Научная статья на тему 'KIMYOVIY PREPARATLARNING QANDALA TURLARI BO‘YICHA SAMARADORLIGI'

KIMYOVIY PREPARATLARNING QANDALA TURLARI BO‘YICHA SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
159
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Miridae / Himiptera / Adelphosoris lineolatus / Creontiadas pallidus Rambur / hasharot. / Miridae / Himiptera / Adelphosoris lineolatus / Creontiadas pallidus Rambur / insect.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Abduraxmonov, Shuxrat Mamatmurotovich., Qurbanov, Abduraim Narbaevich, Bo’ritoshev, Obidjon Muzaffar O’g’li

O‘simlikxo‘r qandalalarning g‘o‘za agrobiotsenozida zarari oxirgi yillarda ortib bormoqda. Ushbu maqolada o‘simlikxo‘r qandalalardan beda va g‘o‘za qandalaga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi labaratoriya tajribalarida sinab ko‘rilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF CHEMICAL PREPARATIONS ON KANDALA SPECIES

In recent years, the harmfulness of herbivorous bugs in cotton agrobiocenoses has increased. This article presents data from laboratory experiments on testing the effectiveness of chemicals against alfalfa and cotton bugs from among herbivorous bugs.

Текст научной работы на тему «KIMYOVIY PREPARATLARNING QANDALA TURLARI BO‘YICHA SAMARADORLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023

UO'K - 632 KBK - 44.6 A - 13

KIMYOVIY PREPARATLARNING QANDALA TURLARI BO'YICHA

SAMARADORLIGI

Abduraxmonov Shuxrat Mamatmurotovich.

Qurbanov Abduraim Narbaevich.

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti assistentlari.

Bo'ritoshev Obidjon Muzaffar o'g'li.

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti 3-bosqich talabasi.

ANNOTATSIYA

O'simlikxo'r qandalalarning g'o'za agrobiotsenozida zarari oxirgi yillarda ortib bormoqda. Ushbu maqolada o'simlikxo'r qandalalardan beda va g'o'za qandalaga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi labaratoriya tajribalarida sinab ko 'rilgan.

Tayanch so'zlar — Miridae, Himiptera, Adelphosoris lineolatus, Creontiadas pallidus Rambur, hasharot.

АННОТАЦИЯ

В последние годы увеличивается вредоносност растителноядных клопов в хлопковых агробиотсенозах. В этой стате приведены данные лабараторных опытов об испитании эффективности химических препаратов против люсерновых ихлопковых клопов из числа растителноядных клопов.

Ключевые слова - Miridae, Himiptera, Adelphosoris lineolatus, Creontiadas pallidus Rambur, nasekomoe.

ABSTRACT

In recent years, the harmfulness of herbivorous bugs in cotton agrobiocenoses has increased. This article presents data from laboratory experiments on testing the effectiveness of chemicals against alfalfa and cotton bugs from among herbivorous bugs.

Key words - Miridae, Himiptera, Adelphosoris lineolatus, Creontiadas pallidus Rambur, insect.

KIRISH

Yil sayin paxta maydonlari yildan yilga kamayib bormoqda. Shunday ekan bu sharoitda paxtachilikda hosildorlikni oshirish, ilm - fan yutuqlaridan unumli foydalanish davr talabi bo'lib qolmoqda. Xozirgi paytda qishloq xo'jaligida O'simliklami himoya qilish sohasi juda dolzarb sohaga aylanib ulgurdi. Eko

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(4/2), April, 2023

sistemasida ro'y berayotgan global isish, zavod fabrikalarning haddan tashqari ko'payishi, Respublikamiz mustaqillikka erishishi munosabati bilan juda ko'plab xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va qishloq xo'jaligida yaqin aloqalarning yo'lga qo'yilishi natijasida yangi tur karantin zararkunandalarning kirib kelishi va ularning Respublikamizning turli hududlariga tarqalishi kuzatilmoqda.

