Научная статья на тему 'KIMYOVIY VOSITALARDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH: MEVASABZAVOT EKSPORTINI ISTIQBOLINI BELGILAYDI'

KIMYOVIY VOSITALARDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH: MEVASABZAVOT EKSPORTINI ISTIQBOLINI BELGILAYDI Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

162
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meva-sabzavot / Karbofuran / pestitsid / Xlorpirifos / Baron / Pirineks / doza / Inxlorpirifos. / fruits and vegetables / Carbofuran / pesticide / Chlorpyrifos / Baron / Pyrinex / dose / Inchlorpyrifos.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — N. T. Nishonov, B. Samiev

Ushbu maqolada Respublikada etishtiriladigan meva-sazavotlarni etistirishda kimyoviy preparatlardan foydalanish tartibi va Evropa va Osiyoni ayrim davlatlarida taqiq qo‟yilgan kimiyoviy moddalar haqida ma‟lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information about the procedure for using chemical preparations in the cultivation of fruits and vegetables grown in the Republic and about chemicals banned in Europe and some of countries Asia

Текст научной работы на тему «KIMYOVIY VOSITALARDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH: MEVASABZAVOT EKSPORTINI ISTIQBOLINI BELGILAYDI»

g

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development in Uzbekistan

KIMYOVIY VOSITALARDAN TO'G'RI FOYDALANISH: MEVA-SABZAVOT EKSPORTINI ISTIQBOLINI BELGILAYDI

N. T. Nishonov

ToshDAUSF agrokimyo dotsenti

B. Samiev

ToshDAUSF agrokimyo magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Respublikada etishtiriladigan meva-sazavotlarni etistirishda kimyoviy preparatlardan foydalanish tartibi va Evropa va Osiyoni ayrim davlatlarida taqiq qo'yilgan kimiyoviy moddalar haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: meva-sabzavot, Karbofuran, pestitsid, Xlorpirifos, Baron, Pirineks, doza, Inxlorpirifos.

This article provides information about the procedure for using chemical preparations in the cultivation of fruits and vegetables grown in the Republic and about chemicals banned in Europe and some of countries Asia.

Keywords: fruits and vegetables, Carbofuran, pesticide, Chlorpyrifos, Baron, Pyrinex, dose, Inchlorpyrifos.

O'zbekistonning tabiati, iqlim sharoitlari, mavjud mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va geografik joylashuvi yuqori sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish va ularning tashqi bozorlarga eksportini rivojlantirishda ulkan salohiyatga ega. Hozirgi kunda O'zbekistonda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun ko'p ishlar qilinmoqda, ammo ishlab chiqarish hajmining o'sishi avtomatik ravishda eksport hajmini ko'payishiga olib kelmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xalqora bozorlarni organish shuni ko'rsatdiki, eksportda avvalom bor, potensial iste'molchiga qaysi mahsulot kerakligini

ABSTRACT

KIRISH

va uning talab ehtiyojlarini bilish kerak bo'ladi. Masalan

October 5-6

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative

o'simliklarni himoya qilishda ishlatiladigan pestitsidlardan Karbofuran qishloq xo'jaligida, ayniqsa, turli ekinlarning tuproqda yashovchi zararkunandalariga qarshi kurashda keng qo'llaniladi. Buning uchun u urug'larni dorilab ekishda ishlatiladi -ildiz tizimini va ko'chatlarni o'simlik zararkunandalaridan himoya qilishga ishlatiladi. Karbofuranga asoslangan vositalar odamlar uchun xavfning birinchi sinfiga kiradi. SHu sababli O'zbekistonda bunday pestitsidlarni ishlatish uchun ro'yxatga olinmagan, lekin generic maxsulotlarni ishlatilishi maxsulotga katta xavf soladi. Xavflilik darajasi o'rtacha yoki kam bo'lgan pestitsidlarni noto'g'ri ishlatish natijasida belgilangan texnik talablar yoki qoidalarga amal qilmasdan foydalanilganda maxsulot yaroqsiz, importyor talablariga javob bermay qolishi mumkun.

