Научная статья на тему 'KISLOROD -TIRIKLIK ASOSI VA ZAMONAVIY FAN UCHUN AHAMIYATI'

KISLOROD -TIRIKLIK ASOSI VA ZAMONAVIY FAN UCHUN AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kislorod / atmosfera / oksidlanish / fotosintez / tibbiy kislorod / sanoat gazlari / ekologik barqarorlik / hayot asoslari / yonish jarayoni / zamonaviy texnologiyalar .

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xurramova Sayhuna

Kislorod hayot uchun asosiy elementlardan biri bo’lib ,biologik , kimyoviy va texnologik jarayonlarda muhim rol o’ynaydi .Ushbu maqolada kislorodning kashf etilish tarixi , fizik -kimyoviy xususiyatlari , yer atmosferasidagi o’rni va biologic jarayonlardagi roli ko’rib chiqilgan . Shuningdek , sanoatdagi qo’llanilishi , ekologik muammolar va kelajakdagi tadqiqot yo’nalishlari haqida malumot berilgan. Kislorodning tibbiyot va energetikadagi ahamiyati ham tahlil qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KISLOROD -TIRIKLIK ASOSI VA ZAMONAVIY FAN UCHUN AHAMIYATI»

KISLOROD -TIRIKLIK ASOSI VA ZAMONAVIY FAN UCHUN

AHAMIYATI

Xurramova Sayhuna

Termiz Davlat Pedagogika Institutining '' Tabiiy va aniq'' fanlar fakulteti kimyo yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14676871

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Yanvar 2025 yil Ma'qullandi: 15- Yanvar 2025 yil Nashr qilindi: 17- Yanvar 2025 yil

Kislorod hayot uchun asosiy elementlardan biri bo'lib ,biologik , kimyoviy va texnologik jarayonlarda muhim rol o'ynaydi .Ushbu maqolada kislorodning kashf etilish tarixi, fizik -kimyoviy xususiyatlari, yer atmosferasidagi o'rni va biologic jarayonlardagi roli ko'rib chiqilgan . Shuningdek , sanoatdagi qo'llanilishi , ekologik muammolar va kelajakdagi tadqiqot yo'nalishlari haqida malumot berilgan. Kislorodning tibbiyot va energetikadagi ahamiyati ham tahlil qilinadi.

KEY WORDS

Kislorod , atmosfera , oksidlanish , fotosintez , tibbiy kislorod , sanoat gazlari , ekologik barqarorlik , hayot asoslari , yonish jarayoni , zamonaviy texnologiyalar..

Kislorod 1774-yilda ingliz kimyogari Jozef Pristli va mustaqil ravishda shved olimi Karl Sheele tomonidan kashf etilgan . Keyinchalik fransuz olimi Anton Lavauzye uni ''oksigen '' deb atab, uning yonish jarayo nidagi ahamitatini ilmiy jihatdan asoslab berdi. O- Mendeleyev davriy sistemasining 6 guruhiga mansub kimyoviy element . Tartib raqami 8, atom massasi 15,9994. Kislorod tabiatda eng ko'p tarqalgan element . Massasi jihatidan Yer po'stining 47% ini , suvning 85,82% ni , atmosfera havosining 23,1% ini tashkil qiladi. Kislorod juda ko'p ( 1400 tacha ) mineral hosil qiladi . Tirik organizmlarda 70% atrofida Kislorod bor , u ko'pgina organik va anorganik birikmalar tarkibiga kiradi . Fiziologik jarayonlarda , ayniqsa , nafas olishda juda muhim rol o'ynaydi . Odam tincxh turganda sutkasiga 300l , jismoniy ish qilganda 10-15 marta ko'p kislorod sarf qiladi. Sarflangan kislorod miqdorini yashil o'simliklar tiklab turadi . Kislorod yonish , achish ,chirish jaroyonlarida ishtirok etadi , yoqilg'ilarning yonishi uchun butun dunyoda har yili 9-10 t kislorod sarf bo'ladi . Kislorod atomining elektron qavati 2 ta ichki va tashqi elektrondan iborat .

Fizik xossalari : Kislorod rangsiz , hidsiz va ta'msiz gaz . -182,9 ' da zichligi 1,14g /sm 3 bo'lgan havorang suyuqlikka aylanadi . -218.7 ' tempuraturada esa qotib , ko'k kristal hosil qiladi

Kimyoviy xossalari : Kislorod eng faol ( ftordan keyin ) metalmas element , yengil inert gazlardan boshqa hamma elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi . Ko'p elementlar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi , og'ir inert gazlar , galogenlar , oltin va platina bundan mustasno . Kislorod boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganda - oksidlanish reaksiyalarida issiqlik ajraladi . Odatdagi tempuraturada Kislorod Vodorod bilan nihoyatda sekin reaksiyaga kirishadi , 550 ' da esa reaksiya portlash bilan davom etadi :2 N2+ O2 =2N2O . Oltingugurt , uglerod , azot fosfor bilan normal sharoitda juda sekin reaksiyaga kirishadi , tempuratura oshirilganda reaksiya tezlashadi , element qizigach , yona boshlaydi. Kislorod

