательский центр "Академия",2009.

7. Jan Apotheker. Teaching Chemistry.A Course Book. De Gruyter.2019

8. W. Segerblom. Methods and helps in teaching high school chemistry. Maine Teachers Association, at Portland, October, 1923

9. Seery M. Talking Technology. Education in Chemistry.2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.