Qishloq ho'jaligi ishlab chiqarishining jadallashuvi agrobiotsenozlarda faunistik komponentlarning salbiy ta'sir darajasini o'zgarishiga va yangilarining paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Masalan, g'o'za agrobiosenozida keyingi 10 yilliklarda beda va dala qandalalari , oqqanot kabi zararkunandalarning yashashiga, ko'payishiga qulay sharoitlar vujudga keldi. O'simlikxo'r qandalalar ahamiyatining ortishi respublikamiz uchun yangi tur g'o'za qandalasining (Creontiades pallidus) mamlakatimizga kirib kelishi bilan bog'liq. Olib borilgan fundamental tadqiqotlarimiz natijasiga ko'ra so'nggi yillarda Surxondaryo viloyatida qandalalarning yangi turi - g'o'za qandalasi paydo bo'lganligi aniqlandi (Xo'jaev va b., 2017,2018) Ularning g'o'zaga zarar yetkazish darajasi kuchayib, yildan-yilga zararlilik areali ortib bormoqda.

Surxondaryo viloyatida qandalalarning qishloq xo'jalik ekinlarida ayniqsa g'o'zada tarqalishi va ommaviy ko'payib, zarar yetkazayotganligi ko'pchilik fermerlarda qandala qanday hasharot? qanaqa zarar yetkazadi unga qarshi qanday samarali kurash tadbirlarini o'tkazish kerak? degan savollarning tug'ilishiga sabab bo'lmoqda. Shularni e'tiborga olib 2022 yil mavsumda bir necha kimyoviy preparatlarni g'o'za va beda qandalasiga qarshi labaratoriya sharoitida sinab, biologik samaradorligi o' rganildi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'simlikxo'r qandalalarga qarshi kimyoviy usulda kurashishda e'tiborga olish kerak bo'lgan yana bir muhim jihat borki, ya'ni ularning kimyoviy vositalarga sezgirligi qandala turlari bo'yicha farq qiladi. Bugungi kunda paxtachiligimizga katta muammo tug'dirayotgan g'o'za qandalasi ko'pgina kimyoviy preparatlarga nisbatan chidamli bo'lib qolgan. Shular sababli o'simlikxo'r qandalalar orasida g'o'za maydonlarida dominantlik qiladigan beda hamda g'o'za qandalalariga qarshi insektitsidlar samarasini turlar bo'yicha o'rganish hamda olingan natija tahlili asosida katta dala tajribalarini rejalashtirish maqsadida laboratoriya tajribasini o'tkazdik. Tadqiqotlarimiz rejasiga ko'ra 12 iyul 2022 yil sanasida 8 ta variantdan iborat laboratoriya tajribasini o'tkazdik. Buning uchun beda maydonlaridan kerakli miqdorda beda qandalasi va g'o'za qandalasi yig'ib kelindi. Tajribada maxsus 2 litr hajmli laboratoriya bonkasi va qo'l purkagichdan foydalanildi. Ishchi eritma ilgari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023

tadqiqotlarda o'rganilgan uslub bo'yicha xronometraj asosida tayyorlandi. Bunda gektariga 850 litr ishchi suyuqlik sarflanishi hisobida bajarildi. Turli kimyoviy sinfga mansub 7 ta insektitsid 4 qaytariqda nazoratga nisbatan sinaldi. I-II qaytariqlar ishlovdan 1 kun o'tib, III-IV qaytariqlar 3 kun o'tib hisob-kitob qilindi. Olingan natijalar 1- va 2-jadvallarda keltirildi. Jadvallarda ko'rinib turganidek beda qandalasiga qarshi sinovdagi barcha preparatlar qoniqarli 94,9-100% samaraga ega bo'lgan bo'lsa, g'o'za qandalasiga qarshi o'tkazilgan tajribada Bagira, 20 % em.k. (imidokloprid) va Dalate, 10 % em.k. (lyambdatsigalotrin) preparatlari g'o'za qandalasiga qarshi 70,0% dan kam samaraga ega bo'lib, bu tur qandalalarga qarshi kurashda yetarli natijaga ega bo'lmasligini ko'rsatdi.