deyarli hamma metallarni , ayniqsa , ishqoriy va ishqoriy -yer metallarni oson oksidlaydi . Kislorodning moddalar bilan reaksiyaga kirishishida suv muhim rol o'ynaydi . Masalan , kaliy o'ta faol metall bo'lishiga qaramay , suvsiz sharoitda kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi , lekin ozgina suv bug'lari tasirida odatdagi tempuraturada kaliy kislorodda yona boshlaydi . Kislorod metallarni oksidlab , korroziyaga sabab bo'ladi . Ba'zi metall oksidlari kislorod bilan birikib , peroksid birikmalarni beradi . Muhim issiqlik manbai - uglevodorodlarning kislorodda yonishi sanoat va turmushda katta ahamiyatga ega . Hujayralarda oziq moddalarning kislorod bilan oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya manbai . Kislorod olishda : kimyoviy , elektroliz va fizik usullaridan foydalaniladi . Kimyoviy usul ancha ilgari kashf qilingan . Bunda Bertoli tuzi qizdirilganda parchalanib , toza kislorod ajralib chiqadi . Bu usulda olingan kislorodning tannarxi qimmat va kam samarali bo'lgani uchun faqat labaratoriyada qo'llanadi . Elektroliz usulida suvdan o'zgarmas elektr toki o'tkaziladi . Elektr o'tkazuvchanlikni oshirish uchun suvga o'yuvchi natriy eritmasi qo'shiladi . Bunda suv kislorod va vadorodga parchalanadi .

Fizikaviy usul : Kislorod hozirgi vaqtda , asosan , havoni parchalash yo'li bilan olinadi . Gazsimon havoni parchalash luda qiyin , shuning uchun uni o'ta sovutib suyltirish , so'ngra tarkibiy qismlarga ajratish kerak. Gazsimon kislorod po'lat ballon va ressiverlarda 150 yoki 420 atm bosim ostida , suyuq kislorod metalldan yasalgan Dyuar idishlari yoki maxsus sisterna - tanklarda tashiladi va saqlanadi .

Metallurgiyada va metallarni gaz alangasi bilan ishlash jarayonida payvandlash , sirt yuzani toblash , shuningdek , aviatsiya , suv osti kemalarida texnik kislorod ishlatiladi . Texnologik kislorod esa kimyo sanoatida su'niy suyuq yoqilg'i , Surkov moylari , nitrat va sulfat kislota , metanol , ammiak va ammiakli o'g'itlar , metall peroksidlari olishda qo'llanadi . Suyuq kislorod portlatish ishlarida , reaktiv dvigetellarida va sovutuvchi vosita sifatida labaratoriyalarda ishlatiladi . Sof kislorod katta balandliklarda , kosmik parvoz paytida , suv ostida nafas olish uchun va tibbiyotda davolash maqsadida qo'llaniladi. Kislorod o'simliklar tomonidan karbonat angdrid va suvdan hosil q.....

C 2 H 12Ü6 + 6O2 = 6CO2 +6H 2 O + energiya

Kislorodning olinishi sanoat va laboratoriya usullarida turli xil jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Quyida asosiy usullar keltirilgan:

1. Havoni ajratish yo'li bilan kislorod olish

Bu usul sanoatda keng qo'llaniladi. Quyidagi bosqichlardan iborat: Havoni suyuqlantirish: Havo juda past haroratda (-200°C) suyuqlantiriladi. Fraksion distillatsiya: Suyuq havodagi azot va kislorod turli qaynash haroratlariga ega bo'lgani uchun ularni ajratish mumkin.

Kislorod gaz holatiga o'tkazilib, saqlanadi yoki siqib idishlarga joylanadi.

2. Elektroliz usuli

Suvning elektrolizi yordamida kislorod va vodorod olinadi: 2H_2O = 2H_2 + O_2

3. Kimyoviy reaksiyalar orqali

Kaliy permanganat (KMnO4) yoki boshqa oksidlovchi moddalar qizdirilganda: 2KMnO 4 = K 2 MnO 4 + MnO 2 + O 2

6CO2+ 6H2O+nur = C6H12O6 + 6O2

Tirik organizmlar kislorodni metabolism uchun ishlatadi :

2H 2 O 2 {MnO_2} 2H 2 O + O_2

4. Fotosintez jarayoni

Tabiatda o'simliklar fotosintez jarayonida quyosh energiyasidan foydalanib kislorod ajratadi:

6CO 2 + 6H 2 O {quyosh nuri} C 6 H 12 O 6 + 6O 2

5. Zichitilgan kislorod usuli

Ba'zi minerallar yoki birikmalardan (masalan, baryum peroksid) termik parchalanish yordamida kislorod olinadi: 2BaO2 = 2BaO + O2

Har bir usul maxsus sharoit va maqsadga qarab qo'llaniladi. Masalan, sanoatda ko'proq havoni ajratish usuli, laboratoriyalarda esa kimyoviy va elektroliz usullari keng qo'llaniladi.

Ekologik muammolar :

Atmosferaning ifloslanishi :Kislorod miqdorining kamayishi va karbonat angdrid miqdorining ortishi iqlim o'zgarishiga olib kelmoqda

O'rmonlar kesilishi : Fotosintez jarayonini sekinlashtiradi , natijada atmosferadiga kislorod kamayadi .

Havoning tozaligi : Kislorod filtrlash texnologiyalari sanoat zonalarida muhim ahamiyatga ega .

Kimyoviy reaksiyalarni o'rganish nafaqat ularning nazariy jihatlarini tushunish uchun balki ularni amaliyotga tatbiq etish uchun ham muhimdir . Sanoat , tibbiyot va ekologiya sohalarida ularning roli katta . Kelajakda ''yashil kimyo ''texnologiyalarini rivojlantirish , xavfsizlikni ta'minlash va ekolgik barqarorlikni oshirish dolzarb vazifa bo'lib qoladi .

Foydalangan adabiyot

1.Pristli J. Kimyoviy elementlarning kashf etilishi '' (1774)

2.Lavoisier A. ''yonish jarayonining nazariyasi '' (1789)

3. Atkins P. Jones L '' Kimyo :Asosiy prinsiplar " (2018 )

4. Brown T . , LeMay H. "Umumiy kimyo :"Tuzilish va xossalar " (2019)

5. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim vazirligi . "Kimyo asoslari "

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.