Ikkinchi bir preparat Xlorpirifos pestitsidlari qishloq xo'jalik ekinlarining so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalaridan himoya qilish uchun ishlatiladigan fosforoorganik preparat hisoblanib issiqqonlilar uchun ikkinchi sinf guruhuga kiruvchi xavfli birikma hisoblanadi. SHu sababdan Evropa komissiyasi 2020-yil 10-yanvarda rasman qaror qabul qilgan bo'lib, Evropa Ittifoqiga a'zo davlatlar qishloq

xo'jaligida qo'llashni taqiqlagan edi, 2023-yil 1-maydan boshlab Malayziya qishloq xo'jaligi vazirligi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida karbofuran va xlorpirifos asosidagi pestitsidlarni ishlab chiqarish, tarqatish, sotish va ulardan foydalanishniga taqiq belgiladi. Bunday taqiqlarning asosiy sababi xloropirifosning gentoksik (genlarni zaharlash) xusuyatiyati, uning ekinlarda noto'g'ri ishlatilishi natijasida sabzavot va mevalarda qoldiq darajasi maksimal yuqori bo'lganligi hisoblanadi. SHu bois Evropa va Osiyoning ayrim davlatlarida bunday pestitsidlarga taqiqlarning o'rnatilishiga sabab bo'ldi. O'zbekistonda qishloq xo'jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishda ularni zararkunandalardan himoya qilishda ishlatiladigan tarkibida Xlorpirifos tasir etuvchi moddasi bor (Baron 48% k.e, Pirineks 48% k.e, Inxlorpirifos 480 g/l ke,) pestitsidlarni ishlatish Evropa va boshqa taqiq o'rnatilgan davlatlarga qishloq xo'jalik maxsulotlarini eksport qilishga to'siq bo'lish ehtimoli katta bo'lib qolmoqda.

October 5-6

875

g

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development in Uzbekistan

XULOSA

Bu to'siqni oldini olishda bir qancha muammolarni echimiga etibor berish kerak: bu erda xavf kimyoviy moddalardan foydalanish faktida emas, balki kimyoviy ifloslanishining oldini olish jarayonining o'zi va uni texnik jihatdan tartibga solish bilan bog'liq. Masalan: har bir kimyoviy vosita uchun ulardan foydalanish bo'yicha texnik reglamentlar ishlab chiqilgan. YA'ni dozasi, qo'llash vaqti, gektariga ishchi aralashmasining sarflanishi, kutish vaqti va qo'llashda iqlim omillari (harorat, shamol tezligi, yog'ingarchilik) aytib o'tish mumkin. O'zbekistonda pestitsidlar va o'g'itlardan foydalanish bo'yicha aniq ishlab chiqilgan texnologik reglament hamda etishtirilgan mahsulotdagi qoldiqlarning ruxsat berilgan darajasi uchun sanitariya me'yorlari mavjud bo'lishiga qaramay, fermer ham, iste'molchi ham, qoida tariqasida, tayyor mahsulot tarkibidagi pestitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar qoldiqlari to'g'risida ma'lumotlarga ega emasligi achinarli hol. Generikaning (O'zbekistonda ishlatish uchun ro'yxatga olinmagan) tobora ko'payib borayotgani tashvish uyg'otadi, chunki ulardan foydalanish mahsulotlarning kimyoviy ifloslanish xavfini oshiradi. O'zbekistonda o'simliklarni himoya qilish va oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalarni qoldiq darajasini tartibga soluvchi qonunchilik mavjud. Biroq, kimyoviy xavf-xatarlarning qishloq xo'jalik maxsulotlari tarkibida saqlanishini va zarar etkazishining oldini olish uchun samarali kuzatuv va javob tizimlarini takomillashtirish talab qilinadi. Osimliklarni himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikda oziq-ovqatda ruxsat etilgan kimyoviy moddalarning minimal darajasini belgilaydi, masalan, pestitsidlar kontsentratsiyasi belgilangan chegaradan oshmasligi kerak. Biroq, belgilangan konsentratsiya va ko'rsatmalarga rioya qilishda kamchiliklarning hali ham mavjudligi maxsulot eksportiga potensial to'siqlardan biri bo'lib qolmoqda.

REFERENCES

1. KHMcaHÖoeB X.X., HyngomeB A.H., Зоаццов M. Ba 6omK., YcHMnHKnapHH KHMèBHH xHMoa Kunnrn. - TomKeHT: "YKHTyBHH", 1997-280 6.

2. https : //news .rambler.ru/world/49167317-malayziya-prinyala-mery-protiv-karbofurana-i-hlorpirifosa/

3. https://www.alta.ru/ts news/92502/

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.