1-Jadval

Beda qandalasiga qarshi insektitsidlarning biologik samaradorligi

Laboratoriya tajribasi. O 'simliklar karantini va himoyasi ilmiy tekshirish instituti Surxondaryo filiali, ishchi suyuqlik-850 l/ga 12.07.2022 y.

№ Variantlar Ta'sir etuvchi moddasi Dori sarfi, kg,l/ga Samaradorlik, %

1-kun 3-kun

1. Nurell D, 55% em.k. xlorpirifos + sipermetrin 1,0 100 -

- 100

2. Bagira, 20% em.k. imidakloprid 0,3 89,7 -

- 86,8

3. BI-58, 40 % em.k. dimetoat 1,0 - 100

100 -

4. Xlorpirivit Agro, 55% em.k. xlorpirifos + sipermetrin 1,0 100 -

- 100

5. Dalate , 10% em.k. lyambdatsigalotrin 0,2 94,9 -

- 88,2

6. Alpgor, 40% em.k. dimetoat 1,0 100 -

- 100

7. Mospilan 20% n.k. Asetamiprid 0,3 87,6 -

- 100

8. Nazorat - - - -

- -

2-jadval

G'o'za qandalasiga qarshi insektitsidlarning biologik samaradorligi

Laboratoriya tajribasi. O 'simliklar karantini va himoyasi ilmiy tekshirish instituti Surxondaryo filiali, ishchi suyuqlik-850 l/ga 12.07.2022 y.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023

№ Variantlar Ta'sir etuvchi moddasi Dori sarfi, kg,l/ga Samaradorlik, %

1-kun 3-kun

1. Nurell D, 55% xlorpirifos + sipermetrin 1,0 100 -

em.k. - 100

2. Bagira, 20% em.k. imidakloprid 0,3 62,8 -

- 64,3

3 BI-58, 40 % em.k. dimetoat 1,0 100 -

- 100

4. Xlorpirivit Agro, xlorpirifos + sipermetrin 1,0 100 -

55% em.k. - 100

5 Dalate , 10% em.k. lyambdatsigalotrin 0,2 64,5 -

- 69,5

6. Alpgor, 40% em.k. dimetoat 1,0 100 -

- 100

7. Mospilan 20% n.k. Asetamiprid 0,3 82,8 -

- 81,9

Q Nazorat - -

- -

XULOSA

Beda qandalasiga eng yuqori samara sipermetrin+xlorpirifos ta'sir etuvchi moddasidan iborat Xlorpirivit Agro, 55% em.k.- 1,0 l/ga, Nurell D,55% em.k.- 1,0 l/ga; dimetoat tarkibli BI-58, 40% em.k.- 1,0 l/ga preparatlarida kuzatildi.

Har ikkala tur qandalalarga eng yuqori samara sipermetrin+xlorpirifos ta'sir etuvchi moddasidan iborat Xlorpirivit Agro, 55% em.k.- 1,0 l/ga, Nurell D,55% em.k.- 1,0 l/ga; dimetoat tarkibli BI-58, 40% em.k.- 1,0 l/ga preparatlarida kuzatildi. Bundan tashqari g'o'za qandalasiga qarshi Mospilan 20 % (n.k. asetamiprid) - 0,3 kg/ga sarf-me'yorda 82,8-81,9% qoniqarli samaraga ega bo'lib, bu preparat yana bir bor tekshirib ko'riladi. REFERENCES

1. Xo'jaev Sh.T., Sattarov N., Musaev D. G'o'zada o'simlikxo'r qandalalarning zarari //Agro kimyo himoya va o'simliklar karantini. - 2017. - №.2. - B.35-37.

2. Xo'jaev Sh.T., Sattarov N.R., Musaev D.M. Zararli qandala hasharotlar haqida nimalarni bilmoq kerak. Ilmiy-ommabop ocherk. -Toshkent, 2018. -B.64.

3. Sharofovich, B. O. (2022). WATER-FERTILIZER (NPK) STANDARD IRRIGATION REGIMES OF "BUKHARA-102" AND "PORLOQ-1" COTTON VARIETIES. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 70(12), 816-818.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.